His perspective
前往频道在 Telegram
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion. Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman. Aloqa uchun: @brnchuz
显示更多乌兹别克斯坦26 343未指定类别
1 765
订阅者
-324 小时
-177 天
+30130 天
帖子存档
1 763
TBC Avto xizmati ishga tushgani haqida
TBC Bank axborot xizmati yangi TBC Avto xizmati ishga tushganini ma’lum qildi. Endilikda avtomobil xarid qilmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar TBC mobil ilovasi orqali o‘zlariga mos mashinani tanlab, avtokreditni ham shu yerning o‘zida rasmiylashtirishi mumkin ekan.
Jarayon qiziq, avtomobil rusumini tanlaysiz, qancha mablag‘ingiz borligini ko‘rsatasiz va ilova sizga mos variantlarni taklif qiladi. Shundan so‘ng avtomobil narxi, kredit shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan tanishib, jarayonni davom ettirasiz.
Ya’ni avtomobil qidirish va uni moliyalashtirish jarayoni bitta mobil ilova ichiga jamlangan. Fintech nuqtayi nazaridan qaraganda, foydalanuvchi uchun ancha qulay yechim. Xuddi shunday yechim sal avvalroq UrbanDrive.uzʼdagi birodarlarimiz tomonidan ham taqdim etilgan edi.
Ishqilib, avkoreditlar bozori oʻlayotgan bir vaqtda qiziq yechim qilishibdi. Endi kim 21.5% dan kreditga mashina oladi bilmadim-u ammo, yechim qiziq.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective
1 763
Sunʼiy intellekt insonlarga xavfmi?
Ushbu savolga Akmal Paiziyev yaxshi javob beribdilar. Rostdan insoniyatga bo‘lib ham o‘zbeklarga xavf solib turgan tabiiy omillar, ofatlar oldida sunʼiy intellekt keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavf hech narsa emas.
Sizlar bilan ekologik xavflar haqida esa birinchi va ikkkinchi postlarda gaplashib oʻtgan edik.
Video: YouTube.
@hisperspective
1 763
Dunyo iste’mol bozoridagi 550 dan ziyod mahsulot 12 ta yirik kompaniya tasarrufida
Bir qarashda iste’mol bozorida yuzlab turli brendlar o‘zaro raqobat qilayotgandek ko‘rinadi. Ammo chuqurroq qaralsa, ularning katta qismi sanoqli yirik kompaniyalar portfeliga tegishli ekanini ko‘rish mumkin.
Masalan, supermarket rastasida o‘nlab turli ichimlik brendlari turadi. Xaridor ular orasidan tanlov qilayotgandek tuyuladi, biroq ayrim hollarda bir-biriga raqobatchidek ko‘ringan bir nechta brend aslida bitta kompaniyaga tegishli bo‘ladi.
Coca-Cola bunga yaxshi misol. Coca-Cola, Fanta, Sprite va boshqa qator ichimliklar bitta kompaniya portfeliga kiradi. Ya’ni xaridor turli brendlar orasidan tanlaydi, kompaniya esa turli did va ehtiyojlarga mos mahsulotlar orqali bozorning bir nechta segmentida bir vaqtning o‘zida ishtirok etadi.
Ana shu “tanlov illuziyasi” ortida kuchli marketing mantig‘i yotadi, xaridorga qancha ko‘p variant taklif qilinsa, uning o‘z didiga mos mahsulotni topish ehtimoli shuncha ortadi. Natijada xaridorning puli baribir kompaniyada qoladi.
Ishqilib, supermarketga kirganingizda toʻlayotgan har soʻmingizni taxminan shu “tanlov illuziyasi” orqali oʻz choʻntaklariga mohirona yoʻnaltirishadi.
Surat: Linkedin.
@hisperspective
1 763
Duolingo til o‘rganish bozoridan siqib chiqarilayotgani haqida
Til o‘rganishni geymifikatsiya modeli asosida ommalashtirgan Duolingo Yevropa bozorida yangi raqobatchi bosimini tobora ko‘proq sezyapti va unga bozorni boy beryapti. Ushbu raqobatchi Turkiyaning Codeway kompaniyasi ishlab chiqqan Learna AI.
Qiziq tomoni, Learna AI qisqa vaqt ichida 5 ta mamlakatda faol o‘sishga erishib, Duolingo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga kirishgan. Agar bu sur’at davom etsa, yaqin yillarda AI asosidagi til o‘rganish platformalari Duolingo’ning bozordagi ulushiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Bu holat til o‘rganish bozorida yangi bosqich boshlanayotganini ko‘rsatadi ya’ni endi foydalanuvchini faqat geymifikatsiya emas, balki sun’iy intellekt asosidagi shaxsiylashtirilgan ta’lim ham jalb qilmoqda. Buyog‘iga EdTech’ga kirmoqchi bo‘lganlar yaxshiroq hisob-kitob qilishlari kerak.
Ishqilib, sun’iy intellekt hamma narsani tez o‘zgartirib yuboryapti. O‘rganinglar.
Surat: Linkedin.
@hisperspective
1 763
Claudedagi ushbu funksiya kunlik hayotiy ishlarimni osonlashtirgani haqida
Men odatda ish bilan bog‘liq deyarli barcha yumushlarimni laptopimda bajarishga o‘rganib qolganman. Aniqrog‘i, so‘nggi 10 yil davomida laptopni ryukzakda olib yurib, deyarli istalgan joyda ishlayverardim. Ish stoli shart emasdi. Hatto bir safar metroda tik turgan holimda ham bitta taskni yopganim esimda.
Lekin texnologiya shu darajada rivojlandiki, endi to‘satdan chiqib qoladigan tasklar uchun ryukzakda laptop olib yurishim shart emas. Buning uchun Claude’dagi Remote Control funksiyasi va internetga ulangan PC yoki laptopning o‘zi yetarli.
Dunyoning istalgan nuqtasidan telefonim orqali Claude’ga kerakli topshiriqni beraman, u esa kompyuterimda zarur amaliyotlarni bajarishga yordam beradi. Natijada ilgari laptopni ochishim kerak bo‘lgan ko‘plab ishlarni endi telefonning o‘zidan turib bitirib ketyapman.
Bir paytlar “mobil ishlash” deganda laptopni istalgan joyda ochib ishlashni tushunardik. Hozir esa laptopning o‘zini yonimizda olib yurish ham shart bo‘lmay qolmoqda.
Ishqilib, zamon tej rivojlanyapti o‘rganishga ulgurish shart, zarur. Aytgancha remote controldan foydalanib ko‘ring.
Surat: Google.
@hisperspective
1 763
O‘zbekistondagi yangilik saytlarida reklama narxlari indeksi
Faoliyatim reklama va marketing bilan bog‘liq bo‘lgani uchun shu sohaga oid davriy postlar tayyorlash niyatim anchadan beri bor edi. Kech bo‘lsa-da, erinchoqlikni yengib, O‘zbekistondagi bir nechta OAVning reklama narxlarini yig‘ib chiqdim va o‘ziga xos reklama narxlari indeksini shakllantirdim.
Agar mahsulot yoki xizmatingizni OAV orqali reklama qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu indeks sizga nashrlarni narx bo‘yicha solishtirish va reklama budjetini rejalashtirishda as qotishi mumkin.
Oddiy foydalanuvchi bo‘lsangiz ham, hech bo‘lmaganda O‘zbekistonda nechta internet nashri faoliyat yuritayotgani va ularda reklama joylashtirish necha pul turishi haqida tasavvurga ega bo‘lasiz (:
Ishqilib, o‘zbek reklama va ayti bozoridagi qiziq postlar uchun olovcha bosib qo‘ying.
Surat: Senior dizayner ChatGPT.
@hisperspective
1 763
Bugundan yangi iphonelar sotuvi boshlandi
Narxlarni tekshirsam kosmos darajada boʻlib yotibdi. 48 million soʻm narx qayerdan kelgan biror doʻkondor keltirib berolmasa kerak.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective
1 763
Shaxsiy transformatsiya orqali mahsulot sotish haqida
Yaqinda Yuriy Dudning Morgenshtern bilan navbatdagi intervyusini ko‘rib qoldim. Suhbatda Morgenning hayotidagi o‘zgarishlar, iudaizmni qabul qilishi, bunga olib kelgan sabablar va o‘tmishdagi xatolari haqida batafsil gapiriladi.
Bir qarashda bu bitta insonning keskin o‘zgarishi haqidagi qariyb besh soatlik katta hikoya. Oldingi Morgenshtern bilan bugungisi o‘rtasidagi kontrastning o‘zi tomoshabinni qiziqtiradi va butun liniya davomida ushlab turadi.
