es
Feedback
🚦KOREA PRAVA24 🌎 🇺🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇰🇿🇷🇺

🚦KOREA PRAVA24 🌎 🇺🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇰🇿🇷🇺

Ir al canal en Telegram

👉 JANUBIY KOREADA TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARASIZMI❓️ UNDAY BO'LSA USHBU KANALIMIZ SIZ UCHUN FOYDALIDIR❗️ 🇺🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇰🇿🇷🇺 📞010-6569-4476 @KOREAPRAVA

Mostrar más
2 425
Suscriptores
-324 horas
+847 días
+1 73230 días

Carga de datos en curso...

Canales Similares
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
septiembre '26
septiembre '26
+6
en 0 canales
agosto '26
+1 774
en 6 canales
Get PRO
julio '26
+43
en 5 canales
Get PRO
junio '26
+53
en 4 canales
Get PRO
mayo '26
+78
en 6 canales
Get PRO
abril '26
+84
en 6 canales
Get PRO
marzo '26
+50
en 4 canales
Get PRO
febrero '26
+25
en 3 canales
Get PRO
enero '26
+51
en 5 canales
Get PRO
diciembre '25
+47
en 4 canales
Get PRO
noviembre '25
+110
en 4 canales
Get PRO
octubre '25
+105
en 6 canales
Get PRO
septiembre '25
+71
en 4 canales
Get PRO
agosto '25
+154
en 3 canales
Get PRO
julio '250
en 0 canales
Get PRO
junio '25
+133
en 4 canales
Get PRO
mayo '250
en 1 canales
Get PRO
abril '25
+32
en 1 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
02 septiembre+4
01 septiembre+2
Publicaciones del Canal
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷 JANUBIY KOREYADA AVTOMOBIL CHIROQLARI BO‘YICHA MUHIM O‘ZGARISH! 🚗💡 📢 2026-yil 1-sentabrdan boshlab
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷 JANUBIY KOREYADA AVTOMOBIL CHIROQLARI BO‘YICHA MUHIM O‘ZGARISH! 🚗💡
📢 2026-yil 1-sentabrdan boshlab yangi avtomobillar uchun yangi xavfsizlik talablari joriy etiladi. 💡 ASOSIY O‘ZGARISHLAR: 🔹 Avtomatik faralar Atrofdagi yorug‘lik darajasi avtomatik aniqlanadi va old hamda orqa chiroqlar avtomatik ravishda yonadi. 🔹 Qorong‘ida chiroqni o‘chirib bo‘lmaydi Yangi avtomobillarda qorong‘i sharoitda chiroqlarni haydovchi tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘chirishning oldi olinadi. 🔹 “Stels-avtomobil”larning oldi olinadi Kechasi chiroqlarini yoqmasdan harakatlanadigan transport vositalari sababli yuzaga keladigan YTHlarni kamaytirish maqsad qilingan. ⚠️ ⚡ ELEKTROMOBILLAR UCHUN HAM YANGILIK Regenerativ tormozlanish vaqtida avtomobil 1,3 m/s² dan yuqori sekinlashsa, tormoz chiroqlari avtomatik ravishda yonishi talab etiladi. 🚗 ESKI AVTOMOBILLAR-CHI? ❗ Yangi talab avvaldan foydalanib kelinayotgan avtomobillarga retroaktiv tarzda qo‘llanilmaydi. Ya’ni hozirgi avtomobilingizda tunnelga kirganda yoki qorong‘i paytda chiroqlarni o‘zingiz yoqish odati saqlanib qoladi. 💰 JARIMA Chiroqlardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun yengil avtomobil haydovchisiga 20 000 von jarima qo‘llanishi mumkin. ⚠️ Muhim: Yangi avtomobillarda chiroqlar avtomatik boshqarilsa ham, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish haydovchining mas’uliyatidir.
