IIV Yoshlar ittifoqi
Open in Telegram
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi. 🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1 🌐 https://gov.uz/iiv/ 📞1102 Ishonch tel ☎️ 71 231-48-05 📥info@iiv.uz
Show more2 208
Subscribers
-1224 hours
-387 days
-17230 days
Posts Archive
2 208
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
⚡️Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda
Joriy yilning, 15-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.
Batafsil ma’lumot — turnirning rasmiy saytida.
#ChessOlympiad2026
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
2 208
Repost from ANTIKRIMINAL
Ӯзбекистон Республикаси ИИВ Кадрлар бош бошқармаси (Департаменти)ни кимлар бошқарган:
1991–1995-йилларда Генерал-майор Равшан Хайдарович Хайдаров;
1995–2000-йилларда Полковник Шавкат Мавлонов;
2001–2002-йилларда Генерал-майор Бахтиёр Ғуломович Сидиқов;
2002–2004-йилларда Полковник Холмахамад Акбарович Зокиров;
2005–2005—йилларда Полковник Алишер Озодович Шарафутдинов;
2006–2006—йилларда Генерал-лейтенант Турсинхон Айдарович Худайбергенов;
2006–2009-йиллаода Генерал-майор Шавкат Тохирович Икрамов;
2009–2018—йилларда Полковник Алишер Шоимович Мирзаев;
2018–2021—йилларда Полковник Рустам Абдуганиевич Хатамов;
2021–2023—йилларда Генерал-майор Азизбек Исроилович Икрамов;
2023–2026-йилларда Генерал-майор Даврон Абидович Назармухамедов;
2026 йидан ҳозирга қадар Полковник Диёрбек Неъматжонович Саттаров.
@antikriminal_uz
2 208
Repost from Oxunjon Mustafoyev | IIV
#Kunsurati
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Diyorbek Sattarov IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilarining yangi tashabbus va takliflarini tinglamoqda
📍 Andijon
2 208
#bilasizmi
Ichki ishlar xodimlarining maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlari qanday?
———
Ички ишлар ходимларининг махсус унвонда хизмат ўташ муддатлари қандай?
👉Obuna bo'lishni unutmang👈
2 208
#kun_fotosi
Sharafli umr va ulkan tajriba maktabi!Ushbu suratda shunchaki to‘rtta harbiy unvon egasi emas, balki yillar davomida mashaqqatli mehnat, matonat va vatanparvarlik bilan shu darajaga erishgan haqiqiy yetakchilar aks etgan. Katta maqsadlar sari intilayotgan har bir inson uchun haqiqiy motivatsiya manbai! 🫡✨ 👉Obuna bo'lishni unutmang👈
2 208
Bugun 4-sentabr 2026-yil, juma
👉BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro taekvondo kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇮🇷 Eron - Hamkorlik kuni.
🇦🇺 Avstraliya - Mahalliy aholi savodxonligi kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Kitoblar kuni.
🇦🇷 Argentina - Muhojirlar kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Milliy mijozlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy yovvoyi tabiat kuni.
🇱🇹 Armaniston - Qutqaruvchilar kuni.
🇲🇩 Moldova - Bojxona xizmati xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Yadro ta'minoti bo'yicha ekspertlar kuni.
👉 VOQEALAR:
- 476 - varvarlar yo‘lboshchisi Odoakr Rim imperatori Avgustulni ag'darib tashladi va G'arbiy Rim imperiyasiga barham berdi.
- 1479 - Alkasovash shartnomasiga koʻra, Kanar orollari Ispaniyaga oʻtdi.
- 1781 - Los-Anjelesga asos solindi.
- 1791 - Lyudovik XVI birinchi Fransiya konstitutsiyasini imzoladi.
- 1799 - Rossiya imperiyasida shahar kengashlari tashkil etildi.
- 1802 - Nemis filologi Georg Grotefend Bobil mixxat yozuvining dunyodagi birinchi muvaffaqiyatli tarjimasini taqdim etdi.
- 1870 - Fransiyada Uchinchi respublika eʼlon qilindi.
- 1882 - Tomas Edison Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi markaziy elektr stantsiyasini ishga tushirdi.
- 1888 - Amerikalik ixtirochi Jorj Istmen "Kodak" savdo belgisini ro'yxatdan o'tkazdi; xuddi shu kuni u kasetlarda rulonli plyonka va bunday plyonkada suratga olish uchun kameraga patent oldi.
- 1913 - Boris Vilkitskiy Shimoliy Yer orolini kashf qildi.
- 1914 - Buyuk Britaniya, Rossiya va Fransiya bir-birlariga Germaniya bilan alohida sulh tuzmaslikka va'da berishdi.
- 1937 - Millatlar Ligasi yahudiy va arab davlatlarini tuzish loyihasini ma‘qulladi.
- 1939 - Yaponiya Yevropa urushiga aralashmasligini e‘lon qildi.
- 1969 - Mexiko metropoliteni ishga tushdi.
- 1975 - “Nima? Qayerda? Qachon” bilimdonlar o‘yini birinchi bor ekran yuzini ko’rdi.
- 1998 - Larry Page va Sergey Brin „Google“ kompaniyasiga asos soldilar.
- 1999 - Buynaksk (Dogʻiston) dagi terakt.
- 2009 - amerikalik desantchi Stiven Grin Iroqda tinch aholiga nisbatan vahshiylik qilganligi uchun 5 marta bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 973 - Abu Rayhon Beruniy (1048) - Buyuk o‘zbek mutafakkir olimi.
- 1596 - Konstantin Gyuygens (1687) - gollandiyalik shoir, olim va bastakor.
- 1768 - Fransua René de Shatobriand (1848) - fransuz yozuvchisi va siyosatchisi,l fransuz adabiyotida romantizm asoschilaridan biri.
- 1835 - Aleksandr Bajenov (1867) - rus dramaturgi, tarjimon, teatr tanqidchisi.
- 1874 - Aleksandr Vishnevskiy (1948) - rus sovet harbiy jarrohi, akademik, mashhur mazning yaratuvchisi.
- 1875 - Yevgeniy Lansere - taniqli rus rassomi.
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1906 - Pekker Yan (1993) - musiqashunos, pedagog, O'zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1956).
- 1906 - Delbryuk Maks (1981) - amerikalik fizik, genetik, virusolog, molekulyar biologiya asoschilaridan biri, Nobel mukofoti laureati (1969).
- 1913 - Stanford Moore (1982) - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1972).
- 1965 - Levina Tatyana - baydarkachi, Osiyo chempioni, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1985), “O’zbekiston iftixori” (2003).
- 1949 - Grigoriy Surkis - ukrainalik ishbilarmon, siyosatchi va futbol xodimi, hozirda UEFA vitse-prezidentlaridan biri.
- 1952 - Rishi Kapur (2020) - hind kino aktyori, rejissyor, prodyuser.
- 1981 - Beyonse Jizel Noule Karter - xonanda, prodyuser, model va raqqosa.
- 1985 - Lola Yoʻldosheva - oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori va aktrisasi.
- 1986 - Jasur Boyqo'ziyev - oʻzbekistonlik taekvondochi, ogʻir vazn toifasida, 2014-yilda Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Osiyo chempioni.
👉Obuna bo'lishni unutmang👈
2 208
Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining tamal toshini qo‘yib, mustaqil davlatimizning siyosiy va huquqiy poydevorini yaratdi. U boshlab bergan ezgu yo‘lni davlat boshqaruvida munosib davom ettirgan Shavkat Mirziyoyev esa mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqdi. Bugun bu ikki davlat arbobining nomi O‘zbekistonning mustaqilligi, ravnaqi va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq.
👉Obuna bo'lishni unutmang👈
2 208
🇺🇿🇺🇿 Ислом Каримовнинг болалик ва ўсмирлик йиллари ҳақида фильм
Бугун, 2-сентябрь Ўзбекистон республикасининг Биринчи президенти Ислом Каримовнинг вафот этган куни.
Эслатиб ўтамиз, Ислом Каримов 1938 йилнинг 30 январь куни Самарқандда таваллуд топган, 2016 йилнинг 2 сентябрь куни Тошкентда вафот этган.
👉Obuna bo'lishni unutmang👈
2 208
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Uning oilasida har kungi og‘ir mehnat yashash uchun pul topishning yagona usuli edi.
Batafsil👉
2 208
#ХОТИРА
⚡️🇺🇿 Бугун, 2 сентябрь, Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримовни хотирлаш куни.
Бугун биринчи Президентимиз вафот этганларига 10 йил бўлди.
2 208
Repost from IIV | Rasmiy kanal
🇺🇿 E'LON
Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng va tantanali nishonlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda bayram tadbirlarini yuqori saviyada oʼtkazish maqsadida Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan xizmat tartibida faoliyat olib boryapti.
✅ Shu munosabat bilan, Ichki ishlar vaziri tomonidan har oy yakuni boʼyicha oʼtkaziladigan fuqarolarning navbatdagi sayyor qabuli Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari - Tergov departamenti boshligʼi polkovnik Ramazon Аshropov tomonidan joriy yil 30-avgust (yakshanba) kuni oʼtkazilishini maʼlum qilamiz.
✅ Qabul IIV huzuridagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi binosida soat 10:00 da boshlanadi.
📱 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Beruniy koʻchasi, 3-uy.
❗️ Fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qabul quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun — soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar aholisi uchun — onlayn tarzda, soat 16:00 dan 20:00 gacha videokonferensaloqa orqali.
Hududlardan ishtirok etuvchi fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV hamda viloyatlar IIBlari binolarida joylashgan maxsus studiyalar orqali qabulda qatnashish imkoniyatiga ega.
———
🇺🇿 ЭЪЛОН
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллигини кенг ва тантанали нишонлаш, жамоат тартибини сақлаш, фуқаролар хавфсизлигини таъминлаш ҳамда байрам тадбирларини юқори савияда ўтказиш мақсадида Ички ишлар вазирлиги раҳбарияти ва шахсий таркиби кучайтирилган хизмат тартибида фаолият олиб боряпти.
✅ Шу муносабат билан, Ички ишлар вазири томонидан ҳар ой якуни бўйича ўтказиладиган фуқароларнинг навбатдаги сайёр қабули Ички ишлар вазири ўринбосари - Тергов департаменти бошлиғи полковник Рамазон Ашропов томонидан жорий йил 30 август (якшанба) куни ўтказилишини маълум қиламиз.
✅ Қабул ИИВ ҳузуридаги «ЖАР» спорт-соғломлаштириш мажмуаси биносида соат 10:00 да бошланади.
📱 Манзил: Тошкент шаҳри, Шайхонтоҳур тумани, Беруний кўчаси, 3-уй.
❗️ Фуқаролар учун қулай шароит яратиш мақсадида қабул қуйидаги тартибда ташкил этилади:
Тошкент шаҳри ва Тошкент вилояти аҳолиси учун — соат 10:00 дан 16:00 гача;
Қорақалпоғистон Республикаси ҳамда вилоятлар аҳолиси учун — онлайн тарзда, соат 16:00 дан 20:00 гача видеоконференцалоқа орқали.
Ҳудудлардан иштирок этувчи фуқаролар Қорақалпоғистон Республикаси ИИВ ҳамда вилоятлар ИИБлари биноларида жойлашган махсус студиялар орқали қабулда қатнашиш имкониятига эга.
———
🇺🇿 ОБЪЯВЛЕНИЕ
В целях достойного и торжественного празднования 35-летия государственной независимости Республики Узбекистан, а также для поддержания общественного порядка, обеспечения безопасности граждан и проведения праздничных мероприятий на высоком уровне, руководство и личный состав Министерства внутренних дел несут службу в усиленном режиме.
✅ В связи с этим сообщаем, что очередной выездной приём граждан, проводимый ежемесячно министром внутренних дел, 30 августа (воскресенье) текущего года будет проведён заместителем министра внутренних дел – начальником Следственного департамента, полковником Рамазоном Ашроповым.
✅ Прием будет проводиться в здании спортивно-оздоровительного комплекса "ЖАР" при МВД с 10:00 часов.
📱 Адрес: г.Ташкент, Шайхантахурский район, улица Беруни, дом № 3.
❗️ В целях создания удобств для населения прием организуется в следующем формате:
Для жителей города Ташкента и Ташкентской области - с 10:00 до 16:00;
Для жителей Республики Каракалпакстан и областей - онлайн, с 16:00 до 20:00 посредством видеоконференцсвязи.