Lekin marketolog ko‘zi bilan qaralsa, intervyuning yana bir qatlami ko‘rinadi, shaxsiy transformatsiya hikoyasi asta-sekin mahsulotga olib boradi. Dastlab intervyuda Morgen tomoshabinga emotsiya, yangi obraz, o‘tmish bilan hisob-kitob beradi. Bularning barchasidan keyin oʻzi yozgan kitob haqida gapirishni boshlaydi. Bu infobiznesda ko‘p uchraydigan klassik “progrev” mexanizmini eslatadi.
Kitobga qancha buyurtma tushgani va real konversiya qanday bo‘lganini bilmayman. Buni savdo raqamlarisiz aniq baholab bo‘lmaydi. Ammo intervyu atrofida hosil bo‘lgan ulkan media rezonansi mahsulot uchun juda katta auditoriya e’tiborini yaratgani aniq. Va taxmin qilamanki Morgen ham aynan shu narsani kutib bu ishni qildi. Chunki u nima qilayotganini biladigan yaxshi shoumen.
Ishqilib, odamlar info mahsulot sotishiga qarshi emasman. Lekin, e’tiqod, oila yoki boshqa chuqur shaxsiy qadriyatlar savdo mexanizmining bir qismiga aylanmasligi kerak, deb oʻylayman.
Surat: YouTube.
@hisperspective
1 763
прикинь, shunaqa qilsa bo‘larkan!
Tarjimasi: Bu jumlani ChatGPT yordamisiz yozganimni katta mamnuniyat bilan e’lon qilaman.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective
1 763
Men sezgan bu holatning nomi middle income trap ekan va Murodxoʻja aka (AIBA startapi asoschisi)ning aytishlariga qaraganda oʻzbekchada bu kabi biznes egalarini yangi boy deb atar ekanmiz (:
Aytgancha bloomberga yaqinda yangilangan milliarderlar reytingini eʼlon qildi. Menimcha har qanday biznes yoki startap egasi oʻz nomini shu roʻyxatda koʻrmaguncha bu kabi sindromlar bilan zaharlanmasligi joiz. Yana bilmadim, falak hayrondir.
Surat: Ilon Musk.
@hisperspective
1 763
O‘zbek biznes yoki startaplaridagi asosiy muammo haqida
So‘nggi yillarda marketing konsaltingi bilan shug‘ullanishga qiziqishim oshdi. Asosiy motivim o‘zimdagi bilim va ko‘nikmalarni asosiy ishimdan tashqari boshqa bizneslarda ham sinab ko‘rish, turli sohalardagi muammolarni ichkaridan tushunish edi.
Konsalting jarayonida esa bir narsani angladim, deyarli har bir biznesning o‘z muammosi bor. Ammo ko‘p hollarda muammo faqat marketingda, sotuvda yoki jamoada emas biznes egasining o‘zida ham bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan ayrim tadbirkorlarda avvalgi ishtiyoq pasayadi. Biznes allaqachon yo‘lga tushgan, daromad bor, lekin uni keyingi bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan energiya va qat’iyat kamaygan. Shunga qaramay, biznesning yanada ko‘proq daromad keltirishi kutiladi. Lekin biznes dangasalikni kechirmaydi.
Agar siz biznes egasi yoki startap asoschisi bo‘lsangiz, kompaniyaning rivoji uchun birinchi navbatda o‘zingiz yonishingiz kerak. Biznes egasidagi energiya, talabchanlik va rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoq ko‘pincha butun jamoaga ko‘chadi. Shunda biznes natijaga erishadi.
Ishqilib, aqlli dangasa bo‘ling va albatta rivojlanishdan to‘xtamang.
Surat: The office.
@hisperspective
1 763
Sezyapsizmi jamiyatda odamlarimiz nimadandir norozi va kayfiyati yoʻqdek yuribdi.
1 763
Oʻzbekistonda Apple TV ishlashni boshlabdi
Endilikda oʻzbekistonliklar iCloud+ obunasi yordamida Apple TV xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.
Bundan tashqari Apple Originalsdagi bir qancha film seriallarni ham tomosha qilish imkoniyati mavjud.
Ishqilib, yaqin kunlarda apple pay ham ishlab ketsa kerak.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective
1 763
Tramp va Jensen oʻrtasida sizningcha kim amalda kuchliroq qudratga ega?
1 763
Tramp Nvidia bosh direktoriga qo‘ng‘iroq qilib joʻralardek gaplashgani haqida
All-In Summitdagi Nvidia rahbari Jensen Xuang ishtirokidagi sessiya davomida uning telefoniga Donald Tramp qo‘ng‘iroq qilgan. Xuang qo‘ng‘iroqqa javob berib, suhbatni butun zal eshitishi uchun telefonni ovoz kuchaytirgich rejimiga qo‘ygan. Takoy shunaqa maqtangan desak ham boʻlsa kerak.
Xullas, qisqa suhbatning asosiy mavzularidan biri sun’iy intellekt rivoji bilan bog‘liq xavotirlar bo‘lgan. Tramp sun’iy intellekt insoniyatni yo‘q qilishi haqidagi keskin ssenariylarni tanqid qilib, bunday qo‘rquvlarni bo‘rttirilgan deb baholagan.
Jensen Xuang esa bunga javoban, mazmunan, “ha, janob, siz haqsiz. Bunday bo‘lmaydi, chunki bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, degan. Tushunarliroq tarzda aytsak ha doʻstim men bunday boʻlishiga sen uchun yoʻl qoʻymay turaman lekin, fikring xato degandek javob bergan Nvidia rahbari.
Ishqilib, tezroq sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrganinglar.
Surat: Google.
@hisperspective
1 763
Yangi alifboda yozishga erinadiganlar uchun bot qilib qo‘ydim
Alifbo masalasi, menimcha, ancha katta mavzu. Har kim o‘zi o‘rgangan va o‘ziga qulay alifboda yozish huquqiga ega. Shu sabab @aylantirgichbot’ni yozib qo‘ydim.
Istalgan chat, guruh yoki kanalda botni inline rejimda chaqirib, matnni yozishingiz mumkin. Bot real vaqt rejimida alifbolar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, matningizni kerakli alifboga aylantirib beradi.
Bundan tashqari, hajmi 2 MB gacha bo‘lgan Word va Excel fayllarini ham uch xil alifbo o‘rtasida bir-biriga o‘girishga yordam beradi.
Ishqilib, foydasi tegsa, ishlatsangiz xursand bo‘laman.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective
1 763
Tarjimasi: “dam olish dangasalik emas, sen ham insonsan” hurmat bilan, LinkedIn.
Yakunlanayotgan ish haftasi oldidan sizlarga ozgina motivatsiya bo‘lsin va albatta koʻproq dam olinglar.
Surat: Linkedin.
@hisperspective
1 763
Bloger sifatida venchur investitsiya olgan Marina Mogilko haqida
2016–2017-yillarda YouTube’dagi Lingua Marina blogi orqali ingliz tili darslarini ulashib, katta auditoriya to‘plagan Marina Mogilko o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi brendini startap darajasiga olib chiqa olgan kam sonli kontent yaratuvchilardan biri hisoblanadi.
Sankt-Peterburgda tug‘ilgan Marina eri bilan birga til o‘rgatish platformasini qurish jarayonida blog yurita boshlagan. Keyinchalik ular turli darajadagi ingliz tili kurslarini sotishgan va shu orqali katta auditoriya shakllantirishgan. Auditoriya yetarlicha kengaygach esa pivot qilishgan.
Ya’ni Lingua Marina blogiga qo‘shimcha ravishda Silicon Valley Girl kanalini ham yo‘lga qo‘yishgan. Bu blogda Marina AQSH texno olamidagi taniqli tadbirkorlar, investorlar va injenerlar bilan suhbatlar qiladi, yangi texnologiyalar haqida gapiradi hamda shu orqali shaxsiy brendining qiymatini tobora oshirib boradi.
Qiziq jihati, 2021-yilda Slow Ventures Marina Mogilko brendiga $1,7 mln sarmoya kiritgan. Investitsiya raundida Liberman aka-ukalari va Shriram Krishnan ham qatnashgan. Hozirda Marina blogni faol tarzda rivojlantirib kelmoqda. Auditoriya qamrovi umumiy hisobda 20 mln faol obunachiga yetadi.
Ishqilib, adminning maqsadini endi bilasilar. Biz ham hali katta startap boʻlamiz (:
Surat: Linkedin.
@hisperspective
1 763
Sizlarni bilmadim-u men yangi alifbolardan charchaganman. Shu sabab, postlarni kelgusida savodim chiqqan alifboda yozaman. Bunga fikringiz?
