🚦KOREA PRAVA24 🌎 🇺🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇰🇿🇷🇺
Open in Telegram
👉 JANUBIY KOREADA TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARASIZMI❓️ UNDAY BO'LSA USHBU KANALIMIZ SIZ UCHUN FOYDALIDIR❗️ 🇺🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇰🇿🇷🇺 📞010-6569-4476 @KOREAPRAVA
Show more2 421
Subscribers
No data24 hours
+587 days
+1 73330 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+12
in 0 channels
August '26
+1 774
in 6 channels
Get PRO
July '26
+43
in 5 channels
Get PRO
June '26
+53
in 4 channels
Get PRO
May '26
+78
in 6 channels
Get PRO
April '26
+84
in 6 channels
Get PRO
March '26
+50
in 4 channels
Get PRO
February '26
+25
in 3 channels
Get PRO
January '26
+51
in 5 channels
Get PRO
December '25
+47
in 4 channels
Get PRO
November '25
+110
in 4 channels
Get PRO
October '25
+105
in 6 channels
Get PRO
September '25
+71
in 4 channels
Get PRO
August '25
+154
in 3 channels
Get PRO
July '250
in 0 channels
Get PRO
June '25
+133
in 4 channels
Get PRO
May '250
in 1 channels
Get PRO
April '25
+32
in 1 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 04 September | +3 | |||
| 03 September | +3 | |||
| 02 September | +4 | |||
| 01 September | +2 |
Channel Posts
+2
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷 JANUBIY KOREYADA BENZIN NARXI QIMMATMI? ⛽️
🧐Har safar yoqilg‘i quyganingizda narxni ko‘rib xo‘rsinasizmi? 😮💨 ✨️Aslida Koreyada avtomobil egalari uchun markaziy va mahalliy hukumat tomonidan turli yoqilg‘i xarajatlarini kamaytirishga yordam beruvchi dasturlar mavjud. 📌 YENGIL AVTOMOBILLAR UCHUN YOQILG‘I SOLIG‘INI QAYTARISH 💰 Yiliga 300 000 vonGACHA! Agar siz 1 000 cc dan kichik yengil avtomobil boshqarsangiz, ushbu imtiyozdan foydalanishingiz mumkin. 🚗 Misollar: • Hyundai Casper • Kia Ray • Chevrolet Spark • Kia Morning va boshqa 1 000 cc dan kichik avtomobillar. ⛽️ QAYTARILADIGAN SUMMA: 🔹 Benzin / dizel — 1 litrga 250 von 🔹 LPG — 1 litrga 160,82 von 📅 Yillik limit: 300 000 von 📅 Amal qilish muddati: 2026-yil 31-dekabrgacha 💳 QANDAY FOYDALANISH MUMKIN? Shinhan, Lotte yoki Hyundai Card kompaniyalarining 경차 유류세 환급카드 kartalaridan birini rasmiylashtirib, yoqilg‘i quyishda ushbu kartadan foydalanasiz. 👉 Tegishli shartlarga javob bersangiz, yoqilg‘i solig‘i bo‘yicha chegirma avtomatik tarzda qo‘llanadi. ⚠️ MUHIM SHARTLAR: • Bir xonadonga faqat 1 ta yengil avtomobil bo‘yicha ruxsat beriladi. • Nogironlar yoki 국가유공자 uchun boshqa yoqilg‘i imtiyozidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ikki marta imtiyoz olish mumkin emas. • Foydalanilmagan yillik limit keyingi yilga o‘tkazilmaydi. • Bir martalik to‘lov va kunlik foydalanish bo‘yicha belgilangan limitlar mavjud. • Bir martalik yoqilg‘i quyish miqdori 48 litrdan oshsa, qaytariladigan summa bo‘yicha cheklov qo‘llanadi. 📢 Koreyada avtomobil boshqaradigan tanishlaringizga ham yuboring! 💡 Siz bilmagan imtiyoz — bekorga ketayotgan pul bo‘lishi mumkin.📲 Telegram • TikTok • Instagram 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
| 2 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷 JANUBIY KOREYADA 무단횡단 — YO‘LNI BELGILANMAGAN JOYDAN KESIB O‘TISH 2026
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 189 |
| 3 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷 JANUBIY KOREYADA 무단횡단 — YO‘LNI BELGILANMAGAN JOYDAN KESIB O‘TISH 2026
⚠️ Piyoda ham yo‘l harakati ishtirokchisi hisoblanadi! Yo‘lni noto‘g‘ri kesib o‘tish nafaqat jarimaga, balki YTH sodir bo‘lganda jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
🔴 1. Qonunchilik va jarima:
무단횡단 kabi piyodalar qoidabuzarligi uchun qonunda 200 000 vongacha bo‘lgan jarima yoki boshqa javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Amaliyotda esa qoidabuzarlik turiga qarab 20 000–30 000 von atrofidagi jarimalar uchrashi mumkin.
🚨 2. YTH sodir bo‘lsa:
Agar piyoda yo‘lni noto‘g‘ri kesib o‘tayotgan vaqtda avtomobil bilan YTH sodir bo‘lsa, piyodaning o‘ziga ham ayb yuklanishi mumkin.
📊 3. Piyodaning aybi
Ayrim YTH holatlarida:
• 🚦 Qizil chiroqda piyodalar o‘tish joyidan o‘tish — 70% gacha
• 🚶 Piyodalar o‘tish joyi yaqinidan uni chetlab o‘tish — 20%
• 🚦 Qizil chiroq bilan birga bo‘lsa — 50% gacha
🌙 Tungi vaqt, yuqori tezlik va boshqa xavfli sharoitlar ayb ulushiga ta’sir qilishi mumkin.
🚗 4. Har doim ham haydovchi aybdor emas:
• Agar haydovchi: ✅ tezlikni me’yorida saqlagan bo‘lsa; ✅ yo‘l sharoitiga mos ravishda harakatlangan bo‘lsa; ✅ to‘satdan yo‘lga chiqqan piyodani urib yuborishning oldini olishga obyektiv ravishda ulgurmagan bo‘lsa,
ayrim holatlarda sud haydovchining jinoiy javobgarligi yo‘qligini tan olishi mumkin.
⚠️ MUHIM!
Piyodalar o‘tish joyi bo‘lmagan yo‘lda yo‘lni eng qisqa masofadan kesib o‘tish har doim ham 무단횡단 hisoblanmaydi. Biroq avtomobilning to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi yoki orqasidan, shuningdek, o‘tish taqiqlangan joylardan yo‘lni kesib o‘tish qoidabuzarlik bo‘lishi mumkin.
🛑 Bir necha soniya tejash uchun hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang!
🇰🇷 Koreyada piyoda bo‘lsangiz ham, haydovchi bo‘lsangiz ham — yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling.
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 62 |
| 4 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷 JANUBIY KOREYADA AVTOMOBIL OYNALARINI QORAYTIRISH BO‘YICHA MUHIM QOIDALAR — 2026
🚗 Avtomobilingiz oynalarini qoraytirishda ehtiyot bo‘ling!
Koreya Respublikasida avtomobil oynalarining ko‘rinadigan yorug‘lik o‘tkazuvchanligi (가시광선 투과율) uchun belgilangan qonuniy talablar mavjud.
💡 QONUNIY STANDARTLAR
🔹 Old oyna:
➡️ Yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70% yoki undan yuqori
🔹 Haydovchi o‘rindig‘ining chap va o‘ng yon oynalari:
➡️ 40% yoki undan yuqori
📌 Ya’ni 70% — qoraytirish darajasi emas, balki oynadan qancha yorug‘lik o‘tishini bildiradi.
👉Raqam qancha yuqori bo‘lsa — oyna shuncha tiniqroq bo‘ladi.
⚠️ STANDARTDAN QORONG‘I BO‘LSA
Agar old oyna 70% dan kam, haydovchi yon oynalari esa 40% dan kam yorug‘lik o‘tkazsa, bu yo‘l harakati qoidalaridagi belgilangan standartga mos kelmasligi mumkin. �
Законодательство Республики Корея
🌙 Ayniqsa kechasi, yomg‘irli yoki qorong‘i sharoitda haddan tashqari qoraytirilgan oynalar haydovchining ko‘rish imkoniyatini pasaytirib, xavfsizlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin.
❗ MUHIM
Internetda oynalarni qoraytirish uchun “20 000 von”, “1 million von” kabi turli xil jarima miqdorlari haqida ma’lumotlar uchraydi. Jarimaning aniq turi va miqdori holatga, qo‘llaniladigan qonun normasiga va transport vositasining turiga qarab farq qilishi mumkin. Shuning uchun noto‘g‘ri jarima summasini tarqatmaslik muhim.
📢 Xulosa:
Oynani qoraytirishdan oldin uning haqiqiy 광선투과율 (yorug‘lik o‘tkazuvchanligi)*ni tekshirtiring.
🇰🇷 Qonunga rioya qiling — xavfsiz haydang!
🇰🇷 Koreyadagi huquqiy va foydali ma’lumotlar:
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 200 |
| 5 | 🚗JANUBIY KOREYA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI UCHUN ONLINE TAYYORLOV KURSI 🚗
✅ 2종보통 (B) ✅ 1종보통 (BC)
🌐 Imtihon tillari:
🇰🇷 Koreys tili 🇺🇸 Ingliz tili
📚 Barcha darslar O'ZBEK tilida!
💻 Onlayn formatda o‘qing — istalgan joydan, istalgan vaqtda!
❗️Koreys yoki Ingliz tilini mukammal bilishingiz shart emas. Sizni imtihonga tushunarli va qulay usulda tayyorlaymiz.
🎯 Maqsadimiz — vatandoshlarimizning haydovchilik guvohnomasini tez, oson va ortiqcha qiyinchiliksiz qo‘lga kiritishlariga yordam berish.
━━━━━━━━━━━━━━━
💳2종보통 (B) guvohnomasidan 1종보통 (BC) toifasiga o‘tish istagi borlar uchun!
💻 ONLINE DRIVE tayyorlov kursimizda:
✅ Amaliy imtihon bo‘yicha to‘liq online tayyorlov!
✅ O‘zbek tilida video darslar!
━━━━━━━━━━━━━━━
☎️ 010-6569-4476
✈️ @KOREAPRAVA24 | 253 |
| 6 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷🚗JANUBIY KOREYADA HAYDOVCHILAR UCHUN SENTIYABR OYIDAN KUCHGA KIRGAN JARIMALARINI YANGI TARTIBI:
⚠️ JARIMA MIQDORI BIR XIL BO‘LSA HAM, JARIMA BALLARI HAR XIL!
60 000 von jarima — har doim bir xil oqibat degani emas.
🔴 Markaziy chiziqni bosib/o‘tib ketish
💰 60 000 von + 30 jarima ball
🚦 Qizil svetofordan o‘tish
💰 60 000 von + 15 jarima ball
📱 Avtomobil boshqarayotganda mobil telefondan foydalanish
💰 60 000 von + 15 jarima ball
🚶 Piyodalar o‘tish joyida piyodalarni himoya qilish qoidasini buzish
💰 60 000 von + 10 jarima ball
🚨 ENG MUHIMI:
Agar jarima ballari 40 ballga yetadigan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasini to‘xtatib turish chorasi qo‘llanilishi mumkin.
⚡ Tezlikni 60 km/soatdan ko‘proq oshirish ham oddiy jarima bilan tugamasligi mumkin. Tezlik yanada yuqori darajada oshirilsa, jinoiy javobgarlik masalasi ham yuzaga kelishi mumkin.
