en
Feedback
Suv xo'jaligi vazirligi

Suv xo'jaligi vazirligi

Open in Telegram

Suv xo'jaligi vazirligining rasmiy kanali Vazirlikning ishonch telefoni: +99871 2024700 Manzil: 100187, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv mavzesi-4, 11-uy Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/suvchi

Show more
Uzbekistan12 300The category is not specified
5 561
Subscribers
-924 hours
-477 days
-27430 days
Posts Archive
NASOS STANSIYALARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA Andijon viloyatida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsu
NASOS STANSIYALARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Andijon viloyatida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi nasos stansiyalarining barqaror ishlashini ta’minlash, agregatlarning texnik holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda Andijon tumanidagi «Raish Xakent-1» nasos stansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Nasos agregatlari va yordamchi uskunalarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, zarur qismlari ta’mirlanmoqda. Shuningdek, boshqarmaning markaziy ta’mirlash sexlarida ham nasos agregatlari va boshqa texnik jihozlarni ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda. Mazkur chora-tadbirlar nasos stansiyalarining ishonchli va uzluksiz faoliyatini ta’minlash, texnik nosozliklarning oldini olish hamda kelgusi sug‘orish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi. Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

XORAZMDA BALIQCHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Bog‘ot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentin
+3
XORAZMDA BALIQCHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Bog‘ot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–122-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish respublika inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Irisboyev, soha mutasaddilari hamda baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Seminarda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, baliqchilik xo‘jaliklarida suv va yer resurslaridan oqilona hamda samarali foydalanish, suv hisobi va nazoratini kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda baliq yetishtirish hajmini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, soha vakillariga Farmon talablari va ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Savol-javob shaklida o‘tgan muloqot davomida baliqchilik xo‘jaliklari vakillarini qiziqtirgan masalalarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. Chapqirg‘oq-Amudaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

#SuvKodeksi #Qonunchilikdagi_yangiliklar 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV OBYEKTIDAN KIM VA QANDAY FOYDALANISHI MUMKIN? 📖 Suv kodeksining 9-moddasiga ko‘ra, suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishga, shuningdek, bitta yoxud bir nechta maqsad uchun berilishi mumkin. 📇 Tanho foydalanishda suv obyekti yuridik yoki jismoniy shaxsga vakolatli davlat organi tomonidan to‘liq yoxud qisman beriladi. Birgalikda foydalanishda esa suvdan foydalanuvchilar: 🔹 o‘zaro manfaatlarni hisobga olishi; 🔹 bir-birining huquqlarini cheklamasligi; 🔹 boshqa foydalanuvchilarga zarar yetkazmasligi shart. 🌊 Oqova suvlarni suv obyektiga oqizishga faqat ekologiya va sanitariya talablariga qat’iy rioya etilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

SUV XO‘JALIGI VAZIRI TERMIZ TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI Mamlakatimizda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida aholi murojaat
+3
SUV XO‘JALIGI VAZIRI TERMIZ TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
Mamlakatimizda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida aholi murojaatlarini eshitish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Suv xo‘jaligi vazirligi rahbariyati tomonidan hududlarda fermer, dehqon va boshqa suv iste’molchilari uchun muntazam ravishda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev rahbarligida Surxondaryo viloyati Termiz tumanida o‘tkazildi. Unda vazirlik va tizim tashkilotlarining mas’ul rahbarlari ishtirok etdi. Qabul avvalida tumanda yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi. Mutasaddilar bu borada erishilgan natijalar va rejalashtirilgan vazifalar haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng vazir fermer va dehqonlarning murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular tomonidan suv ta’minotini yaxshilash, suvni belgilangan muddatlarda yetkazib berish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va sohada uchrayotgan boshqa masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlarni qonuniy va adolatli hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi. Qabulda ko‘tarilgan har bir masala e’tiborga olinib, ularning ijrosi nazoratga olindi. Birorta ham murojaat javobsiz qolmasligi va belgilangan muddatlarda amaliy yechim topishi zarurligi ta’kidlandi. Muloqot davomida fermer va dehqonlarning suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirish, suv yetkazib berish xizmatlari sifatini oshirish hamda suvdan samarali foydalanishga doir takliflari ham tinglandi. Axborot xizmati. Rasmiy sahifalar👇 📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Feysbuk |📱 Instagram

"QARSHI" MAGISTRAL KANALI VA UNDAGI INSHOOTLARNING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI Suvni iste’molchilarga o‘z vaqtida va kerakli haj
+3
"QARSHI" MAGISTRAL KANALI VA UNDAGI INSHOOTLARNING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI
Suvni iste’molchilarga o‘z vaqtida va kerakli hajmda yetkazib berish ko‘p jihatdan magistral kanallar hamda ulardagi gidrotexnik inshootlarning soz ishlashiga bog‘liq. Kanalda yoki suvni boshqaradigan inshootlarda yuzaga kelgan kichik nosozlik ham vaqt o‘tishi bilan suv yo‘qotilishining ortishi va suv taqsimotida muammolar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo mintaqaviy markazi olimlari "Qarshi" magistral kanalida dala tadqiqotlarini olib bordi. Kanal va unda joylashgan gidrotexnik inshootlarning bugungi holati joyiga chiqib, batafsil o‘rganildi. Mutaxassislar kanal bo‘ylab joylashgan inshootlarning beton va temir-beton qismlarini ko‘zdan kechirdi. Ularda yoriq, yemirilish, cho‘kish yoki boshqa o‘zgarishlar bor-yo‘qligi tekshirildi. Suv sizishi va filtratsiya bilan bog‘liq belgilar ham e’tibordan chetda qolmadi. Shuningdek, suv o‘tadigan qismlar, zatvorlar va suv oqimini boshqarishga xizmat qiladigan boshqa qurilmalarning ishlash holati o‘rganildi. Inshootlarning asosiy o‘lchamlari joyida aniqlandi, mavjud kamchiliklar qayd etildi va ular bo‘yicha kerakli ma’lumotlar jamlandi. Bunday o‘rganishlar mavjud muammolarni erta aniqlash imkonini beradi. Chunki o‘z vaqtida bartaraf etilmagan yoriq, yemirilish yoki boshqaruv qurilmasidagi nosozlik keyinchalik inshootning ishlashiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Natijada suv o‘tkazish imkoniyati pasayib, suv yo‘qotilishi ortadi. Dala tadqiqotlarida to‘plangan ma’lumotlar asosida kanal va inshootlarning texnik holatiga yanada aniq baho beriladi. Qaysi joylarda qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish, qaysi inshootlarni birinchi navbatda ta’mirlash hamda texnik xizmatni qanday tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur tavsiyalar "Qarshi" magistral kanali va undagi gidrotexnik inshootlarning xavfsiz hamda ishonchli ishlashini ta’minlash, suv yo‘qotilishini kamaytirish va iste’molchilarga suvni belgilangan tartibda yetkazib berishga xizmat qiladi. Axborot xizmati.

PAXTAOBODDA SUG‘ORISH TIZIMINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Andijon viloyati Paxtaobod tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari
+1
PAXTAOBODDA SUG‘ORISH TIZIMINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Andijon viloyati Paxtaobod tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari va aholi tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda. Ayni paytda tumanda yangi lotok tarmoqlarini qurish va nasos agregatlarini o‘rnatish ishlari olib borilyapti. Loyiha Prezidentning 2026-yil 5-fevraldagi "2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar orqali Andijon massividagi 1 194 gektar qishloq xo‘jaligi yeri, shuningdek, "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1 000 ta xonadon tomorqasining suv ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Buning uchun jami 3,5 kilometr lotok tarmog‘i qurilib, ikkita nasos agregati o‘rnatiladi. Bugungi kunga qadar obyektda 192 metr lotok tarmog‘i yotqizildi. Qolgan qismlarda ham qurilish-montaj ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Loyiha yakuniga yetkazilgach, suvni ekin maydonlari va aholi tomorqalariga yetkazib berish imkoniyati kengayadi. Lotok tarmoqlari suvning yo‘lda yo‘qolishini kamaytirishga, nasos agregatlari esa suv ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi. Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati.  
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

NAVBAHORDA INTENSIV BALIQCHILIK RIVOJLANTIRILADI Navoiy viloyati Navbahor tumanida Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qa
+9
NAVBAHORDA INTENSIV BALIQCHILIK RIVOJLANTIRILADI Navoiy viloyati Navbahor tumanida Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev ishtirokida Prezidentimizning 2026-yil 2-iyuldagi "Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarning tumandagi ijrosi, suv resurslari cheklangan sharoitda baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlari hamda mavjud suv havzalaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, baliqchilik xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan ehtiyojini aniq hisoblash, ular uchun suv olish limitlarini belgilash, suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni elektron platforma orqali rasmiylashtirish va suv sarfini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sun’iy suv havzalarida intensiv usulda baliq yetishtirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda tarmoqqa tadbirkorlarni keng jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi. Yig‘ilish yakunida har bir tomchi suvdan unumli foydalanish, baliq yetishtirish hajmini oshirish va mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

MO‘YNOQDA "SHAG‘IRLI" KANALI BETONLASHTIRILMOQDA Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida suv xo‘jaligi obyektlarini ku
+2
MO‘YNOQDA "SHAG‘IRLI" KANALI BETONLASHTIRILMOQDA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida suv xo‘jaligi obyektlarini kuzgi-qishki davrda ta’mirlash va kelgusi sug‘orish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda. Ayni kunlarda tumandagi irrigatsiya tarmoqlarini texnik jihatdan soz holatga keltirish, kanallarning suv o‘tkazish qobiliyatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, "Shag‘irli" kanalida betonlashtirish ishlari olib borilyapti. Kanal o‘zanini betonlashtirish orqali suvning tuproqqa singib yo‘qolishini kamaytirish, suv oqimini yaxshilash hamda uni iste’molchilarga barqaror yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Mo‘ynoq tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi direktori Nursultan Babanazarovning ta’kidlashicha, obyektdagi ishlarni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash uchun zarur texnika hamda ishchi kuchi jalb etilgan.
— Mutaxassislar har bir bosqichda bajarilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilib bormoqda. Shu bilan birga, kanallar va ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash, gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash hamda ularning suv o‘tkazish imkoniyatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilyapti, — deydi Nursultan Babanazarov.
Tumandagi boshqa suv xo‘jaligi obyektlarida ham ta’mirlash, tozalash va texnik holatini yaxshilash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. ✍️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

SUV XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISHDA YOSHLAR VA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI Samarqand shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tash
+2
SUV XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISHDA YOSHLAR VA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI Samarqand shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan "Ma’lumotlar va texnologiyalardan amaliyotga" mavzusida suv xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi. Tadbir YEXHTning suv resurslarini boshqarishda yoshlar ishtiroki va xotin-qizlar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mintaqaviy faoliyati doirasida tashkil etildi. Unda Shveysariya va Italiya elchilari, YEXHT vakillari, Markaziy Osiyodagi akademik hamda ilmiy muassasalar mutaxassislari, shuningdek, yoshlar ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyoning yosh mutaxassislari uchun tajriba va bilim almashish imkonini beradigan transchegaraviy ta’lim platformasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti professori Malika Ikramova "O‘zbekiston suv xo‘jaligini raqamlashtirishda fan, ta’lim va muhandislik sohalari integratsiyasi: xotin-qizlar va yoshlarning asosiy roli" mavzusida taqdimot qildi. Taqdimotda suv xo‘jaligini raqamlashtirishda olimlar, muhandislar va yosh dasturchilar hamkorligining ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Xususan, suv harakatini ilmiy modellashtirish, gidrotexnik inshootlarga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish va ularni mobil axborot tizimlariga joylashtirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni suv xo‘jaligidagi mavjud muammolar yechimiga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi. Muloqotlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi ilm-fan, raqamli ma’lumotlar, zamonaviy texnologiyalar va inson kapitalini o‘zaro uyg‘unlashtirishga bog‘liq ekani qayd etildi. Ilmiy natijalarni algoritmlarga, ma’lumotlarni amaliy qarorlarga, istiqbolli g‘oyalarni esa tayyor startap loyihalariga aylantirish bo‘yicha fikr almashildi. Axborot xizmati.
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv xo‘jaligi obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar
+2
Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv xo‘jaligi obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar izchil davom etmoqda. Ayniqsa, Mo‘ynoq tumanida bu boradagi ishlar qizg‘in tus olgan. Tumandagi mavjud irrigatsiya tarmoqlarini texnik jihatdan soz holatga keltirish, suv o‘tkazish qobiliyatini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Mo‘ynoq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori Nursultan Babanazarovning ta’kidlashicha, kuz-qish davridagi ta’mirlash va tiklash ishlari kelgusi mavsumda suvni iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shag‘irli kanalida olib borilayotgan betonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlarni sifatli yakunlash uchun zarur texnika va ishchi kuchlari jalb etilgan. Batаfsil: 👇 https://krminwater.uz/08/09/2026/4752/ ✅Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 🌐Veb-sayt 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram

SUV XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISHDA YOSHLAR VA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI Samarqand shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tash
+2
SUV XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISHDA YOSHLAR VA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI
Samarqand shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan "Ma’lumotlar va texnologiyalardan amaliyotga" mavzusida suv xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi. Tadbir YEXHTning suv resurslarini boshqarishda yoshlar ishtiroki va xotin-qizlar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mintaqaviy faoliyati doirasida tashkil etildi. Unda Shveysariya va Italiya elchilari, YEXHT vakillari, Markaziy Osiyodagi akademik hamda ilmiy muassasalar mutaxassislari, shuningdek, yoshlar ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyoning yosh mutaxassislari uchun tajriba va bilim almashish imkonini beradigan transchegaraviy ta’lim platformasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti professori Malika Ikramova "O‘zbekiston suv xo‘jaligini raqamlashtirishda fan, ta’lim va muhandislik sohalari integratsiyasi: xotin-qizlar va yoshlarning asosiy roli" mavzusida taqdimot qildi. Taqdimotda suv xo‘jaligini raqamlashtirishda olimlar, muhandislar va yosh dasturchilar hamkorligining ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Xususan, suv harakatini ilmiy modellashtirish, gidrotexnik inshootlarga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish va ularni mobil axborot tizimlariga joylashtirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni suv xo‘jaligidagi mavjud muammolar yechimiga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi. Muloqotlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi ilm-fan, raqamli ma’lumotlar, zamonaviy texnologiyalar va inson kapitalini o‘zaro uyg‘unlashtirishga bog‘liq ekani qayd etildi. Ilmiy natijalarni algoritmlarga, ma’lumotlarni amaliy qarorlarga, istiqbolli g‘oyalarni esa tayyor startap loyihalariga aylantirish bo‘yicha fikr almashildi. Axborot xizmati.
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

#suv_fondi_yerlari #auksion #uchastka #Samarqand #qishloq_xojaligi_mahsulotlarini_yetishtirish ❗️Samarqand viloyatida qishloq
#suv_fondi_yerlari #auksion #uchastka #Samarqand #qishloq_xojaligi_mahsulotlarini_yetishtirish ❗️Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligi loyihalari uchun yangi imkoniyat! ⏺Uchastkalar "E-auksion" savdo platformasiga joylashtirildi
📍 Samarqand viloyati Nurobod tumani “Ittifoq” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sobirsoy suv ombori, Bulung’ur tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi O‘ng-Qirg‘oq kanali, “Oqtosh”, “Olmazor”, “Fozil Yo’ldosh”, “Changal”  MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi  Bedona kollektori,  Payariq tumani “Qirqovul”, “Beshcho‘rosh” MFYlari  hdudidan oqib o‘tuvchi  Qorasuv kollektori, Urgut tumani “Xo’jabaland” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Yangi Urgut kanali  hamda “Beshkon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoratepasoy soyi mintaqa maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mo‘ljallangan suv fondi yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion orqali realizatsiya qilinmoqda.   ⏺ Savdo sanasi: 2026-yil 24-25-28-sentyabr. ⏺  Lotlar bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting: 120-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207253 131-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207271 132-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207241 133-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207257 135-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207272 136-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207242 137-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207258 138-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207273 139-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207243 140-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207307 141-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207279  142-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207274 143-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207293 144-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207308 145-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207275 146-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207280 147-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207294 148-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207276 149-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207309 150-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176118 151-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207281 152-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207277 153-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207295 154-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207310 155-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207278 156-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207282 157-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207296 158-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207283 159-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207297 160-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207311 161-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227855 162-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207298 163-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207284 164-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227869
  🔴 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshiring va ushbu investitsiya imkoniyatlaridan samarali foydalaning. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🌐Web-sayt | 📹Telegram | 📹You Tube

#TomchilatibSugorish TOMCHILATIB SUG‘ORISHNI QACHON TO‘XTATISH KERAK? 🌱 Sug‘orishning asosiy maqsadi — suvni o‘simlikning il
#TomchilatibSugorish TOMCHILATIB SUG‘ORISHNI QACHON TO‘XTATISH KERAK? 🌱 Sug‘orishning asosiy maqsadi — suvni o‘simlikning ildiz zonasiga yetkazish. 💧 Suv ildiz qatlamidan ortiqcha chuqurlikka o‘tib ketsa, uning bir qismi o‘simlik tomonidan samarali foydalanilmasligi mumkin. 📌 Shu sababli sug‘orish davomiyligi tuproq turi, ekinning rivojlanish bosqichi va suvga bo‘lgan ehtiyojiga qarab belgilanadi. 🌤 Hududingizdagi sug‘orish me’yorlarini kanalimizda muntazam berib boriladigan #Meteopost ma’lumotlaridan ko‘rishingiz mumkin. 💡 Ko‘proq suv — har doim ham yaxshiroq sug‘orish degani emas.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM

“JIZZAX-1” NASOS STANSIYASI: 36 623 GEKTAR MAYDONNI BARQAROR SUV BILAN TA’MINLASHGA TAYYORGARLIK Jizzax viloyatida kelgusi su
+2
“JIZZAX-1” NASOS STANSIYASI: 36 623 GEKTAR MAYDONNI BARQAROR SUV BILAN TA’MINLASHGA TAYYORGARLIK
Jizzax viloyatida kelgusi sug‘orish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini barqaror suv bilan ta’minlash maqsadida suv xo‘jaligi obyektlarida kuz-qish tadbirlari doirasida ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Jizzax bosh nasos stansiyalari boshqarmasi tasarrufidagi “Jizzax-1” nasos stansiyasida nasos agregatlari va elektr jihozlarini mavsumga tayyorlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur nasos stansiyasi Sirdaryo–Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan ajratilgan suv limitlari asosida Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Sharof Rashidov, Paxtakor va Forish tumanlaridagi jami 36 623 gektar ekin maydonini suv bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda nasos agregatlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, elektr dvigatellarining izolyatsiya holati, mexanik qismlar va boshqa uskunalarning sozligi tekshirilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, agregatlarning ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’mirlash-tiklash ishlariga 15 nafar malakali ishchi-xodim jalb etilgan. Mutaxassislar tomonidan nasos stansiyasini texnik jihatdan shay holatga keltirish, mavjud uskunalarning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Mazkur ishlar nasos stansiyasining kelgusi sug‘orish mavsumida barqaror va uzluksiz faoliyat yuritishi, suv resurslarini ekin maydonlariga o‘z vaqtida va samarali yetkazib berishga xizmat qiladi. Sirdaryo–Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublika
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #mukofot Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Farg‘ona viloyati “ZARKAT-2” KANALI BETONLASHTIRILMOQDA Buvayda tumanida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini barqaror suv bil
+2
Farg‘ona viloyati
“ZARKAT-2” KANALI BETONLASHTIRILMOQDA
Buvayda tumanida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini barqaror suv bilan ta’minlash, irrigatsiya tarmoqlarining samaradorligini oshirish hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ayni paytda tumandagi “Zarkat-2” kanalining 4 kilometrlik qismini betonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1917-yilda barpo etilgan mazkur sug‘orish tarmog‘i qariyb bir asrdan buyon qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Uzoq yillik foydalanish natijasida tarmoqning ayrim qismlarida eskirish holatlari yuzaga kelgani suvni samarali yetkazib berishga ta’sir ko‘rsatayotgan edi. Shu bois, tarmoqni rekonstruksiya qilish va beton qoplama bilan mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida suvning sizib ketishi va ortiqcha yo‘qotilishi kamayib, uni ekin maydonlariga barqaror va manzilli yetkazib berish imkoniyati yanada yaxshilanadi. Loyiha doirasida 970 gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonining suv ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Bu maqsadlar uchun 980 million so‘m mablag‘ ajratilgan. “Zarkat-2” sug‘orish tarmog‘ida amalga oshirilayotgan betonlashtirish ishlari Buvayda tumanida suv resurslaridan samarali foydalanish, irrigatsiya infratuzilmasining ishonchliligini oshirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini barqaror suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Sirdaryo–So‘x ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

#suv_fondi_yerlari #auksion #uchastka #Andijon #qishloq_xojaligi_mahsulotlarini_yetishtirish ❗️Andijon viloyatida qishloq xo‘
#suv_fondi_yerlari #auksion #uchastka #Andijon #qishloq_xojaligi_mahsulotlarini_yetishtirish ❗️Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligi loyihalari uchun yangi imkoniyat! ⏺Uchastkalar "E-auksion" savdo platformasiga joylashtirildi
📍 Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Tinchlik” hamda “Bo‘ston” MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Maylisoy soyi  mintaqa maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mo‘ljallangan suv fondi yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion orqali realizatsiya qilinmoqda.    ⏺Savdo sanasi: 2026-yil 25-28-sentyabr.  ⏺ Lotlar bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting: 70-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207324 71-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227861 72-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227875 73-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227888 74-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227862 75-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227876 76-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227913 77-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227863 78-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227877 79-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227900 80-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227864 81-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227878 82-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227889 83-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227865 84-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227879 85-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227914 86-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227901 87-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227890 88-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227915 89-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227902 90-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227891 91-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227903 92-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227892
🔴 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshiring va ushbu investitsiya imkoniyatlaridan samarali foydalaning. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🌐Web-sayt | 📹Telegram | 📹You Tube

#kuz_qish_mavsumi KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: SIRDARYODA IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA OBYEKTLARIDA ISHLAR BOSHLANDI Suv r
+3
#kuz_qish_mavsumi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: SIRDARYODA IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA OBYEKTLARIDA ISHLAR BOSHLANDI
Suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda kelgusi sug‘orish mavsumini barqaror tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Belgilangan chora-tadbirlar doirasida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarida tozalash, ta’mirlash, tiklash va obodonlashtirish ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumi davomida viloyat hududida jami 170 kilometr xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlarini tozalash rejalashtirilgan. Shuningdek, xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarining 445 kilometri maxsus mexanizmlar yordamida, yana 2 122 kilometri qo‘l kuchi bilan tozalanadi. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, yer osti suvlari sathini me’yorda ushlab turish va kollektor-drenaj tarmoqlarining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida 670 kilometr melioratsiya tarmog‘ida ham tozalash ishlari amalga oshiriladi. Belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida bajarish uchun hududlarda 45 ta maxsus texnika jalb etilgan. Texnika va ishchi kuchlaridan samarali foydalangan holda, tarmoqlarning suv o‘tkazish qobiliyatini yaxshilash, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda obyektlarni kelgusi mavsumga shay holatga keltirish ko‘zda tutilgan. Kuz-qish davrida amalga oshirilayotgan har bir tozalash, ta’mirlash va tiklash ishi kelgusi sug‘orish mavsumida suvni manzilli va barqaror yetkazib berish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ishonchli suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram