Izlanuvchilar maktabi
Murojaat, hamkorlik va reklama uchun: @scientific_services @IzlanuvchiroadBot “Izlanuvchilar maktabi” — bu sizning ilm yo‘lingizdagi birinchi bekat.
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Izlanuvchilar maktabi
Channel Izlanuvchilar maktabi (@scientific_servicess) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 095 subscribers, ranking 16 488 in the Education category and 6 532 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 095 subscribers.
According to the latest data from 05 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 2 230 over the last 30 days and by 116 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 39.30%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 24.03% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 4 739 views. Within the first day, a publication typically gains 2 897 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 31.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Murojaat, hamkorlik va reklama uchun: @scientific_services
@IzlanuvchiroadBot
“Izlanuvchilar maktabi” — bu sizning ilm yo‘lingizdagi birinchi bekat.”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 06 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 06 September | +37 | |||
| 05 September | +116 | |||
| 04 September | +187 | |||
| 03 September | +230 | |||
| 02 September | +49 | |||
| 01 September | +196 |
| 2 | Hokimiyat kimning qo'lida bo'lsa, o'sha - haq.
"G\arbni g'arb qilgan 10 yolg’on" kitobidan
✅ @scientific_servicess | 2 039 |
| 3 | PF-181-son Farmonni nimasiga buncha "e'lon qilinmaydi" deyilganu lekin nega hamma tarmoqlarda aylanib yuribdi.
Yoki "e'lon qilinmaydi" deganini yana qanaqadir boshqacha ma'nosi bormi men lekin tushunmayapman.
✅ @scientific_servicess | 2 774 |
| 4 | Muammo mavzuda emas, ba’zan ixtisoslikning o‘zida bo‘ladi
O‘zbekistonda amaldagi 346 ta ilmiy ixtisoslik bor.
Ularning faolligi esa bir xil emas: ayrim ixtisosliklarda minglab himoyalar bo‘lgan, 50 ta ixtisoslikda esa qariyb 10 yil ichida 10 tadan ham ko‘p himoya qayd etilmagan.
Demak, doktoranturaga kirishda faqat “menga shu yo‘nalish yoqadi” deyish yetarli emas. Bitta magistratura mutaxassisligi bir nechta PhD ixtisosligiga mos kelishi mumkin. Lekin ularning:
— qabul mavjud tashkilotlari;
— kvotalari;
— ustuvor yoki ustuvor emasligi;
— B1 yoki B2 sertifikat talabi;
— kirish imtihoni shakli;
— mavzuga mosligi bir-biridan farq qiladi.
Masalan, namunaviy tahlilda bitta talabgor uchun tizim 9 ta mos ixtisoslik va jami 42 ta tashkilotni aniqlagan. Ayrim ixtisoslikda 4 ta, boshqasida esa 18 ta tashkilotda imkoniyat mavjud.
Shuning uchun doktoranturaga tayyorlanishda birinchi savol: “Qaysi ixtisoslikka topshiraman?” emas, “Qaysi ixtisoslik menga eng maqbul?” bo‘lishi kerak.
@IzlanuvchiroadBot magistratura mutaxassisligi va rejalashtirilgan mavzu asosida mos ixtisosliklarni solishtirib, qabul bor tashkilotlar, kvota, sertifikat va imtihon talablarini bir hisobotda ko‘rsatadi.
Doktoranturaga kirishda tanlovni taxmin bilan emas, ma’lumot bilan qilish foydaliroq.
👉 @IzlanuvchiroadBot
✅ @scientific_servicess | 3 170 |
| 5 | #Kechki mulohaza
Har qancha o‘rgansam, borgan sari bilmasligimni anglab boraverdim.
Ilmning qiziq tomoni ham shu ekan: biliming ortgani sari, bilmaganlaring undan ham ko‘pligini ko‘rasan.
Balki haqiqiy bilim — ko‘p narsani bilishda emas, hali qancha narsani bilmasligingni anglashdadir.
✅@scientific_servicess | 3 425 |
| 6 | 115 ta holat: turli izlanuvchilar, aynan bir xil dissertatsiya nomi.
115 ta holatda turli talabgorlarga tegishli mavzular aynan bir xil nomda uchragani aniqlandi.
Bu, albatta, plagiat degani emas. Bir xil nom ostida tadqiqot obyekti, davri, hududi yoki ilmiy yangiligi boshqa bo‘lishi mumkin.
Lekin bitta savol baribir muhim: mavzu tasdiqlanishidan oldin uning avvalgi tadqiqotlar bilan o‘xshashligi yetarlicha tekshirilyaptimi?
Izlanuvchi bir necha yil ishlagandan keyin emas, mavzu tanlash bosqichidayoq bunga javob olgani ma’qul.
Shu sababli mavzuni tasdiqlashdan oldin @IzlanuvchiroadBot orqali o‘xshash va yaqin ilmiy mavzularni tekshirib olish foydali.
Avval tekshirish — keyin tadqiqot boshlash.
✅ @scientific_servicess | 3 698 |
| 7 | @IzlanuvchiroadBot — ilmiy faoliyatingiz uchun raqamli birinchi yordamchi. | 3 405 |
| 8 | Foydalanuvchilarga qulay bo'lishi uchun pdf shaklda ham tayyorlandi OAK ro'yxati jurnallari.
✅ @scientific_servicess | 4 314 |
| 9 | #Kechki mulohaza
Ishoning, vaqt o‘tgan sari istaklarim ko‘paymadi — aksincha, kamaydi.
Bugun mening eng katta tashvishim ham, eng katta boyligim ham oddiy: oilam tinch bo‘lsa, uyimda xotirjamlik bo‘lsa, ko‘nglim joyida bo‘lsa — menga shu yetadi.
Kim mendan o‘zib ketdi, kim nima dedi, kim qanday yashayapti — tobora ahamiyatsiz bo‘lib boryapti.
Chunki bir narsani tushundim: tashqarida hammani yutib, uyga xotirjam qayta olmasangiz, bu g‘alabaning qadri unchalik katta emas ekan.
Oxir-oqibat inson eng ko‘p izlaydigan narsa ham shu bo‘lsa kerak: tinch uy, sog‘-omon oila va xotirjam qalb.
Qolgani — shovqin.
✅ @scientific_servicess | 3 522 |
| 10 | ⭕️⭕️⭕️⚡️⚡️⚡️
2027-yil qabuliga tayyorgarlik boshlandi
daraja.ilmiy.uz tizimida “Imtihon dasturlari va taqdimotlar” bo‘limi ishga tushirilgan.
Bu bo‘limda tashkilotlar 2027-yil qabuliga oid imtihon dasturlari, ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti talablari, baholash mezonlari, ilovalar va namunaviy shakllarni joylashtirmoqda.
Eng muhim jihat: ustuvor ilmiy ixtisosliklarda tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul oddiy imtihon emas, ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi.
Demak, talabgor endi faqat savol-javobga emas, o‘z mavzusini ilmiy muammo sifatida asoslashga ham tayyor bo‘lishi kerak.
Taqdimotda mavzuning dolzarbligi, maqsad-vazifalari, metodologiyasi, kutilayotgan ilmiy natijasi va amalga oshirish imkoniyati aniq ko‘rsatilishi muhim.
2027-yil qabuliga tayyorlanayotgan talabgorlar tanlagan tashkiloti bo‘yicha ushbu bo‘limdagi hujjatlarni albatta ko‘rib chiqishi kerak. Ilmiy yo‘l hujjat topshirishdan emas, tayyorgarlikni to‘g‘ri boshlashdan boshlanadi.
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar | 3 643 |
| 11 | +1 @IzlanuvchiroadBot hisobotlar yangilandi.
Postga 2 ta namunaviy PDF hisobot ham biriktirildi. Ulardan tizim qanday tahlil qilishi va qanday tavsiyalar berishini ko‘rishingiz mumkin.
👉 @IzlanuvchiroadBot | 3 326 |
| 12 | 346 ta ixtisoslik orasida “yiliga bittaga ham himoya qilinmaydiganlari” bor
Bir raqamga e’tibor bering: qariyb 10 yillik davrda 50 ta ilmiy ixtisoslik bo‘yicha 10 tadan ham ko‘p himoya qayd etilmagan. Shundan:
▪️ 29 ta ixtisoslikda — 1–5 ta
▪️ 21 ta ixtisoslikda — 6–10 ta
Hatto butun davr davomida atigi bittadan himoya uchragan ixtisosliklar ham bor, Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash, raqamli tibbiyot, baliqchilik, mineralogiya va kristallografiya. Yana ayrimlari:
Tibbiy genetika — 3 ta,
Parlament huquqi — 4 ta,
Dizayn nazariyasi va tarixi — 4 ta,
Pulmonologiya — 5 ta.
Eng e’tiborli jihat — kam himoyali 50 ta ixtisoslikning salmoqli qismi texnika, fizika-matematika va geologiya-mineralogiya yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.
Bu ularning keraksizligini anglatmaydi. Aksincha, ayrimlari tor, murakkab yoki nisbatan yangi yo‘nalishlar.
✅ @scientific_servicess | 3 708 |
| 13 | Bugun o‘rganishga qizg‘angan inson ertaga imkoniyatlar oldidan jim qarab turishga majbur bo‘ladi.
✅ @scientific_servicess | 3 539 |
| 14 | Yevropada to‘liq moliyalashtirilgan PhD — EMBL 2027 qabuli ochildi!
O‘zbekistonlik magistr bitiruvchilari va yosh izlanuvchilar uchun juda yaxshi imkoniyat: EMBL International PhD Programme 2027 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur barcha davlatlar fuqarolari uchun ochiq.
EMBL — Yevropadagi eng kuchli molekulyar biologiya va life sciences markazlaridan biri. PhD dasturi odatda 4 yil davom etadi, fellowship esa dastlab 3,5 yilga berilib, yana 6 oyga uzaytirilishi mumkin.
