en
Feedback
MMC

MMC

Open in Telegram

👩‍⚕️ MedMentor Circle: Mentorlik va zamonaviy uslublar orqali tibbiyotda rivojlanish ✅Tibbiy ta’lim va innovatsiyalar yo‘lida biz bilan birga bo‘ling! Savol va takliflaringiz bo'lsa @MedMentorCircle_admin ga bog'laning.

Show more
260
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
MMC
260
Oshqozonning fundal va tana qismida joylashgan asosiy hujayralar qaysi moddalarni ishlab chiqaradi?
Anonymous voting

MMC
260
Ichakning Peyer pilakchalari qaysi qismida ko‘proq uchraydi?
Anonymous voting

MMC
260
Qaysi anatomik tuzilma oshqozonni qisman qoplab, uni diafragmaga biriktiradi?
Anonymous voting

MMC
260
Oshqozon devorining qaysi qatlami parietal (oksint) hujayralarni o‘z ichiga oladi?
Anonymous voting

MMC
260
Me’da osti bezining ekzokrin qismi qaysi tuzilmalardan iborat?
Anonymous voting

MMC
260
Qarshi oling MMC dan fundamental - Anatomiya darslar ketma-ketligi🔹 Splanxnologiyaga oid bilimlaringizni mustahlash uchun im
Qarshi oling MMC dan fundamental - Anatomiya darslar ketma-ketligi🔹 Splanxnologiyaga oid bilimlaringizni mustahlash uchun imkoniyat✅ Agar: ➡️Anatomiya darslarida o’rgangansiz, lekin yodingizdan ko’tarilgan bo’lsa; ➡️Olgan bilimlaringizdan ko’nglingiz to’lmagan bo’lsa; ➡️Nazariy o’rgangansiz, lekin vizualizatsiya qilishda qiynalasiz; ➡️Anatomik bilimlarni klinik vaziyatlarda qo’llashni o’rganishni xohlasangiz; ➡️Bu mavzularni endi o’rganyotgan bo’lsangiz tajribali mentorlar tomonidan eng yaxshi materiallardan foydalanib tayyorlangan seminar siz uchun ayni muddao💯 Bu hafta mavzusi - “Hazm qilish tizimi” Keyingi seminarimizda Hazm qilish tizimining 1-qismini puxta o’rganib olishingiz mumkin🧠 Bu mavzuni yaxshi bilsangiz ham kelishga ikkilanmang, nafaqat bilimlaringizni yana bir bor mustahkamlab olasiz, balki o’xshash maqsadlarga ega yangi do’stlar orttirasiz✅ Ro'yxatdan o'tish 📍TTA faollar zali (Zakovat arena) 📆12.03.2025, 14:30
Yangi ilmlar sari birgalikda! 🔵 MMC | 📱 MMC | 🔵 TTA Yoshlar Ittifoqi

MMC
260
“Ingliz tilini samarali o’rganish” nomi ostida o'tkazilgan so'nggi seminarimiz barcha talabalar uchun bilim va ko'nikmalarga
+6
“Ingliz tilini samarali o’rganish” nomi ostida o'tkazilgan so'nggi seminarimiz barcha talabalar uchun bilim va ko'nikmalarga boy bo'ldi🧠 IELTS imtihonining har bir bo'limi
➡️Listening ➡️Reading ➡️Writing ➡️Speaking
bo'yicha yuqori ball olgan mentorlar tomonidan top maslahatlar va ajoyib metodlarning o'rgatilishi talabalarimiz kelgusida ingliz tilini o'rganishida duch kelishi mumkin qiyinchiliklar uchun oldindan yechim bo'ldi🔻 Seminarda talabalar mentorlar bergan topshiriqlarni mustaqil bajarib ko'rishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi💬 Seminar yakunida tinglovchilarni guruhlarga ajratgan holda o'tkazilgan qiziqarli o'yinlar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi🎮 Keyingi seminarlarimiz qaysi mavzuda bo'ladi deb o'ylaysiz? Izohlarda qoldiring👇 Siz uchun ajoyib sovg’amiz bor🎁
Yangi ilmlar sari birgalikda! 🔵 MMC | 📱 MMC | 🔵 TTA Yoshlar Ittifoqi

MMC
260
Aziz va qadrli ayollar! Sizni bahorning eng go‘zal bayrami — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!
Aziz va qadrli ayollar! Sizni bahorning eng go‘zal bayrami — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! Bu kun nafaqat tabiat uyg‘onib, atrofni gul va yashillik qoplaydigan faslning boshlanishi, balki dunyoni go‘zallik va mehr bilan to‘ldiradigan siz kabi ayollarning bayramidir. Siz hayotga iliqlik, mehr va chiroy baxsh etasiz. Oilangiz, yaqinlaringiz va atrofingizdagilar uchun eng katta tayanch va ilhom manbaisiz. Sizning sabringiz, mehribonligingiz va beg‘araz g‘amxo‘rligingiz bu dunyoni yanada chiroyli qiladi🩷 Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan esa baxt va quvonch hech qachon arimasin! Har doim sevgi va e’tiborda bo‘ling, niyatlaringiz amalga oshsin. Har bir kuningiz bayramdek shodon, hayotingiz esa bahordek yorqin bo‘lsin! 8-mart bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌷💖
Yangi ilmlar sari birgalikda! 🔵 MMC | 📱 MMC | 🔵 TTA Yoshlar Ittifoqi

MMC
260
MMC dan yangi rubrika🆕 Endilikda siz klub tomonidan o'tkazilayotgan talabalar va akademiya hayotiga oid qiziqarli mavzulardagi so'rovnomalarda o'z fikringizni bildirishingiz mumkin💬 Har hafta mavzusiga oid savollarga hafta davomida TTA ning bosh binosida talabalar va ustozlarning javoblari tinglanib, MMC klubi telegram va instagram sahifalarida yoritib boriladi🌐 Joriy haftamiz mavzusi:
Tibbiyot talabalari chet tillarini o'rganishi kerakmi?
➡️Qaysi chet tillarini ➡️Qachon (ya'ni nechanchi kursda) ➡️Qaysi darajagacha? Ushbu savollarga o'z javoblarini allaqachon topib, IELTSdan 8.0 ballni qo'lga kiritgan talabalarning tajribalari haqida bilmoqchimisiz? Unda bugungi seminarimizga tashrif buyuring🔻 Sizning fikrlaringizni esa izohlarda kutamiz🔻
Yangi ilmlar sari birgalikda! 🔵 MMC | 📱 MMC | 🔵 TTA Yoshlar Ittifoqi

MMC
260
Kutganmidingiz? Tayyormisiz? MMCda barcha uchun eng kerakli bo'lgan seminar⚡️ ➡️Tibbiyot talabasisiz lekin shu bilan bir qato
+3
Kutganmidingiz? Tayyormisiz? MMCda barcha uchun eng kerakli bo'lgan seminar⚡️ ➡️Tibbiyot talabasisiz lekin shu bilan bir qatorda ingliz tilini o'rganishingiz kerakmi? ➡️Til kurslarga qatnashyapsiz, lekin darajangizni qanday samarali ko'tarishni bilmayapsizmi? ➡️Ingliz tili boshlamoqchisiz, boshlashdan oldin kerakli texnikalar bilan qurollanib olmoqchimisiz? ➡️Ingliz tilini o'rganyapsiz, IELTS olmoqchisiz, lekin hali yetarlicha ko'nikmalaringiz shakllanmaganmi? Unda qarshi oling, bu seminar aynan siz uchun🫵
Ingliz tilini samarali o'rganish metodlari
Seminarni kimlar o'tishi qiziqmi👀? Bu galgi mentorlarimiz oddiy tibbiyot talabasi bo'libgina qolmay, balki IELTS imtihonida 8.0 ballni qo'lga kiritgan 4 nafar ilg'or talabalardir. Ulardan chet tillarini tez va sifatli o'rganish sir-asrorlarini bilib olishingiz mumkin. Registratsiyadan o'tish 👈 📍TTA faollar zali (Zakovat arena) 📆05.03.2025, 14:30 Seminar juda foydali bo'lish xavfi bor, o'zingizni ehtiyot qiling😉
Yangi ilmlar sari birgalikda! 🔵 MMC | 📱 MMC | 🔵 TTA Yoshlar Ittifoqi

MMC
260
Soʻngi seminardan lavhalarni qarshi oling🔸 Oxirgi seminarda mentorlarimiz: 🩵Azimov Jurabek 🩵Joldasbaeva Albina 🩵Dilshodov
+5
Soʻngi seminardan lavhalarni qarshi oling🔸 Oxirgi seminarda mentorlarimiz: 🩵Azimov Jurabek 🩵Joldasbaeva Albina 🩵Dilshodova Madina “Bolalarda eng koʻp uchraydigan nafas tizimi bilan bogʻliq kasalliklar” mavzusida qiziqarli va interaktiv dars oʻtishdi🤩 Seminar nafaqat foydali ma’lumotlar, balki qiziq jarayonlarga boy boʻldi💠. Savollarga javob topa olgan qatnashchilar shirin shokoladlardan bahramand bo’lishgan bo’lsa, javob bera olmaganlar nordon limonlarni yeb tetiklashib olishdi😆 Darsdan soʻng oʻynalgan networking oʻyinlari ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi degan umiddamiz!
Yangi ilmlar sari birgalikda! 🔵 MMC | 📱 MMC | 🔵 TTA Yoshlar Ittifoqi

MMC
260
Med Mentor Circle klubida yana bir g'alaba🏆🥇 MMC klubi bosh koordinatori Hakimova Shahzodani “Kimyo Girls” respublika olimpiadasida qo'lga kiritgan g'alabasi bilan muborakbod etamiz va kelajakdagi faoliyatiga zafarlar tilab qolamiz! Siz ham shunday ilg'or talabalar qatorida bo'lmoqchimisiz? Unda safimizga qo'shiling🔸
Yangi ilmlar sari birgalikda! 🔵 MMC | 📱 MMC | 🔵 TTA Yoshlar Ittifoqi

MMC
260
“KIMYO GIRLS” OLIMPIADASIDA TTA TALABASI G‘OLIB BO‘LDI! 📍Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Kimyo Girls” respublika olimpiadasi
+8
“KIMYO GIRLS” OLIMPIADASIDA TTA TALABASI G‘OLIB BO‘LDI! 📍Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Kimyo Girls” respublika olimpiadasi final bosqichida TTA talabasi Hakimova Shahzoda 1-o‘rinni egallab, 5 000 000 so‘m mukofot bilan taqdirlandi! 🏆 🎓 Shahzoda o‘zining yuqori bilim saviyasi, kreativ fikrlashi va mustahkam tayyorgarligi bilan barchaga namuna bo‘ldi. Ushbu g‘alaba TTA talabalari ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida ham yetakchi ekanini yana bir bor isbotladi! 🥇Hakimova Shahzoda – Toshkent tibbiyot akademiyasi 🏆 (5 000 000 so‘m) 🥈Tuxtayeva Yulduz – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (3 000 000 so‘m) 🥉Maxkamova Zuxraxon – RXTU (1 500 000 so‘m) 💡Finalchilar uchun maxsus imkoniyat! RXTU filialining magistraturasiga imtiyozli qabul huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi. 😏TTA talabalari ilm-fan va innovatsiyalarning har bir sohasida yetakchi ekanini yana bir bor isbotladi!
Tashkilotchilar:“O‘zkimyosanoat” AJ va “Ziyo Forum”
#KimyoGirls #TTA #TTA_Talabalari #IlmFan #AyollarFanUchun
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

MMC
260
🌙 Ramazon Muborak! Med Mentor Circle jamoasi sizni va yaqinlaringizni muborak Ramazon oyining boshlanishi bilan tabriklaydi!
🌙 Ramazon Muborak! Med Mentor Circle jamoasi sizni va yaqinlaringizni muborak Ramazon oyining boshlanishi bilan tabriklaydi! ✨ Bu oy rahm-shafqat, sabr va ezgulik ayyomi bo‘lib, qalblarimizni poklash va bir-birimizga mehr ulashish uchun ajoyib fursatdir. 📿 Ushbu muborak kunlarda ibodatlaringiz, duolaringiz va ezgu amallaringiz qabul bo‘lsin. 🥰 Ramazon barchamizga sog‘lik, baxt va baraka olib kelsin! Ramazoningiz muborak bo‘lsin! 🤍🌙
Yangi ilmlar sari birgalikda! 🔵 MMC | 📱 MMC | 🔵 TTA Yoshlar Ittifoqi

MMC
260
💧Ta'tillarda energiya yig'ib oldingizmi? Keyingi seminarga tayyormisiz? 🔸Unda qarshi oling, MMC dan navbatdagi seminar🔥 Se
💧Ta'tillarda energiya yig'ib oldingizmi? Keyingi seminarga tayyormisiz? 🔸Unda qarshi oling, MMC dan navbatdagi seminar🔥 Seminar mavzusi: "Bolalarda eng ko'p uchraydigan nafas tizimi bilan bog'liq kasalliklar"✅ Ushbu seminarda siz: ➡️Bolalarda uchraydigan respirator kasalliklar; ➡️Ularning etiologiyasi; ➡️Ushbu kasalliklarni qanday oldini olish; ➡️Kasalliklarning davolash choralari haqida batafsil qiziqarli ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Seminarda qatnashish eski bilimlarni talab etmaydi. Xoh 1-kurs bo'ling, xoh 6-kurs darsdagi ma'lumotlar foydali bo'lishi va kelajakda sizga yordam bera olishiga ishonamiz💭 Seminarda qatnashing, yangi bilimlar oling, do'stlar orttiring💬 Bilganingizdek, bizda darslar noodatiy. Bu safar ham siz kutmagan yangilikni tayyorlab qo'yganmiz🤫 Ro'yxatdan o'tish 📍TTA faollar zali (Zakovat arena) 📆26.02.2025, 14:30
Yangi ilmlar sari birgalikda! 🔵 MMC | 📱 MMC | 🔵 TTA Yoshlar Ittifoqi

MMC
260
🟥🟥🟥 🎉Tug'ilgan kuningiz bilan!🎉 🏫 Toshkent tibbiyot akademiyasi 👍Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti talaba-qizla
🟥🟥🟥 🎉Tug'ilgan kuningiz bilan!🎉 🏫 Toshkent tibbiyot akademiyasi 👍Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti talaba-qizlar koordinatori, MMC klubi asoschisi Bobonazarova Malika, Sizni tavallud kuningiz bilan muborakbod etamiz! 👍Jamoamiz nomidan Sizga sog'lik-salomatlik va baxt-omad tilab qolamiz! Shodliklarga bu kun burkansin olam, Ko'zingiz doimo quvonchdan kulsin! Siz bo'ling dunyoda eng baxtli odam- Tavallud kuningiz muborak bo'lsin! 🎉🎊🎉🎊🎉🎊🎉🎊🎉🎊 #tuĝilgan_kun
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram | 🌐 Instagram

MMC
260
AVITSENNA IZDOSHLARI – V XALQARO FAN OLIMPIADASI 📢Hurmatli talabalar! 😏Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Avitsenna izdoshlari” V xalqaro fan olimpiadasiga taklif qilamiz!
🔬Fan yo‘nalishlari: I. Terapiya: 🔹 Ichki kasalliklar 🔹 Ichki kasalliklar propedevtikasi II. Jarrohlik: 🔹 Umumiy jarrohlik 🔹 Anesteziologiya va reanimatologiya III. Tor klinik mutaxassisliklar: 🔹 Nevrologiya va tibbiy psixologiya 🔹 Psixiatriya va narkologiya 🔹 Yuqumli kasalliklar 🔹 Dermatovenerologiya 🔹 Oftalmologiya 🔹 Tibbiy radiologiya IV. Onalik va bolalikni himoya qilish: 🔹 Akusherlik va ginekologiya 🔹 Bolalar kasalliklarining propedevtikasi V. Biotibbiyot: 🔹 Normal fiziologiya 🔹 Patologik fiziologiya 🔹 Patologik anatomiya 🔹 Tibbiy kimyo 🔹 Biologik kimyo 🔹 Tibbiy biologiya 🔹 Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya 🔹 Gistologiya 🔹 Sud tibbiyoti VI. Ijtimoiy – gumanitar fanlar: 🔹 Ijtimoiy fanlar (tibbiyot falsafasi) 🔹 Xorijiy tillar 🔹 Pedagogika va psixologiya 🔹 Sog‘liqni saqlash va menejment VII. Tibbiy profilaktika: 🔹 Atrof-muhit salomatligi 🔹 Kommunal va mehnat salomatligi 🔹 Epidemiologiya VIII. Tibbiyotda zamonaviy texnologiyalar: 🔹 Tibbiyotda biofizika 🔹 Zamonaviy tibbiyotda axborot texnologiyalari 🔹 Biotibbiyot muhandisligi 🔹 Umumiy fizika 🔹 Matematika va matematik statistika
🗓Sana: 25-mart, 2025 📍Format: Onlayn 🌍 Tillar: O‘zbek, Rus, Ingliz 📌Bosqichlar: •Sinov testi (Platforma) •Vaziyatli masalalar yechish (Zoom) •Blits savol-javob (Zoom) ⚠️Diqqat! Har bir ishtirokchi faqat bitta fan yo‘nalishini tanlashi mumkin! 📢Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 17-fevral – 10-mart 🔗Ro‘yxatdan o‘tish: https://olympiad.tma.uz 📄Batafsil ma’lumot: 📥Axborot xatini yuklab olish 📢Qo‘shimcha ma’lumotlar va yangiliklar – bizning Telegram kanallarimizda! 📲Kanal: https://t.me/ttaiqtidorli 📲Guruh: https://t.me/avitsenna_izdoshlari_V_xalqaro Savollaringiz bo‘lsa, biz bilan bog‘laning! 📞Aloqa: https://t.me/avitsenna_izdoshlari_V_xalqaro #TTA #AvitsennaIzdoshlari #XalqaroOlimpiada #Tibbiyot #FanVaTa’lim
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

MMC
260
😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari Respublikamizning yetakchi yoshlari uchun tibbiyot bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi
+6
😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari Respublikamizning yetakchi yoshlari uchun tibbiyot bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi “Yetakchilar o‘quv oromgohi” – ekologiya va sog‘lom hayot tarzi targ‘iboti 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari ekologik muammolarni hal qilishda tibbiyotning ahamiyatini tushuntirish bilan birga, yetakchilar uchun sog‘liqni saqlash bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazildi. Trening mavzulari: •Sog‘lom turmush tarzi va uning ahamiyati •Atrof-muhit va inson salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlik •Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari •Ekologik muammolar va ularning sog‘liq uchun xavfi 👨‍⚕️TTA talabalari nafaqat tibbiyot sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishmoqda, balki yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va ekologik barqarorlik g‘oyalarini ham targ‘ib qilishmoqda! 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi vakillari jamiyat rivojiga ekologik va tibbiy yo‘nalishda o‘z hissalarini qo‘shishda davom etadi! #TTA #Ekologiya #Sog‘lomTurmushTarzi #ShoshilinchTibbiyYordam
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

MMC
260
😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari “Yetakchilar o‘quv oromgohi”da 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentl
+6
😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari “Yetakchilar o‘quv oromgohi”da 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va 🇺🇿O’zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Yetakchilar o‘quv oromgohi”da eko-avlod va ekovolontyorlik yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi. O’quv-oromgohda turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar ekologik barqarorlik, atrof-muhit muhofazasi va ekovolontyorlik bo‘yicha bilim va tajriba almashdi. 😏Toshkent tibbiyot akademiyasining 4 nafar iqtidorli talabasi 3000 nafar Respublikamiz yetakchilari orasidan saralab olinib, ushbu nufuzli o‘quv oromgohida faol ishtirok etdi: 🔹 Sirojiddinov Ayubxon 🔹 Kamilov Jasurbek 🔹 Hakimova Shahzoda 🔹 Ablaqulova Parizoda 🌱Oromgoh davomida yoshlar ekologik muammolar, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha muhokamalar olib bordi. #TTA #Ekologiya #YoshlarIshlariAgentligi #VolontyorlarAssotsiatsiyasi
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

MMC
260
😏 Toshkent tibbiyot akademiyasining 👌Yoshlar akademiyasi huzurida TMA USMLE COMMUNITY clubini ochilishini e’lon qiladi. 📢 TMA USMLE Community clubi – BIlimlarni mustahkamlash, Yevropa standlariga chiqish, Butun dunyo bo'yicha oxirgi fundamental bilimlarni teoritik jihatidan organishga sizga yordam! Doʻstlar, bizda ajoyib yangilik bor! 15-fevraldan boshlab TMA USMLE Community ishga tushadi – bu yerda tajribali mentorlar sizga USMLE imtihoniga ishonch bilan tayyorgarlik koʻrishda yordam beradi.
Sizni nimalar kutmoqda?Muhim mavzularning batafsil tushuntirilishi – murakkab tushunchalar oddiy va tushunarli boʻladi. ✅Jonli darslar va savollar tahlili – nazariya va amaliyot bir joyda. ✅ Mentorlik va qoʻllab-quvvatlash – bu yoʻlni bosib oʻtganlar bilan oʻrganing. ✅ Doʻstona muhit – birga oʻrganish osonroq!
Bu – sifatli tayyorgarlik koʻrish va orzuyingiz sari qadam tashlash uchun ajoyib imkoniyat! Bizga qoʻshiling va muvaffaqiyat sari ilk qadamni tashlang. 🗓️ Sana: 15-fevral 13:00 - Ro'yxatdan o'tish kuni 📍TMA Litsey zalida Ishtrok etish uchun ro’yxatdan o’ting. Ro’yxat uchun ilova.👆 🐦‍⬛️🐯🐽🙈🐰 🐭🐧🐽🐽🐦‍⬛️🐦🦅🦅🐛 🔜KANALIGA QOSHILING
‼️15-Fevral 13:00 OFFLINE roʻyxatdan oʻtish uchun keling (TMA litseyiga)
🇷🇺ЧИТАТЬ НА РУССКОМ 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 🇬🇧READ ON ENGLISH
👌Yoshlar akademiyasi - " ilm-fan rivojiga o'z hissangni qo'sh" 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram 📺You Tube | 🐦Twitter