en
Feedback
Writer_minds

Writer_minds

Open in Telegram

Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa

Show more
3 275
Subscribers
+3224 hours
+1907 days
+1 42230 days
Posts Archive
Voice message05:42

O’zbekistonga qachon borishim aniq emas. Hozir literally ko’nglim bo’shab ketdi, shu qadar hovlimni sog’inibman😭. Men Malikani umrimda ko’rmaganman, kimligi nima ish qiladi qayerda o’qiydi bilmayman, lekin hozir shu xabarini olib, o’zimni qanchalik yomon insonligimdan nafratlanib ketdim. Meni tushlarim juda hunuk va qo’rqinchli. Quyida uni tushi va yozganlari: 😭😭😭 Ishonmaysiz, tushimga kiribsiz. Kòrib juda hursand bòlibman uzoqdan yuziz kòrinmas edi kul rang ròmoliz shamolda esib hilpirar edi(shu ròmolizdan tanidim), yugurib bordim. Birinchi yetganimda u siz emas ediz qizingiz ekan, siz boshqa kengroq hovliga òtib qizlar bilan arģimchoq sakrayotgan ediz baland ovozda kular ediz😁 juda chiroyli tush, òzimni tanishtirdim, quchoqlab kòrishdik keyin tush tugadi🤗 Bu ikkinchi bor kòrishim, birinchi kòrganimda Namanganga hovliga kelgan ekansiz hovliga qandaydir nom ostidagi ijodiy uy deb yozilgan edi qizingiz bilan edingiz shunda ham uzoqdan kòrganman yetolmaganman borganimda eshik tirqishidan kuzatganman boshizda boychechakdan gulchambar bor edi, òzimizda bahorda yerda òsib chiqadigan sariq guldan, keyin kirishga uyalib ketib qolganman😄 Hech qachon Namanganda bòlmaganman. Hovli yonidan sharillab tòlib toshib suv oqardi, shovqini ovozni yutadigan katta katta toshlari bor òtish qiyin edi

Bir kun kiyob oqimagan inson bilan hechqachon yortishma dedi bir professor nega desang ular birovni eshitishni bilmaydi va yangi bilimlarga yopiq, ular faqat ozlarini haq deb bilafilar va ohirgi hapni men aytaman deydilar. Kitob o’qish nima degani? Bu bir umuman tanimagan insoningni 8 soat 1 oy 2 oylab soatlab eshitish degani, sendan bir nima o’rgansam zora qabilidagi sabr degani dedilar, shu shu tortishmalikka ahd qilgandim. Lekin baribir gunohkorman baribir ahmoqligim bor, baribir tortishib qoyaman. O’qigan kitoblarimga ham hiyonat qilaman shu tariqa

Eshigingni yopmay ketaman…….

4-5 suratlar meni o’ylantirib qo’ydi. Rassom nima demoqchi? Kim Dujin tomoshabinni inson tanasi haqidagi odatiy tushunchalard
+1
4-5 suratlar meni o’ylantirib qo’ydi. Rassom nima demoqchi? Kim Dujin tomoshabinni inson tanasi haqidagi odatiy tushunchalardan voz kechishga undayaptimi?. U biz ko‘rib turgan “silliq” va “go‘zal” qiyofa shunchaki ijtimoiy qurilma ekanligini, asl mohiyat esa suyaklar kabi qat’iy, murakkab va tabiat bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlayaptimi? Yoki ushbu asari aynan antropotsentrizm (insonni olamning markazi deb bilish) va insonning tabiatdan ajralib qolganlik illatini qattiq tanqid qilyaptimi?. Qanchalik johilmiz ahir asrlar davomida o‘zimizni tabiatning “hukmdori” deb hisoblab keldik, va hamma narsani yamlamay yutdik. Biz tanamizni, terimizni va tashqi ko‘rinishimizni go‘zallikning mutlaq o‘lchovi deb e’lon qildik. Kim Dujin esa bu “insoniy qobiqni” olib tashlab, o‘rniga hayvon suyaklarini (bug‘u suyaklarini) joylashtirish orqali shuni aytmoqchidir balki: “Inson bu tabiatdan ustun turgan mavjudot emas, u ham shunchaki suyak va strukturadan iborat biologik zarradir”.

Shu rostmi? Aniq bilganlar iltimos menga aloqaga chiqing, rostan suitsidmi?
Shu rostmi? Aniq bilganlar iltimos menga aloqaga chiqing, rostan suitsidmi?

Menda Imposter Syndrome (o’ziga ishonmaslik) bor. but akademiyadagi deyarli hammada uchraydigan holat. Kim bilan gaplashmay, akademiya qiyinligini, charchayotganini, yetarlicha bilmasligini va boshqalar kabi “aqlli” emasligidan noliydi. Bazan tonggi 5 gacha dars qilib ham lekisiyaga borganda fikrlarimni 3 soat ichimda saqlab yana uyga qaytishimni guvohi bo’laman. Metacognition(fikrlash haqida fikrlash) ishlatganimda esa ancha samarali va haqiqiy akademik kuchimni ko’ra olaman. Ilmniku ilm uchun oqiyman professor uchunmas lekin uni boshqalar oldida isbotlash, argument keltirish 5 minutdan uzoqroq argumentingizni tahlil qilish bu sizni intelectual temdensiyangiz kuchliligini ko’rsatadi. Atrofimdagi PhD ca Magistratura talabalari 90 foizi Yevropa yoki Amerika umuman olganda G’arbdan kelgan yoki Amerikada tug’ulib o’sgan Koreyslar va tabiiyki “otiental” Osiyodan kelgan hijobli (intersectionality) qiz sifatida men honaga kirishim bilan o’zim bilan “o’zimni” emas balki stereotiplarni olib kiraman va bu meni bezovta qiladi. Metocognition( fikrlash haqida fikrlash) menga ancha yordam beryapti. “Men bular kabi alli emasman” degan fijr kelganda u fikr qayerdan kelyapti, nega unday deb o’ylayapman, haqiqatdan shundaymi, unda 300 betlik kitobga yozgan tahlilim bir ko’rinib turgan fakt o’laroq miyamga signal berishini aytaman “mana men 2 kunda shu kitobni tugatdim va ilmiy qo’g’oz yozdim” men haliyam ahmoqmanmi? Yo’q bu miyamdagi fikr asrlar osha yozib kelingan ko’rsatib kelingan tadbiq qilib kelingan Yevrosentrik idealar, “faqat Garb haqiqatni biladi kabi imperik va kolonial arxivlar sabab shakllangan. Albatta bu fikrlarni sekundlar ichida miyamga aytaman va balanad ovozda( ovozingizni qancha pasaytirsangiz shuncha miya sen o’zinga ishonmayapsan deb 1 minutda nutqingiz uzuladi) fikrimni argument va asoslar bilan berishni boshlayman. Buni nafaqat akademiyada balki hayotimni va oilamni tartibga solish va munosabatlatimni yaxshilashda ham ishlataman. Hullas xozida psixoanaliz tadqiqotlatiga Metacognition ko’ra IQ dan ham muhimroa o’ringa chiqgan. Bu men uchun aqlli bo’lish yoki kop narsani bilish haqida emas, zero ko’p informatsiya intelekt emas, intelekt donolik emas, balki miyangizni qanday ishlashini bilish, nima haqida qanday fikrlashingizni control qilish haqida va men uchun bu juda muhim

100 ta it sharpaga qarab hursa sharpa haqiqiymikin deb o’ylab qolasan

Asardagi eng falsafiy fikrlovchi Darlni ong oqimini tarjima qilib bergim keldi sizlarga, lekin qo’rqamanki hiralashtirib qo’yishim mumkin. In a strange room you must empty yourself for sleep. And before you are emptied for sleep, what are you. And when you are emptied for sleep, you are not. And when you are filled with sleep, you never were. I don't know what I am. I don't know if I am or not. Jewel knows he is, because he does not know that he does not know whether he is or not. He cannot empty himself for sleep because he is not what he is and he is what he is not. Beyond the unlamped wall I can hear the rain shaping the wagon that is ours, the load that is no longer theirs that felled and sawed it nor yet theirs that bought it and which is not ours either, lie on our wagon though it does, since only the wind and the rain shape it only to Jewel and me, that are not asleep. And since sleep is is-not and rain and wind are was, it is not. Yet the wagon is, because when the wagon is was, Addie Bundren will not be. And Jewel is, so Addie Bundren must be. And then I must be, or I could not empty myself for sleep in a strange room. And so if I am not emptied yet, I am is. How often have I lain beneath rain on a strange roof, thinking of home.

Otamning so‘nggi nafasiga guvoh bo‘lish bu ruhiyatimni butunlay o‘zgartirib yuborgan, hayot va o‘lim o‘rtasidagi parda naqadar yupqaligini ko‘rsatadigan juda og‘ir tajriba bo’lgan. Bunday voqeadan keyin Faulknerning “As I lay dying”( O’lim to’shagida) asarini qayta o‘qish mutlaqo boshqacha va ancha og‘riqliroq ta’sir qilsa kerak deb bu asarni qayta boshlamoqchiman. (Kamdan kam asarni 2 marta o’qiyman) Asar Addi Bandren ismli ayolning vafoti va uning vasiyatini bajarish uchun oilasining qilgan mashaqqatli safari haqida. Addi o‘limidan oldin o‘zini tug‘ilib o‘sgan joyi Jefferson shahriga dafn etishlarini so‘raydi. Uning eri Ansi va besh farzandi (Kesh, Darl, Jewel, Dyui Dell va Vardaman) onasining tobutini aravaga ortib, jazirama issiqda, suv toshqinlari va turli ofatlar ostida Jefferson sari yo‘l oladilar. Asar nihoyatda vahimali yozilgan. O’lim shunday muddatki yoki o’lim to’shagida yotish shunday holatki endi uyerda so’zlar tugaydi. Ong osti oqimida yozilish sababi ham shudir balki. Menga eng yoqgan ong osti oqimi Addiniki edi. Addi hayotligida so‘zlarga ishonmagan. Uning fikricha, "sevgi", "qo‘rquv", "g‘urur" “gunoh” kabi so‘zlar shunchaki bo‘shliqni to‘ldirish uchun o‘ylab topilgan. U hayotning ma’nosini so‘zlarda emas, balki og‘riqda va qonda deb bilgan. Uning Jefferson shahriga ko‘milishni vasiyat qilishi sevgidan emas, balki eri Ansidan o‘ch olish istagidan tug‘ilgan. Eng kichik farzand Vardamanning "My mother is a fish" degan bir jumlalik bo‘limi adabiyot tarixidagi eng mashhur qismlardan biri.(bu qismni chuqur tahlil qilsangiz non ustiga saryog’ tezis bo’ladi) Har bir bo‘lim qahramonning xarakteriga mos so‘z boyligi bilan yozilgan. Masalan, Keshning (duradgor) bo‘limlari aniq, qisqa va tartibli, Darlniki esa falsafiy va murakkab. Bu darajadagi uslubiy mahorat Nobel qo‘mitasi uchun eng yuqori mezonlardan bo’lgan. Bu asarni spoiler qilib qo’yishni hohlamayman. Ushbu Nobel mukofotini olgan asarni o’zingiz o’qishingizni qattiq hohlardim. (Menimcha 30+ ga ko’proq yoqadi) Nimaga 30+ dedim chunki bu yoshgacha o’lim uzoqdagi tumanli ko’rinmas, hatto sizgacha yetim kelmasdek abstract narsa bo’lib ko’rinadi. ( men 30chi tug’ulgan kunimni azadek kutib oldim:)) Ikkinchidan, 30 dan keyin yolg’izlik tushunchasi insonga shu yoshdan bo’y ko’rdatadi. Uchunchidan, masulyat yuki, oila kabi tushunchalarni (bazan o’likdan ko’ra tish og’riging kuchliligi kabilarni) yaxshi tahlil qila oladi. Quotes; “Mening onam baliq” “Seni yaratish uchun ikkita ofam, o’lishing uchun bir o’zing yetarlisan” “Yashashdan maqsad uzoq vaqt o’lik yotishga tayyorgarlik ko’rish” The reason you will not say it is, when you say it, even to yourself, you will know it is true”

Ingliz tilida email ohirida,Best regards — Eng yaxshi tilaklar bilan Kind regards — Samimiy hurmat bilan Warm regards — Iliq
Ingliz tilida email ohirida,Best regards — Eng yaxshi tilaklar bilan Kind regards — Samimiy hurmat bilan Warm regards — Iliq tilaklar bilan Regards — Hurmat bilan Kabi iboralar bilan xayrlashiladi. But forma menga shunaqangi muhrlanib qolgan ekanki. Shoirning Best Salam i meni miyamni portlatdi. Endi bir musulmonga email yozsam(odamiga qarab) Best Salam deb qoyaman:)

Qo’rqmay qo’llayvering shoir, canondagi odam, yani bu inson bo’yicha ilmiy ish qilmoqchiman, Nobel olishiga ham umid qilamiz. Contemporary Literature dagi yorqin yulduzlardan biri.

Qoyil! Endi meni tarjimam o’zbekcha ilk tarjima sifatida Ghayath Almadhounning official sitedan joy oldi. Habaringiz bor ushbu Falastin-Suriyalik shoirni 2 ta she’ri va bir qasidasini tarjima qilgan edim. Sizdan nima so’rayman. She’rni o’qib bergan reelsimdagi kommentlar portlab ketdi, hamma qo’lidan hechnarsa kelmasligi haqida yozgan. Qo’lingizdan ko’p narsa keladi. Qo’llab quvvatlang. Ghayath Almadhounga follow bo’ling, sherlarini o’qing, tarjima qiling, o’z sahifalaringizda joylang. Agar o’sha vaqtda faqatgina Mubashshir Ahmad emas butun halqimiz Falastinni qo’llab quvvatlash uchun “stand up” qilganda Mubashshir Ahmad qamalmasdi. Meni qo’limdan kelgani tarjima va buni yoyish, but sizni ham qo’lizdan keladi! Jim turmang bu intelectual narsistlik. Kitobni o’qib yig’lab yig’lab yengizga artib ketaversangizu atrofingizdagi nohaqliklarga ko’zingizni chirt yumib jim yursangiz bu narsistlik bo’ladi, o’qiganingizu, ilmingiz befoyda bo’ladi!

Ok Lets talk about elephant in the room. Bu ibora honadagi fil haqida gaplashaylik degani. Fil bu muammoga analog, yani katta, og’ir lekin hamma hatto men uni ko’rmaslikka olyapman. Mendagi fil PhD. Yo’q balki charchoqdir, bilmadim. I feel miserable these days. Nimaga odam dardini boshqa tilda yozadi bilasizmi? O’zimizni tilimizda aytolmas qadar travmamiz bor. Hullas PhD ga kirganimdan beri juda jiddiylashib ketdim, ichimdagi bolachaku allaqachon o’lgan bo’lsa kerak ja hamma narsaga hursand bo’lmay qolganman lekin bu degani doimiy melanxolik kayfiyatda yurish kerak degani emas. Na o’ziga qarash bor, na bo’yanish, na kasmetolog, na bazm, na o’yin kulgu hayotimda kulminatsion hech narsa qilmayman. Adabiyotshunoslikda baza shunaqangi kattaki bir haftada 3 ta kitob 20 ta maqola o’qishingni talab qiladi syllabus ( jadval), but toza akademik sadizm, bu holatda mendan hatto kulishimni so’rash nohaqlik. Menda esa yana uyqusiz tunlar, asabiy xarakter, o’zidan o’zi yig’lavorish yana boshlandi. Univerdagi bosimniku aytmay qo’yaqolay. Abiturientlik davrimda ham 3 gacha yotvolib o’qirdim lekin ichki olov kuchli edi, hozir tutayapman. Bir narsa hursand qilyapti holos abitureintlik qiyin bo’lsada irqasidan katta muvaffaqiyat olib kelgan(asli katta emas). PhD dan keyin ham boshimga oftob tegib qolar degan umiddaman ungacha qarib ketmasam. Shu paytgacha PhD ni tashlab yuborgan bo’lardim. Bitta sabab meni shu Sogangda ushlab turibdi: oldingi Nafisani Sogang nihoyatda katta foizga o’zgartirdi, 2 yil oldingi bazi fenomenlar ustidagi fikrlarimdan hozir uyalaman, 100 foizlik Nafisa qanday bo’lishi qiziq !

Bir choy bo’lsa… Bir dolchin xidi urib turgan olmali pirog…. … va sen….

🇺🇸"I have led a toothless life," he thought. "A toothless life. I have never bitten into anything. I was waiting. I was reserving myself for later on— and I have just noticed that my teeth have gone." Jean-Paul Sartre 🇺🇿Men tishsiz hayot kechirdim," deb o'yladi u. "Tishsiz hayot. Men hech narsani tishlab ham ko'rmadim. Men kutayotgan edim. O'zimni keyinroqqa asrab yurgan edim — va endi qayqadimki, tishlarim to'kilib bo'libdi.

Sening san’atingni sevamiz va mustamlakachilik tarixingdan nafratlanamiz; teatringni sevamiz va konsentratsion lagerlaringdan nafratlanamiz; musiqangni sevamiz va bombalaring ovozidan nafratlanamiz; falsafangni sevamiz va Martin Xaydeggerdan nafratlanamiz; adabiyotingni sevamiz va orientalizmdan nafratlanamiz; she’riyatingni sevamiz va Ezra Paunddan nafratlanamiz; o‘z chegaralaring ichidagi so‘z erkinligini sevamiz va Islomofobiyangdan nafratlanamiz; sening yuksak sivilizatsiyangni, dunyoviyligingni, odil qonunlaring va o‘z hududingdagi inson huquqlarini sevamiz va sening irqchiligingdan, ikkiyuzlamachiligingdan, kibrli qarashlaring hamda qonli tarixingdan nafratlanamiz. Natsizmingni ol-da, bizga Immanuel Kantni ber. "Qora ko‘ylaklilar"ingni ol-da, bizga Italyan vinosini ber. Jazoirdagi genotsidingni ol-da, bizga Bodlerni ber. Leopold II ni ol-da, bizga Rene Magrittni ber. Adolf Gitlerni ol-da, bizga Xanna Arendtni ber. Frankoni ol-da, bizga Servantesni ber. Narsalaringni yig‘ishtir-da, bizga o‘zimiznikini qaytarib ber.

Bunisi Booom 💥 Lug‘aviy jihatdan qasida so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, biror shaxsni, voqeani yoki g‘oyani maqtash uchun yozilgan yirik she’riy asarni anglatadi. Lekin Ghayath Almadhoun quyidagi sherda "Qasida" (Ode) so‘zini ironiya yani kesatiq va istehzo maqsadida ishlatgan. Buni adabiyotda "teskari madh" deb ham atash mumkin. Ohirini kulminatsiyaga olib chiqgan yani Qasida so‘ngida biror talab yoki xulosa bo‘ladi. Shoirning talabi juda keskin, kutilmagan va falsafiy bir yakun! Mahzunlik Qasidasi Ey ko‘hna qit’a, Yevropa, Biz seni sevamiz. Nega seni ko‘hna deb atashlariga aqlim yetmaydi, axir Misr va Mesopotamiya bilan qiyoslaganda sen hali yoshsan-ku. Seni sevamiz, Yevropa. Oq tanli erkaklar kabi senga soliq to‘laymiz, sening ob-havoingdek o‘zgaruvchan kayfiyatingga va rutubatli qishlaring sabab bo‘lgan D vitamini tanqisligiga chidaymiz. Biz seni sevamiz va uzun qishlaringdagi bu g‘amgin zulmatga hech qachon ko‘nika olmasligimizdan mahzun bo‘lamiz. Zero, sening sovuq Shimolingda, Oriy onalar va otalardan tug‘ilgan "asl" yevropalik do‘stlarimiz ham xuddi biz kabi tushkunlik va D vitamini yetishmasligidan azob chekadilar. Chunki evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, ular ham Afrikadan kelgan "homo sapiens"lardir. Sening haqiqiy tub aholing, muzlik davrida sening sovuqlaringga bardosh berishga moslashgan Neandertallar esa allaqachon qirilib bitgan. Biz seni sevamiz, Yevropa. Sen "qoloq uchinchi dunyo" deb ataydigan mamlakatlardan bag‘ringga kelganimizni inkor qilmaymiz. Men o‘zim Damashqdan keldim va sening yozuvchi-yu shoirlaringning qoliplari, stereotiplari va asossiz taxminlariga ko‘p bor duch keldim. O‘zimni feminist deb hisoblasam-da, Yaqin Sharqdagi ayollar ahvoli haqidagi doimiy, yuzaki savollaringdan bezib ketdim, to‘yib ketdim. Tan olaman, Suriyada ayollar saylov huquqini 1949-yilda qo‘lga kiritgan, ammo sening puling va bizning diktatorlarimizning maxfiy bank hisob raqamlari poytaxti bo‘lmish Shveytsariyada ovoz berish huquqini ayollar faqat 1971-yilga kelibgina oldilar. Albatta, bu ham hamma kantonlarda emas: Appenzell Innerrhoden kantoni ayollarga to‘liq saylov huquqini 1991-yildagina berdi, Xudo xayringni bersin! Biz seni sevamiz, Yevropa. Sening quchog‘ingga qochib kelganimizda bizga bergan erkinligingni sevamiz va sen mehmonxonani tozalayotganingda gilam ostiga supurib yashirmoqchi bo‘lgan irqchiligingni ko‘rmaslikka olamiz. Biz seni sevamiz, Yevropa, mustamlakachilik o‘tmishining sohibasi, tub aholining qotili, Hindistondan Kongogacha, Braziliyadan Yangi Zelandiyagacha bo‘lgan xalqlarning qonini so‘ruvchisi. Inkvizitsiya bekasi, ayollarni jodugarlikda ayblab olovda yoqqan zolim, qora tanlilarni Yangi Dunyoga tashigan qul savdosining xonimi, Janubiy Afrikadagi aparteidning yaratuvchisi, fashizm va natsizmning asoschisi, yahudiylarni qirish uchun "yakuniy yechim"ni o‘ylab topgan ixtirochi! Aynan o‘sha "yakuniy yechim" mening Damashqdagi Yarmuk lagerida qochqin bo‘lib tug‘ilishimga sabab bo‘lgan. Chunki sening Oriy irqi sofligiga ishonuvchi oq tanli aholing amalga oshirgan Holokost uchun to‘lov, tovon va "yechim" sifatida mening vatanim Falastinni tortiq qilishga jur’at etding. Seni sevamiz, Yevropa. Sening pasportlaringni cho‘ntakda olib yuramiz, ular biz uchun eshiklarni xuddi sening o‘qlaring Fransuz inqilobi chorlagan erkinlikdan bahramand bo‘lishni istagan millionlab Jazoirliklar tanasini teshib o‘tganidek oson ochadi. Biz seni sevamiz, Yevropa.

Biz G'o'shtlari yomg'ir tomchilari kabi havoda uchib, bo'laklarga bo'linib sochilib ketgan, biz, ushbu sivilizatsiyalashgan dunyoning barcha erkaklari ayollari va bolalaridan chin dildan uzr so'raymiz. Zero, biz ularning tinch va osuda xonodonlarida, ruxsatsiz, kutilmaganda paydo bo'lib qoldik. Kutilmaganda ularning qordek oppoq xotiralariga o'zimizning uzilib ketgan tana a'zolarimiz bilan muhrlanib qolganimiz uchun uzr so'raymiz. Ularning ko'z o'ngida "butun va normal inson" qiyofasini buzganimiz uchun, qonimiz va tana qoldiqlarimizdan bo'lak yalang'och holda axborotnomalar, internet sahifalari va matbuot nashrlariga odobsizlarcha to'satdan sakrab chiqganimiz uchun uzr so'raymiz. Daxshatga tushishdan qo'rqib, jarohatlarimizga tik qarashga jurati yetmaganlardan va televizorda bizning yangi chiqib kelgan suratlarimizni ko'rib qolib , kechki ovqatini ohirigacha yeyolmay qolganlardan uzr so'raymiz. Bizni ekranlarda ko'rsatishdan avval bo'laklarimizni yig'ib, qayta tiklashga urinishmagani, bizni bor holimizcha, hechqanday bezaklarsiz ko'rishga majbur bo'lganingiz va bu sababdan chekgan iztiroblaringiz uchun uzr so'raymiz. Shuningdek bizni parcha-parcha qilishga majbur bo'lib samalyot va tanklardagi tugmalarni bosib zahmat chekib qolgan Isroil askarlaridan ham uzr so'raymiz. Ular snaryad va bo'mbalarini bizning yumshoq boshlarimizga to'g'ri yo'naltirganlaridan so'ng naqadar hunuk ko’rinishga kelganimiz uchun uzr so‘raymiz. Jirkanch tana bo‘laklariga aylanganimiz tufayli va endi ular har gal uxlashga uringanlarida ta’qib qilayotganimiz uchun, ularning qaytadan avvalgidek inson bo‘lish ilinjida psixiatriya klinikalarida o‘tkazadigan soatlari uchun ham uzr so’raymiz. Biz,siz ekranlarda va matbuotda ko‘rgan "narsalar"miz. Agar siz bu bo‘laklarni xuddi jumboq kabi birlashtirishga urinsangiz, ko‘z o‘ngingizda shunday aniq-ravshan manzara paydo bo‘ladiki, siz endi hech narsa qila olmay qolasiz. By Ghayath Almadhoun.

