en
Feedback
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Open in Telegram
3 216
Subscribers
-1924 hours
-8917 days
-1 32230 days
Posts Archive
#deputat_soʻrovi DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X
#deputat_soʻrovi DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X. Abduraxmonov saylov okrugida olib borgan navbatdagi o'rganishlari chog'ida saylovchilardan kelib tushgan murojaatlarni har tomonlama o'rganib chiqdi. Yig'ilgan ma'lumotlar asosida deputat shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari nomiga deputat so'rovi yubordi. Ma'lum bo'lishicha, Tuttagi mahalla fuqarolar yig'inida o'tkazilgan deputatlik o'rganishi davomida hududdagi Zilol ko'chasi aholisi ichimlik suvi ta'minoti bilan bog'liq muammolar yuzasidan murojaat bildirgan. Bu masala saylovchilarning kundalik turmush sifatiga bevosita ta'sir qiluvchi dolzarb muammolardan biri sifatida deputat e'tiboridan chetda qolmadi. So'rovda ta'kidlanishicha, O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi O'RQ-784-son "Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to'g'risida"gi Qonuni aholining ichimlik suvi bilan ta'minlanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va iste'molchilarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, aholini sifatli, xavfsiz va barqaror ichimlik suvi bilan ta'minlash, shuningdek, mavjud tarmoqlarning ishonchli ishlashini yo'lga qo'yish mas'ul tashkilotlarning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Deputat Abduraxmonov mas'ul rahbardan tegishli mutaxassislar biriktirilgan holda Zilol ko'chasida aniq manzilli o'rganish o'tkazish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ma'lumot taqdim etishni so'ragan. Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputatlari o'z saylov okruglarida muntazam ravishda o'rganishlar olib borib, saylovchilar murojaatlarini o'rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida faol ish yuritmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_soʻroviga_javob DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI “MENING BOG‘IM” LOYIHASI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA Fuqarolarning t
+1
#deputat_soʻroviga_javob DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI “MENING BOG‘IM” LOYIHASI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarni obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirishga qaratilgan “Mening bog‘im” loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmanova tomonidan 2026-yilgi “Mening bog‘im” loyihalari doirasida belgilangan ishlarning o‘z vaqtida boshlanmagani yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi. Marg‘ilon shahar hokimligining 2026-yil 27-avgustdagi 8/2053-son javob xatida mazkur masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar taqdim etildi. Javobda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, “Mening bog‘im” loyihalarida g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha ko‘chat ekish, hududlarni obodonlashtirish, “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozimligi qayd etilgan. Shuningdek, 2026-yilgi “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ishlarning o‘z vaqtida boshlanmagani yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushayotgani, loyihaning kechikish sabablari hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning bugungi holati o‘rganilgani ma’lum qilingan.
Eng muhimi, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tashkilotga ijro uchun yo‘naltirilgan topshiriqlar deputatlik nazoratiga olingan.
 Bu esa fuqarolar tashabbusi asosida shakllantirilgan loyihalarning qog‘ozda qolib ketmasligi, g‘olib loyihalarning amaliy natijaga aylanishi va belgilangan ishlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda deputatlik nazoratining muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida o‘rganish, mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazorat qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI Bugungi kunda mahalla
+3
#deputat_nazorati #24_muhim_masala HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Bugungi kunda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va mavjud muammolarni manzilli hal etishda hokim yordamchilarining faoliyati muhim o‘rin tutmoqda. Shu bois ularning faoliyatini joylarda o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligini baholash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Nurafshon mahallasida o‘tkazildi. O‘rganish davomida Nurafshon mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi O.Axmatshayevning ish faoliyatiga e’tibor qaratildi. Jumladan, mahallada aholi bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi. Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish faqatgina hujjatlar va hisobotlar bilan cheklanib qolmay, amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy holatini ko‘rish maqsadida joyiga chiqqan holda olib borildi, koʻchaboshilar bilan suhbatlashildi.Shu orqali mahallada olib borilayotgan ishlarning real natijalari, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi hamda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi. Joyiga chiqib o‘rganish davomida hokim yordamchisining mahalladagi iqtisodiy faollikni oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish va fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bunday deputatlik o‘rganishlari mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim amaliy vosita hisoblanadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #kotibiyat_mudiri #24_muhim_masala “OCHIQ BUDJET”DA OVOZ YETARLI BO‘LMAGAN MUAMMOLAR HAM E’TIBORDAN CHETDA
+3
#deputat_nazorati #kotibiyat_mudiri #24_muhim_masala “OCHIQ BUDJET”DA OVOZ YETARLI BO‘LMAGAN MUAMMOLAR HAM E’TIBORDAN CHETDA EMAS
Hududlarda aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni budjet mablag‘larini yo‘naltirish jarayoniga faol jalb etish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni bosqichma-bosqich hal etishda “Ochiq budjet” tizimi muhim mexanizmga aylanib bormoqda.
Shu bilan birga, tanlov jarayonida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholi uchun dolzarb bo‘lgan obyekt va muammolarni ham joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning holatiga huquqiy va amaliy baho berish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari N.Tilavoldiyev va M.Salimova ishtirokida o‘tkazildi. O‘rganish davomida “Ochiq budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan 17-Navro‘z saylov okrugidagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik holati, mavjud sharoitlar, binoning saqlanish darajasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda aniqlangan muammolar atroflicha o‘rganildi. Zero, “Ochiq budjet” jarayonida ovoz yetarli bo‘lmagan har bir loyiha ortida ham muayyan hudud aholisi uchun muhim bo‘lgan ehtiyoj turadi. Shu bois bunday obyektlarni o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim izlash — xalq vakillari zimmasidagi muhim vazifalardan biridir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala SHAHAR MARKAZIDAGI YEROSTI INSHOOTIDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA Hududlarda obo
+3
#deputat_nazorati #24_muhim_masala SHAHAR MARKAZIDAGI YEROSTI INSHOOTIDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
Hududlarda obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini ta’mirlash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlashda deputatlik nazorati muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev tomonidan shahar markazidagi yerosti inshootida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan amalga oshirildi. O‘rganish davomida obyektni ta’mirlash jarayonining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi hamda mavjud muammolar holati ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarining sifatini ta’minlash va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha kelishib olindi. Shuningdek, M.Mirzayev qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchi va mutaxassislar bilan suhbatlashib, obyekt bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, ularning ketma-ketligi hamda yakuniy natijaga qo‘yiladigan talablar yuzasidan tushuntirishlar berdi. Ta’kidlash joizki, bunday o‘rganishlar faqat mavjud holatni ko‘zdan kechirish bilan cheklanmay, ishlarning sifatli tashkil etilishi, aniqlangan muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi va mas’ul tashkilotlarning o‘z zimmasidagi vazifalarni to‘liq bajarishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala TUTTAGI MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI O‘zbeki
+2
#deputat_nazorati #24_muhim_masala TUTTAGI MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X.Abdurahmonov hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirokida Tuttagi mahallasida o‘tkazildi. O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, tibbiy-psixologik va huquqiy ko‘makka ehtiyojlarini aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla xotin-qizlar faoli G.Soliyeva tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tuttagi mahallasida jami 5 373 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 743 ta xonadon va 1 387 ta oila mavjud. O‘rganish jarayonida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan bog‘liq holat ham tahlil qilindi. Bugungi kunda mahallada 130 nafar ayol mazkur ro‘yxatda qayd etilgan. Ularning ehtiyojlari turlicha bo‘lib, 10 nafar ishsiz ayolning bandligini ta’minlash, 3 nafar tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizni qo‘llab-quvvatlash, uy-joyini ta’mirlashga ehtiyoji mavjud bo‘lgan 1 nafar ayolga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari mavjud. Shuningdek, 56 nafar ayol tibbiy va psixologik maslahat hamda yordamga, 60 nafar xotin-qiz esa huquqiy ko‘makka ehtiyojmand ekani aniqlandi. Mazkur ko‘rsatkichlar mahallada xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini alohida o‘rganish va mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib amaliy yordam choralarini belgilash muhimligini ko‘rsatmoqda. Deputatlik o‘rganishi davomida har bir murojaat va ehtiyojni umumiy statistika sifatida emas, balki ortida muayyan inson va uning hayotiy muammosi turgan masala sifatida ko‘rib chiqishga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ishsiz xotin-qizlarni bandlikka yo‘naltirish, tadbirkorlik boshlash istagidagi ayollarga ko‘maklashish, tibbiy-psixologik va huquqiy maslahat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari dolzarb ekani qayd etildi. Deputatlik nazoratining bunday shakli mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimining real holatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Eng muhimi, deputatlik o‘rganishlari orqali aholi muammolarini joyida ko‘rish, ularni tegishli mas’ullar e’tiboriga yetkazish va natijadorlikni nazorat qilishga qaratilgan amaliy mexanizm shakllanmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala #qonun_ijrosi O‘zbekiston Respublikasida mahalliy Kengashlarning hududlardagi muammolarni
+5
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #qonun_ijrosi
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy Kengashlarning hududlardagi muammolarni o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Nurafshon mahallasida o‘tkazildi. O‘rganish davomida hududdagi huquq-tartibot va profilaktika ishlarining tashkil etilishi, xususan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahallada faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektori Orifjonov Xurshidbek O‘tkirbek o‘g‘lining xizmat faoliyati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi. Bunda profilaktika inspektorining voyaga yetmaganlar bilan ishlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nazoratsizlikning oldini olish hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ–263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning hududda amalda qanday ta’minlanayotgani tahlil qilindi. Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — mavjud holatni shunchaki qayd etish emas, balki voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini baholashdan iborat. Bunday o‘rganishlar mahallalarda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning hayotga tatbiq etilishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va aholi, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan olib borilayotgan deputatlik o‘rganishlari ana shu maqsadga — hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #qonun_ijrosi #24_muhim_masala TUTTAGI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI O‘zbekiston
+2
#deputat_nazorati #qonun_ijrosi #24_muhim_masala TUTTAGI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X.Abdurahmonov hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirokida Tuttagi mahallasida o‘tkazildi. O‘rganish davomida Tuttagi mahallasida profilaktika inspektori D. G‘ofurovning xizmat faoliyati, xususan, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etish, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlari tahlil qilindi. Deputatlik nazorati jarayonida profilaktika inspektori faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning hududda amalda qanday ta’minlanayotgani o‘rganildi. Mazkur Qonunning 4-moddasida voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, huquqbuzarliklari yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarining oldini olish, ularga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim vazifalar sifatida belgilangan. Shuningdek, Qonunning 11-moddasida ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi bo‘linmalari tomonidan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini olib borish, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularning huquqbuzarlik sodir etishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar kiritish kabi vazifalar belgilangan. O‘rganish davomida aynan ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning tizimliligi, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari bilan individual ishlash amaliyoti hamda mahalla faollari bilan hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi. Zero, huquqbuzarliklarning oldini olish faqat sodir etilgan qonunbuzarlikka munosabat bildirish bilangina cheklanmaydi. Eng avvalo, huquqbuzarlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash, yoshlar bilan manzilli ishlash, oiladagi muhitni o‘rganish hamda profilaktik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi. Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi ham hududdagi mavjud holatni xolis baholash, qonunchilik talablarining amaliy ijrosini ko‘zdan kechirish va aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirish, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini yanada kuchaytirish hamda, eng muhimi, voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya #deputatlar_nazorati #kotibiyat_mudiri #madad_nnt #yoshlar_maslahat_guruhi ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA TA’MI
+8
#doimiy_komissiya #deputatlar_nazorati #kotibiyat_mudiri #madad_nnt #yoshlar_maslahat_guruhi ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyalari yig‘ilishida shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglanib, mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishida shahar hududidagi ichki yo‘llarning holati, ularni saqlash va joriy ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama markazida bo‘ldi. Yig‘ilishda qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-sonli qarori asosida 2026-yil uchun dastlabki manzilli dastur tasdiqlangan. Mazkur dasturda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda Xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot taqdim etib borish mas’ul tashkilot zimmasiga yuklatilgan. Doimiy komissiya yig‘ilishida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Qodirov tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l infratuzilmasida mavjud muammolar yuzasidan batafsil hisobot berildi. Hisobot deputatlar tomonidan shunchaki tinglab qo‘yilmadi. Unda keltirilgan ma’lumotlar, bajarilgan ishlarning sifati, manzilli dastur ijrosi hamda hududlarda saqlanib qolayotgan kamchiliklar yuzasidan qator savollar o‘rtaga tashlandi. Mas’ullardan aniqlangan muammolar bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirishlar so‘ralib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlarining sifatini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Yig‘ilishning muhim jihatlaridan biri — muhokamalarda jamoatchilik va ekspertlar fikriga ham alohida e’tibor qaratilgani bo‘ldi. Doimiy komissiya raisi E.Yunusov kotibiyat mudiri A.Ermatov, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi a’zosi Z.Yakubova, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov hamda “MADAD” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilovning yig‘ilishdagi ishtirokini alohida ta’kidlab, ularning fikr va takliflari muhokama qilinayotgan masalalarni yanada chuqurroq va har tomonlama ko‘rib chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Xususan, “MADAD” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, muhokama etilayotgan masalalarga huquqiy jihatdan yondashish va tegishli takliflarni ilgari surdi. Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov ham so‘zga chiqib, doimiy komissiya yig‘ilishi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi hamda tegishli takliflarini ilgari surdi. Umuman, yig‘ilishda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash masalasi faqat bajarilgan ishlar ko‘lami nuqtayi nazaridan emas, balki ularning sifati, manzilliligi, samaradorligi va fuqarolar uchun amaliy ahamiyati jihatidan ham atroflicha tahlil qilindi. Doimiy komissiyalarning bunday ochiq va tanqidiy muhokamalari deputatlik nazoratini kuchaytirish, mas’ul tashkilotlarning belgilangan vazifalar ijrosidagi mas’uliyatini oshirish hamda shahar yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya #yoshlar_maslahat_guruhi Yig‘ilish davomida Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov ham so‘zga chiqib, doimiy komissiya yig‘ilishi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi hamda tegishli takliflarini ilgari surdi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya #madad_nnt Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Doimiy komissiya yig‘ilishida “MADAD” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov ham ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida S.Ismoilov kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, muhokama etilgan masalalarga huquqiy jihatdan yondashish hamda tegishli takliflarni ilgari surish borasida fikrlarini bayon etdi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha taqdim etilayotgan hisobot tanqidiy ruhda muhokama qilinmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya #deputatlar_nazorati Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha taqdim etilayotgan hisobot tanqidiy ruhda muhokama qilinmoqda. Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan belgilangan manzilli dastur ijrosi, amalga oshirilgan ishlarning sifati, yo‘l infratuzilmasidagi mavjud muammolar hamda aniqlangan kamchiliklarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mas’ullardan aniqlangan muammolar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar so‘ralib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya #deputatlar_nazorati 📌 ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI MUHOKAMA QILINMOQDA Ayni paytda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyalari yig‘ilishida Marg‘ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari yuzasidan hisobot tinglanmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli dastur tasdiqlangan. Mazkur qarorga asosan, Obodonlashtirish boshqarmasiga dasturda belgilangan ishlarning to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oy Xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot taqdim etib borish vazifasi yuklatilgan. Ayni yig‘ilishda shahar Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Qodirov tomonidan mazkur topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan hisobot berilmoqda. Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan manzilli dastur ijrosi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya #madad_nnt #yoshlar_maslahat_guruhi #ekspert_maslahat_guruhi 🔴 AYNI DAQIQALARDA Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinmoqda. Doimiy komissiya raisi E.Yunusov yig‘ilishda Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi a’zosi Z.Yakubova, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov hamda “Madad” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilovning ishtirokini alohida ta’kidlab, ularning fikr va takliflari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Yig‘ilish davomida masalalar yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya 🔴 AYNI DAQIQALARDA Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi! 🤖 "@margilonmurojaat_bot" orqali sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringizni uydan chiqmagan holda, bor-yo‘g‘i bir necha soniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar Kengashi deputatlariga yuborishingiz mumkin. Bot sizga qanday qulayliklarni beradi? 🕒 24/7 aloqa: Murojaatingizni istalgan vaqtda yo‘llang. 🛡 Shaffoflik va nazorat: Har bir murojaat shaxsan deputatlar nazoratida bo‘ladi. 👇 Murojaat qoldirish uchun quyidagi havolani bosing: 🔗 @margilonmurojaat_bot Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#haftalik_sarhisob 📊 IJTIMOIY TARMOQLARDA HAFTALIK FAOLIYAT Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining rasmiy ijtimoiy t
#haftalik_sarhisob 📊 IJTIMOIY TARMOQLARDA HAFTALIK FAOLIYAT Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda oʻtgan hafta (24-28 avgust) davomida jami 274 ta posti e’lon qilindi.(oʻtgan haftaga nisbatan 34taga koʻp) 📌 Jumladan: 📱 Kengash.gov.uz — 67 ta 📱 Telegram — 73 ta 📱 Instagram — 65 ta 📱 Facebook — 69 ta Mazkur ko‘rsatkichlar Kengash faoliyatining ochiqligini ta’minlash, amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlik nazorati hamda aholi bilan olib borilayotgan muloqotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda ijtimoiy tarmoqlarning muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya Bugun Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqti
#doimiy_komissiya Bugun Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Yigʻilishda mahalliy budjet ijrosi, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish holati hamda komissiya vakolatiga kiruvchi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning xisobotlari tinglanib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala #deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda. 📅 Bugun, 3-sentabr kuni 14-Nurafshon saylov okrugi deputati Jurayeva Saodatxon Xashimovna va tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganiladi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda masalalarni deputatlik nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram