Suv xo'jaligi vazirligi
Open in Telegram
Suv xo'jaligi vazirligining rasmiy kanali Vazirlikning ishonch telefoni: +99871 2024700 Manzil: 100187, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv mavzesi-4, 11-uy Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/suvchi
Show moreUzbekistan12 300The category is not specified
5 561
Subscribers
-924 hours
-477 days
-27430 days
Posts Archive
TADQIQOTLARDAN RUHLANIB, YANGILIKLAR YARATAYLIKBugun ijtimoiy tarmoqlarda, aniqrog‘i, “TOMCHI” kanalida, suv yo‘qotishlarini kamaytirishning nisbatan oddiy usullaridan biri — suv yuzasini oltiburchak shakldagi suzuvchi plastmassa qoplamalar bilan yopish texnologiyasi haqida o‘qib qoldim.
Manbada keltirilishicha, ushbu qoplamalar suv yuzasiga erkin tashlanadi va bir-biriga jips joylashib, katta maydonni qoplaydi. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra, qoplamalar suv yuzasining 96–99 foizgacha qismini yopishi va bug‘lanishni 95 foizgacha kamaytirishi mumkin. Texnologiyaning yana bir afzalligi — suv yuzasiga quyosh nurlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishini cheklashi. Natijada suv o‘tlarining ko‘payishi sekinlashadi, ayrim sharoitlarda hid va gazlarning tarqalishi ham kamayadi. Qoplamalarning maxsus konstruksiyasi ularning suv yuzasida barqaror turishini ta’minlaydi. Suvga tashlanganidan keyin ularning muayyan qismi suv bilan to‘lib, og‘irlashadi va shamol hamda to‘lqin ta’siriga nisbatan chidamli holatni egallaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, suv yuzasining 1 kvadrat metr maydonini qoplash uchun taxminan 28 dona shunday element talab etiladi. Agar bitta qoplamaning manbada ko‘rsatilgan narxi 0,43 AQSH dollari deb olinsa, 1 kvadrat metr maydon uchun material qiymati taxminan 12 AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur texnologiyadan sug‘orish hovuzlari, tindirgichlar, oqova suv havzalari, ayrim turdagi suv omborlari va boshqa ochiq suv inshootlarida foydalanish mumkin.Bu ma’lumotlar meni bir fikrga undadi. Tayyor texnologiyani shunchaki qabul qilishdan ko‘ra, undan ruhlanib, o‘z sharoitimizga mos yangi yechimlarni izlash muhim emasmi? Suv xo‘jaligi sohasidagi innovatorlar va izlanuvchilarga shu munosabat bilan ikkita taklifni aytmoqchiman. Birinchisi, mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanib, suzuvchi qoplamalarning yanada arzon, mustahkam va mahalliy iqlim sharoitiga mos turlarini yaratish mumkin. Ikkinchisi, bunday tajribalarni o‘rganishning o‘zi yangi g‘oyalarga yo‘l ochadi. Oddiy yechimlarni sinovdan o‘tkazish, ularni takomillashtirish orqali suv yo‘qotishlarini kamaytirishning boshqa, yanada samarali va iqtisodiy jihatdan maqbul usullarini topish mumkin. Ba’zan katta innovatsiya murakkab texnologiyadan emas, oddiy muammoga boshqacha nigoh bilan qarashdan boshlanadi. Suvning har bir tomchisi qadrli ekan, uni asrashga qaratilgan har bir yangi g‘oya ham e’tiborga loyiq. Shuhrat Suyunov
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
#videorolik
Farg‘ona viloyatida ayrim daryo, soylar, ko‘llar, buloqlar va sharsharalarning nomlari davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtirilayapti.
Bunda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi "Mamlakatimizdagi ayrim daryolar, soylar, ko‘llar, buloqlar, sharsharalarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga yangi nom berish to‘g‘risida"gi qarori asos bo‘lmoqda.