🍺 Mast holda avtomobil boshqarish bo‘yicha qonunchilik ham qat’iy: 2019-yildan qonda alkogol miqdorining chegara darajasi 0,03% etib belgilangan. 0,2% va undan yuqori holatlarda jarima miqdori juda katta bo‘lishi mumkin.
📌 Xulosa:
Jarimaning faqat von miqdoriga qarab xulosa qilmang. Jarima ballari (벌점) ham haydovchilik guvohnomangiz uchun juda muhim!
📲 Jarima va jarima ballaringizni tegishli rasmiy tizimlar orqali tekshirib boring:👉교통민원24
🔄 Mashinani boshqaradigan do‘stlaringizga ham yuboring! Saqlab qo‘ying — kerak bo‘lib qolishi mumkin.
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 313 |
| 7 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷 JANUBIY KOREYADA AVTOMOBIL CHIROQLARI BO‘YICHA MUHIM O‘ZGARISH! 🚗💡
📢 2026-yil 1-sentabrdan boshlab yangi avtomobillar uchun yangi xavfsizlik talablari joriy etiladi.
💡 ASOSIY O‘ZGARISHLAR:
🔹 Avtomatik faralar
Atrofdagi yorug‘lik darajasi avtomatik aniqlanadi va old hamda orqa chiroqlar avtomatik ravishda yonadi.
🔹 Qorong‘ida chiroqni o‘chirib bo‘lmaydi
Yangi avtomobillarda qorong‘i sharoitda chiroqlarni haydovchi tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘chirishning oldi olinadi.
🔹 “Stels-avtomobil”larning oldi olinadi
Kechasi chiroqlarini yoqmasdan harakatlanadigan transport vositalari sababli yuzaga keladigan YTHlarni kamaytirish maqsad qilingan. ⚠️
⚡ ELEKTROMOBILLAR UCHUN HAM YANGILIK
Regenerativ tormozlanish vaqtida avtomobil 1,3 m/s² dan yuqori sekinlashsa, tormoz chiroqlari avtomatik ravishda yonishi talab etiladi.
🚗 ESKI AVTOMOBILLAR-CHI?
❗ Yangi talab avvaldan foydalanib kelinayotgan avtomobillarga retroaktiv tarzda qo‘llanilmaydi.
Ya’ni hozirgi avtomobilingizda tunnelga kirganda yoki qorong‘i paytda chiroqlarni o‘zingiz yoqish odati saqlanib qoladi.
💰 JARIMA
Chiroqlardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun yengil avtomobil haydovchisiga 20 000 von jarima qo‘llanishi mumkin.
⚠️ Muhim: Yangi avtomobillarda chiroqlar avtomatik boshqarilsa ham, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish haydovchining mas’uliyatidir.
🇰🇷 KOREYADAGI MUHIM QOIDALAR VA YANGILIKLAR
📲 Telegram • TikTok • Instagram
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 316 |
| 8 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷JANUBIY KOREADA 화물차 자격증/YUK TASHISHLIK LITSENZIYAGA IMTIHON TOPSHIRISHLIK VAHOKAZALARI, USHBU LINK ORQALI AMALGA OSHIRILADI!
https://lic.kotsa.or.kr/road/html.do?menu_idx=14
👉@KOREAPRAVA24
👉@KoreaPOHOM24 | 310 |
| 9 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷📃 O‘Z NOMINGIZGA BOSHQA BIROR KISHINING AVTOMOBILINI RASMIYLASHTIRIB BERMANG!
❌️“Faqat nomingizga rasmiylashtirib beramiz, mashinani o‘zimiz haydaymiz” degan taklifga shoshilib rozi bo‘lmang!
❗️Avtomobil hujjatlarda sizning nomingizda bo‘lsa, ayrim majburiyat va muammolar ham sizga bog‘lanishi mumkin.
