en
Feedback
TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar

TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar

Open in Telegram

🏛Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 🎓Ilmiy kadrlar tayyorlash, tadqiqotlar va tijoratlashtirish bo'limi. Murojaat uchun: @tktidok @TKTIilmiy

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
713
Subscribers
+424 hours
+187 days
+6030 days
Posts Archive
#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Oliy matematika kafedrasidan 6 - maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, pro
#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Oliy matematika kafedrasidan 6 - maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Botir Usmonov, "Oliy matematika" kafedrasi mudiri Baxtiyor Nuriddinov kafedraning katta o'qituvchisi Sherzodjon Abloqulov hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 📝 «Nonlinear Oscillations of a Viscoelastic Wing» nomli maqolasi 🗂 AIP Publishing nashriyotiga tegishli, Scopus hamda Web of Science ning Conference Proceedings Citation Index (CPCI) bazalarida indekslanuvchi AIP Conference Proceedings Q4 to‘plamida nashr etildi. 🔗 Maqolani o‘qish: https://doi.org/10.1063/12.0044315 👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 💬 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook

#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasidan 19 - maqola!!! 🆕 Muhandi
#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasidan 19 - maqola!!! 🆕 Muhandislik asoslari va mexanika kafedrasidan 14 - maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari Alfiya Oserbayeva, Odiljon Abdurahmonov, "Muhandislik asoslari va mexanika" kafedrasi stajyor-o'qituvchisi Shabnam Kulturayeva hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 📝«Thermally stable amine–amide corrosion inhibitors for carbon steels in sulfuric acid: toward sustainable protection of energy infrastructure » nomli maqolasi 🗂 SPIE nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslangan Q4 kvartilli Proceedings of SPIE – The International Society for Optical Engineering xalqaro ilmiy konferensiya maqolalari to‘plamida nashr etildi. 🔗 Maqolani o'qish: https://Doi.org/10.1117/12.3116036 👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#ilmiy_faoliyat #TKTI #monografiya 🆕 Sаnоаt iqtisоdiyoti kafedrasidan 1 - monografiya. 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya inst
#ilmiy_faoliyat #TKTI #monografiya 🆕 Sаnоаt iqtisоdiyoti kafedrasidan 1 - monografiya. 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sаnоаt iqtisоdiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi tomonidan monografiya nashr uchun xalqaro ISBN raqami rasmiylashtirildi! 😎 Muallif: Dildora Moʻminova 📝Kimyo sanoati korxonalari faoliyatini rivojlantrishda marketing kommunikatsiya strategiyalaridan foydalanish nomli monografiya uchun xalqaro standart ISBN raqami biriktirildi. 🇺🇿 Til: o'zbek tili (lotin yozuvida) 🔖 Hajmi: 147 bet 🆔 ISBN: 978-9910-14-262-8 📊 Mazkur monografiyada kimyo sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda marketing kommunikatsiya strategiyalarining o‘rni ilmiy asosda tahlil qilingan. Unda korxonalar faoliyatida brending, bozor kommunikatsiyasi, mijozlar bilan aloqalar va zamonaviy marketing vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 🌐 ISBN raqami O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq rasmiy tarzda taqdim etildi. 👏 Muallifimizni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Muhandislik asoslari va mexanika kafedrasidan 13 - maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya inst
#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Muhandislik asoslari va mexanika kafedrasidan 13 - maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Muhandislik asoslari va mexanika" kafedrasi professor-o'qituvchilari Sharifa Xaydarova, Shuxrat Xalilov hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 📝«Innovative Teaching of Engineering Graphics: A CAD- and VR/AR-Enhanced Approach» nomli maqolasi 🗂 Anhalt University of Applied Sciences nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslanuvchi Q3 kvartalli Proceedings of International Conference on Applied Innovation in IT jurnalida nashr etildi. 🔗 Maqolani o'qish: https://icaiit.org/paper.php?paper=14th_ICAIIT_4/9_8 👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#diqqat_tanlov Yosh olimlar uchun Xitoyning HUST universitetida 5 oylik ilmiy stajirovka tanlovi Vazirlar Mahkamasining 2021-
#diqqat_tanlov Yosh olimlar uchun Xitoyning HUST universitetida 5 oylik ilmiy stajirovka tanlovi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori Nizomi hamda Huazhong fan va texnologiya universiteti (HUST) kelishuviga muvofiq maqsadli tanlov e’lon qilinadi. Stajirovka yo‘nalishlari ➡️ Mujassam intellekt ➡️ Hisoblash tasvirlash texnologiyalari ➡️ Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari ➡️ Sun’iy intellekt asosida video kodlash ➡️ Intellektual simsiz aloqa texnologiyalari ➡️ Intellektual simsiz lokatsiyani aniqlash Ajratilgan 30 ta kvota doirasida g‘oliblar 2026–2027-yillar davomida 5 oy muddatga stajirovkaga yuboriladi. Dastur ingliz tilida olib borilib, ishtirokchilarning xalqaro laboratoriyalar hamda texnologik bazada ilmiy izlanish olib borishi, shuningdek, yashash va yo‘l xarajatlari to‘liq qoplanadi. Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 20-avgust – 30-sentabr (23:59 gacha). Hujjatlar OTM/ilmiy tashkilot tavsiyasi bilan faqat internship.ilmiy.uz tizimi orqali qabul qilinadi. Boshqa kanallar (pochta, edo.ijro.uz, e-xat va h.k.) orqali yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