Граждане из регионов, желающие принять участие, могут сделать это через студии, расположенные в зданиях МВД Республики Каракалпакстан и УВД областей.
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
2 208
Repost from IIV Kadrlar departamenti
Мустақилликнинг 35 йиллиги – ички ишлар органларидаги 35 муҳим ислоҳот
Мустақиллик йилларида Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари халқ осойишталигини таъминловчи муҳим тузилмаган айланди. Ҳуқуқбузарлик ва жиноятчиликнинг олдини олиш, маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратишга оид ислоҳотлар амалга оширилди. Ана шу ислоҳотлардан 35 таси билан қуйида танишасиз:
Батафсил: https://uza.uz/posts/901676
| Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube
2 208
Repost from ANTIKRIMINAL
Профилактика инспекторинг ҳуқуқий мақомони белгилаш тўғрисидаги қонун лойиҳаси биринчи ӯқишда мақулланди
@antikriminal_uz
2 208
Jizzaxlik yoshning ilm va izlanishdagi muvaffaqiyat yo‘li
Muvaffaqiyat tasodif emas. Uning zamirida mehnat, izlanish, intilish va aniq maqsad sari harakat mujassam. Bugun ana shunday fazilatlarni o‘zida namoyon etayotgan yoshlar yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, leytenant Navro‘zbek Ochilov ham ana shunday izlanuvchan yoshlardan biri. 29 yoshli Navro‘zbek yoshligidanoq bilim olish va o‘z ustida ishlashga intilib kelgan. Kasb-hunar kollejini imtiyozli diplom bilan tamomlaganidan so‘ng harbiy xizmatni o‘tab, Jizzax davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Keyinchalik bilimlarini yanada boyitish maqsadida Belarus Respublikasida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi. Ilmiy-pedagogik faoliyatdagi izlanishlari va mehnati natijasida Navro‘zbek Ochilov 29 yoshida dotsentlik unvoniga sazovor bo‘ldi. Bugun u ichki ishlar organlari tizimida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish bilan birga, yosh xodimlar bilan ishlash, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish, Vatanga sadoqat va kasbiy mas’uliyatini mustahkamlash yo‘nalishida ham faoliyat olib bormoqda. Navro‘zbek ilmiy izlanishlarini ham izchil davom ettirib, bugunga qadar yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, o‘nlab o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va elektron darsliklar yaratishda ishtirok etgan. Uning ilmiy ishlarida milliy xalq o‘yinlarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, ular orqali vatanparvarlik, do‘stlik, jamoaviylik, matonat va jismoniy barkamollik fazilatlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Yaqinda uning «Milliy xalq o‘yinlari vositasida yoshlarning vatanparvarlik, do‘stlik xislatlarini va jismoniy sifatlarini oshirish» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etildi. — Milliy xalq o‘yinlari xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniy merosidir. Ularda yoshlarni jipslik, matonat, jasorat va o‘zaro hamjihatlikka o‘rgatadigan katta tarbiyaviy kuch bor. Yoshlar bilan ishlashda milliy qadriyatlar va zamonaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish muhim, — deydi Navro‘zbek Ochilov. Uning ilmiy izlanishlari 2025-yilda «Science and Innovation» xalqaro ilmiy jurnali tomonidan tayyorlangan «Mening muvaffaqiyat yo‘lim» biografik ensiklopediyasida ham o‘z aksini topgan. Shuningdek, uning hammuallifligida «Profilaktika inspektorlari faoliyati» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma ham nashr etilgan. Unda profilaktika inspektorlarining aholi bilan muloqoti, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi vazifalariga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalar jamlangan. Navro‘zbek o‘z oldiga yanada katta maqsadlarni qo‘ygan. Ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish, yangi ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish hamda yosh kadrlar bilan ishlash samaradorligini oshirish — uning asosiy rejalaridan. 29 yoshda dotsentlik unvoniga erishish, xorijda magistraturani tamomlash va yuzdan ortiq ilmiy maqolalar yaratish — bu, shubhasiz, katta mehnat samarasidir.🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
2 208
Repost from IIV Kadrlar departamenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilanAripov Toxir Tulkinovich — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi;
“Doʻstlik” ordeni bilanMurtazayeva Rano Baxitovna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani ichki ishlar boʻlimi tergov boʻlinmasi boshligʻi;
“Mardlik” ordeni bilanKarshiyev Shoyim Pardayevich — Toshkent shahar Uchtepa tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori;
“Jasorat” medali bilanAnnaqulov Azizbek Muxiddinovich (marhum) - Qashqadaryo viloyati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati katta inspektori; Karimjonov Xayitbek Noʻmonjon oʻgʻli (marhum) - Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati katta inspektori; Kuvvatov Sadriddin Axrorovich — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi guruh komandiri oʻrinbosari; Mirxamidov Mirmansur Mirshaxidovich — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari; Rustamov Iskandarbek Sultonovich (marhum) — Andijon viloyati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati katta inspektori;
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilanAvezov Amindjon Sharofovich — Buxoro viloyati Vobkent tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori; Donishev Ulugʻbek Xasanovich - Jizzax viloyati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori; Kaljanov Meyrjan Izatillayevich — Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi qoʻriqlash xizmati boshligʻi; Sanaqulov Shaxobiddin Zayniddinovich — Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori; Xudaynazarova Irina Tashpulatovna — Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani ichki ishlar boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori; Eshmuradov Nuʼmon Normuradovich — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi;
“Shuhrat” medali bilanMatyakubov Mirali Ulugʻbekovich — Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi; Maxmudov Aliyorjon Muxamadaliyevich — Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori; Payanov Kamoliddin Absamatovich — Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori; Raximov Kamoliddin Xusanboyevich — Namangan viloyati Davlatobod tumani ichki ishlar boʻlimi patrul-post xizmati otryadi boʻlinma komandiri; Xolmatov Alisher Abduraimovich — Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi. | Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube
2 208
Bugun 17-avgust 2026-yil, dushanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro uysiz hayvonlar kuni.
👉 MILLIY BAYRAMLAR:
🇲🇨 Indoneziya - Mustaqillik kuni.
🇬🇦 Gabon - Mustaqillik kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Temir yo'l xodimlari kuni.
🇹🇯 Tojikiston ‐ Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi organlari xodimlari kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy asalarilar kuni.
🇨🇴 Kolumbiya - Muhandislar kuni.
🇦🇷 Argentina - General San Martinni xotirlash kuni.
🇧🇴 Boliviya - Bayroq kuni.
🇯🇲 Yamayka ‐ Markus Garvey kuni.
🇸🇮 Sloveniya ‐ Prekmurje Ittifoqi kuni.
👉 VOQEALAR:
- 986 - Vasiliy II bolgarlar tomonidan magʻlub etildi.
- 1231 - So‘nggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi kurd qaroqchipari tomonidan o‘ldirildi.
- 1502 - Xristofor Kolumb Gondurasni Ispaniyaning mulki deb e'lon qildi.
- 1771 - ingliz olimi J. Pristli fotosintezni kashf etdi.
- 1807 - Robert Fulton Amerikaning birinchi bug' kemasi - «North River Steamboat»da suzishga chiqdi.
- 1896 - Bridjet Driskoll tarixda birinchi avtomobil urib yuborgan shaxs boʻldi.
- 1903 - Jozef Pulitser “Pulitser” mukofotini ta'sis etdi.
- 1910 - Asfandiyorxon Xiva xonligi taxtiga o‘tirdi.
- 1933 - SSSRda suyuq yoqilg‘ida uchadigan ilk raketa sinovdan o‘tkazildi.
- 1945 - Indoneziya Gollandiyadan mustaqillik e'lon qildi.
- 1950 - Indoneziya Qo'shma Shtatlari Respublikasi unitar davlatga - Indoneziya Respublikasiga aylandi.
- 1958 - Xitoy rahbari Mao Szedun “Ulkan sakrash” siyosati boshlanganini e'lon qildi.
- 1960 - Gabon Fransiyadan mustaqilligini e'lon qildi.
- 1962 - Berlin devorini kesib o'tish paytidagi birinchi qurbon (Piter Fexter).
- 1974 - Gavanada havaskor boks bo'yicha birinchi jahon chempionati ochildi.
- 1992 - Janubiy Afrika Taraqqiyot Hamjamiyati tuzildi.
- 1998 - Rossiyada iqtisodiy inqiroz boshlandi.
- 1999 - Izmit zilzilasi.
- 2005 - Bangladeshda 500 ga yaqin portlash sodir bo'ldi.
- 2008 - Amerikalik suzuvchi Maykl Felps bitta Olimpiya o'yinlarida (2008 yilgi Pekin o'yinlarida) sakkizta oltin medalni qo'lga kiritgan birinchi sportchi bo'ldi.
- 2009 - Nazran shahrida (Rossiya, Ingushetiya) yirik terakt sodir etildi. Natijada 20 kishi halok bo'ldi, 138 kishi yaralandi.
-2009 - Sayano-Shushinskaya GES halokati.
- 2012 - Pussy Riot ishi bo'yicha hukm chiqarildi.
- 2018 - Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1601 - Per Fermat (1665) - fransuz matematiki, analitik geometriya va sonlar nazariyasi asoschisi.
- 1844 - Yelizaveta Vodovozova (1923) - rus bolalar yozuvchisi, o'qituvchi, memuarist.
- 1887 - Karl I (1922) - Avstriya-Vengriyaning oxirgi imperatori (1916-1918).
1911 - Mixail Botvinnik (1995) - sovet shaxmatchisi, 6-jahon chempioni.
- 1932 - Vidiadhar Naypol (2018) - hind millatiga mansub ingliz yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (2001).
- 1935 - Oleg Tabakov (2018) - teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti.
-1939 - To‘lan Nizom (Nizomiddinov To‘lanboy) - O‘zbekiston xalq shoiri.
- 1940 - Al Pachino - amerikalik aktyor, rejissyor.
- 1942 - Muslim Magomaev (2008) - sovet, ozarbayjon va rus opera va estrada xonandasi (bariton), SSSR xalq artisti.
- 1943 - Robert De Niro - amerikalik kinoaktyor, rejissyor, prodyuser, "Oskar" va "Oltin globus" mukofotlari sovrindori.
- 1944 - Larry Ellison - amerikalik taniqli tadbirkor, Oracle (Orakul) kompaniyasining asoschisi, bosh direktori (1976-2014), milliarder.
- 1977 - Tyerri Anri - fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998).
- 1992 - Nozimaxon Qayumova - oʻzbek atletikachisi, paralimpiyachi, nayza uloqtiruvchi, Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ikki karra Olimpiya chempioni (2016, 2020), Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionati ikki karra sovrindori.
- 1993 - Diyorbek Oʻrozboyev - oʻzbekistonlik dzudochi, 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori, Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, Yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni.
👉Obuna bo'lishni unutmang👈
2 208
Repost from POSTDA|Rasmiy kanal
#Iftixor
✍ OILADAN BOSHLANGAN PARVOZ
⚡️ IIV Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti bosh inspektori, podpolkovnik G'ayrat Abdullayevning farzandi Javohir Abdullayev "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "El-yurt umidi" stipendiyasi sovrindori" sifatida e'tirof etilib, Nyu-York universitetining Shanxaydagi filialida ta'lim olish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
@Postdarasmiy
2 208
Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tamomlagan yosh ofitserlar ichki ishlar organlari qasamyodini qabul qilib, xizmatga kirishdi
2 208
Repost from IIV JIED | Rasmiy kanal
+3
"Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘ining 2026-yil 30-iyundagi 210-son farmoyishiga asosan, joriy yilning 1–31-iyul kunlari o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" oyligi doirasida To‘rtinchi mintaqaviy hudud tasarrufidagi muassasalarda xizmat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda iste’fodagi Faxriylar kengashi raisi, faxriy xodimlar hamda shaxsiy tarkib vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yosh xodimlarga xizmat faoliyatida yuksak mas’uliyat bilan yondashish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, qonunchilik talablariga so‘zsiz amal qilish, kasbiy tajriba va fidoyilikning ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, faxriylar o‘zlarining xizmat faoliyati davomida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh xodimlarga vatanparvarlik, burchga sadoqat va halollik tamoyillariga sodiq qolish yuzasidan tavsiyalar berdilar.
IIVJIED