🔴 Qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin?
• 🚗 Avtomobil bilan bog‘liq jarima va to‘lovlar
• 💰 Soliq va sug‘urta masalalari
• 🚨 YTH yoki boshqa huquqiy holatlar
• 📄 Hujjatlar bilan bog‘liq muammolar
• ⚖️ Tegishli idoralarga tushuntirish berish zarurati
• ❗️Avtomobildan foydalanayotgan shaxs bilan kelishmovchiliklar
👉 “Tanishim-ku”, “Do‘stim-ku”, “Hech qanday muammo bo‘lmaydi” deb o‘ylamang.
📌 O‘z nomingizga rasmiylashtirilgan avtomobil bo‘yicha huquqiy mas’uliyatni oldindan yaxshilab tekshiring.
⚠️ BIR MARTA O‘YLAB, KEYIN QAROR QILING!
🇰🇷 KOREYADA QONUNNI BILISH — O‘ZINGIZNI HIMOYA QILISH!
🔔 @KOREAPRAVA24 — Janubiy Koreyada haydovchilik, avtomobil va yo‘l harakati qoidalari haqida foydali ma’lumotlar.
📱 Telegram | TikTok | Instagram
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 337 |
| 10 | 🇺🇿 AZIZ YURTDOSHLAR! 🌏
🎉 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
✨️Barchangizni ushbu ulug‘ va qadrli bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz!🎉
❤️Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon va oilalarimiz doimo baxt-saodatga to‘la bo‘lsin! 🤲
🇺🇿Mustaqilligimiz va birligimiz abadiy bo‘lsin!
💚 O‘zbekistonimiz ravnaq topaversin!
Hurmat bilan,
📱 Telegram | TikTok | Instagram
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 378 |
| 11 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷 JANUBIY KOREYADA YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZGANDA: 과태료, 범칙금 VA 벌점 NIMA?
✨️Janubiy Koreyada yo‘l harakati qoidalarini buzganingizda keladigan xabarnomalarda 과태료, 범칙금 va 벌점 kabi tushunchalar uchraydi. Ularning farqini bilish haydovchilar uchun juda muhim.
📌 1. 과태료 — Ma’muriy jarima
📷 Odatda avtomatik kamera yoki radar orqali qoidabuzarlik qayd etilib, haydovchi aniqlanmagan holatda avtomobil egasiga yuboriladi.
✅ Avtomobil egasiga nisbatan undiriladi
✅ Odatda haydovchilik guvohnomasiga 벌점 yozilmaydi
⚠️ Bu 범칙금dan farq qiladi.
📌 2. 범칙금 — Qoidabuzarlik uchun jarima
👮 Politsiya xodimi haydovchini bevosita to‘xtatib, qoidabuzarlikni aniqlaganida qo‘llanadi.
Shuningdek, kamera orqali kelgan 과태료ni avtomobil egasi “qoidabuzarlikni o‘zim sodir etganman” deb haydovchi sifatida tasdiqlasa, ayrim holatlarda 범칙금ga o‘zgartirish mumkin.
⚠️ Bunda qoidabuzarlik turiga qarab 벌점 ham berilishi mumkin.
❗ 범칙금 — 벌금 emas.
벌금 — sud orqali belgilanadigan jinoiy jazo, 범칙금 esa yo‘l harakati qoidabuzarligi bo‘yicha qo‘llanadigan jarimadir.
📌 3. 벌점 — Jarima ballari
🚨 벌점 haydovchining qoidabuzarligi yoki YTH og‘irligiga qarab haydovchilik tarixiga yoziladigan ballardir.
🔴 40 ball yoki undan ko‘p yig‘ilsa, haydovchilik guvohnomasini to‘xtatib turish chorasi qo‘llanadi.
📍 Masalan:
40 ball = 40 kun guvohnomadan foydalanish huquqining to‘xtatilishi.
