Biyroncha
Open in Telegram
Bolalar kitoblari dunyosida Oynur va uning oyisi bilan birga sayohat qilishni istaganlar uchun☘️ Barcha takliflar, suhbatlar va fikrlaringiz uchun kanalda izohlar ochiq. Reklama uchun: @biyroncham
Show more708
Subscribers
-124 hours
-47 days
-3330 days
Posts Archive
707
#Oynur_bilan
✨ Kechasi Oynurni uxlatishdan oldin Mo‘jizalar mamlakatiga tushib qolgan Alisa haqida hikoya qilib berdim.
👀 Ertagimning bir joyiga kelganda qizchamning ko‘zlari birdan yonib, ajoyib narsa kashf qildi:
🥳 Alisa mo‘jizalar mamlakatida qandaydir bayram nishonlayotgan 2 ta quyonning oldidan chiqib qoladi. Tort va shamlarni ko‘rib, tug‘ilgan kuningiz bilan deb tabriklaydi. Quyon esa "Yo‘q, bugun tug‘ilmagan kunim. Yilda bir martagina tug‘ilgan kun bo‘ladi, qolgan hamma kunlar tug‘ilmagan kunimizni nishonlaymiz", deydi.
Allaqachon tushundingiz a😁 Buyog‘iga keyingi yil yozgacha har kuni Oynurning tug‘ilmagan kunini nishonlaydigan bo‘ldik😅
To‘g‘ri ertaklarning foydali tomonlari ko‘p, lekin ehtiyot bo‘ladigan joylari ham bor ekan)))
💕@biyron_cha
707
Hozir Oynurchamga mana shu sovgʻani olib ketyapman🙃
Siz bolaligingizda bu momiqvoy bilan qanaqa oʻyinlar oʻynardingiz, yodingizda bormi?))
@biyron_cha
707
Repost from Psixolog Dildora Ulmasova
Toksik-pozitiv motivatsiya
- Oyi, mana bu kuchukdan qo'rqvoman.
- san og'il bolasan. Nimasidan qo'rqasan? U sanga tegmidi.
***
- oyi, man yaxshi insho yozomiman.
- nimaga yozomisan? Yozolisan. Xohish bo'lsa, bo'ldi.
Ota-ona va farzand orasidagi suhbatlarda shunga o'xshash dialoglar quloqqa chalinib turadi.
Ota-ona sifatida biz bolalarga hissiyotlarini regulyatsiya qilishni emas, ularni inkor etishni o'rgatamiz.
Kamiga toksik-pozitiv motivatsiyalar bilan qo'ynini puch yong'oqqa to'ldiramiz.
-qo'rqaman.
- Sen qo'rqmaysan.
***
-og'riydi.
- yo'q, og'rimaydi.
***
-xafa bo'ldim.
-shunga ham xafa bo'ladimi?
Yoki farzandimiz biror muammo bilan yuzlashganda esa o'sha muammoni ko'rmaganga olib munosabat qilishga harakat qilamiz.
- maktabga borgim kelmayapdi.
- maktabga borishing, yaxshi o'qishing, kelajakda katta odam bo'lishing kerak.
***
Bola maktabga borgisi kelmayapdimi, demak, uning o'ziga yarasha sabablari bordir:
-tengdoshlari bilan kelisha olmayotgan;
-darsni o'zlashtirishga qiynalayotgan;
- ustozi bilan munosabatda qiyinchiliklarga duch kelayotgan v.h. omillar bo'lishi mumkin.
Biz bolakay aytayotgan muammoga ahamiyat qilmay, uni hamma narsani uddasidan chiqishiga bildirgan ishonchimiz, yoki katta natijalarga erishishi haqidagi ruhlantirishlarimiz ijobiy samara bermaydi.
Natijada, bolalar o'zining "real men" idan uzoqlashib ulg'ayadi.
- qo'rqadi-yu, qo'rquvlari bilan yolg'iz qolib ketadi;
-uyaladi-yu uyalishni uyat deb hisoblaydi;
-qandaydir muammo borligini yaxshi his qiladi, lekin uni qanaqa hal etishni bilmaydi. (Chunki ota-ona tomonidan bu ko'nikma shakllamtirilmagan). Natijada o'zini ayblaydi.
Bola biror murakkab hissiyoti yoki o'zi uchun global muammosi bilan oldingizga kelyaptimi? Ishni bolani jiddiy qabul qilishdan boshlash kerak. 😊
Balki, bu Siz uchun global masala emasdir. Lekin farzandingiz uchun katta sinov. Hissiyotlarini inkor qilmang. Aksincha, ularni e'tirof eting. Nima uchun bolada shunaqa bo'layotganini tushuntirib bering.
Bu hissiyotni qanday qilib tog'ri regulyatsiya qilish borasida farzandingiz bilan fikr almashing.
Farzandingiz yoningizga qandaydir muammosi bilan keldimi? Katta odam pozitsiyasidan turib muammoga sabab bo'layotgan omillarni tahlil qilib ko'ring.
Keyin qaysi omil uning holatiga mos kelishini so'rang.
Masalan, do'sti bilan kelisha olmayapti.
- urush nimadan chiqyapti?
-do'stining qaysi xatti-harakati unga yoqmayapti?
-farzandingiz o'rtog'iga o'z xohish ehtiyojlarini yetkazib bera olyaptimi? (Gaplashish orqali aniqlash kerak)
- Muammoga qanday qilib yechim topsa bo'ladi?
- Sizning bolalikdagi tajribangizda shu kabi holatlar bo'lganmi? Qanday yo'l tutgansiz. (Bolalar ota-onasining tajribasini eshitishni yoqtiradi)
Bola ko'tarib kelgan muammo og'ir tosh kabi yelkasida turmasin. Uni bo'laklarga bo'ling. Birgalikda yechim qidiring.
Toki farzandingiz muammoga tishi o'tmay, o'zini muammo deb o'ylashni boshlamasin.
@farzandruhiyati
707
+4
#fotomaslahat
🏠 Dam olish kunida Oynurni yangi qurilayotgan uyimizga olib bordik. 4 yoshli qizchamga juda yaxshi ta’sir qildi bu.
Xonalardan birini bu mening shaxsiy xonam bo‘ladi deb o‘zi tanladi. Nimalarini qayerga joylashtirish kerakligini aytib tushuntirdi kattalardek.🥰
Oynurning eg ko‘p narsalari kitoblari hozircha. Shuning uchun bolalar uchun kitob javoblari qanday bo‘lishiga qiziqib qoldim birdan. Qiziqarli va kerakli maslahatlar topdim, sizga ham kerak bo‘lib qolar deb kanalda ham ulashyapman.
Agar farzandingizning kitob javoni allaqachon bor bo‘lsa tajribalaringiz va rasmlar bilan bo‘lishing. 💬
@biyron_cha
707
Oynur va dadasining kitoblar bilan do‘stligi haqida O‘zbekiston 24 da alohida ko‘rsatuv chiqibdi😁🥰
@biyron_cha
707
Abdulloh endi 4 yoshga kiradi. She’rimni yod olib shiringina tilchasi bilan aytib beribdi polvoncham.
She’rlar bolalarning tiliga ko‘chganida jonlanadi, yashaydi. Abdullohga esa buning uchun katta rahmat😘
@biyron_cha
707
+2
Kecha Oynurcham bayramga borib, yangi kitobli boʻlib kelibdi. Bugun ertalabdan kitobim bilan fotosessiya qilaylik deb qoldi🥰
@biyron_cha
707
#live
Mana bu kattakon uskunada bolalar uchun kitoblar tayyorlanadi desam ishonmang)))
Chirchiqdamiz. Bitta katta koʻrsatuv tayyorlayapmiz yana)) Qoʻlim ishda, koʻnglim biyronchamda, xullas
💕@biyron_cha
707
Mana bu esa “Sharq yulduzi”da birinchi marta chiqishim boʻlgan ekan))
Adashmasam, bu 2020 yo 2021-yillar. Lekin negadir oʻshanda hozirgidek his qilmagan ekanman😅
Rosa maqtanadigan kunim boʻldi-da a bugun)))
@biyron_cha
707
+1
Kichkinaligimda bobomning kutubxonalarida juda ko‘p katta-katta kitoblar bo‘lardi. Javonning eng pastidagi tokchasida "Sharq yulduzi" jurnalining barcha yillardagi sonlari bir tekis taxlangan turardi.
90-yillardagi ko‘k muqovali, nomi arab alifbosiga monandroq shriftda yozilgan jurnallar hozir ham shundaygina ko‘z oldimda turibdi. Ancha munchasi qo‘limdan o‘tib aji-buji rasmlarga ham to‘lgan.😁🙈
O‘sha vaqtlar "Sharq yulduzi" men uchun juda haybatli jurnal va unda katta-katta yozuvchi shoirlarning, tarjimonlarning asarlarigina chiqishi mumkin edi. Qachondir mening ham ismim shu jurnalda chiqishi xayolimga ham kelmasdi.
Bugun mana shu rasmlarni ko‘rib o‘sha vaqtlarni esladim. "Bobojon, siz eng ko‘p yaxshi ko‘rgan, o‘zingizga yoqqan misralarining tagiga chizib qo‘yadigan jurnalingizda nevarangizning ham she’rlari chiqdi", degim kelyapti hozir o‘zlariga.
She’r yozishimga aslida men ulg‘aygan muhit, bobojonim, ota-onam sababchi bo‘lishgan ekan. Ishonchingiz va mehringizni oxirigacha oqlash nasib qilsin.
Xullas, bolalar uchun yozgan she’rchalarim "Sharq yulduzi"da chiqibdi, o‘rtoqlar!🥰
@biyron_cha
707
+2
"Tarixni o'zgartirgan mutafakkirlar" to'plami sotiladi — 600 ming so'm
💳 Uzum marketda 990 ming, Asaxiyda 819 mingga sotilyapti ekan ayni paytda. Eng arzon narx Hilol'da chegirmaga 730 mingga tushgan, lekin bu yerda hozir sotuvda yo'q.
Bizda esa bu to'plamdan 2 ta bor, bittasini ochib o'qiyapmiz, biri yangi holatda upakovkalari bilan turibdi. Ayni paytda ko'chayotganimiz sababli yangi to'plamni 600 ming so'mga sotmoqchiman. Qo'shimcha yonida @biyron_cha dan maxsus sovg'a ham bo'ladi.🎁
To'plamni O'zbekiston bo'ylab yetkaza olamiz, faqat dostavkasini o'zingiz to'laysiz))Bog'lanish uchun @Munisa_Azamova @biyron_cha
707
Telefonda kamnamo boʻlib qoldimmi, demak, reallikda maza qilayotgan boʻlaman))
Kecha mana shu mitti gulchamning “hapy buzdiy”sini nishonladik, ertalabdan kechgacha koʻcha aylandik. Juda ham yoqimli kun boʻldi🥰
Bugun esa😁
Oynur kechagidan ham koʻproq maza qildi kun boʻyi? Nima qilganimizni aytaymi?)))
@biyron_cha
707
Repost from Asaxiy Books | Kitoblar
+1
✨ Farzandingiz tuyg‘ularni o‘yin orqali o‘rgansin!
📖 "Tuyg‘ularni o‘rganamiz" sensor kitobi bolajonlarga turli his-tuyg‘ularni tanish, ularni nomlash va atrofdagi olamni teginish orqali kashf etishga yordam beradi. Maxsus Touch & Feel sahifalari esa o‘qish jarayonini yanada qiziqarli va foydali qiladi.
💡 Agar farzandingizning ilk rivojlanishiga hissa qo‘shishni istasangiz, bu kitob ajoyib tanlov bo‘ladi.
Muqova: qattiq Yosh: 3 oy+ Narxi: 89 000 so‘mBuyurtma bering va farzandingiz bilan birga yangi tuyg‘ularni kashf eting: https://asaxiy.uz/u/6a71c939e5bfa @asaxiybooks
