cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Psixolog Dildora Ulmasova

Instagramdagi sahifamiz https://www.instagram.com/dildorakhon_ulmasova?igsh=YzljYTk1ODg3Zg== Psixologik konsultatsiya va kurslar haqida ma'lumot uchun @Dil0104 ga murojaat qiling.

Show more
Advertising posts
1 412
Subscribers
-1024 hours
-247 days
-1530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Allaev Uz
Нима учун дарахтнинг мияси йўқ? Бу саволга ирланд нейробиологи Шейн Омара чунки у ҳаракатланмайди деб жавоб беради. Денгизда умуртқасиз асцидия деган кичик жонзот бор. У жой излаб бир тошга бориб ёпишади ва бутун умр ўша ерда қолади. У тошга ёпишиши билан қиладиган биринчи иши ўз миясини еб тугатади. Шунингдек, туғилганда ҳаракатсиз полип шаклида бўладиган, вақт ўтиб ҳаракатланадиган медузалар бор. Бу медузаларда ҳаракатни бошлагандан сўнг мия шаклланади. Бундан хулоса шунақа: Агар сиз ҳаракат қилмасангиз, сизга миянинг кераги йўқ. Мия табиатан ҳаракатланиш яъни қидириш, мўлжал олиш, масофани ўлчаш, хавфсизликни ўйлаш, йўлни эслаб қолиш учун яратилган органдир. Шейн Омаранинг «Юрувчи одам» китобини ўқиб чиқдим. Китоб асосан пиёда юришнинг инсон миясига, айниқса ижодкорлик ва фикрлашга фойдасига бағишланган бўлсада, бошқа бир ажойиб хулоса олдим. Инсон фаол бўлиши, доим ҳаракатда бўлиши керак. Шунда мия ҳаракатдан ўзи учун керакли озиқ олади. Фаолликда ва масъулиятни ўзига олиб ҳаракатчанлик кўрсатишда гап кўп. Шу ҳақида яқиндагина Жон Г. Миллернинг «CОC! Савол ортидаги савол» китобини ҳам таржима қилдиргандик. Хуллас, ҳар қанақа ҳолатда ҳам комфорт зонасидан чиқиб ақлан ҳам жисмонан ҳам ҳаракатланиш, психология тили билан айтганда “проактив бўлиш» мия фаолияти ва ҳаёт сифати учун жуда муҳим. Ҳаракатдан тўхтаманг. Бизга мия ҳаракатсизлик учун берилмаган. @allaevuzb
Show all...
👍 14 1
Dilsora: - Siz youtubeda nimalar ko'rasiz? - Turli podkastlar eshitaman. Asosan psixolog olimlarning o'tkazgan tadqiqotlaridan olgan xulosalarini eshitish yoqadi. -Mangayam gapirib bering. -Hubermonni motivatsiya haqidagi podkastlari hamda o'tkazgan tadqiqotlari xulosalaridan bir nechtasini gapirib berdim. Maroq bilan eshitdi. Orada ba'zi atamalarni tushunmasdan ma'nosini so'radi. Yoshiga moslab oddiyroq usulda misollar bilan tushuntirishga harakat qildim. Keyin angladi. Yana gapirib bering dedi. Boshqa olimlarnung bir nechta tadqiqot xulosalarni gapirib berdim. Qizimga yoqdi. Bolalarning mana shunday qiziquvchanligini yaxshi ko'raman. @farzandruhiyati
Show all...
👍 16 6
Odamlar odatda og'ir qayg'u cheksa, psixik salomatligiga e'tibor qaratish kerakligini o'ylay boshlaydi. Yoki juda ko'p jahl his qilsa, bo'lar-bo'lmas narsalar g'ashini keltirsa ham ruhiy farovonligi haqida qayg'urish kerakligini his etadi. Lekin ko'pchilik xavotir emotsiyasiga unchalik e'tibor qaratmaydi. Yaqinlari hamda o'zining salomatligiga oid irratsional (asossiz) xavotirlarini jonkuyarlikdan, ehtiyotkorlikdan deya subyektiv baholashi mumkin. Munosabatga oid xavotirlarini rashk niqobiga yashirishi, ish/faoliyatga oid bezovtaliklari sababini mas'uliyatlilikka yo'yishi mumkin. Aslida xavotirlanishning chegarasi qayerda? Ratsional xavotir bilan irratsional xavotirning farqi nimada? Xavotir buzilishlari nimalarga olib kelishi mumkin? Shu kabi masalalar qamrab olingan longrid yozmoqchiman. Sizlarning yordamingiz kerak. Anonim bot linkini qoldiraman. Siz nimalardan xavotirlanishingiz haqida menga yozib qoldirishingiz mumkin. Jonli keyslarni tahlil qilsak Yana ham samarali bo'lardi. Xavotiringizni ochiq etishdan uyalmang. http://t.me/questianonbot?start=308459924
Show all...
Анонимные вопросы

Напиши мне анонимный вопрос!

👍 12
00:24
Video unavailableShow in Telegram
Show all...
7.14 MB
👍 7
Instagramda yangi reelslar qo'yib, istoriyada bolalar psixologiyasiga oid ba'zi keyslar muhokama qilinmoqda. Kimga qiziq bo'lsa, ulanib olish uchun havola qoldiraman. ❤️ P.s. Dinozavrlar davridan beri bizni kuzatib, qo'llab-quvvatlab kelayotganlarga alohida rahmat. 😄 @farzandruhiyati Instagram sahifamiz.
Show all...
15👍 4
#thinkingoutloud Farzand bilan nizoli vaziyatda asqotadigan eng muhim eslatma bola siz emas u ekanligini unutmaslikdir. @farzandruhiyati
Show all...
5💯 2👍 1
#thinkingoutloud Xijolatchilikning shunaqa turi bor: senga qaytarishlari kerak bo'lgan muddatdan o'tib ketgan qarzni so'rash uchun qarzdorga nega puling o'zingga kerak bo'lib qolgani haqida arzirli sabab aytishing kerak.😁 @farzandruhiyati
Show all...
👍 20💯 11 4
Zanjirni uzish kerak Qaynionangiz 37yoshdagi o'g'lidan hali ham seperatsiya bo'lmagan. Unga nima yaxshi nima yomon ekanini o'zi hal qilib bermoqchi bo'ladi, o'g'lining onasidan ayro orzu-intilish, ehtiyojlari borligini qabul qila olmaydi. Lekin sizda og'lingizni mustaqil shaxs sifatida voyaga yetkazish imkoniyati bor. Farzandingizni eshiting, mustaqil qarorlar qabul qilishiga yo'l bering. Toki ulg'ayganda muammolaridan qochib, ortingizga yashirinishni odat qilmasin. Bolaligingizda onangiz "chida, sabr qil. Hop degin" deya qulog'ingizga quyardi. Lekin siz qizingizga nisbatan yondashuvni o'zgartirishingiz mumkin. Qizingizda o'zini eshitish, o'ziga g'amxo'rlik ko'rsatish malakasini shakllantiring. Kerakli paytda "yo'q" deya olishni o'rgating. Ishoning katta hayotda bular eng zaruriy ko'nikmalardir. Albatta, qarindoshlaringiz, qo'shnilaringiz va boshqa tanishlaringiz "uy tozalashni, ovqat qilishni bilmasang, qaynionang haydab yuboradi, sharmanda bo'lasan" deya sizni xavotiringizni oshiriganlari hali ham yodingizda. Siz qizingizni boshqacha usullda katta hayotga tayyorlang. Qizingizga bunaqa maishiy masalalardan yuqori turuvchi, oilaviy hayotda asqotuvchi bilimlarni bering. O'qiting yoki yaxshi hunarli qiling. Tanqidiy tafakkurini rivojlantiring, muammoga yechim topish layoqatini oshiring. 21-asrda o'zini hurmat qilgan oila boshlig'i ayoli yoniga faqat borsh yeyish uchun bormaydi. Qizlaringiz xizmatkor emas, turmush o'rtog'iga suyukli rafiqa, yaxshi suhbatdosh, aqlli hayotiy hamroh bo'la olsin. Haqiqatan ham boshqalar sizni muhokama qilishlari, mentalitetning qora sarqitlari botqog'iga botirishga urinishlari yoqimli hodisa emas. Shunday holatda streotiplarni yorib chiqishda o'zingizda kuch toping, qobiliyatlaringizni rivojlantirish ustida bosh qotiring. Bu uncha-muncha "dedi-dedi"lardan yuqoriroq. Hayotiy tajribalaringiz sizni aqlliroq, kuchliroq, irodaliroq qildi. Endi ushbu sifatlaringizni keyingi hayotingizga integratsiya qilib, baxtliroq yashash vaqti keldi. @farzandruhiyati
Show all...
👍 31 10👏 3
01:26
Video unavailableShow in Telegram
Show all...
52.36 MB
8👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.