📣📣📣📣📣 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul e’lon qilinadi. Doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi. Ixtisosliklar va ajratilgan kvotalar haqidagi ma’lumotlar ilovadagi hujjatda keltirilgan. 🗓 Hujjatlarni topshirish: 15-sentabr – 15-oktabr 🌐 Hujjatlar: daraja.ilmiy.uz orqali elektron shaklda topshiriladi. 🗓 Kirish imtihonlari va suhbatlar: 1–25-noyabr ➡️ Batafsil: https://tkti.uz/press/announcements/236 Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 32-uy, 1-o‘quv binosi, 2-qavati. Murojaat uchun: Ilmiy kadrlar tayyorlash, tadqiqotlar va tijoratlashtirish  bo‘limi. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Kafedradan 8-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Funksional mahsulotlar texnolog
#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Kafedradan 8-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Funksional mahsulotlar texnologiyasi" kafedrasi katta o'qituvchisi Mahzuna Turdialiyeva hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 📝«An LSTM-Based Digital Twin for Predictive Energy Optimization in University Campus Buildings» nomli maqolasi 🗂 Anhalt University of Applied Sciences nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslanuvchi Q3 kvartalli Proceedings of International Conference on Applied Innovation in IT jurnalida nashr etildi. 🔗 Maqolani o'qish: https://icaiit.org/paper.php?paper=14th_ICAIIT_4/7_5 👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

E’tirof 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoniga binoan, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilli
+2
Etirof 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoniga binoan, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda. 🏅Quvonarlisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich ham ushbu yuksak e’tirofga munosib ko‘rildi. 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi nomidan Sizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! ✅ Sizning ta’lim-tarbiya, ilm-fan va institutimiz rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz, tashabbuskorligingiz hamda samarali faoliyatingiz davlatimiz tomonidan yuksak e’tirof etilgani barchamiz uchun katta faxrdir. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

🇧🇪 Belgiyada 3 yilgacha postdok qilish imkoniyati — barcha fanlar uchun. O‘zbekistonlik PhD darajasiga ega yosh olimlar uch
🇧🇪 Belgiyada 3 yilgacha postdok qilish imkoniyati — barcha fanlar uchun. O‘zbekistonlik PhD darajasiga ega yosh olimlar uchun yaxshi imkoniyat: UCLouvain FSR Post-doc 2027 tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dasturda 15 nafar tadqiqotchi tanlab olinadi va ular Belgiyaning UCLouvain universitetida 12 oydan 36 oygacha ilmiy tadqiqot olib borishi mumkin. Eng qulay tomoni — barcha ilmiy yo‘nalishlar qatnasha oladi. Tabiiy va texnik fanlar bilan cheklanmaydi: iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar, pedagogika, huquqqa yaqin tadqiqotlar va boshqa yo‘nalishlar ham mos kelishi mumkin. Nomzod: — PhD darajasiga ega bo‘lishi; — PhDdan keyingi tajribasi 5 yildan oshmagan bo‘lishi; — so‘nggi 3 yil ichida Belgiyada 24 oydan ortiq yashamagan yoki ishlamagan bo‘lishi kerak. Fuqarolik bo‘yicha cheklov yo‘q — O‘zbekistonliklar ham topshira oladi. Moliyalashtirish soliqdan ozod postdok stipendiyasi shaklida beriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy sug‘urta, javobgarlik sug‘urtasi va tadqiqot olib borish uchun alohida operatsion budjet ham ko‘zda tutilgan. Bitta muhim jihat: ariza UCLouvain’dagi ilmiy rahbar bilan birgalikda tayyorlanadi va universitetdagi supervisor arizani tizim orqali topshiradi. 📅 Oxirgi muddat: 23-sentabr 2026 🔗 Rasmiy tanlov sahifasi: https://www.uclouvain.be/en/news/appel-fsr-bourses-accueil-de-post-doctorants-en-mobilite-internationale Bu ayniqsa PhDni yaqinda olgan va 2–3 yil davomida Yevropada jiddiy ilmiy tajriba to‘plashni istayotgan olimlar uchun yaxshi imkoniyat. ✅ @scientific_servicess