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook|Instagram|X
+1
BALIQCHILIK XO‘JALIKLARIDA SUV HISOBI RAQAMLASHTIRILADIAmudaryo–Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida baliqchilik xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlash tartibini takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Prezidentning 2026-yil 2-iyuldagi "Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalar belgilab olindi. Xususan, har bir baliqchilik xo‘jaligining suvga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojini aniq hisoblash, suv olish hajmini shunga muvofiq belgilash va yetkazib berilgan suv hisobini yuritish masalalariga e’tibor qaratildi. Bu jarayonda shartnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, zamonaviy suv o‘lchash vositalarini o‘rnatish hamda ma’lumotlarni raqamli tizim orqali nazorat qilish rejalashtirilgan. Bunday yondashuv baliqchilik xo‘jaliklariga suvni belgilangan miqdorda va o‘z vaqtida yetkazib berish bilan birga, uning ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. Shuningdek, sun’iy suv havzalarida intensiv usulda baliq yetishtirishni kengaytirish, suvdan bir necha bosqichda foydalanish va mahsulot hajmini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida suv ta’minoti bilan bog‘liq hisob-kitoblarni xatlovdan o‘tkazish, elektron shartnomalarni rasmiylashtirish va nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga vazifalar berildi. Amudaryo–Surxon ITHB matbuot xizmati.
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
+1
BUXORODA BALIQCHILIK XO‘JALIKLARI UCHUN O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDIBaliqchilik aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlar daromadini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois keyingi yillarda sohani rivojlantirish, zamonaviy usullarni joriy etish va baliqchilik xo‘jaliklarining suv ta’minotini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buxoro viloyatida prezidentimizning 2026-yil 2-iyuldagi "Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlan seminar tashkil etildi. O‘quv seminarida viloyatdagi soha mutaxassislari, suv xo‘jaligi tashkilotlari mas’ullari hamda baliqchilik xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga baliqchilik xo‘jaligini tashkil etish va uning faoliyatini yuritish, suvga bo‘lgan ehtiyojni aniq hisoblash, suv olish limitlarini belgilash hamda suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, suv resurslaridan tejamkor foydalanish va intensiv usulda baliq yetishtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Bugungi kunda Buxoro viloyatida baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi 350 dan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Ular tabiiy va sun’iy suv havzalarida, shuningdek, intensiv usulda baliq yetishtirmoqda. Suv xo‘jaligi vazirligi vakili Birodar Burxonjonov baliqchilik xo‘jaliklari uchun muhim masalalardan biri suv ta’minoti ekanini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, tasdiqlangan suv limitlari va amaldagi tartiblar asosida tadbirkorlik subyektlariga suvni kafolatli yetkazib berish choralari ko‘riladi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. Bildirilgan taklif va muammolarni o‘rganish, ularga amaliy yechim topish bo‘yicha ham fikr almashildi. Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati.
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
+3
YOSH MUTAXASSISLARNI SOHAGA JALB ETISH — USTUVOR VAZIFAZarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida yoshlar bandligi va kadrlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda yosh mutaxassislarni suv xo‘jaligi sohasiga keng jalb etish, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda kelgusida mas’ul vazifalarni ishonch bilan topshirish mumkin bo‘lgan kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Yosh xodimlarning faqat nazariy bilimi bilan cheklanib qolmasdan, amaliyotda tajriba orttirishiga sharoit yaratish zarurligi qayd etildi. Buning uchun ularning malakasini muntazam oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va tajribali mutaxassislar bilan hamkorligini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda kadrlarni tanlash va lavozimlarga tayinlashda ularning bilimi, salohiyati va ish natijasiga asoslanish, mazkur jarayonlarda adolat va ochiqlikni ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Shuningdek, rahbar va mas’ul xodimlarning yosh mutaxassislar bilan ishlash borasidagi javobgarligini oshirish zarurligi bildirildi. Yoshlarning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish sohaga bilimli va tashabbuskor kadrlarni jalb etish hamda ularning tizimda uzoq muddat ishlashiga zamin yaratishi ta’kidlandi. ✍️ Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
+3
XORAZMDA TUNDA HAM KANALLAR BETONLASHTIRILMOQDAUrganch va Xonqa tumanlari hududlaridan o‘tuvchi “Qulovot” kanalini rekonstruksiya qilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. “Qulovot” kanalini rekonstruksiya qilishning birinchi bosqichi doirasida kanalning 10,2 kilometr qismi betonlashtirilishi belgilangan. Ayni paytda obyektda ishlar ikki smenada, kunduzi va tungi vaqtlarda ham tashkil etilgan. Bunyodkorlik ishlariga 15 ta maxsus texnika hamda 40 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi jalb qilingan. Bugungi kunga qadar kanalning 7 kilometr qismi betonlashtirildi. Qolgan uchastkalarda ham ishlar belgilangan grafik asosida izchil davom ettirilmoqda. Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, kanalning PK122+00 dan PK222+00 gacha bo‘lgan qismida foydali ish koeffitsiyenti 0,90 gacha oshadi. Natijada har yili filtratsiya hisobiga yo‘qotilayotgan o‘rtacha 12 million kub metr suvni tejash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, Urganch, Xonqa va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi 29 400 gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanadi. Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
#suv_fondi_yerlari
#auksion #uchastka #Samarqand
#qishloq_xojaligi_mahsulotlarini_yetishtirish
❗️Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligi loyihalari uchun yangi imkoniyat!