🇰🇷 KOREYADAGI MUHIM QOIDALAR VA YANGILIKLAR 📲 Telegram • TikTok • Instagram 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24

2
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷JANUBIY KOREADA 화물차 자격증/YUK TASHISHLIK LITSENZIYAGA IMTIHON TOPSHIRISHLIK VAHOKAZALARI, USHBU LINK ORQA
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷JANUBIY KOREADA 화물차 자격증/YUK TASHISHLIK LITSENZIYAGA IMTIHON TOPSHIRISHLIK VAHOKAZALARI, USHBU LINK ORQALI AMALGA OSHIRILADI! https://lic.kotsa.or.kr/road/html.do?menu_idx=14 👉@KOREAPRAVA24 👉@KoreaPOHOM24
225
3
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷📃 O‘Z NOMINGIZGA BOSHQA BIROR KISHINING AVTOMOBILINI RASMIYLASHTIRIB BERMANG! ❌️“Faqat nomingizga rasm
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷📃 O‘Z NOMINGIZGA BOSHQA BIROR KISHINING AVTOMOBILINI RASMIYLASHTIRIB BERMANG! ❌️“Faqat nomingizga rasmiylashtirib beramiz, mashinani o‘zimiz haydaymiz” degan taklifga shoshilib rozi bo‘lmang! ❗️Avtomobil hujjatlarda sizning nomingizda bo‘lsa, ayrim majburiyat va muammolar ham sizga bog‘lanishi mumkin. 🔴 Qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin? • 🚗 Avtomobil bilan bog‘liq jarima va to‘lovlar • 💰 Soliq va sug‘urta masalalari • 🚨 YTH yoki boshqa huquqiy holatlar • 📄 Hujjatlar bilan bog‘liq muammolar • ⚖️ Tegishli idoralarga tushuntirish berish zarurati • ❗️Avtomobildan foydalanayotgan shaxs bilan kelishmovchiliklar 👉 “Tanishim-ku”, “Do‘stim-ku”, “Hech qanday muammo bo‘lmaydi” deb o‘ylamang. 📌 O‘z nomingizga rasmiylashtirilgan avtomobil bo‘yicha huquqiy mas’uliyatni oldindan yaxshilab tekshiring. ⚠️ BIR MARTA O‘YLAB, KEYIN QAROR QILING! 🇰🇷 KOREYADA QONUNNI BILISH — O‘ZINGIZNI HIMOYA QILISH! 🔔 @KOREAPRAVA24 — Janubiy Koreyada haydovchilik, avtomobil va yo‘l harakati qoidalari haqida foydali ma’lumotlar. 📱 Telegram | TikTok | Instagram 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
279
4
🇺🇿 AZIZ YURTDOSHLAR! 🌏 🎉 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! ✨️Barchangizni ushbu ulug‘
🇺🇿 AZIZ YURTDOSHLAR! 🌏 🎉 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! ✨️Barchangizni ushbu ulug‘ va qadrli bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz!🎉 ❤️Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon va oilalarimiz doimo baxt-saodatga to‘la bo‘lsin! 🤲 🇺🇿Mustaqilligimiz va birligimiz abadiy bo‘lsin! 💚 O‘zbekistonimiz ravnaq topaversin! Hurmat bilan, 📱 Telegram | TikTok | Instagram 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
318
5
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷 JANUBIY KOREYADA YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZGANDA: 과태료, 범칙금 VA 벌점 NIMA? ✨️Janubiy Koreyada yo‘l hara
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷 JANUBIY KOREYADA YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZGANDA: 과태료, 범칙금 VA 벌점 NIMA? ✨️Janubiy Koreyada yo‘l harakati qoidalarini buzganingizda keladigan xabarnomalarda 과태료, 범칙금 va 벌점 kabi tushunchalar uchraydi. Ularning farqini bilish haydovchilar uchun juda muhim. 📌 1. 과태료 — Ma’muriy jarima 📷 Odatda avtomatik kamera yoki radar orqali qoidabuzarlik qayd etilib, haydovchi aniqlanmagan holatda avtomobil egasiga yuboriladi. ✅ Avtomobil egasiga nisbatan undiriladi ✅ Odatda haydovchilik guvohnomasiga 벌점 yozilmaydi ⚠️ Bu 범칙금dan farq qiladi. 📌 2. 범칙금 — Qoidabuzarlik uchun jarima 👮 Politsiya xodimi haydovchini bevosita to‘xtatib, qoidabuzarlikni aniqlaganida qo‘llanadi. Shuningdek, kamera orqali kelgan 과태료ni avtomobil egasi “qoidabuzarlikni o‘zim sodir etganman” deb haydovchi sifatida tasdiqlasa, ayrim holatlarda 범칙금ga o‘zgartirish mumkin. ⚠️ Bunda qoidabuzarlik turiga qarab 벌점 ham berilishi mumkin. ❗ 범칙금 — 벌금 emas. 벌금 — sud orqali belgilanadigan jinoiy jazo, 범칙금 esa yo‘l harakati qoidabuzarligi bo‘yicha qo‘llanadigan jarimadir. 📌 3. 벌점 — Jarima ballari 🚨 벌점 haydovchining qoidabuzarligi yoki YTH og‘irligiga qarab haydovchilik tarixiga yoziladigan ballardir. 🔴 40 ball yoki undan ko‘p yig‘ilsa, haydovchilik guvohnomasini to‘xtatib turish chorasi qo‘llanadi. 📍 Masalan: 40 ball = 40 kun guvohnomadan foydalanish huquqining to‘xtatilishi. ❌ Guvohnomani bekor qilish mezonlari: • 1 yil ichida — 121 ball va undan ko‘p • 2 yil ichida — 201 ball va undan ko‘p • 3 yil ichida — 271 ball va undan ko‘p 🟢 Ballarning bekor bo‘lishi: Agar jami 벌점 40 balldan kam bo‘lsa va oxirgi qoidabuzarlik yoki YTHdan keyin 1 yil davomida yangi qoidabuzarlik sodir etilmasa, ballar avtomatik ravishda o‘chirilishi mumkin. 💻 교통민원24 (이파인) orqali Avtomobil egasi qoidabuzarlikni o‘zi sodir etgan bo‘lsa, ayrim holatlarda 과태료 → 범칙금 tarzida o‘zgartirish imkoniyati mavjud. ⚠️ Muhim: O‘zgartirishdan oldin tizimda jarima miqdori va 벌점 ko‘rsatiladi. O‘zgartirish amalga oshirilgandan so‘ng esa uni qayta 과태료ga qaytarib bo‘lmaydi va qoidabuzarlik haydovchining tarixida aks etishi mumkin. 🇰🇷 Koreyada avtomobil boshqarayotgan bo‘lsangiz, 과태료, 범칙금 va 벌점 o‘rtasidagi farqni bilib qo‘ying! 📢 Koreyadagi haydovchilar uchun muhim ma’lumotlar va yo‘l qoidalari: 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
317
6
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 📌 교통민원24 ILOVASI ORQALI, MASHINA JARIMA VA BALLARINI BILISHINGIZDA, SIZGA TEGISHLI 인증서 (Sertifikat) SO'RAL
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 📌 교통민원24 ILOVASI ORQALI, MASHINA JARIMA VA BALLARINI BILISHINGIZDA, SIZGA TEGISHLI 인증서 (Sertifikat) SO'RALADI? KakaoTalk ORQALI 인증서 (Sertifikat) OLISHNING ENG OSON USULI! 1️⃣ KakaoTalk→ o'ng eng past 더보기 (...) bosing 2️⃣ 지갑 (Wallet) bo‘limiga kiring 3️⃣ 인증서 발급 ni bosing 4️⃣ Telefon raqamingizni tasdiqlang 5️⃣ Bank hisobingizni tasdiqlang 6️⃣ Parol yarating 7️⃣ Tayyor! 인증서 beriladi ✅ Davlat xizmatlari ✅ Soliq ishlari ✅ Online hujjatlar ✅ Ko‘plab koreys ilovalarida foydalaniladi 🇰🇷 Koreyada yashovchilar uchun foydali ma'lumot! ✈️ @KOREAPRAVA24 ✈️ @KoreaPOHOM24
329
7
🇰🇷🚗 JANUBIY KOREYA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI UCHUN ONLINE TAYYORLOV O'QUV KURSI 🚗🇰🇷 ━━━━━━━━━━━━━━━ 💳2종보통 (B) guvohnoma
🇰🇷🚗 JANUBIY KOREYA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI UCHUN ONLINE TAYYORLOV O'QUV KURSI 🚗🇰🇷 ━━━━━━━━━━━━━━━ 💳2종보통 (B) guvohnomasidan 1종보통 (BC) toifasiga o‘tish istagi borlar uchun! 💻 ONLINE DRIVE tayyorlov kursimizda: ✅ Amaliy imtihon bo‘yicha to‘liq online tayyorlov! ✅ O‘zbek tilida video darslar! 🎯 Maqsadimiz — vatandoshlarimizning haydovchilik guvohnomasini tez, oson va ortiqcha qiyinchiliksiz qo‘lga kiritishlariga yordam berish. ━━━━━━━━━━━━━━━ ☎️  010-6569-4476 📉 @KOREAPRAVA24