#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Biotexnologiya kafedrasidan 20-maqola, muallifdan 13- maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya i
#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Biotexnologiya kafedrasidan 20-maqola, muallifdan 13- maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Biotexnologiya" kafedrasi professori Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixalikovich hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 📝«Synergistic antihyperglycemic effects of wheat bran insoluble dietary fiber–inulin complex via gut microbiota mediated short-chain fatty acid production» nomli maqolasi 🖨 Tsinghua University Press nashriyotiga tegishli, Web of Science hamda Scopus bazasida indekslangan, Q1 toifasidagi Food Science and Human Wellness jurnalida nashr etildi. 🔗 Maqolani o'qish: https://doi.org/10.26599/FSHW.2026.9251113 👏 Mualliflarni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasidan 15-maqola!!! 👩‍🎓 To
#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasidan 15-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari Qamar Serkayev, Madina Xamidova, Nuriddin Kenjayev kafedra doktoranti Dilshod Raximov hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 📝«Comparative Study of Horse Oil-Based Diethanolamide and Commercial Nonionic Surfactants in Shampoo Formulations» nomli maqolasi 🗂 Sami Publishing Company nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslangan, Q2 kvartalli Advanced Journal of Chemistry, Section A jurnalida nashr etildi. 🔗 Maqolani o'qish: https://www.ajchem-a.com/article_244850.html 👏 Mualliflarni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#mustaqil_izlanuvchilikka_qabul #ilmiy_faoliyat Mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha suhbat o‘tkazildi O‘zbekiston Respubl
+9
#mustaqil_izlanuvchilikka_qabul #ilmiy_faoliyat Mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha suhbat o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori asosida, 2026-yilning 4-choragi uchun Toshkent kimyo-texnologiya institutida mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat jarayoni o‘tkazildi. 👇 Suhbat quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘tkazildi: 🔺 05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish 🔺 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi 🔺 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 🔺 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari 🔺 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi 🔺 13.00.05 - Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi 🔺 01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi 🔺 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 📌 Suhbat bayonnomalari asosida tavsiya etilgan nomzodlar bo‘yicha tegishli tartibda Ilmiy kengashga qaror loyihasi taqdim etiladi. 📍 Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish 2026-yil 1-sentabrdan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#tanlov “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtiroc
#tanlov “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinmoqda.
✅Tanlovning asosiy shartlari:
- Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish hamda hududiy koʻrgazmalarda ishtirok etgan boʻlish lozim;
- Tanlov 2 bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan 3 nafar ishtirokchi “InnoWeek – 2026” haftaligi doirasida aniqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: Arizalar elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 25-avgustdan 25-sentabr soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 📌 Eslatma: Tanlov natijalari va bosqichma-bosqich koʻrib chiqish maʼlumotlari ishtirokchilarning ixtiro.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#Ilmiy_faoliyat 🎉 Kafedradan navbatdagi 11 ta Scopus maqola! Joriy yil boshidan Silikat materiallar va nodir, kamyob metalla
#Ilmiy_faoliyat 🎉 Kafedradan navbatdagi 11 ta Scopus maqola! Joriy yil boshidan Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasidan umumiy 18 ta Scopus maqola! Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari tomonidan 2026-yil boshidan buyon Scopus bazasida indekslangan dastlab 7 ta xalqaro ilmiy maqola chop etilib eʼlon qilingan edi, keyinchalik yana 11 ta maqola chop etildi. Maqolalar quyidagi zamonaviy yo‘nalishlarni qamrab oladi: nanomateriallar va nanostrukturali materiallarni sintez qilish; kobalt ferritlari va Nd–Fe–B asosidagi magnit materiallarni tadqiq etish; shisha-keramika materiallari va funksional qoplamalar yaratish; metallurgik kremniyni tozalash va aralashmalarni chiqarib tashlash jarayonlarini o‘rganish; polimer–metall oksidi nanokompozitlarining xossalarini tadqiq etish; energetika va yuqori kuchlanishli akkumulyator materiallarining xususiyatlarini yaxshilash. 👏 Kafedra jamoasini ushbu ilmiy yutuq bilan tabriklaymiz! 🔗 Maqolalar ro‘yxati va batafsil ma’lumot: 👉 https://tkti.uz/press/news/1319 P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#ilmiy_faoliyat #h_indeks 🎓 Olimlarimiz va tadqiqodchilarimiz bilan tanishing! 👩‍🎓 Xudayberdiyeva Arofat Israilovna ✅ Inst
#ilmiy_faoliyat #h_indeks 🎓 Olimlarimiz va tadqiqodchilarimiz bilan tanishing! 👩‍🎓 Xudayberdiyeva Arofat IsrailovnaInstitut: Toshkent kimyo-texnologiya institutibo'lim: Ta'lim sifati nazoratiLavozim: Bo'lim boshlig'i 📊 Ilmiy faoliyati natijalari: ▪️ Scopus bazasida 7 ta ilmiy maqola ▪️ 39 ta iqtibos (citations) ▪️ h-indeks: 5 ▪️ WoS bazasida 5 ta ilmiy maqola ▪️29 ta iqtibos (citations) ▪️ h-indeks: 3 ▪️ Google Scholar bazasida 100 ta ilmiy maqola ▪️ 42 ta iqtibos (citations) ▪️ h-indeks: 3 📚 Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida: • 40 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar va elektron ta'lim resurslari) nashr etilgan 178 ta ilmiy ishlar, jumladan: 110 dan ortiq ilmiy maqola (respublika va xalqaro jurnallarda) 5 dan ortiq monografiya 10 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar 10 dan ortiq intellektual mulk obyektlari (guvohnoma va patentlar) ko‘plab respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari nashr etilgan. 👏 Professor A.I. Xudayberdiyevaning ilmiy-pedagogik faoliyati, zamonaviy fizika ta'limini rivojlantirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikdagi tadqiqotlari mamlakatimiz ilm-fani va oliy ta'lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasidan 28-maqola!!! 🆕 Biotexnologiya kafedrasidan 19
#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasidan 28-maqola!!! 🆕 Biotexnologiya kafedrasidan 19-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv" kafedrasi professor-o'qituvchilari Zafar Tо‘raqulov, Jaloliddin Eshbobayev, kafedraning magistranti Jasmina Elmurodova, "Biotexnologiya" kafedrasi mudiri G‘olib Nazarov, kafedraning professor-o'qituvchilari Mirolim Aripov, Xasan Niyozov, hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 🎁 «A Gradient Boosting Regression Model for Early-Stage Screening of Total Biogas Yield from Organic Substrates» nomli maqolasi 🖨 MDPI nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslangan Q3 kvartalli Engineering Proceedings jurnalida nashr etildi. 🔗 Maqolani o‘qish: https://doi.org/10.3390/engproc2026147015 👏 Mualliflarni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! 🔬 Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 💬 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook

#ilmiy_faoliyat #mustaqil_izlanuvchi 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil iz
#ilmiy_faoliyat #mustaqil_izlanuvchi 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan suhbat o‘tkaziladi 2026-yil IV chorak mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun suhbat jarayonlari 26-avgust kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi. Suhbat quyidagi manzilda tashkil etiladi: Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 32-uy, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorat binosi, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi xonasi. Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar suhbatga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi: – ilmiy rahbarning rozilik xati (namunaviy shaklda); – obyektivka; – 3.4-shakl; – ilmiy ishlar ro‘yxati; – publikatsiyalar nusxalari. Shuningdek, mavjud bo‘lsa, dissertatsiya mavzusiga oid boshqa hujjatlarni ham taqdim etishlari mumkin. Eslatma: Ilmiy rahbarning rozilik xatining namunaviy shakli daraja.ilmiy.uz elektron platformasi orqali yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Oliy matematika kafedrasidan 5 - maqola!!! 🆕 Fizika va energetika kafedrasidan 2-maqola!!! 👩‍🎓
#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Oliy matematika kafedrasidan 5 - maqola!!! 🆕 Fizika va energetika kafedrasidan 2-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Botir Usmonov, "Oliy matematika" kafedrasi professori Ismoil Safarov kafedraning tayanch doktoranti O'tkir O'rolov, Fizika va energetika kafedrasi katta o'qituvchisi Sanobar Karimova hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 📝 «Assessment of the Dissipative Properties of Viscoelastic Hollow Cylindrical Bodies with Filler During the Propagation of Natural Waves» nomli maqolasi 🗂 MDPI nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslangan Q1 kvartiliga kiritilgan Journal of Composites Science jurnalida nashr etildi 🔗 Maqolani o‘qish: https://doi.org/10.3390/jcs10080437 👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 💬 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Bitta ilmiy loyiha uchun qariyb 8,2 million AQSH dollari! Yevropa tadqiqot kengashi — ERC yangi va juda yirik ERC Plus Grant
Bitta ilmiy loyiha uchun qariyb 8,2 million AQSH dollari! Yevropa tadqiqot kengashi — ERC yangi va juda yirik ERC Plus Grant dasturini ochdi. Gap oddiy fellowship yoki qisqa muddatli stipendiya haqida emas. Bu tanlovda bitta ilmiy loyiha uchun 7 million yevrogacha — bugungi kurs bo‘yicha qariyb 8,2 million AQSH dollari ajratilishi mumkin. Loyiha 4 yildan 7 yilgacha davom etadi. Bu grantning eng qiziq tomoni — fuqarolik bo‘yicha cheklov yo‘q. O‘zbekistonlik olimlar ham ariza berishi mumkin. Bundan tashqari: — yosh chegarasi yo‘q; — barcha fan yo‘nalishlari qatnashishi mumkin; — tabiiy va texnik fanlar bilan birga ijtimoiy va gumanitar fanlar ham qamrab olinadi. Lekin bitta muhim shart bor: loyiha Yevropa Ittifoqi yoki Horizon Europe’ga assotsiatsiyalashgan davlatdagi universitet yoki ilmiy tashkilot bazasida amalga oshirilishi kerak. Ya’ni O‘zbekistonlik olim avval Yevropadan mos host tashkilot topishi va loyiha bo‘yicha kelishib olishi lozim. ERC bu tanlovda oddiy “yaxshi loyiha”ni emas, balki, yangi ilmiy yo‘nalish ochishi, katta muammoni yechishi yoki butun bir sohani o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan dadil g‘oyalarni izlamoqda. 📅 Ariza topshirish muddati: 2-sentabr 2026-yil. Birinchi tanlovda taxminan 30 ta loyiha moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. 🔗 Rasmiy sahifa: https://erc.europa.eu/apply-grant/erc-plus-grant Ariza topshirish: https://ec.europa.eu/info/funding-tenders/opportunities/portal/screen/opportunities/topic-details/ERC-2026-PLUS Agar ilmiy portfelingiz kuchli va g‘oyangiz katta bo‘lsa, bu oddiy grant emas — o‘z ilmiy maktabingizni qurish darajasidagi imkoniyat. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

