His perspective
Open in Telegram
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion. Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman. Aloqa uchun: @brnchuz
Show moreUzbekistan26 384The category is not specified
1 751
Subscribers
-224 hours
-157 days
+30230 days
Posts Archive
1 751
Konkurs g‘oliblarini tabriklaymiz!
Ilmiy izlanish bilan bir qatorda ta’lim berib kelayotgan Muxriddin Sharifov, o‘zi uchun muhim va quvonchli maqsad yo‘lida pul jamg‘arayotgan Nurmuhammad hamda 14 yosh bo‘lishiga qaramay, katta shijoat hamda intilish ko‘rsatayotgan Osimxonni Claude Pro obunasiga munosib deb topdik.
G‘oliblardan @brnchuz’ga bog‘lanib, karta ma’lumotlari hamda imeylni yuborishlarini so‘raymiz.
Ishtirok etgan barchaga rahmat! Kelgusi haftada navbatdagi konkursni e’lon qilamiz.
Surat: Mem.
@hisperspective
1 751
Barcha davrning o‘z wowʼlari bo‘lishi haqida
Hozir kun ora nimadir yangi ai agent, avtomatizatsiya yoki qiziq nimadir ixtironing guvohi bo‘lyapmiz. Sizlarga aytsam ilgari ham aslida xuddi shunday wow effekt beradigan ixtirolar atrofida yashaganmiz ammo, ommatan shaklda u ixtirolar haqida gapirilmagani sabab rivojlanish tempini his eta olmaganmiz.
Masalan, uCoz, Lark va shunga o‘xshash konstruktorlarda veb-saytlar yasab yurgan kezlarim forumlardan DLE, WordPress kabi CMS’lar haqida bilib qolganman. O‘shanda miyamda haqiqiy wow effekti paydo bo‘lgan.
Tasavvur qiling, har bir sahifani erinmasdan qo‘lda hetemele kodlarini yozib tuzib yurgan paytingizda, birdan bu ishlarning katta qismini avtomatlashtirib beradigan tizim borligini bilib qolasiz. Bu taxminan, bugun Claude Code kod yozib berayotgani qanday wow effektini bersa, o‘sha paytda CMS’ni birinchi marta ko‘rish bundan ham shunaqa mo‘jizadek tuyulgan.
Shu bois bilmoq kerakki texnologiyaning “wow”i yangiliklarda emas, balki kechagina qo‘lda qilgan ishingizni bugun bir tizim siz uchun bajarib qo‘yayotganini birinchi marta ko‘rishda, unday qay maqsadda foydalana olishni bilishda, menimcha.
Ishqilib, o‘qing, o‘rganing. Ertaga claude bo‘yicha g‘oliblarni e’lon qilaman.
Surat: Illustrativ.
@hisperspective
1 751
Higgsfield AIning muvaffaqiyat siri nimada?
Marketing nuqtayi nazaridan Higgsfieldning bu qadar tezlik bilan qisqa vaqt ichida koʻrsatayotgan oʻsish koʻrsatkichlarini kuzatish, tahlil qilish menga doim qiziq boʻlgan.
Startapning muvaffaqiyat sirini anglash uchun Higgsfieldda ishlayotgan tanishlarim, doʻstlarim bilan suhbatlashdim va oʻzbek startaplarida yoʻq bir narsani sezdim.
U ham boʻlsa juda katta miqdordagi marketing budjeti yoqilishi. Higgsfield influence marketingga bozordagi boshqalarga qaraganda juda koʻp pul sochadi. Ya’ni integratsion reklamalar haddan tashqari koʻp va samarali ishlaydi.
Qolaversa, startap asoschilaridan biri ham aynan influence marketing quroli sifatida oʻzini ishlatadi. Har yerda chiqish qiladi, gapiradi va startapini sotishga, hech yoʻq bitta yangi odamga yetkazishga urinadi. Bu esa Higgsfield atrofida media shari tobora shishib kattarib borishiga sabab boʻladi.
Ishqilib, unikorn qilmoqchimisiz? Influence marketingni kuchli oʻrganing va foydalaning.
Surat: Google.
@hisperspective
1 751
Bank sektoridagi beqarorlik fonida “xavfsiz” xizmat tanlash haqida
So‘nggi vaqtlarda ayrim banklar va ular bilan bog‘liq shaxslar atrofidagi xabarlar, shuningdek, baʼzi omonat xizmatlarida kuzatilayotgan muammolar fonida “qaysi bank xizmatidan foydalanish xavfsizroq?” degan savol tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.