426
8
🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️ 🇰🇷🔖 JANUBIY KOREYADA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI MUDDATI O‘TIB KETSA NIMA BO‘LADI❓️ 📉 @KOREAPR+3
🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️ 🇰🇷🔖 JANUBIY KOREYADA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI MUDDATI O‘TIB KETSA NIMA BO‘LADI❓️ 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
394
9
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷🔖 JANUBIY KOREYADA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI MUDDATI O‘TIB KETSA NIMA BO‘LADI❓️ ⚠️ DIQQAT, HAYDOVCHILAR
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷🔖 JANUBIY KOREYADA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI MUDDATI O‘TIB KETSA NIMA BO‘LADI❓️ ⚠️ DIQQAT, HAYDOVCHILAR! Janubiy Koreyada olingan haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, uni imkon qadar tezroq yangilash muhim. 🔴 1. KECHIKTIRISH UCHUN JAVOBGARLIK: Guvohnomani yangilash yoki 1종 guvohnomasi uchun 적성검사 (qobiliyat/tibbiy tekshiruv) muddatini o‘tkazib yuborish ma’muriy jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. 🔴 2. 1 YILDAN ORTIQ KECHIKTIRISH 📌 2종 guvohnoma: yangilash muddati tugaganidan keyin 1 yil ichida yangilanmasa, guvohnoma bekor qilinishi mumkin. 📌 1종 guvohnoma: 적성검사 muddatidan keyin 1 yil ichida tegishli tartib bajarilmasa, guvohnoma bekor qilinishi mumkin. ❗ Guvohnoma bekor qilinganidan keyin uni oddiygina yangilab bo‘lmaydi — yangi guvohnoma olish tartibi talab qilinishi mumkin. 🚫 3. MUDDATI O‘TGAN GUVOHNOMA BILAN MASHINA HAYDAMANG! Guvohnoma bekor qilingan yoki haydash huquqi mavjud bo‘lmagan holatda avtomobil boshqarish jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 📋 4. YANGILASHDA KERAK BO‘LISHI MUMKIN: ✅ Amaldagi haydovchilik guvohnomasi ✅ Chet elliklar uchun ARC ✅ Kerak bo‘lsa, tibbiy ko‘rik / ko‘rish testi ✅ Belgilangan ariza va to‘lovlar ⏰ GUVOHNOMANGIZ MUDDATINI OLDINDAN TEKSHIRING! Muddat o‘tib ketishini kutmang — vaqtida yangilash jarima, huquqiy muammo va ortiqcha vaqt sarflashning oldini oladi. 📢 Ushbu ma’lumotni Koreyada avtomobil boshqaradigan tanishlaringizga ham yuboring! 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
374
10
🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️ 🇰🇷 🏃 JANUBIY KOREYADA MAKTAB ATROFIDAGI TEZLIK QOIDASI O‘ZGARMOQDA❗️ 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @Ko+3
🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️ 🇰🇷 🏃 JANUBIY  KOREYADA MAKTAB ATROFIDAGI TEZLIK QOIDASI O‘ZGARMOQDA❗️ 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
401
11
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷 🏃 JANUBIY KOREYADA MAKTAB ATROFIDAGI TEZLIK QOIDASI O‘ZGARMOQDA! ⚠️ Bolalarni himoya qilish zonalarid
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷 🏃 JANUBIY KOREYADA MAKTAB ATROFIDAGI TEZLIK QOIDASI O‘ZGARMOQDA! ⚠️ Bolalarni himoya qilish zonalarida (어린이보호구역) tungi vaqtda tezlik chegarasi oshiriladi. 🚦 ⏰ 00:00–06:00 oralig‘ida: 🔹 Amaldagi: 30 km/soat 🔹 Yangi tartib: 40–50 km/soatgacha 📌 Nega tungi vaqtda? So‘nggi 5 yil davomida 00:00–06:00 oralig‘ida butun mamlakat bo‘yicha bolalarni himoya qilish zonalarida bolalar ishtirokidagi piyodalar YTHlari 0 ta bo‘lgan. 📍 Qayerlarda joriy etiladi? Dastlab barcha talablarga javob beradigan 160 dan ortiq hududda joriy etiladi. Kelajakda ushbu tizimni taxminan 6 000 ta hududga kengaytirish imkoniyati mavjud. 💡 Bunday hududlarda yo‘l to‘siqlari, svetofor va tezlikni nazorat qilish uskunalari kabi xavfsizlik infratuzilmalari mavjud bo‘lishi kerak. 🔢 Muhim: Tungi tezlik chegarasi har bir hududda yo‘l belgisi yoki LED raqamli displey orqali ko‘rsatiladi. Shuning uchun haydovchilar yo‘l belgisidagi amaldagi tezlikka amal qilishlari kerak. 🛡️ Bolalar xavfsizligi — birinchi o‘rinda! Shu bilan birga, bolalar harakati deyarli bo‘lmaydigan tungi vaqtda haydovchilar uchun ortiqcha noqulayliklarni kamaytirish ko‘zda tutilmoqda. 📢 Koreyadagi yo‘l harakati qoidalari va yangiliklari uchun: 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
343
12
🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️ 🇰🇷🔃 2026년 | JANUBIY KOREYADA CHORRAHADA TIRBANDLIKNI KELTIRIB CHIQARMANG❗️❗️❗️ 📉 @KOREAPRAV+4
🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️ 🇰🇷🔃 2026년 | JANUBIY KOREYADA CHORRAHADA TIRBANDLIKNI KELTIRIB CHIQARMANG❗️❗️❗️ 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
397
13
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷🔃 2026년 | JANUBIY KOREYADA CHORRAHADA TIRBANDLIKNI KELTIRIB CHIQARMANG! 🔃 Chorrahaga yashil chiroqda
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷🔃 2026년 | JANUBIY KOREYADA CHORRAHADA TIRBANDLIKNI KELTIRIB CHIQARMANG! 🔃 Chorrahaga yashil chiroqda kirgan bo‘lsangiz ham, oldingizdagi transport vositalari sababli chorrahaning sariq katakli “to‘xtash taqiqlangan” hududida qolib, boshqa transportlarning harakatiga to‘sqinlik qilsangiz, bu “꼬리물기” — chorrahani tirband qilib qo‘yish sifatida nazorat qilinishi mumkin. 🤖 Bunday holatlar sun’iy intellektga asoslangan avtomatik kameralar orqali 24 soat nazorat qilinishi mumkin. 💰 Jarimalar Nazorat turi: Yengil avtomobil va Furgonlar uchun. 📹 Kamera / video orqali • 승용차 50 000 von • 승합차 60 000 von 👮 Politsiya tomonidan • 승용차 40 000 von • 승합차 50 000 von ⚠️ Svetoforni buzishdan farqi: Agar chorrahaga yashil chiroqda kirib, tirbandlik sababli ichkarida qolib ketsangiz — chorrahani to‘sib qo‘yish qoidasi qo‘llanishi mumkin. Agar sariq yoki qizil chiroqdan keyin chorrahaga kirishda davom etsangiz, bu svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmaslik sifatida baholanib, yanada og‘irroq jazo qo‘llanishi mumkin. 💡 ENG MUHIM MASLAHAT: 🚗 Oldingizdagi yo‘l ochilmagan bo‘lsa — yashil chiroq yonib turgan bo‘lsa ham chorrahaga kirmang! ✅ To‘xtash chizig‘ida kuting. ✅ Chorrahani bo‘sh qoldiring. ✅ Boshqa transportlarning harakatiga xalaqit bermang. 🇰🇷 Qonunni biling — jarimadan saqlaning! 📲 Telegram • TikTok • Instagram 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
367
14
🚨 #ESLATMA🗓❗️ 🇺🇿🇰🇷 JANUBIY KOREADA HUJJATLARINGIZNI RASMIYLASHTIRISHDA QIYNALYAPSIMI? 💥Endi ortiqcha vaqt va ovora bo'
🚨 #ESLATMA🗓❗️ 🇺🇿🇰🇷 JANUBIY KOREADA HUJJATLARINGIZNI RASMIYLASHTIRISHDA QIYNALYAPSIMI? 💥Endi ortiqcha vaqt va ovora bo'lishning hojati yo'q!🤗 ✅ Tarjima ✅ Notarial tasdiq ✅ Apostil ✅ Taklifnoma (Vizaga chaqiruv) ✅ Barcha rasmiy hujjatlar 📌 Xizmat ko'rsatiladigan hujjatlar: ✔️ Haydovchilik guvohnomasi ✔️ Tug'ilganlik guvohnomasi ✔️ Nikoh guvohnomasi ✔️ Diplom va sertifikatlar ✔️ Ishonchnoma ✔️ Boshqa barcha rasmiy hujjatlar 💯 Hujjatlaringiz Koreya Immigratsiya xizmati va boshqa davlat idoralarining amaldagi talablari asosida tayyorlanadi. ⭐ Nima uchun aynan biz? 🔹 Sifatli tarjima 🔹 Qonuniy va ishonchli xizmat 🔹 Tezkor rasmiylashtirish 🔹 Mas'uliyatli yondashuv ☎️ 010-2708-6457 ✈️ @rano75 🌹 Ishonchli notarius, apostil va tarjima xizmatlari — Ra'no opa bilan! 📩 Hoziroq bog'laning va hujjatlaringizni ishonchli mutaxassisga topshiring! ✈️ @KOREAPRAVA24 ✈️ @KoreaPOHOM24
383
15
🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️ 🇰🇷🛣 YO'L TIRBANDLIK SABABLI YO‘L YOQASIDAN HARAKATLANMANG❗️ 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM2+3
🚨 #ESLATMA🇺🇿🇷🇺🇺🇸🇰🇷❗️ 🇰🇷🛣 YO'L TIRBANDLIK SABABLI YO‘L YOQASIDAN HARAKATLANMANG❗️ 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
435
16
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷🛣 YO'L TIRBANDLIK SABABLI YO‘L YOQASIDAN HARAKATLANMANG! ✨️ Tirbandlik juda kuchli bo‘lgani uchun yo‘l
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷🛣 YO'L TIRBANDLIK SABABLI YO‘L YOQASIDAN HARAKATLANMANG! ✨️ Tirbandlik juda kuchli bo‘lgani uchun yo‘l yoqasiga (갓길) chiqib harakatlanish qonun bilan taqiqlangan. ⚠️ Yengil avtomobil uchun: 🔴 Jarima — 60 000 von 🔴 30 ball jarima balli 📌 30 ball — haydovchilik guvohnomasini 40 ball bilan to‘xtatib turish mezonining 3/4 qismi hisoblanadi. 🚛 Yuk/yo‘lovchi tashuvchi avtomobil: 🔴 70 000 von jarima 📹 Agar qoidabuzarlik avtomatik kamera orqali aniqlansa, ma’muriy jarima (과태료) ham qo‘llanishi mumkin. ❗ Qachon yo‘l yoqasidan foydalanish mumkin? Faqat politsiya ko‘rsatmasi, avtomobilning nosozligi yoki boshqa majburiy holatlar kabi qonunda nazarda tutilgan zarur vaziyatlarda. 🚨 Avtomobil buzilib, yo‘l yoqasida to‘xtashga majbur bo‘lsangiz: Ikkinchi avariyaning oldini olish uchun imkon qadar to‘siq (guardrail) tashqarisiga xavfsiz joyga chiqish muhim. ❌ “Bir necha daqiqaga chiqib olsam bo‘ladi” deb o‘ylamang! Bir marta yo‘l yoqasidan noqonuniy harakatlanishning o‘zi 30 ball olib kelishi mumkin. 📌 Huquqiy asos: Koreya Respublikasining Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonuni — 도로교통법 제60조. 🔔 Ushbu ma’lumotni Koreyada avtomobil boshqaradigan oila a’zolaringiz va tanishlaringizga ham yuboring.📲 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
494
17
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷 JANUBIY KOREYADAGI HAYDOVCHILAR DIQQATIGA! ⚠️⚠️⚠️ ✨️​Koreya Respublikasida maktab zonalari ("School Zo
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷 JANUBIY KOREYADAGI HAYDOVCHILAR DIQQATIGA! ⚠️⚠️⚠️ ✨️​Koreya Respublikasida maktab zonalari ("School Zone") atrofida noqonuniy to'xtash va to'xtab turish qoidalari yanada qattiqlashdi. Endi "shunchaki 5 daqiqaga kirib chiqdim" degan bahona o'tmaydi va xato qilish juda qimmatga tushishi mumkin. ​O'zingiz va boshqalarning xavfsizligi uchun quyidagi muhim o'zgarishlarni yodda tuting: ​💰 Jarima miqdori 3 baravar oshdi! Oddiy yo'llarda 40 000 von bo'lgan jarima, endi maktab zonasida aniqlanganda maksimal 120 000 vongacha yetishi mumkin. ​⏱️ "5 daqiqalik imtiyoz" yo'q qilindi. Ilgari mavjud bo'lgan 5 daqiqalik yumshatish bekor qilindi. Endi atigi 1 daqiqa to'xtab turish ham xavfsizlik hisoboti ilovasi orqali (1 daqiqa farq bilan olingan 2 ta surat orqali) avtomatik tarzda jarimaga sabab bo'ladi. ​🚫 24 soat istisnosiz taqiqlangan 6 ta qat'iy zona. Hech qanday vaqt istisnosiz (dam olish kunlari, bayramlar yoki tushlik vaqtlarida ham) to'xtash taqiqlangan joylar: • ​Sohaviy inshoot (gidrantlar) — 5m • ​Chorrahadan burilish burchagi — 5m • ​Avtobus bekati — 10m • ​Piyodalar o'tish joyi — 5m • ​Maktab zonasi kirish joyi — 5m ​Yo'laklar (trotuarlar) ​🟡 Sariq ikki chiziqning ma'nosi. Yo'l ustidagi sariq rangli ikkita qattiq chiziq — bu shunchaki chiziq emas. Ular “hatto bir daqiqaga ham to'xtamang” degan qat'iy ma'noni anglatadi. 👉 ​Iltimos, hushyor bo'ling va mashinangizni faqat belgilangan joylarga qonuniy ravishda qo'ying. ✨️​Batafsil ma'lumotni quyidagi rasmlarda ko'rishingiz mumkin. 👇 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
482
18
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🚗🛒 MASHINANGIZNI XARID ARAVACHASI URIB KETDIMI? O'Z PULINGIZGA TA'MIRLAMANG! ​ ​🛑 To'xtang! Ko'pchilik K+3
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🚗🛒 MASHINANGIZNI XARID ARAVACHASI URIB KETDIMI? O'Z PULINGIZGA TA'MIRLAMANG! ​ ​🛑 To'xtang! Ko'pchilik Koreyada to'xtab turgan mashinasiga aravacha urilganda, buni oddiy hodisa deb o'ylab, ta'mir uchun o'z cho'ntagidan pul to'laydi. 👉Bu xato! Sizda kompensatsiya olish huquqi bor. ​Bizning huquqiy yo'riqnomamizni o'rganing: ​1️⃣ Aybdor topilsa: Uning "Shaxsiy javobgarlik sug'urtasi" (일상생활배상책임보험 - il-sang-saenghwal-bae-sang-chaek-im-bo-heom) orqali tovon puli olishingiz mumkin. Bu avtomobil sug'urtasiga ta'sir qilmaydi. ​2️⃣ Aybdor noma'lum bo'lsa: Mart yoki do'kon ma'muriyati javobgar bo'lishi mumkin (agar aravachalar nazoratsiz qoldirilgan bo'lsa). Ular tijorat javobgarligi sug'urtasiga ega bo'lishi kerak. ​3️⃣ Qanday harakat qilish kerak? ​📸 Voqea joyini va mashinangizdagi shikastni suratga oling. ​👮‍♂️ Mart ma'muriyatiga xabar bering va CCTV yozuvlarini olishni talab qiling. ​📝 Guvohlar bo'lsa, ularning ma'lumotlarini yozib oling. ​✅ Xulosa: Avval huquqlaringizni tekshiring, keyin ta'mirlang. Shoshilmang! ​Batafsil ma'lumot va huquqiy maslahatlar uchun bizning kanalga obuna bo'ling! 👇 ​📩 Telegram, TikTok, Instagram: 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
503
19
🛡️ KB 손해보험 KOREYADA ISHONCHLI SUG‘URTA XIZMATLARI! 🇰🇷 🚗 Avtomobil sug‘urtasi 👨‍✈️ Haydovchi sug‘urtasi 🏠 Uy-joy sug‘urt
🛡️ KB 손해보험 KOREYADA ISHONCHLI SUG‘URTA XIZMATLARI! 🇰🇷 🚗 Avtomobil sug‘urtasi 👨‍✈️ Haydovchi sug‘urtasi 🏠 Uy-joy sug‘urtasi ❤️ Sog‘liq sug‘urtasi 👶 Bola sug‘urtasi ✈️ Sayohat sug‘urtasi Va boshqa sug‘urta turlari ham mavjud! 📞 Murojaat uchun: 📲 🇰🇷 010-8480-6668 📲 🇺🇿 010-6569-4476 📉 @KoreaPOHOM24 📉 @KOREAPRAVA24 Batafsil ma’lumot uchun bog‘laning!