Asosiy qulayliklar:
— ariza topshirish uchun to‘lov yo‘q;
— IELTS, TOEFL yoki GRE talab qilinmaydi;
— kamida 2 ta akademik tavsiyanoma kerak;
— magistr diplomi hali olinmagan bo‘lsa ham, PhD boshlanguncha diplomni olish sharti bilan ariza topshirish mumkin.
📅 Ariza muddati: 12-oktabr 2026, 23:59 CET
Tanlovdan o‘tganlar EMBL’ning Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya va boshqa Yevropa markazlarida ilmiy faoliyat olib borishi mumkin.
🔗 Rasmiy sahifa:
https://www.embl.org/about/info/embl-international-phd-programme/application/
Bu ayniqsa magistraturani tugatib, kuchli xalqaro PhD dasturiga kirishni istayotganlar uchun yaxshi imkoniyat.
✅ @scientific_servicess | 3 813 |
| 15 | Dissertatsiya mavzusi necha marta o‘zgarishi mumkin?
Tahlillarimizga koʻra, ayrim dissertatsiya mavzulari bir necha marta qayta ro‘yxatdan o‘tgan:
🔹 PhD bo‘yicha hozircha eng yuqori holat — 3 marta qayta ro‘yxatdan o‘tish. Ya’ni bir mavzu jami 4 marta qayd etilgan.
🔹 DSc bo‘yicha esa — 4 marta qayta ro‘yxatdan o‘tish. Bir mavzu jami 5 marta ro‘yxatga kiritilgan.
Muhimi, bu qoidabuzarlik emas. Amaldagi tartibga ko‘ra, dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Qayta ro‘yxatdan o‘tish ham har doim mavzu butunlay o‘zgarganini anglatmaydi — ayrim holatlarda faqat ma’lumotlar yangilanadi.
📌 Asos: “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, 13-band.
✅ @scientific_servicess | 4 227 |
| 16 | @IzlanuvchiroadBot dan haliyam foydalanib ko‘rmadingizmi? Nahotki tadqiqot qilayotgan mavzuingiz sizga qiziq bo‘lmasa?
Ilmiy yo‘lni taxmin bilan emas, tahlil bilan boshlang.
✅ @scientific_servicess | 3 574 |
| 17 | O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni 2026-2-son.
✅ @scientific_servicess | 4 512 |
| 18 | Talabgor kim, izlanuvchi kim?
Ko‘pchilik shu ikki tushunchani aralashtirib yuboradi. Shu sabab @scientific_servicess kanali orqali qisqa va aniq tushuntirib o‘tamiz.
Talabgor — hali o‘qishga qabul qilinmagan, lekin stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirayotgan shaxs.
Izlanuvchi esa — belgilangan tartibda qabul qilingan yoki rasmiylashtirilgan, ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga biriktirilgan va dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan shaxs.
Izlanuvchilar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Stajyor-tadqiqotchi — tayanch doktoranturaga tayyorgarlik bosqichidagi shaxs.
Tayanch doktorant — PhD ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan izlanuvchi.
Doktorant — DSc ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan izlanuvchi.
Mustaqil izlanuvchi PhD — PhD bo‘yicha mustaqil tartibda tadqiqot olib boruvchi shaxs.
Mustaqil izlanuvchi DSc — DSc bo‘yicha mustaqil tartibda tadqiqot olib boruvchi shaxs.
Oddiy qilib aytganda, hujjat topshirayotgan paytingizda — talabgorsiz, qabul qilinganingizdan keyin — izlanuvchisiz.
Shu sabab “men hujjat topshirdim, demak izlanuvchiman” degan tushuncha to‘g‘ri emas.
✅ @scientific_servicess | 3 844 |
| 19 | Aksiya tugadi, lekin imkoniyat davom etadi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan @IzlanuvchiroadBot xizmatlariga e’lon qilingan 50% chegirma yakunlandi. Ammo ko‘plab murojaatlar sabab “Ilmiy sherik” tarifi qayta ishga tushirildi.
Endi siz sherigingiz bilan birga @IzlanuvchiroadBot xizmatidan foydalanib, har biringiz alohida ilmiy-tahliliy hisobot olishingiz mumkin.
Narxi: har bir foydalanuvchi uchun 25 000 so‘m.
Ilmiy yo‘lda sherik kerak, mavzuni solishtirish, ixtisoslikni muhokama qilish, kvotalarni ko‘rish, ilmiy kengashlarni aniqlash va hisobot natijalarini birga tahlil qilish va jurnallarni tanlash uchun.
“Ilmiy sherik” tarifi — ilmiy yo‘lni yolg‘iz emas, aniqroq va ishonchliroq boshlash imkoniyati.
✅ @scientific_servicess | 3 592 |
| 20 | Aksiya tugashiga 3 soat vaqt qoldi.
@scientific_servicess | 3 616 |