⏺ Uchastkalar "E-auksion" savdo platformasiga joylashtirildi
📍 Samarqand viloyati Nurobod tumani “Ittifoq” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sobirsoy suv ombori, Bulung’ur tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi O‘ng-Qirg‘oq kanali, “Oqtosh”, “Olmazor”, “Fozil Yo’ldosh”, “Changal” MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Bedona kollektori, Payariq tumani “Qirqovul”, “Beshcho‘rosh” MFYlari hdudidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kollektori, Urgut tumani “Xo’jabaland” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Yangi Urgut kanali hamda “Beshkon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoratepasoy soyi mintaqa maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mo‘ljallangan suv fondi yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion orqali realizatsiya qilinmoqda. ⏺Savdo sanasi: 2026-yil 24-25-28-sentyabr. ⏺ Lotlar bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting: 165-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207312 166-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207285 167-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207299 168-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207313 169-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207286 170-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207300 171-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207314 172-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207287 173-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207301 174-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207315 175-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207288 176-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207302 177-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207316 178-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207289 179-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227883 180-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207303 181-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207317 182-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207290 183-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207304 184-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227856 185-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227870 186-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227884 187-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207291 188-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207305 189-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207319 190-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207292 191-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227857 192-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227871 193-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227885 194-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227872 195-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207306 196-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227873 197-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227912 198-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207320 199-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227860🔴 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshiring va ushbu investitsiya imkoniyatlaridan samarali foydalaning. ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🌐Web-sayt | 📹Telegram | 📹You Tube
#bilasizmi
❄️ TYAN-SHAN VA POMIR MUZLIKLARI — MARKAZIY OSIYONING TABIIY SUV OMBORI
🌄 Tyan-Shan va Pomir tog‘lari Markaziy Osiyoning eng muhim chuchuk suv manbalaridan biridir.
📍 Ushbu tog‘ tizimlarida, 3–3,5 ming metr va undan yuqori balandliklarda joylashgan muzliklar qor va doimiy muz qatlamlari bilan birgalikda mintaqaning eng yirik tabiiy suv zaxirasini hosil qiladi.
🌊 Bahor va yoz mavsumida muzliklar hamda qorlarning erishi natijasida hosil bo‘lgan suv Amudaryo va Sirdaryo oqimini to‘yintirib, Markaziy Osiyoning suv ta’minotida muhim o‘rin tutadi.
📍 Tyan-Shan tog‘lari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, O‘zbekiston va qisman Tojikiston hududlarini qamrab oladi. Pomir tog‘larining asosiy qismi esa Tojikistonda joylashgan bo‘lib, Xitoy, Afg‘oniston va Qirg‘iziston bilan tutashadi.
Natijada ushbu muzliklar:
🌿quyi oqimdagi qishloq xo‘jaligini sug‘oradi;
💧 millionlab aholini ichimlik va maishiy suv bilan ta’minlaydi;
⚡️gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishga xizmat qiladi.
☀️ Muzliklar ayniqsa yoz oylarida, sug‘orish uchun suv eng zarur bo‘lgan davrda tabiiy suv ombori vazifasini bajaradi. Issiq va qurg‘oqchil iqlimga ega O‘zbekiston va Turkmaniston kabi quyi oqim davlatlari yuqori tog‘larda shakllanadigan suv resurslariga katta darajada bog‘liq.⚠️ Biroq iqlim o‘zgarishi tufayli Markaziy Osiyo muzliklari so‘nggi 50 yil ichida 20–30 foizga qisqargan. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
ILM VA LATOFAT UYG‘UNLIGI
Inson qalbi bilan hazillashmang Siz, Unda ona yashar, yashaydi Vatan. Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz, Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu Qalb daf’atan!..O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning “Inson qalbi” she’rini o‘qir ekanman, ko‘z oldimga bugun qutlug‘ yoshini qarshi olayotgan texnika fanlari doktori, professor Malika Rahimberdiyevna Ikramova gavdalanadi. Suv xo‘jaligi murakkab muhandislik tafakkuri, aniq hisob-kitob va katta mas’uliyat talab etadigan soha. Bu yo‘nalishda yuqori ilmiy darajaga erishgan ayol olimalar esa ko‘p emas. Malika Ikramova ana shunday kam sonli, ilmiy salohiyati va amaliy natijalari bilan alohida o‘rin egallagan olimalardan biridir. Uni yaqindan bilganlar, avvalo, vazminligi, fikrining teranligi va samimiyatini ta’kidlaydi. Malika Rahimberdiyevnada olimga xos talabchanlik bilan ayolga xos nafosat, qat’iyat bilan muloyimlik, bilim bilan kamtarlik uyg‘unlashgan. Malika Ikramova 1956-yil 10-sentyabrda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1978-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini imtiyozli diplom bilan tamomlab, muhandis-gidrotexnik mutaxassisligini egallagan. Mehnat faoliyatini o‘sha yili SANIIRIda kichik ilmiy xodim sifatida boshladi. Keyin oliy ta’lim tizimida laboratoriya mudiri, assistent, katta o‘qituvchi va dotsent sifatida faoliyat yuritdi. Bu yillar uning ilmda toblangan, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirishga o‘rgangan davri bo‘ldi. Uning ilmiy izlanishlari daryo o‘zanlaridagi jarayonlar, gidravlika, suv olish inshootlari, suv omborlarining ish rejimi va suv resurslarini kompleks boshqarish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oldi. 1991-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 2019-yilda esa “Tekislik daryolari oqim hajmini boshqarish va daryo o‘zanining qayta shakllanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning rahbarligi va ishtirokida bajarilgan tadqiqotlar Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq–Ohangaron, Amu–Qashqadaryo, Amu–Surxon va Amu–Buxoro kabi yirik suv xo‘jaligi tizimlarida qo‘llandi. Daryolardan suv olishni takomillashtirish, suv omborlarining ish rejimini ilmiy asosda boshqarish, geoaxborot texnologiyalari va kompyuter dasturlari orqali suv resurslarini hisobga olish bo‘yicha ishlanmalar amaliy samara berdi. Malika Ikramovaning ilmiy merosi 160 dan ortiq ilmiy maqola, ma’ruza, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalari hamda 16 dan ortiq ixtiro va dasturlarda o‘z ifodasini topgan. Uning tashabbusi va ishtirokida 15 dan ortiq gidrotexnik inshoot ta’mirlandi, rekonstruksiya qilindi yoki yangidan qurildi, 50 ta “aqlli suv” gidroposti o‘rnatildi. Zamonaviy suv o‘lchash asboblarini amaliyotga joriy etish, suv tejovchi texnologiyalarni targ‘ib qilishda ham uning munosib hissasi bor. Malika Ikramovaning ilmiy faoliyati O‘zbekiston doirasi bilan cheklanmagan. U BMT Taraqqiyot dasturi, FAO, Yevropa Ittifoqi, Osiyo taraqqiyot banki, GIZ, CAREC kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar loyihalarida mutaxassis, maslahatchi, ekspert va rahbar sifatida ishtirok etgan. Bu orqali O‘zbekiston suv xo‘jaligi ilmining salohiyatini xalqaro miqyosda ham munosib namoyon etdi. Malika Rahimberdiyevnaning latofati faqat tashqi ko‘rinishda emas. Chin latofat uning muomalasida, odamni tinglay bilishida, munosabati va odobida namoyon bo‘ladi. Uning vazminligida mag‘rurlik yo‘q, talabchanligida qo‘pollik, bilimdonligida o‘zini ko‘z-ko‘z qilish yo‘q. Malika Rahimberdiyevnada havas qilsa arziydigan yana bir jihat bor: kasb va ayollik fazilatlari bir-birini to‘ldirgan. U katta olim bo‘lib ham samimiy, talabchan bo‘lib ham muloyim, yuksak ilmiy martabaga erishib ham kamtarin qolish mumkinligini o‘z hayoti bilan ko‘rsatib kelmoqda. Batafsil - https://gov.uz/oz/suvchi/news/view/217084
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
Suv resurslarini asrashning yangi yo‘li
📱Batafsil YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin!