Menimcha, biror bankni mutlaq “xavfsiz” deb atash to‘g‘ri emas. Bank tanlashda uning mulkchilik shaklidan ko‘ra moliyaviy barqarorligi, aksiyadorlari va ta’sischilarining ochiqligi, xizmatlarining shaffofligi hamda mijozlar oldidagi majburiyatlarini qanday bajarayotganiga qarash muhimroq.
Shaxsan men davlat ulushi yuqori va raqamli xizmatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan banklarga ko‘proq e’tibor qaratyapman. Moliyaviy hisoblarim va bank kartalarimni ham bir nechta shunday banklar o‘rtasida taqsimlab, mablag‘larimni diversifikatsiya qilishga harakat qilyapman. Siz ham shunday qiling.
Ishqilib, hozirgi beqaror sharoitda moliyaviy sergaklik juda zarur.
Surat: Google.
@hisperspective
1 751
Fransuz muhandisning gruzincha qahvaxona biznesi haqida
Afisha.uz’ning Shavi qahvaxonasi haqidagi maqolasiga ko‘zim tushdi. Unda qahvaxonaning Toshkentda ochilishi va biznesning ayrim qadriyatlari haqida so‘z boradi. Ammo Tibo bilan suhbatlashganda u tez-tez tilga oladigan bir muhim jihat maqolada deyarli ko‘rinmaydi.
Asli fransuz bo‘lgan Thibault Tughushi-Flament Parijda fuqaro aviatsiyasi va qurilish muhandisligi bo‘yicha tahsil olgach, dunyoni ko‘rish va turli madaniyatlarni o‘rganish maqsadida sayohatga chiqadi. Keyinchalik u bir necha mamlakatda yirik qurilish loyihalarida muhandis sifatida faoliyat yuritadi. Taqdir esa uni oxir-oqibat Gruziyaga olib keladi.
Tbilisida ishlayotgan vaqtida u Keti Tughushi bilan tanishadi. Bu tanishuv Tiboning hayotini o‘zgartiradi u doimiy sayohatlardan voz kechib, Gruziyada qolishga qaror qiladi. Rafiqasi va uning madaniyatiga bo‘lgan hurmati ramzi sifatida esa o‘z familiyasiga Tughushi familiyasini qo‘shadi.
Gruziya Tibo uchun shunchaki navbatdagi mamlakat emas, yangi uyga aylanadi. Aynan shu yerda u anchadan beri orzu qilgan specialty coffee biznesini rafiqasining ko‘magi bilan yo‘lga qo‘yadi.
Qiziq tomoni shundaki, Shavi’ning hikoyasi faqat qahva haqida emas. Uning ortida muhabbat, yangi madaniyatni qabul qilish va hayotni butunlay boshqa yo‘nalishga o‘zgartira olish haqidagi katta shaxsiy qaror hamda tajriba bor. Shular sabab ham menimcha Gruziyada boshlangan kichik qahvaxona biznesi hozirda Toshkentda ham gurkirab rivojlanmoqda.
Ishqilib, yuqorida keltirgan ma’lumotlarimni Tiboning o‘zidan eshitganman. Yo‘lingiz tushib qolsa Shaviga kiring qahvasidan iching ular yaratgan muhitga baho bering.
Surat: Keti va Tibo.
@hisperspective
1 751
+1
ICTWEEK’da Unitree kompaniyasi ham ishtirok qatnashayotgani haqida
Kompaniya ko‘rgazmada bir nechta humanoid va ko‘p funksiyali robotlarini namoyish etmoqda. Qiziq tomoni, ayrim modellarni ko‘rgazmaning o‘zida xarid qilish imkoniyati ham mavjud ekan.
Menga ayniqsa Unitree H2 modeli qiziq tuyuldi. Uning imkoniyatlari boshqa modellarga qaraganda ancha o‘zgachadek ko‘rindi. Humanoid ichiga Intel Core i5 protsessori o‘rnatilgani ham e’tiborimni tortdi.
Ishqilib, humanoid kerak boʻlsa kelib olib ketsangiz boʻladi.
Surat: Shaxsiy arxiv.
@hisperspective
1 751
+2
VoiceLab.uz startapi $80 ming investitsiya jalb qilibdi
Startap asoschilaridan biri Elzodxonning aytishicha, VoiceLab.uz platformasidan hozirda kuniga 4–5 ming nafarga yaqin xalqaro foydalanuvchi foydalanmoqda.
Jamoa ayni paytda growth’ga faol e’tibor qaratib, agressiv marketing strategiyasini olib bormoqda. Qolaversa, kompaniya jamoasini kuchaytirish uchun tajribali sotuv menejerini ham izlayapti.
Ishqilib, 10 daqiqa suhbatning o‘zida shuncha yangilik bilib oldim.
Surat: Shaxsiy arxiv.
@hisperspective
1 751
TBC Avto xizmati ishga tushgani haqida
TBC Bank axborot xizmati yangi TBC Avto xizmati ishga tushganini ma’lum qildi. Endilikda avtomobil xarid qilmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar TBC mobil ilovasi orqali o‘zlariga mos mashinani tanlab, avtokreditni ham shu yerning o‘zida rasmiylashtirishi mumkin ekan.
Jarayon qiziq, avtomobil rusumini tanlaysiz, qancha mablag‘ingiz borligini ko‘rsatasiz va ilova sizga mos variantlarni taklif qiladi. Shundan so‘ng avtomobil narxi, kredit shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan tanishib, jarayonni davom ettirasiz.
Ya’ni avtomobil qidirish va uni moliyalashtirish jarayoni bitta mobil ilova ichiga jamlangan. Fintech nuqtayi nazaridan qaraganda, foydalanuvchi uchun ancha qulay yechim. Xuddi shunday yechim sal avvalroq UrbanDrive.uzʼdagi birodarlarimiz tomonidan ham taqdim etilgan edi.
Ishqilib, avkoreditlar bozori oʻlayotgan bir vaqtda qiziq yechim qilishibdi. Endi kim 21.5% dan kreditga mashina oladi bilmadim-u ammo, yechim qiziq.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective
1 751
Sunʼiy intellekt insonlarga xavfmi?
Ushbu savolga Akmal Paiziyev yaxshi javob beribdilar. Rostdan insoniyatga bo‘lib ham o‘zbeklarga xavf solib turgan tabiiy omillar, ofatlar oldida sunʼiy intellekt keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavf hech narsa emas.
Sizlar bilan ekologik xavflar haqida esa birinchi va ikkkinchi postlarda gaplashib oʻtgan edik.
Video: YouTube.
@hisperspective
1 751
Dunyo iste’mol bozoridagi 550 dan ziyod mahsulot 12 ta yirik kompaniya tasarrufida
Bir qarashda iste’mol bozorida yuzlab turli brendlar o‘zaro raqobat qilayotgandek ko‘rinadi. Ammo chuqurroq qaralsa, ularning katta qismi sanoqli yirik kompaniyalar portfeliga tegishli ekanini ko‘rish mumkin.
Masalan, supermarket rastasida o‘nlab turli ichimlik brendlari turadi. Xaridor ular orasidan tanlov qilayotgandek tuyuladi, biroq ayrim hollarda bir-biriga raqobatchidek ko‘ringan bir nechta brend aslida bitta kompaniyaga tegishli bo‘ladi.
Coca-Cola bunga yaxshi misol. Coca-Cola, Fanta, Sprite va boshqa qator ichimliklar bitta kompaniya portfeliga kiradi. Ya’ni xaridor turli brendlar orasidan tanlaydi, kompaniya esa turli did va ehtiyojlarga mos mahsulotlar orqali bozorning bir nechta segmentida bir vaqtning o‘zida ishtirok etadi.
Ana shu “tanlov illuziyasi” ortida kuchli marketing mantig‘i yotadi, xaridorga qancha ko‘p variant taklif qilinsa, uning o‘z didiga mos mahsulotni topish ehtimoli shuncha ortadi. Natijada xaridorning puli baribir kompaniyada qoladi.
Ishqilib, supermarketga kirganingizda toʻlayotgan har soʻmingizni taxminan shu “tanlov illuziyasi” orqali oʻz choʻntaklariga mohirona yoʻnaltirishadi.
Surat: Linkedin.
@hisperspective
1 751
Duolingo til o‘rganish bozoridan siqib chiqarilayotgani haqida
Til o‘rganishni geymifikatsiya modeli asosida ommalashtirgan Duolingo Yevropa bozorida yangi raqobatchi bosimini tobora ko‘proq sezyapti va unga bozorni boy beryapti. Ushbu raqobatchi Turkiyaning Codeway kompaniyasi ishlab chiqqan Learna AI.
Qiziq tomoni, Learna AI qisqa vaqt ichida 5 ta mamlakatda faol o‘sishga erishib, Duolingo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga kirishgan. Agar bu sur’at davom etsa, yaqin yillarda AI asosidagi til o‘rganish platformalari Duolingo’ning bozordagi ulushiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Bu holat til o‘rganish bozorida yangi bosqich boshlanayotganini ko‘rsatadi ya’ni endi foydalanuvchini faqat geymifikatsiya emas, balki sun’iy intellekt asosidagi shaxsiylashtirilgan ta’lim ham jalb qilmoqda. Buyog‘iga EdTech’ga kirmoqchi bo‘lganlar yaxshiroq hisob-kitob qilishlari kerak.
Ishqilib, sun’iy intellekt hamma narsani tez o‘zgartirib yuboryapti. O‘rganinglar.
Surat: Linkedin.
@hisperspective
1 751
Claudedagi ushbu funksiya kunlik hayotiy ishlarimni osonlashtirgani haqida
Men odatda ish bilan bog‘liq deyarli barcha yumushlarimni laptopimda bajarishga o‘rganib qolganman. Aniqrog‘i, so‘nggi 10 yil davomida laptopni ryukzakda olib yurib, deyarli istalgan joyda ishlayverardim. Ish stoli shart emasdi. Hatto bir safar metroda tik turgan holimda ham bitta taskni yopganim esimda.
Lekin texnologiya shu darajada rivojlandiki, endi to‘satdan chiqib qoladigan tasklar uchun ryukzakda laptop olib yurishim shart emas. Buning uchun Claude’dagi Remote Control funksiyasi va internetga ulangan PC yoki laptopning o‘zi yetarli.
Dunyoning istalgan nuqtasidan telefonim orqali Claude’ga kerakli topshiriqni beraman, u esa kompyuterimda zarur amaliyotlarni bajarishga yordam beradi. Natijada ilgari laptopni ochishim kerak bo‘lgan ko‘plab ishlarni endi telefonning o‘zidan turib bitirib ketyapman.
Bir paytlar “mobil ishlash” deganda laptopni istalgan joyda ochib ishlashni tushunardik. Hozir esa laptopning o‘zini yonimizda olib yurish ham shart bo‘lmay qolmoqda.
Ishqilib, zamon tej rivojlanyapti o‘rganishga ulgurish shart, zarur. Aytgancha remote controldan foydalanib ko‘ring.
Surat: Google.
@hisperspective
1 751
O‘zbekistondagi yangilik saytlarida reklama narxlari indeksi
Faoliyatim reklama va marketing bilan bog‘liq bo‘lgani uchun shu sohaga oid davriy postlar tayyorlash niyatim anchadan beri bor edi. Kech bo‘lsa-da, erinchoqlikni yengib, O‘zbekistondagi bir nechta OAVning reklama narxlarini yig‘ib chiqdim va o‘ziga xos reklama narxlari indeksini shakllantirdim.
Agar mahsulot yoki xizmatingizni OAV orqali reklama qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu indeks sizga nashrlarni narx bo‘yicha solishtirish va reklama budjetini rejalashtirishda as qotishi mumkin.
Oddiy foydalanuvchi bo‘lsangiz ham, hech bo‘lmaganda O‘zbekistonda nechta internet nashri faoliyat yuritayotgani va ularda reklama joylashtirish necha pul turishi haqida tasavvurga ega bo‘lasiz (:
Ishqilib, o‘zbek reklama va ayti bozoridagi qiziq postlar uchun olovcha bosib qo‘ying.
Surat: Senior dizayner ChatGPT.
@hisperspective
1 751
Bugundan yangi iphonelar sotuvi boshlandi
Narxlarni tekshirsam kosmos darajada boʻlib yotibdi. 48 million soʻm narx qayerdan kelgan biror doʻkondor keltirib berolmasa kerak.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective
1 751
Shaxsiy transformatsiya orqali mahsulot sotish haqida
Yaqinda Yuriy Dudning Morgenshtern bilan navbatdagi intervyusini ko‘rib qoldim. Suhbatda Morgenning hayotidagi o‘zgarishlar, iudaizmni qabul qilishi, bunga olib kelgan sabablar va o‘tmishdagi xatolari haqida batafsil gapiriladi.
Bir qarashda bu bitta insonning keskin o‘zgarishi haqidagi qariyb besh soatlik katta hikoya. Oldingi Morgenshtern bilan bugungisi o‘rtasidagi kontrastning o‘zi tomoshabinni qiziqtiradi va butun liniya davomida ushlab turadi.
Lekin marketolog ko‘zi bilan qaralsa, intervyuning yana bir qatlami ko‘rinadi, shaxsiy transformatsiya hikoyasi asta-sekin mahsulotga olib boradi. Dastlab intervyuda Morgen tomoshabinga emotsiya, yangi obraz, o‘tmish bilan hisob-kitob beradi. Bularning barchasidan keyin oʻzi yozgan kitob haqida gapirishni boshlaydi. Bu infobiznesda ko‘p uchraydigan klassik “progrev” mexanizmini eslatadi.
Kitobga qancha buyurtma tushgani va real konversiya qanday bo‘lganini bilmayman. Buni savdo raqamlarisiz aniq baholab bo‘lmaydi. Ammo intervyu atrofida hosil bo‘lgan ulkan media rezonansi mahsulot uchun juda katta auditoriya e’tiborini yaratgani aniq. Va taxmin qilamanki Morgen ham aynan shu narsani kutib bu ishni qildi. Chunki u nima qilayotganini biladigan yaxshi shoumen.
Ishqilib, odamlar info mahsulot sotishiga qarshi emasman. Lekin, e’tiqod, oila yoki boshqa chuqur shaxsiy qadriyatlar savdo mexanizmining bir qismiga aylanmasligi kerak, deb oʻylayman.
Surat: YouTube.
@hisperspective
1 751
прикинь, shunaqa qilsa bo‘larkan!
Tarjimasi: Bu jumlani ChatGPT yordamisiz yozganimni katta mamnuniyat bilan e’lon qilaman.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective
1 751
Men sezgan bu holatning nomi middle income trap ekan va Murodxoʻja aka (AIBA startapi asoschisi)ning aytishlariga qaraganda oʻzbekchada bu kabi biznes egalarini yangi boy deb atar ekanmiz (:
Aytgancha bloomberga yaqinda yangilangan milliarderlar reytingini eʼlon qildi. Menimcha har qanday biznes yoki startap egasi oʻz nomini shu roʻyxatda koʻrmaguncha bu kabi sindromlar bilan zaharlanmasligi joiz. Yana bilmadim, falak hayrondir.
Surat: Ilon Musk.
@hisperspective
1 751
O‘zbek biznes yoki startaplaridagi asosiy muammo haqida
So‘nggi yillarda marketing konsaltingi bilan shug‘ullanishga qiziqishim oshdi. Asosiy motivim o‘zimdagi bilim va ko‘nikmalarni asosiy ishimdan tashqari boshqa bizneslarda ham sinab ko‘rish, turli sohalardagi muammolarni ichkaridan tushunish edi.
Konsalting jarayonida esa bir narsani angladim, deyarli har bir biznesning o‘z muammosi bor. Ammo ko‘p hollarda muammo faqat marketingda, sotuvda yoki jamoada emas biznes egasining o‘zida ham bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan ayrim tadbirkorlarda avvalgi ishtiyoq pasayadi. Biznes allaqachon yo‘lga tushgan, daromad bor, lekin uni keyingi bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan energiya va qat’iyat kamaygan. Shunga qaramay, biznesning yanada ko‘proq daromad keltirishi kutiladi. Lekin biznes dangasalikni kechirmaydi.
Agar siz biznes egasi yoki startap asoschisi bo‘lsangiz, kompaniyaning rivoji uchun birinchi navbatda o‘zingiz yonishingiz kerak. Biznes egasidagi energiya, talabchanlik va rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoq ko‘pincha butun jamoaga ko‘chadi. Shunda biznes natijaga erishadi.
Ishqilib, aqlli dangasa bo‘ling va albatta rivojlanishdan to‘xtamang.
Surat: The office.
@hisperspective
1 751
Sezyapsizmi jamiyatda odamlarimiz nimadandir norozi va kayfiyati yoʻqdek yuribdi.
