en
Feedback
Writer_minds

Writer_minds

Open in Telegram

Book reviews📚 Fikrlar💭 Triggers for living your every second @writer_minds Shaxsiy: @abdusattarovanafisa

Show more
3 275
Subscribers
+3224 hours
+1907 days
+1 42230 days
Posts Archive
Esimni taniganimdan beri uyimizda yo mushuk yo kuchuk boqqanmiz. Eng esimda qolarlisi va hatto bazi insonlarni uyaltirib qo’yadigan do’stimiz Bagira edi. Sariq rangli momiqqina, golden retriever ni eslatadigan Bagira ismli kuchugimizni dadam qish sovuq kelgani uchun uyni ichiga, pechkani oldiga uycha qilib kechqurun olib kirib qo’yganlarini eslayman, shu itim shunaqa vafodor ediki haligacha esimdan chiqmaydi, nafaqat meni esimdan balki hamma qarindoshlarimiz Bagira ni eslaydi. U faqat uy hayvoni bo‘lmagan, oilaning bir qismi bo‘lgan. Ertalablari meni maktabgacha kuzatib qo’yar va qaytganimda 500 metr naridagi ko’prikni ustidan ko’riboq menga yugurardi. Qarib o’lgan. Juda katta aza tutganman qabrini tepasida. Simpatiya va mehr qondan o’tadimi yoki o’rgatiladimi aniq bilmayman, muhit tarbiya va ichki nizomlar baribir tasir qilsa kerak. Men bir insonni bilaman ko’zimni oldida iti kasalligi uchun otib tashlagan, shu insonni yillab kuzatdim va hayotimda ko’rgan eng jirkanch insonligini yillar bo’yi isbotladi. Farzandlari ham(bazilari) mehrsiz, hissiz kessakni eslatadi. Itni otib tashlash bu shunchaki qattiqqollik emas balki simpatiniyani minusga tushib ketganini ko’rsatadi. Insonlar esa uzoq muddat ikki hol maska taqib yurolmaydi baribir kimligini ko’rsatib qo’yadi. Bugun internal duty haqida gaplashdik, bunda inson bir hayvonni o’ldirganda hayvonni og’rig’i emas, balki insonni qanchalik insoniylikdan chiqib ketishi muhokama qilishi haqidagi atama. Kuni kecha mushuklarni tepib o’ldirgan mehmonhona qo’riqchisi haqidagi kommentlarda ham insonlar mushuk haqida emas asosan insonni hayvoniyligi haqida muhokama qilishdi. Inson o’zini yerni markazida deb hisoblamasligi kerak. Siz nafaqat ammangizni o’g’lidan ustun emassiz, balki hayvonlardan ham ustun emassiz. Siz yerdagi qirol emas, halifasiz.

Maqtanishmasu, qizimni mushuk oberganimizdan keyin boshqattan kashf qildim. Mushuk bilan singlisi bilan o’ynaganday o’ynayapti. Bitta dugonam “endi qiziz rosa tortqilarkanda” degandi, tortqilash tugul qo’li bilan tekkani yo’q. Tegmoqchi bo’lsa seki silab qo’yadi boshini, ko’tarmoqchi bo’lsa “aba ko’taraveraymi?” “Qayeridan ko’tarishim kerak” deb so’raydi. Telivizorni ovozini sal qattiq ko’tarsam, “aba mushukni qo’rqityapsiz, ko’zi katta katta bo’lib ketyapti, ovozini pastlating” deydi. Aba menga “miyov” dedi nima drgani u past ovozda aytdi” deb so’raydi. Endigina 5 ga kirgan qizim mushukni huddi individualdek ko’rishi, uni o’zini tili borligini, tuyg’ulari borligini men unga shu paytgacha tushuntirmaganman, qizimda tug’ma mehr bor. Turmush o’rtog’im ham mushuk bilan gaplashadi, qizim deydi. Hamma “-masu” deb boshlangan gaplar, aynan o’sha maqsadda boshlanadi. Ko’nglingni og’ritmoqchimasmanu- ko’nglingni og’ritmoqchiman, g’ashinnga tegmasinu- asabingni buzish niyatim, maqtanishmasu-boplab maqtanmoqchiman. Hozir atrofimdagi go’zal qalblar haqida maqtandim, Allohimga cheksiz hamdlar bo’lsin meni shular bilan o’raganiga!

GAYLE_-_abcdefu_Official_Music_Video-[NaFd8ucHLuo].m4a3.51 MB

Autshwitzdagi zulmni eng yuqori qismini ko’rganlar Testimonyda, Memoryda, Travma nazariyasida hatto faylasuf Agambenda ham “M
+1
Autshwitzdagi zulmni eng yuqori qismini ko’rganlar Testimonyda, Memoryda, Travma nazariyasida hatto faylasuf Agambenda ham “Muselmann” atamasi bilan yoziladi. Intellectual racism shunaqangi kuchliki hatto sanoqli olimlar bu atamani so’roq ostiga qo’ygan ekan. Izlanib bitta Yale universitetidan maqola topdim. Musulmonlarda Fatalism ga ulagan mayda maqolalar va shuncha oyoqda turolmasdan nomoz o’qiganday tizzalab qolgan “skeletlar” ga alyangan “walking dead” bo’lgani uchun qabilidagi maqolalar (taniqsiz) ham bor. Ilm nimaga odamni ezadi bilasizmi? Ko’p haqiqatni bilib qo’yasiz…

Six sevib eshitadigan Odam ato va Momo havo haqidagi sevimli hikoyangiz, qaydakim momo havo shaytonni qayta qayta bolasini olib qoladigan va nihoyadida shayton inson qoniga kirib oladigan asli uydirma va g’irt misogynistic hikoya. Misogyny bu ayollardan nafratlanish va ularni pastga urish. Keyin Qissasi Rabg’uziyda Nosiriddin Rabg’uziyniki, Moma havo Odam atoga yo’l ko’rsatib jannatdan quvilishimizga sababchi bo’lgan va shu uchun ayollarga jazo sifatida har oy hayz ko’rish berilgan kabi uydirmalar bor. Rabg’uziy ham toza misogynist bo’lgan. Kecha misogyny haqida qo’ygan videoga hatto “kitob o’qiydigan” yig’itlar ham meni kalaka qilganday komment qoldiribdi, to’g’risini aytsam ich ichimdan o’ksindim. Erkaklarni ayollarni yoqtirmasligiga yoki past sanashiga ananamiz shu qadar olib kelib qo’yganki huddi qoniga singib ketgan po’panakka o’xshab qolibdi. Yetuk ilm sohibi bo’lish faqat 4 ta kitob bilan emasligini hatto butun boshli kutubxona bilan emasligini yana bir bor amini bo’ldim. Morallari yo’q insonlarga achinaman va ulardan nihoyatda qo’rqaman hoh u dinsiz bo’lsin hoh dindor.

Sir Gawain and Green Knight Asari tugadi. Youtubedagi harbitta bu asar haqidagi sharhlarni ham tugatdim va birdan Britaniyani
+2
Sir Gawain and Green Knight Asari tugadi. Youtubedagi harbitta bu asar haqidagi sharhlarni ham tugatdim va birdan Britaniyani Staffordshire Morlands ga borgim kelib qoldi. Tabiatni men qadar sevadigan odam bo’lmasa kerak,Ser Gaveyn va Yashil ritsar" dostonida Yashil cherkov (Green Chapel) haqida so'z boradi. Lud's Church doston tasvirlariga shu joy juda mos kelarkan. Dostonda bu joy "dahshatli, ichi bo'sh va o't-o'lan bilan qoplangan g'or" deb ta'riflangan.Lud's Church chuqurligi 18 metr, uzunligi esa 100 metrdan oshiq bo'lib, xuddi yer yorilib ketganga o'xshaydi.Moss and Fernlar Devorlarning tepasidan pastigacha quyuq yashil yo'sinlar va paportniklar bilan qoplangan. Ular toshlarning yuzasini butkul yashirib turadi, shuning uchun siz o'zingizni toshlar orasida emas, balki yashil devorlar orasida turgandek his qilasiz.

Баста - Я найду тебя через века.flac21.67 MB

Баста - Я найду тебя через века.flac21.67 MB

Beowulf ilk adabiyotlardan biri, Inglizlarni “Alpomish”i hisoblanadi. 600-700 yillarda og’zaki ijodda kuylanib, 10 asrda qog’ozga tushurilgan. Qog’ozga ham emas pergament charmga bu paytda esa Samarqandda dunyodagi eng sifatli qog’ozlar ishlab chiqarila boshlagan edi. Asar og’zaki kuylanayotgan davrda Anglo-saxonlar Angliyada hali kichik-kichik qirolliklarga bo’linib, vikinglar bosqinidan qo’rqib, yog’och uylarda yashab yurgan bir paytda, O’rta Osiyoda ulkan o’zgarishlar ketayotgan edi.Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo’shinlari Movarounnahrni (Samarqand, Buxoro, Xorazm) zabt etayotgan edi. Bu davr mintaqada eski Zardushtiylik va Buddiylik an’analari o’rniga Islom madaniyati kirib kelayotgan o’tish davri edi. Beowulfni yozma shakli davrida esa O’zbekiston hududida “Birinchi Renessans” bo’lgan. Buxora va Samarqandda Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino kabi daholaf yashab ijod qilgan. Beowulf sahifalaridagi voqealar botqoqlikdagi maxluqlar, tumanli dengizlar va yog'ochdan yasalgan mead-hall (bazm xonalari) sodir bo'layotgan yani yozilayotgan vaqtda, O'rta Osiyo hududi dunyodagi eng rivojlangan, boy va ilmiy salohiyatli joy bo'lgan. Ibn Sino “Tib Qonunlarini yozayotgan edi. Beruniy esa yearning aylanasini hisoblab chiqayotgan edi. Qisqa qilib aytganda Anglo-saxonlar (hozirgi Buyuk Britaniya) endigina o'z tilida birinchi dostonlarini yozishni boshlaganida, bizning bobolarimiz sayyoralarning harakatini hisoblab, zamonaviy tibbiyotga asos solishayotgan edi. Hozirgi kunda Xitoy Buyuk ipak yo’lini temir yo’l variantink tuzib chiqmoqda va 2026 yil birinchi reysni Azarbayjongacha yetishini reja qilgan. Dengizdan ko’ra quruqlikdagi bu “Iron Silk Road” 14 kunda yetib borishini hisobga olsak dengizdagi vaqtdan(30-40kun) ancha tez va bu O’rta Osiyo yana Savdo yo’liga tushishiga umid bermoqda. O’zbekistonni yuqorilashayotgan aholisi, qazilma boyliklari(agar elitani qo’lida qolib ketmasa albatta), boshqa davlatlardagi tug’ulish soniga qaraganda tug’ilishni barqarorligi O’zbekistonni 2050-2060 larini meni ko’zimga juda muvaffaqiyatli ko’rsatyapti. Agar dunyo tinch turib tursa yoki geomintaqaviy yana kimnidir mustamlakasiga aylanib qolmasak, bachalarni rivojlangan kelajak kutyapti

Freydni ushbusida “traumatic neuroses” atamasi bor bu atama hozirgi kunda PTSD(Post traumatic stress disorder) deb ataladi. C
Freydni ushbusida “traumatic neuroses” atamasi bor bu atama hozirgi kunda PTSD(Post traumatic stress disorder) deb ataladi. Compulsion to repetition atamasini tushuntirgan boshida yani inson hamma o’tmishdagi travmasini qaytarishi yanayam oddiyroq qilib aytganda meni misol “ota onasi tashlab ketgan kishi o’zini shunday tutadiki uni hamma tashlab ketadi”, yoki bir ayol 3 marta turmush quradi uchali eri ham kasal bo’lib to’shakka mihlanadi. Lekin hozir traumatic neurosis haqida gapirmoqchiman. Bostirilgan travma tush yoki flashback bilan qaytishi mumkin. Tushlar Tabiri asarida Freyd; “Har bir tush amalga oshmagan istakning qondirilishi” hattoki u nightmare (daxshatli tush) bo’lsada”. Ko’p bor vafot etgan kishilarimni “qabrdan kovlab olishimni” tush ko’raman. Tushinishimcha menda bir katta istak bor, tugallanmagan suhbatlar istagi; qabrdan eshitgan qo’shiqlar esa meni ular bilan qanchalik manaviy bog’liqligimni va o’lim, aza travmasini nazorat qilishga urinayotgan ongni naqadar kuchli ekan.

Ethics (etika) bu to‘g‘ri va noto‘g‘ri, yaxshi va yomon, adolatli va adolatsiz degan savollarni o‘rganadigan falsafiy soha. O
+2
Ethics (etika) bu to‘g‘ri va noto‘g‘ri, yaxshi va yomon, adolatli va adolatsiz degan savollarni o‘rganadigan falsafiy soha. Oddiy qilib aytganda qanday yashashim kerak? degan savolga javob izlash. Morality (axloq) bu insonning ichki “to‘g‘ri–noto‘g‘ri” degan tushunchasi. Bu vijdon, ichki mezon, qalbdagi hukm haqida ko’proq. Morality asosan: men qanday inson bo‘lishim kerak? Kabi savolni qoyadi oldinga. Bu ikkisi gumanitar sohada eng ko’p takrorlanadigan so’zlar hisoblanadi. Bugun ham professor “ethics” so’zini 10 marta qaytariyov. Bembi (kiyik) naqshli ro’molimni ko’chaga o’rolmayapman. Bu naqsh yovvoyilikni romantizatsiya qilmayaptimi? Yoki Hayvonni “estetik obyekt”ga aylantirmayaomanmi? Hukmronlik (domination) muammosi kabilarni o’ylab bugun ham o’romadim Undan battari endi ilon naqshli ro’mol o’ragim kebqoldi😫. Nima demoqchiman, hamma narsani sog’lom nosog’lom shakli bor, meni moral ovozim meni himoya qilish o’rniga ustimdan hukm qilyapti, nafaqat meni ustimdan balki boshqalarni ustidan ham(bazan)

Professional yozish bo’yicha Eric Hayotdan Uneven U strukturasiga Jinoyat va Jazoni bir paragraphga solib ko’ramiz: Jinoyat va jazo" bo‘yicha "Notekis U" namunasi: (Level 4) Raskolnikovning jinoyati shunchaki moddiy ehtiyojdan tug‘ilgan harakat emas, balki inson irodasining chegaralarini sinab ko‘rishga bo‘lgan metafizik urunish edi. (Level 3) Bu urinish muallif tomonidan "oddiy odamlar" va "o‘zgacha insonlar" o‘rtasidagi farq haqidagi Nitshening va boshqalarning sovuq nazariyasiga asoslanadi. (Level 2) Masalan, Rodion kampirni o‘ldirishdan oldin o‘zining "Napoleon" kabi buyuk shaxslarga o‘xshash-o‘xshamasligini tinimsiz tahlil qiladi. (Level 1) U o‘ziga: "Men bir qaltiraydigan jonzotmanmi yoki biron huquqqa egamanmi?" degan savolni qo’ydi o’rtaga. (Level 3) Bu savol jinoyatning asosi pulsizlik emas, balki ma'naviy kibr ekanligini tasdiqlaydi. (Level 4) Dalillar shuni ko‘rsatadiki, qotillik sodir etilganidan so‘ng boshlangan ruhiy azoblar nazariyaning amaliyotda mag‘lub bo‘lganini anglatadi. (Level 5) Oxir-oqibat, Dostoyevskiy bu orqali har qanday g‘oyaviy kibr insoniy tabiat , morallik(ahloqiylik) va vijdon qonunlari oldida ojiz ekanligini isbotlaydi.

Bog’ingni gullab yashnamayotganini sababi, har safar bir gul unganda, uni kesib birovlarga tutqazyapsan va bog’bonligingni shu bilan isbotlamoqchi bo’lyapsan.

Ingliz tili va gumanizmda PhD lar uchun tezis yozish boyicha quyidagi kitoblarni maslahat beraman
Ingliz tili va gumanizmda PhD lar uchun tezis yozish boyicha quyidagi kitoblarni maslahat beraman

Love, Heather. "Preface." Underdogs: Social Deviance and Queer Theory. Chicago U.P., 2021, pp. i-xiii. - "Introduction." Underdogs: Social Deviance and Queer Theory. Chicago U.P., 2021, pp. 1-39. >> PRECARITY Butler, Judith. "Precarious Life." Precarious Life, Verso, pp. 128-151. - "Precarious Life, Vulnerability, and the Ethics of Cohabitation." Journal of Speculative Philosophy, vol.

Dushanbadan 3- Semestr boshlanadi armiyaga tayyorlanganday tayyorlanyapman🤪, o’lib ket murdashov😁 Quyida prof oldindan tashlab bergan nazariyalar jadvali: Siz qaysi nazariyaga qiziqasiz? BIOPOLITICS Agamben, Giorgio. "Introduction." Homo Sacer, Stanford U.P., 1998, pp. 1-12. - "The Politicization of Life," Homo Sacer, Stanford U.P., 1998, pp. 119-135. Foucault, Michel. "17 March 1976." Society Must be Defended, translated by David Macey, Gallimard, 1997, pp. 239-264. - "The Subject and Power." Critical Inquiry, vol. 8, no. 4, 1982, pp. 777-795. Mbembé, J.-A. "Necropolitics." Public Culture, translated by Libby Meintjes, vol. 15, no. 1, 2003, pp. POSTHUMANISM Chakrabarty, Dipesh. "The Climate of History: Four Theses." Critical Inquiry, Vol. 35, No. 2, 2009, pp. 197-222. Hayles, N. Katherine. How We Became Posthuman: Virtual Bodies in Cybernetics, Literature, and Informatics. University of Chicago Press, 1999, pp. 1-24. Fall 2003, pp. 257-337. >> ECOLOGY Emmett, Robert S. and Nye, David E. "The Emergence of the Environmental Humanities." The Environmental Humanities: A Critical Introduction, The MIT Press, 2017, pp. 1-23. Moore, Jason W. Capitalism in the Web of Life. Verso, 2015, pp. 1-30. Nixon, Rob. "Introduction." Slow Violence and the Environmentalism of the Poor. Harvard U.P., 2011, pp. 1- 44. >> ANIMAL STUDIES Pick, Anat. "Introduction: Creaturely Bodies." Creaturely Poetics: Animality and Vulnerability in Literature and Film, Columbia University Press, 2011, pp. 1-20. Wadiwel, Dinesh Joseph. "Bare Life." The War against Animals, Brill, 2015, pp. 65-96. Wolfe, Cary. "Old Orders for New: Ecology, Animal Rights, and the Poverty of Humanism." Animal Rites: American Culture, the Discourse of Species, and Posthumanist Theory, University of Chicago Press, 2003, pp. 21-43. >> EMPIRE AND DECOLONIZATION Chakrabarty, Dipesh. "From Civilization to Globalization." The Crises of Civiliation, Oxford U.P., 54-75. Hardt, Michael and Negri, Antonio. "Empire, Twenty Years On." New Left Review, no. 120, 2019, pp. 67-92. Mignolo, Walter. "Introduction." The Politics of Decolonial Investigations, Duke U.P., 2021, pp. 1-21. Quijano, Aníbal. ""Bien Vivir' - Between 'Development' and the De/Coloniality of Power." Alternantas, vol. 3, no. 1, 2016, pp. 10-23. BLACK STUDIES Best, Stephen. "Introduction." None Like Us, Duke U.P., 2018, pp. 1-26. Jackson, Eric R. "Introduction." An Introduction to Black Studies. University of Kentucky Press, 2023, pp. 1-10. Nash, Jennifer C. "Introduction." Black Feminism Reimagined After Intersectionality. Duke U.P., 2019, pp. Samatar, Sofia. "Toward a Planetary History of Afrofuturism." Research in African Literatures, vol. 48, no. 4, 2017, pp. 175-191. Womack, Autumn. "Introduction." The Matter of Black Living, Chicago U.P., 2021, pp. 1-27. FEMINISM Braidotti, Rosi. "Decentring Anthropos: Ecofeminism Revisited." Posthuman Feminism, Polity Press, 2021, pp. 68-104. Grosz, Elizabeth. "Feminism, Materialism, and Freedom." Becoming Undone: Danwinian Reflections on Life, Art, and Art, Duke U.P., 2011, pp. 59-73. Mohanty, Chandra Talpade. "Under Western Eyes' Revisited: Feminist Solidarity through Anticapitalist Struggles. Signs, vol. 28, no. 2, Winter 2003, pp. 499-535. >> DISABILITY STUDIES Lundblad, Michael. "Disanimality: Disability Studies and Animal Advocacy." New Literary History, vol. 51, по. 4, 2020, рр. 765-795. Mitchell, David T. with Snyder, Sharon L. "Introduction." The Biopolitics of Disability. Michigan U.P., 2015, pp. 1-32. Mitchell, David T. et al. "Introduction." The Matter of Disability, Michigan U.P., 2019, pp. 1-34. Puar, Jasbir K. "Preface." The Right to Maim, Duke U.P., 2017, pp. i-xxviii. _"Introduction." The Right to Maim, Duke U.P., 2017, pp. 1-29. >> QUEER THEORY Bradway, Tyler. "Queer Narrative Theory and the Relationality of Form." PMI.A, vol. 136, no. 5, pp. 711-727. Halberstam, Jack. "Sex before, after, and against Nature." Wild Things: The Disorder of Desire, Duke U.P., pP. 1-32. Halperin, David M. "Queer Love." Critical Inquiry, no. 45, 2019, pp. 396-419.

Yelkasiga kitob ortgan eshshaklar Gajakdor so’zlarni bilish, ko’plab kitoblar o’qish sanatga oshno bo’lish, sher yozish insonni boshqalardan ko’ra ahloqiy ustunligini isbotlaydimi. Qisqa javobim: Yo’q! Tarixda Poststrukturalizmning buyuk namoyondasi De ManGermaniya Natsizm hukumati uchun maqolalar yozib berganligi ommaga keyinchalik namoyon bo’ladi va qat qat sharmanda bo’ladi. Tasavvur qiling yaxshilik va moral axloq haqida bot bot maqolar yozib buyog’dan fashizmni qo’llab quvvatlash bir olim kishining ishimi? Aesthetic appreciation yani yaxshi o’qirman bo’lish bilan ethical action yani yaxshi inson bo’lish bu boshqa boshqa tushunchalar. Juda ko’p insonlar devil’s advocate yani ataylab qarshi tomonni nohaq, ishonchi komil bo’lmasada himoya qiluvchi kishilar bo’ladi bular orasida ko’p kitob o’quvchilar ham bor. Bazi o’qirmanlar shunchaki taxnik tilni yaxshi tushunadi, metaforalarni analiz qila oladi, yaxshigina nazariy ilmi bor, Kant deysizmi, Nitshe deysizmi hohlagan olimingiz haqida gapitib berishi mumkin lekin siz Xalokost( yaxudiylar qi’rg’ini) haqida yaxshi sher yozganingiz sizni qo’shningizga har kuni yordam beradigan inson ekanligingizni bildirmaydi. Qulay stolda o’tirib kimnidir dardi uchun kitobga ko’z yoshlaringizni oqizishingiz ham sizni ahloqy ustunligingizni, chuqur, aqlliligingizni ko’rsatmaydi. Balki bazi kishilar kitobni o’zlarini intelektual narsistliklarini yana bir bor o’zlariga isbotlash uchun qilishlari mumkin. Yani men buni o’qib yig’layapman men juda yaxshi va empat insonman degan tuyg’u ichingizdan o’tsa va lekin kitob ichidagi travma survivorni holati bilan ishingiz bo’lmasa bu muammoni yig’labgina “yechib qo’ysangiz” va atrofingizdagi insonlarga munosabatingiz yomonligicha qolsa siz intelectual narsistsiz. Ro’parangizdagi inson yig’lab tursa, siz kulib tursangiz yoki “qo’y yig’lama” “aytmay qo’ya qol”, “kuchli bo’l” “hammani boshida bor” “seni travmangni yuz foiz tushunaman” desa bir kishi demak befarosat, kitob o’qish uyoqda tursin. Yaxshi inson morally decent , ahloqiy ustun inson bo’lish uchun o’qish yetarli emas, o’qish boshlang’ich nuqta, lekin buniyam qilishmaydi, o’qishsa ham “aqlli” inson bo’lish uchun o’qishadi va qarabsizmi siz olim deb o’ylagan ro’parangizdagi kimsa, bir insonni olovda yoqsalar qarsak chalib turadi.

O’zi meni yuragim tez uradi, asabiyman, bezovtalik, uyqusizlik, qo‘l titrashi bor va men “caffeine crash” yani raketadek tepaga bir olib chiqib yana yerga guppilatib tashlavorishi bilib turib kofe ichishim g’irt ahmoqlik edi. Hattoki bir kunda ichadigan aytaylik 20 finjon choyimni kaffeiniga ham etibor bermasdim va bu kitob menga “aha moment” berdi. Demak choyniyam kamaytirishim kerak. Keyingi boblarda 6:00 ga budilnik qo’yib 5:58 da uyg’onishingiz sabablari, REM(Rapid eye Movement) yani bu vaqtda biz tush ko‘rishimiz, miya juda faol bo‘lishi, emotsiyalar qayta ishlanishi, xotira mustahkamlanishi kabilar tushintirilgan. Va albatta NREM. Qisqa qilib aytganda Biz REM va NREM bosqichlari orasida 90 daqiqalik sikllarda almashib turamiz. Bir kechada 4–6 marta sikl bo‘ladi.NREM tanani tiklaydi, REM miyani tiklaydi va bularni to’liq tushunish uchun kitobni o’qishni tavsiya qilaman(IELTS da kim HEALTHni o’qigan bo’lsa yengil habari bor REM haqida). Men kitobni atiga 10 foizi haqida gapirdim,uyquni mensimaydiganlarga tavsiya qilaman.

Current read💌 1. Michel Foucault – Society Must Be Defended (Lectures at the Collège de France, 1975–1976) 2. Chakrabarty, D
+3
Current read💌 1. Michel Foucault – Society Must Be Defended (Lectures at the Collège de France, 1975–1976) 2. Chakrabarty, Dipesh. “The Climate of History: Four Theses.” Critical Inquiry, Vol. 35, No. 2, 2009, pp. 197-222. 3. Eric Hayot – The Elements of Academic Style 4. The Routledge Companion to Literature and Trauma. 2020 5. Writing History, Writing Trauma By Lacan 6. Research Methods for English Studies 7. Human Acts by Hang Kang 8. We Do Not Part by Hang Kang

Agar hechqachon yozmasangiz, yozib ko’rmasangiz, qachalik rasvo fikrlashingizni yoki qanchalik chiroyli fikrlashingizni bila
Agar hechqachon yozmasangiz, yozib ko’rmasangiz, qachalik rasvo fikrlashingizni yoki qanchalik chiroyli fikrlashingizni bila olmaysiz. Va siz buni bilib olishingiz kerak, hatto yozuvingizni hechkim ko’rmasada.