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori - Zokir Ishpulatov "O'zbekiston-2030" strategiyasining 62-maqsadi haqida!📱Bizga obuna bo'lishni unutmang! Bizni 📱Instagram |📱Facebook | 📱YouTube manzillarda ham topishingiz mumkin!
+4
MINGBULOQDA BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDIMingbuloq tumanida baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumanda faoliyat yuritayotgan 300 nafardan ortiq baliqchilik xo‘jaligi tadbirkorlari ishtirok etdi. Shuningdek, Baliqchilikni rivojlantirish markazi direktori O. Musayev, Mingbuloq tumani hokimi, Norin–Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbariyati hamda Suv xo‘jaligida xavfsizlikni nazorat qilish inspeksiyasining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari qatnashdi. Yig‘ilishda baliqchilik xo‘jaliklarining bugungi faoliyati, ularning suv ta’minoti, mavjud suv resurslaridan tejamkor va samarali foydalanish, intensiv usullarni keng joriy etish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, zamonaviy texnologiyalar va samarali boshqaruv usullarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. Ta’kidlanganidek, baliqchilik tarmog‘ining barqaror rivojlanishi aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlar daromadini oshirish hamda hudud iqtisodiyotiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yig‘ilish yakunida suv resurslaridan oqilona foydalanish, baliq yetishtirish samaradorligini oshirish va sohadagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Norin–Sirdaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
#suv_fondi_yerlari
#auksion #uchastka #turistik_xizmatlar #Andijon
❗️Andijon viloyatida yangi turistik loyihalar uchun imkoniyat!
⏺Uchastka "E-auksion" savdo platformasiga joylashtirildi
📍 Andijon viloyati Andijon shahri “Soy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Andijon soy kanali mintaqa maydonida turistik xizmatlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan suv fondi yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion orqali realizatsiya qilinmoqda. ⏺ Savdo sanasi: 2026-yil 24-25-sentyabr. ⏺Lotlar bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting: 23-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176136 24-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176132 31-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176135 42-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176139 43-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176130 44-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176133 45-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176137 47-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176134 48-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207259 51-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176131🔴 Turizm infratuzilmasini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing va yangi investitsiya imkoniyatlaridan foydalaning. ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🌐Web-sayt | 📹Telegram | 📹You Tube
+8
SAMARQANDDA BALIQCHILIKDA SUVDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDISuv resurslarining har bir kub metridan samarali foydalanish bugun baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, suv ta’minoti cheklangan sharoitda mahsuldorlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mavjud suv havzalaridan oqilona foydalanish tarmoq oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi «Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot davomida baliqchilik xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan real ehtiyojini aniqlash, suv olish hajmlarini asoslangan hisob-kitoblar asosida belgilash va suv ta’minotida tartib-intizomni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, suv yetkazib berish shartnomalarini elektron tarzda rasmiylashtirish, suv sarfini zamonaviy o‘lchov va raqamli nazorat vositalari orqali kuzatib borish zarurligi ta’kidlandi. Bu, o‘z navbatida, suvdan foydalanishda hisobdorlik va shaffoflikni oshirish imkonini beradi. Yig‘ilishda an’anaviy usullar bilan bir qatorda, sun’iy suv havzalarida intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirishni kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Bunday yondashuv kam suv sarflagan holda yuqori hosildorlikka erishish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va sohaga investitsiyalar jalb etishda muhim omil bo‘lishi qayd etildi. Baliqchilikning barqaror rivojlanishi aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hudud iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Yig‘ilish yakunida baliqchilik xo‘jaliklariga suv yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, suvning behuda sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik, intensiv texnologiyalarni keng tatbiq etish hamda baliq yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
+8
BALIQCHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDISirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi «Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–122-sonli Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda Suv xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi B. Sharofov, Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i M. Turdiboyev, boshqarmaning markaziy apparati xodimlari, tizim tashkilotlari rahbarlari, Jizzax viloyati baliqchilik tashkilotlari, viloyat statistika boshqarmasi hamda «Turonbank» ATB vakillari ishtirok etdi. Seminarda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, suv obyektlarini ijaraga berishning shaffof mexanizmlarini kengaytirish, ishlab chiqarish, hisob va monitoring jarayonlarini raqamlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, baliqchilik tarmog‘i uchun berilayotgan imtiyozlar, quyosh panellarini o‘rnatishga ajratiladigan kredit va subsidiyalar, yopiq suv aylanma tizimlarini joriy etish, aylanma mablag‘lar uchun imtiyozli kreditlar ajratish, naslli ona baliqlarni import qilish, kredit foizlarini kompensatsiya qilish hamda kreditlar bo‘yicha kafillik berish tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida «Baliqchilikni rivojlantirish markazi» tashkil etilishi, ushbu tuzilmaning tarmoqni ilmiy-amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishdagi o‘rni haqida ham tushuntirishlar berildi. Tadbirda Jizzax viloyatida baliq yetishtirish hajmini 2026-yilda 30 ming tonnaga, 2027-yilda esa 40 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud suv obyektlaridan oqilona va samarali foydalanish, baliqchilik xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda intensiv texnologiyalarni keng tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi. Seminar yakunida Farmon ijrosini to‘liq ta’minlash, suv obyektlaridan samarali foydalanish, baliqchilik xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va hududda baliq yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
+6
ANDIJON VILOYATIDA BALIQCHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILANDIPrezidentimizning 2026-yil 2-iyuldagi PF–122-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda suv resurslari cheklangan sharoitda baliqchilikni samarali tashkil etish, tarmoqda yagona boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, yetishtirilayotgan baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish hamda zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suvning har bir tomchisidan yuqori natija olish, baliq yetishtirish hajmini oshirish hamda sohadagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilish davomida tarmoq subyektlarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, intensiv usulda baliq yetishtirishni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali mahsuldorlikni oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. Asosiy maqsad — suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalangan holda baliq yetishtirish samaradorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini ko‘paytirishdan iborat. Baliqchilik tarmog‘ining izchil rivojlanishi, o‘z navbatida, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholi farovonligini yuksaltirish hamda hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
NASOS STANSIYALARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDAAndijon viloyatida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi nasos stansiyalarining barqaror ishlashini ta’minlash, agregatlarning texnik holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda Andijon tumanidagi «Raish Xakent-1» nasos stansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Nasos agregatlari va yordamchi uskunalarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, zarur qismlari ta’mirlanmoqda. Shuningdek, boshqarmaning markaziy ta’mirlash sexlarida ham nasos agregatlari va boshqa texnik jihozlarni ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda. Mazkur chora-tadbirlar nasos stansiyalarining ishonchli va uzluksiz faoliyatini ta’minlash, texnik nosozliklarning oldini olish hamda kelgusi sug‘orish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi. Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
+3
XORAZMDA BALIQCHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDIBog‘ot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–122-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish respublika inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Irisboyev, soha mutasaddilari hamda baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Seminarda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, baliqchilik xo‘jaliklarida suv va yer resurslaridan oqilona hamda samarali foydalanish, suv hisobi va nazoratini kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda baliq yetishtirish hajmini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, soha vakillariga Farmon talablari va ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Savol-javob shaklida o‘tgan muloqot davomida baliqchilik xo‘jaliklari vakillarini qiziqtirgan masalalarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. Chapqirg‘oq-Amudaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