❌ Guvohnomani bekor qilish mezonlari:
• 1 yil ichida — 121 ball va undan ko‘p
• 2 yil ichida — 201 ball va undan ko‘p
• 3 yil ichida — 271 ball va undan ko‘p
🟢 Ballarning bekor bo‘lishi:
Agar jami 벌점 40 balldan kam bo‘lsa va oxirgi qoidabuzarlik yoki YTHdan keyin 1 yil davomida yangi qoidabuzarlik sodir etilmasa, ballar avtomatik ravishda o‘chirilishi mumkin.
💻 교통민원24 (이파인) orqali
Avtomobil egasi qoidabuzarlikni o‘zi sodir etgan bo‘lsa, ayrim holatlarda 과태료 → 범칙금 tarzida o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
⚠️ Muhim: O‘zgartirishdan oldin tizimda jarima miqdori va 벌점 ko‘rsatiladi. O‘zgartirish amalga oshirilgandan so‘ng esa uni qayta 과태료ga qaytarib bo‘lmaydi va qoidabuzarlik haydovchining tarixida aks etishi mumkin.
🇰🇷 Koreyada avtomobil boshqarayotgan bo‘lsangiz, 과태료, 범칙금 va 벌점 o‘rtasidagi farqni bilib qo‘ying!
📢 Koreyadagi haydovchilar uchun muhim ma’lumotlar va yo‘l qoidalari:
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 400 |
| 12 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
📌 교통민원24 ILOVASI ORQALI, MASHINA JARIMA VA BALLARINI BILISHINGIZDA, SIZGA TEGISHLI 인증서 (Sertifikat) SO'RALADI? KakaoTalk ORQALI 인증서 (Sertifikat) OLISHNING ENG OSON USULI!
1️⃣ KakaoTalk→ o'ng eng past 더보기 (...) bosing
2️⃣ 지갑 (Wallet) bo‘limiga kiring
3️⃣ 인증서 발급 ni bosing
4️⃣ Telefon raqamingizni tasdiqlang
5️⃣ Bank hisobingizni tasdiqlang
6️⃣ Parol yarating
7️⃣ Tayyor! 인증서 beriladi
✅ Davlat xizmatlari
✅ Soliq ishlari
✅ Online hujjatlar
✅ Ko‘plab koreys ilovalarida foydalaniladi
🇰🇷 Koreyada yashovchilar uchun foydali ma'lumot!
✈️ @KOREAPRAVA24
✈️ @KoreaPOHOM24 | 447 |
| 13 | 🇰🇷🚗 JANUBIY KOREYA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI UCHUN ONLINE TAYYORLOV O'QUV KURSI 🚗🇰🇷
━━━━━━━━━━━━━━━
💳2종보통 (B) guvohnomasidan 1종보통 (BC) toifasiga o‘tish istagi borlar uchun!
💻 ONLINE DRIVE tayyorlov kursimizda:
✅ Amaliy imtihon bo‘yicha to‘liq online tayyorlov!
✅ O‘zbek tilida video darslar!
🎯 Maqsadimiz — vatandoshlarimizning haydovchilik guvohnomasini tez, oson va ortiqcha qiyinchiliksiz qo‘lga kiritishlariga yordam berish.
━━━━━━━━━━━━━━━
☎️ 010-6569-4476
📉 @KOREAPRAVA24 | 476 |
| 14 | 🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️
🇰🇷🔖 JANUBIY KOREYADA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI MUDDATI O‘TIB KETSA NIMA BO‘LADI❓️
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 446 |
| 15 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷🔖 JANUBIY KOREYADA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI MUDDATI O‘TIB KETSA NIMA BO‘LADI❓️
⚠️ DIQQAT, HAYDOVCHILAR!
Janubiy Koreyada olingan haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, uni imkon qadar tezroq yangilash muhim.