Qanday qilib shoir bo‘ldim... Uning qayg‘usi balkondan tushib ketdi-yu, chil-chil bo‘ldi. Endi unga yangi bir dard kerak edi. Men u bilan bozor aylanganimda, narx-navo aqlga sig’mas qadar baland ekanini ko‘rib, ishlatilganidan olishni maslahat berdim. Biz holati g‘oyat yaxshi, ammo biroz katta bir qayg‘uni topdik. Sotuvchining aytishicha, u o‘tgan yozda o‘z joniga qasd qilgan yoshgina shoirdan qolgan ekan. Unga bu dard ma’qul keldi, uni olishga ahd qildik. Narx ustida tortishayotganimizda, sotuvchi agar qayg‘uni olsak, oltmishinchi yillardan qolgan bir garchand eskirgan bo‘lsa-da, ruhiy tushkinlikni tekinga berishini aytdi. Biz rozi bo‘ldik. Kutilmagan bu hadyadan ko‘nglim yorishganini sezgan hamrohim: ", Bu seniki bo‘la qolsin", dedi. Men uni sumkamga soldim-u, yo‘limizda davom etdik. Oqshom tushgach, o‘sha tushkunlik esimga tushdi, sumkamdan chiqardim va sinchiklab ko‘zdan kechirdim. Yarim asrlik iste’molda bo‘lishiga qaramay, u hamon yuqori sifatli va yaxshi saqlangan edi. Chamasi, sotuvchi uning asl qadrini bilmagan, yo‘qsa, yosh shoirning xom-xatala qayg‘usi evaziga uni shunchaki qo‘shib bermasdi. Meni eng hayratga solgani, bu iztirobning ekzistensial mohiyati edi; u shunday mo‘jizakor va nozik detallar bilan yo‘g‘rilgan ediki, uning sohibi yo keng qomusiy bilimga ega ziyoli, yo sobiq mahbus bo‘lgani aniq edi. Men bu iztirob bilan yashay boshladim va uyqusizlik mangu hamrohimga aylandi. Tinchlik bitimlarining ashaddiy xayrixohi bo‘lib qoldim, qarindosh-urug‘ni ziyorat qilmay qo’ydim. Javonlarim xotira kitoblari bilan to‘lib-toshdi, juda kam hollarda bo‘lmasa, deyarli gapirmaydigan, fikr bildirmaydigan bo‘ldim. Inson zoti men uchun millat va chegaralardan ulug‘vorroq tuyula boshladi. Butun borlig‘imni mahzun bir zerikish egallab oldi, ammo eng muhimi, men o‘zimning shoirga aylanganimni sezib qoldim. Falastin va Suriyalik lekin hozir Denmark va Amsterdam oralig’ida yashovchi Ghayat Almadhounning “How I become” sherini tarjima qildim. She’r boshida ayolning qayg‘usi "balkondan tushib sinishi", bu tinch hayotning, eski tartiblarning bir lahzada chil-chil bo‘lishidir. Urush boshlanganda, insonning eski muammolari, shaxsiy qayg‘ulari, o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Endi unga "yangi qayg‘u", ya’ni bosqin va qirg‘in keltirgan ulkan bir dard “kerak bo‘ladi” agar sherni ohirigacha so’zma so’z tahlil qilib ko’rsangiz nega bu shoirni ko’p va ho’p maqtanshimni tushinib yetasiz!