3 844
مشترکین
-624 ساعت
-947 روز
+33830 روز
آرشیو پست ها
3 841
Tushunishingiz shart boʻlgan narsa shuki, nasibingiz boʻlmagan narsa, to anglab yetmaguningizgacha, sizni takror va takror mahzun qilaveradi. Ba’zan hayotimizda shunday narsalar bo‘ladiki, biz ularni juda xohlaymiz, ular uchun duo qilamiz, kutamiz, harakat qilamiz va bo‘lmayotganidan qayta-qayta mahzun bo‘lamiz. lekin balki bizning eng katta xotirjamligimiz o‘sha narsaga erishishda emas, uning biz uchun yozilmaganini qabul qilishdadir. nasibingiz bo‘lmagan narsa qancha urinmang, qancha kutmang, baribir sizniki bo‘lib qolmaydi. siz esa uni yo‘qotganingiz uchun emas, uni qo‘yib yubora olmayotganingiz uchun ko‘proq qiynalasiz. ba’zan Alloh siz so‘ragan narsani bermaydi, chunki u siz uchun yaxshi emasligini sizdan ko‘ra yaxshiroq biladi. siz faqat bugungi holatni ko‘rasiz, U esa uning oqibatini biladi. shuning uchun har bir “nega bo‘lmadi?” degan savoldan keyin “balki bunda ham men bilmagan bir hayr bordir” deb aytishni o‘rganing. sizga tegishli bo‘lmagan narsaning ortidan qalbingizni holdan toydirmang. agar u sizniki bo‘lsa, sizdan qochmaydi. agar sizniki bo‘lmasa, uni ushlab qolish uchun o‘zingizni yo‘qotmang. ba’zan qo‘yib yuborish taslim bo‘lish emas, Allohning tanloviga ishongan holda “Robbim men uchun nimani tanlasa, shunda hayr bor” deb qalbingizni xotirjam qilishdir, ana shu ishonch insonni ichidan sokin qiladi.
📍mutadayyina
3 841
yolg‘iz qolishni, odamlaridan biroz uzoqlashib, o‘zingizga va o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalarga berilishni o‘rganing. vaqtingizning katta qismini boshqalar uchun emas, o‘zingiz uchun sarflang. e’tiboringizni boshqalarning hayotiga emas, o‘zingizga tegishli bo‘lgan narsalarga qarating. qo‘lingizdagi barcha kuch va energiyani odamlarni kuzatish, ularni rozi qilish yoki ular haqida qayg‘urishga emas, o‘zingizni tarbiyalash, qalbingizni asrash va hayotingizni yaxshilashga sarflang.
📍mutadayyina
