3 915
Subscribers
-3324 hours
+1007 days
+44630 days
Posts Archive
3 912
Alloh seni charchab, kurashib, sinib, yana o‘rningdan turganingda ko‘rib turadi. Gunoh yoki xatoga yo‘l qo‘yganingda qalbing ezilib, ichingdan pushaymon bo‘lib, yana Unga qaytganingni, Undan umid qilganingni ham Alloh ko‘rib va bilib turadi. U Zot nihoyatda Rahmlidir. Balki sen o‘zingni Allohdan uzoqlashib ketgandek his qilarsan, lekin har safar xatodan keyin yana Unga qaytishing, Undan mag‘firat so‘rashing va qalbingda Unga bo‘lgan muhabbatni saqlashing juda qadrli. Alloh sening mukammal bo‘lishingni emas, Unga chin dildan yuzlanishingni biladi. Eng go‘zali esa qalbingdagi shu samimiyatdir: sen haqiqatan ham Allohni xohlaysan, Uni sevasan va har qancha yiqilma, yana Unga qaytishni istaysan.
📍mutadayyina
3 912
Repost from N/a
если Аллах может простить меня после всего, то кто я такая, чтобы держать обиду вечно?
3 912
“Agar siz ilmdan boshqa narsada zavqlanayotgan boʻlsangiz ruhan kasallangansiz”
©Hasanxon Yaxyo Abdulmajid
3 912
hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega ba’zi insonlar bilan ilk uchrashuvning o‘zidayoq o‘zingizni qulay va xotirjam his qilasiz? go‘yo uni avvaldan tanigandek, qalbingiz unga begona emasdek tuyuladi. balki buning sababi ruhlarning bir-biriga mos kelishidadir. Rasululloh ▫ “ruhlar birlashgan lashkarlardir. ulardan bir-birini taniganlari yaqinlashadi, tanimaganlari esa uzoqlashadi”, deganlar. inson ko‘pincha o‘ziga o‘xshagan qalblarga moyil bo‘ladi. fikri, niyati, qadriyati va dunyoqarashi yaqin bo‘lgan insonlar bir-birini ortiqcha izohsiz ham tushunib qolishlari mumkin. shuning uchun ba’zi insonlar hayotimizga kirganida qalbimizda g‘alati bir xotirjamlik paydo bo‘ladi, ba’zilari bilan esa qancha urinmaylik, ichimizda yaqinlik hosil bo‘lmaydi. bu har doim ham kimdir yaxshi yoki yomon degani emas. shunchaki qalblar turlicha va har bir inson o‘ziga mos bo‘lganlarga tabiiy ravishda yaqinlashadi.
📍mutadayyina