🔴 1. KECHIKTIRISH UCHUN JAVOBGARLIK:
Guvohnomani yangilash yoki 1종 guvohnomasi uchun 적성검사 (qobiliyat/tibbiy tekshiruv) muddatini o‘tkazib yuborish ma’muriy jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
🔴 2. 1 YILDAN ORTIQ KECHIKTIRISH 📌 2종 guvohnoma: yangilash muddati tugaganidan keyin 1 yil ichida yangilanmasa, guvohnoma bekor qilinishi mumkin.
📌 1종 guvohnoma: 적성검사 muddatidan keyin 1 yil ichida tegishli tartib bajarilmasa, guvohnoma bekor qilinishi mumkin.
❗ Guvohnoma bekor qilinganidan keyin uni oddiygina yangilab bo‘lmaydi — yangi guvohnoma olish tartibi talab qilinishi mumkin.
🚫 3. MUDDATI O‘TGAN GUVOHNOMA BILAN MASHINA HAYDAMANG!
Guvohnoma bekor qilingan yoki haydash huquqi mavjud bo‘lmagan holatda avtomobil boshqarish jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
📋 4. YANGILASHDA KERAK BO‘LISHI MUMKIN:
✅ Amaldagi haydovchilik guvohnomasi
✅ Chet elliklar uchun ARC
✅ Kerak bo‘lsa, tibbiy ko‘rik / ko‘rish testi
✅ Belgilangan ariza va to‘lovlar
⏰ GUVOHNOMANGIZ MUDDATINI OLDINDAN TEKSHIRING!
Muddat o‘tib ketishini kutmang — vaqtida yangilash jarima, huquqiy muammo va ortiqcha vaqt sarflashning oldini oladi.
📢 Ushbu ma’lumotni Koreyada avtomobil boshqaradigan tanishlaringizga ham yuboring!
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 452 |
| 16 | 🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️
🇰🇷 🏃 JANUBIY KOREYADA MAKTAB ATROFIDAGI TEZLIK QOIDASI O‘ZGARMOQDA❗️
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 455 |
| 17 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷 🏃 JANUBIY KOREYADA MAKTAB ATROFIDAGI TEZLIK QOIDASI O‘ZGARMOQDA!
⚠️ Bolalarni himoya qilish zonalarida (어린이보호구역) tungi vaqtda tezlik chegarasi oshiriladi.
🚦 ⏰ 00:00–06:00 oralig‘ida:
🔹 Amaldagi: 30 km/soat
🔹 Yangi tartib: 40–50 km/soatgacha
📌 Nega tungi vaqtda?
So‘nggi 5 yil davomida 00:00–06:00 oralig‘ida butun mamlakat bo‘yicha bolalarni himoya qilish zonalarida bolalar ishtirokidagi piyodalar YTHlari 0 ta bo‘lgan.
📍 Qayerlarda joriy etiladi?
Dastlab barcha talablarga javob beradigan 160 dan ortiq hududda joriy etiladi. Kelajakda ushbu tizimni taxminan 6 000 ta hududga kengaytirish imkoniyati mavjud.
💡 Bunday hududlarda yo‘l to‘siqlari, svetofor va tezlikni nazorat qilish uskunalari kabi xavfsizlik infratuzilmalari mavjud bo‘lishi kerak.
🔢 Muhim: Tungi tezlik chegarasi har bir hududda yo‘l belgisi yoki LED raqamli displey orqali ko‘rsatiladi. Shuning uchun haydovchilar yo‘l belgisidagi amaldagi tezlikka amal qilishlari kerak.
🛡️ Bolalar xavfsizligi — birinchi o‘rinda!
Shu bilan birga, bolalar harakati deyarli bo‘lmaydigan tungi vaqtda haydovchilar uchun ortiqcha noqulayliklarni kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.
📢 Koreyadagi yo‘l harakati qoidalari va yangiliklari uchun:
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 373 |
| 18 | 🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️
🇰🇷🔃 2026년 | JANUBIY KOREYADA CHORRAHADA TIRBANDLIKNI KELTIRIB CHIQARMANG❗️❗️❗️
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 429 |
| 19 | 🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️
🇰🇷🔃 2026년 | JANUBIY KOREYADA CHORRAHADA TIRBANDLIKNI KELTIRIB CHIQARMANG!
🔃 Chorrahaga yashil chiroqda kirgan bo‘lsangiz ham, oldingizdagi transport vositalari sababli chorrahaning sariq katakli “to‘xtash taqiqlangan” hududida qolib, boshqa transportlarning harakatiga to‘sqinlik qilsangiz, bu “꼬리물기” — chorrahani tirband qilib qo‘yish sifatida nazorat qilinishi mumkin.
🤖 Bunday holatlar sun’iy intellektga asoslangan avtomatik kameralar orqali 24 soat nazorat qilinishi mumkin.
💰 Jarimalar Nazorat turi:
Yengil avtomobil va Furgonlar uchun.
📹 Kamera / video orqali
• 승용차 50 000 von
• 승합차 60 000 von
👮 Politsiya tomonidan
• 승용차 40 000 von
• 승합차 50 000 von
⚠️ Svetoforni buzishdan farqi:
Agar chorrahaga yashil chiroqda kirib, tirbandlik sababli ichkarida qolib ketsangiz — chorrahani to‘sib qo‘yish qoidasi qo‘llanishi mumkin.
Agar sariq yoki qizil chiroqdan keyin chorrahaga kirishda davom etsangiz, bu svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmaslik sifatida baholanib, yanada og‘irroq jazo qo‘llanishi mumkin.
💡 ENG MUHIM MASLAHAT:
🚗 Oldingizdagi yo‘l ochilmagan bo‘lsa — yashil chiroq yonib turgan bo‘lsa ham chorrahaga kirmang!
✅ To‘xtash chizig‘ida kuting.
✅ Chorrahani bo‘sh qoldiring.
✅ Boshqa transportlarning harakatiga xalaqit bermang.
🇰🇷 Qonunni biling — jarimadan saqlaning!
📲 Telegram • TikTok • Instagram
📉 @KOREAPRAVA24
📉 @KoreaPOHOM24 | 389 |
| 20 | 🚨 #ESLATMA🗓❗️
🇺🇿🇰🇷 JANUBIY KOREADA HUJJATLARINGIZNI RASMIYLASHTIRISHDA QIYNALYAPSIMI?
💥Endi ortiqcha vaqt va ovora bo'lishning hojati yo'q!🤗
✅ Tarjima
✅ Notarial tasdiq
✅ Apostil
✅ Taklifnoma (Vizaga chaqiruv)
✅ Barcha rasmiy hujjatlar
📌 Xizmat ko'rsatiladigan hujjatlar:
✔️ Haydovchilik guvohnomasi
✔️ Tug'ilganlik guvohnomasi
✔️ Nikoh guvohnomasi
✔️ Diplom va sertifikatlar
✔️ Ishonchnoma
✔️ Boshqa barcha rasmiy hujjatlar
💯 Hujjatlaringiz Koreya Immigratsiya xizmati va boshqa davlat idoralarining amaldagi talablari asosida tayyorlanadi.
⭐ Nima uchun aynan biz?
🔹 Sifatli tarjima
🔹 Qonuniy va ishonchli xizmat
🔹 Tezkor rasmiylashtirish
🔹 Mas'uliyatli yondashuv
☎️ 010-2708-6457
✈️ @rano75
🌹 Ishonchli notarius, apostil va tarjima xizmatlari — Ra'no opa bilan!
📩 Hoziroq bog'laning va hujjatlaringizni ishonchli mutaxassisga topshiring!
✈️ @KOREAPRAVA24
✈️ @KoreaPOHOM24 | 419 |