522
20
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷🚔 JANUBIY KOREYADA JARIMA (과태료), PENALTI BALLARI (벌점) VA GUVOHNOMA BEKOR BO‘LISHI: ✨️Ko‘pchilik haydov
🚨 #ESLATMA🇰🇷❗️ 🇰🇷🚔 JANUBIY KOREYADA JARIMA (과태료), PENALTI BALLARI (벌점) VA GUVOHNOMA BEKOR BO‘LISHI: ✨️Ko‘pchilik haydovchilar jarima (과태료) va jarima + penalti ball (범칙금·벌점) o‘rtasidagi farqni bilmaydi. Quyidagi ma'lumotlar har bir haydovchi uchun muhim. 📸 Kamera ushlasa (과태료) ✅ Jarima avtomobil egasiga yuboriladi. ✅ Penalti ball berilmaydi. ✅ Haydovchi kimligi aniqlanmaydi. 👮‍♂️ Politsiya to‘xtatib rasmiylashtirsa (범칙금) ✅ Jarima haydovchiga yoziladi. ✅ Penalti ball qo‘shiladi. ✅ Ballar ko‘payib ketsa guvohnoma vaqtincha to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 🚗 ODDIY YO‘LDA TEZLIKNI OSHIRISH. 🔹 20 km/soatgacha oshirish Kamera: 40 000 von Politsiya: 30 000 von Penalti: Yo‘q 🔹 20–40 km/soat oshirish Kamera: 70 000 von Politsiya: 60 000 von Penalti: 15 ball 🔹 40–60 km/soat oshirish Kamera: 100 000 von Politsiya: 90 000 von Penalti: 30 ball 🔹 60 km/soatdan ortiq oshirish Kamera: 130 000 von Politsiya: 120 000 von Penalti: 60 ball 🚸 BOLALAR HIMOYA HUDUDIDA (어린이보호구역) 🔹 20 km/soatgacha oshirish Jarima: 70 000 von Penalti: 15 ball 🔹 20–40 km/soat oshirish Jarima: 100 000 von Penalti: 30 ball 🔹 40–60 km/soat oshirish Jarima: 130 000 von Penalti: 60 ball 🔹 60 km/soatdan ortiq oshirish Jarima: 160 000 von Penalti: 120 ball ⚠️ ENG KO‘P UCHRAYDIGAN QOIDABUZARLIKLAR. 🔸 Piyodalar yo‘lagiga chiqish – 10 ball 🔸 Svetofor yoki yo‘l belgilariga amal qilmaslik – 15 ball 🔸 Haydash vaqtida telefon ishlatish – 15 ball 🔸 Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish – 30 ball 🔸 Xavfli haydash – 40 ball 🔸 60 km/soatdan ortiq tezlik oshirish – 60 ball 🔸 Mast holda avtomobil boshqarish – 100 ball. 🚨 HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI QACHON TO‘XTATILADI YOKI BEKOR QILINADI? 🔴 40 ball va undan yuqori to‘plansa — haydovchilik guvohnomasi vaqtincha to‘xtatiladi (정지). 🔴 1 yil ichida 121 ball, 2 yil ichida 201 ball yoki 3 yil ichida 271 ball to‘plansa — haydovchilik guvohnomasi bekor qilinadi (취소). 🟢 Agar penalti ballaringiz 40 balldan kam bo‘lsa va 1 yil davomida qoidabuzarlik qilmasangiz, mavjud ballar bekor qilinishi mumkin. ⚠️ Mast holda haydash, YTH sodir etib qochib ketish (뺑소니) yoki guvohnomasiz haydash kabi og‘ir qoidabuzarliklar esa ball yig‘ilishini kutmasdan ham guvohnomani bekor qilishga sabab bo‘lishi mumkin. 📲 Telegram | TikTok | Instagram 📉 @KOREAPRAVA24 📉 @KoreaPOHOM24
587