Yosh olimlar uchun £400 000 gacha ilmiy grant! Wellcome Early-Career Awards dasturi yosh tadqiqotchilar uchun navbatdagi qabu
Yosh olimlar uchun £400 000 gacha ilmiy grant! Wellcome Early-Career Awards dasturi yosh tadqiqotchilar uchun navbatdagi qabulni ochdi. Eng muhim jihati — O‘zbekiston grant olish huquqiga ega davlatlar ro‘yxatida. Demak, tadqiqotni albatta Buyuk Britaniyada olib borish shart emas — loyiha O‘zbekistondagi universitet yoki ilmiy tashkilot bazasida ham amalga oshirilishi mumkin. Grant imkoniyatlari: — tadqiqotchining to‘liq ish haqi; — loyiha xarajatlari uchun £400 000 gacha mablag‘; — odatda 5 yilgacha moliyalashtirish. Kimlar uchun? Asosan mustaqil ilmiy yo‘nalishini endi shakllantirayotgan yosh tadqiqotchilar uchun. PhDdan keyingi tadqiqot tajribasi odatda 3 yildan oshmagan bo‘lishi kerak. Yo‘nalishlar: Tibbiyot va biologiya bilan birga, inson salomatligi va farovonligiga bog‘liq: — psixologiya; — pedagogika; — iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar; — sun’iy intellekt; — matematika va boshqa yo‘nalishlar ham mos kelishi mumkin. Muhim shart. Ariza universitet, ilmiy institut yoki sog‘liqni saqlash tashkiloti orqali topshiriladi. Tashkilotdagi tajribali olim sponsor sifatida ishtirok etadi. 📅 Keyingi muddat: 10-noyabr 2026. 🔗 Rasmiy tanlov sahifasi: https://wellcome.org/research-funding/schemes/wellcome-early-career-awards 🔗 O‘zbekiston eligibility ro‘yxatida: https://wellcome.org/grant-funding/guidance/low-and-middle-income-countries 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar