en
Feedback
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Open in Telegram
2 221
Subscribers
-1024 hours
-8767 days
-1 31230 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+4
in 4 channels
August '26
+1 017
in 3 channels
Get PRO
July '26
+2
in 2 channels
Get PRO
June '26
+1 104
in 3 channels
Get PRO
May '26
+1 692
in 1 channels
Get PRO
April '26
+1 556
in 3 channels
Get PRO
March '26
+6 085
in 2 channels
Get PRO
February '26
+567
in 5 channels
Get PRO
January '26
+100
in 0 channels
Get PRO
December '25
+9
in 0 channels
Get PRO
November '25
+20
in 1 channels
Get PRO
October '25
+11
in 0 channels
Get PRO
September '25
+17
in 0 channels
Get PRO
August '25
+102
in 0 channels
Get PRO
July '250
in 1 channels
Get PRO
June '250
in 0 channels
Get PRO
May '250
in 0 channels
Get PRO
April '250
in 0 channels
Get PRO
March '250
in 0 channels
Get PRO
February '25
+129
in 1 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September0
08 September0
07 September+1
06 September0
05 September0
04 September0
03 September0
02 September+3
01 September0
Channel Posts
#deputatlar_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri Tog‘liq mahallasida mahalla yettiligi faoliy
+5
#deputatlar_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri
Tog‘liq mahallasida mahalla yettiligi faoliyati deputat nazoratida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi o‘rganishlar 16-Ipak yo‘li saylov okrugi hududidagi Tog‘liq MFYda tashkil etilib, mahalla yettiligi faoliyati, xususan, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlar o‘rganildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi apparati rahbari M.Obidova, deputatga biriktirilgan tashkilot — shahar xotin-qizlar bo‘limi faoli G.Soliyeva, mahalla raisi Sh.Xamrayev, hokim yordamchisi A.Qosimov, ijtimoiy va bank xodimlari, shuningdek, ko‘cha boshilari ishtirok etdi. O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi. Xususan, ayrim fuqarolarga subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilishi natijasida yangi daromad manbalari yaratilgani qayd etildi. Jumladan, Rashida Yakubovaga tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilib, 10 million so‘mlik kredit imkoniyati yaratilgan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan Fotima Abdurahmonovaga uy-joyini ta’mirlash uchun 20 million 600 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, Xanifa Rahimjonovaga 50 million so‘mlik kredit ajratilishi natijasida sartaroshxona tashkil etilib, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati yaratilgan. Mahalla tomonidan tadbirkor Xamidadxon Xasanjonovaga faoliyatini kengaytirish maqsadida 4 ta qozon-g‘ish ko‘mak sifatida berilgani, Sultonali Sheroliyevga esa oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 30 million so‘m miqdorida kredit ajratilgani ma’lum qilindi. Mazkur misollar mahallada bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy ishlarning muayyan natijalari mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, deputatlik o‘rganishida ajratilgan mablag‘ va ko‘maklarning haqiqatan ham belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilgani, ularning fuqarolar hayotida qanday natija berayotgani hamda bu boradagi ishlarni yanada manzilli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Uchrashuvda mahalla profilaktika inspektori A.Fozilov tomonidan hududda jinoyatchilikning oldini olish, xavfsiz muhitni ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi. Deputatlik nazoratining bunday shakli mahalladagi muammolarni faqat hisobotlar orqali emas, balki joyiga chiqqan holda o‘rganish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘makning natijadorligini baholash va fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda. Asosiy maqsad — mahallada har bir ko‘rsatilayotgan yordam ortida aniq natija bo‘lishi, ishsiz fuqaro doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari manzilli hamda samarali tashkil etilishidir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

2
#deputatlar_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_qonun 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati A.Mahkamov, Xalq deputatlari+8
#deputatlar_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_qonun 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati A.Mahkamov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalar, mavjud muammolar va aholi manfaatlariga daxldor holatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida saylov okrugi hududidagi deputatga biriktirilgan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, jumladan, sanitariya-gigiyena talablari va o‘quvchilar uchun xavfsiz muhitni ta’minlash holatiga ham e’tibor qaratildi. Jarayonda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi shifokori ham hamroh bo‘ldi. Shuningdek, maktab jamoasi — ustoz va murabbiylar bilan suhbat o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ–393-son “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan talablar hamda ularning bugungi kundagi amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur qonunning asosiy maqsadi aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Unda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, sanitariya madaniyatini oshirish, davlat sanitariya nazoratini ta’minlash kabi muhim vazifalar belgilangan. Ta’lim muassasalarida ushbu talablarning bajarilishi ayniqsa muhim. Chunki o‘quvchilarning salomatligi, maktabdagi sanitariya holati, tozalik, ichimlik suvi, ovqatlanish va boshqa kundalik sharoitlar bevosita sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bilan bog‘liq. Muloqot davomida ustoz va murabbiylarning bu boradagi mas’uliyati, o‘quvchilarda sanitariya madaniyatini shakllantirish, gigiyena qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Deputatlik o‘rganishining mazkur yo‘nalishi qonunda belgilangan talablarning joylardagi ijrosini ko‘rish, mavjud masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga qaratildi. Zero, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik — faqat tibbiyot sohasi vakillarining emas, balki ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat, mas’ul tashkilotlar va keng jamoatchilikning hamkorlikdagi mas’uliyatidir. Bu boradagi deputatlik nazoratining asosiy maqsadi esa qonun talablarining qog‘ozda emas, balki kundalik hayotda to‘liq ishlashini ta’minlashdan iborat. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
61
3
#deputatlar_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri 16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik naz+6
#deputatlar_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri 16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik nazorati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda. Bugun 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati A.Mahkamov, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida saylov okrugi hududidagi deputatga biriktirilgan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yil “Ochiq budjet” dasturining birinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, maktab binosini mukammal ta’mirlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganish olib borildi. “ Ochiq budjet”da aholining ovozi bilan g‘olib bo‘lgan har bir loyiha ortida xalq ishonchi turadi. Shu bois ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarda sarflanishi, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
77
4
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #kotibiyat_mudiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Maj+3
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #kotibiyat_mudiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Bugun 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputatiA.Mahkamov Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova bilan birgalikda saylov okrugi hududidagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. Deputatlik o‘rganishlari davomida saylov okrugi hududida joylashgan Marg‘ilon temir yo‘l vokzaliga ham alohida e’tibor qaratildi. Zero, temir yo‘l vokzali shaharning muhim transport infratuzilmasi obyektlaridan biri bo‘lib, undan har kuni ko‘plab fuqarolar, shuningdek, Marg‘ilonga tashrif buyuruvchi mehmonlar foydalanadi. Shu bois mazkur maskanda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda hududning obodonlashtirilgan holatini doimiy nazorat qilib borish muhim ahamiyatga ega. O‘rganish jarayonida yaqinda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari yakunlangan vokzal binosi va uning atrofidagi hudud ko‘zdan kechirildi. Vokzal rahbari bilan suhbat davomida amalga oshirilgan ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kutish zallari, chiptaxona hamda boshqa xizmat ko‘rsatish nuqtalarining faoliyati haqida ma’lumotlar olindi. Shuningdek, yaratilgan sharoitlardan fuqarolarning foydalanish darajasi, xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. O‘rganish davomida hududning tozaligi va obodonligi, vokzalga tutash joylarda fuqarolar uchun qulay muhitni ta’minlash, aniqlanishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Chunki amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining samarasi nafaqat yangi va chiroyli infratuzilma yaratish, balki undan keyingi davrda ushbu sharoitlarni sifatli saqlash, xizmat ko‘rsatish darajasini barqaror ta’minlash bilan ham belgilanadi. Deputatlar o‘rganish jarayonida aholi manfaatlari, avvalo, joylardagi real holatni ko‘rish va mavjud masalalarga amaliy yechim topish orqali ta’minlanishini ta’kidladilar. Ayniqsa, aholi gavjum bo‘ladigan ijtimoiy va infratuzilmaviy obyektlarda fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish, ularning taklif va murojaatlarini tinglash hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan ishlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi o‘rganishlar ham deputatlik faoliyatining joylardagi amaliy ifodasi bo‘lib, unda muammolarni shunchaki qayd etish emas, balki ularni aniqlash, mas’ullar e’tiboriga yetkazish va yechimiga erishish asosiy maqsad qilib belgilangan. Zero, deputatning saylovchilar oldidagi mas’uliyati, avvalo, hududdagi real vaziyatni bilish, odamlar bilan muloqot qilish va ularning kundalik hayotiga daxldor masalalarni hal etishga ko‘maklashish bilan namoyon bo‘ladi. 16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik o‘rganishlari bundan buyon ham izchil davom ettirilib, aholini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy obyektlar holati, infratuzilma va fuqarolarning murojaatlari deputatlik nazorati doirasida muntazam ravishda o‘rganib boriladi. Asosiy maqsad esa bitta — saylovchi murojaati e’tiborsiz qolmasligi, aniqlangan muammo yechimsiz qoldirilmasligi va hududda insonlar uchun yanada qulay sharoit yaratish. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
78
5
#deputat_nazorati “MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA Marg‘ilon shahridagi mahallalarda aholi uchun qulay va ba+4
#deputat_nazorati “MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA Marg‘ilon shahridagi mahallalarda aholi uchun qulay va barqaror sharoitlar yaratish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. “Ochiq budjet” tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholining kundalik hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar ham e’tibordan chetda qolmayapti. Xususan, “Ma’orif” mahallasidagi elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Salimova tomonidan tanlab olindi. Mazkur loyiha mahallada elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish, elektr infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga yanada barqaror va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, elektr ta’minotidagi barqarorlik — xonadonlar, ijtimoiy obyektlar, tadbirkorlik subyektlari va mahalla hududidagi boshqa infratuzilmalar faoliyati uchun muhim omillardan biridir. Shu bois mazkur loyihaning qo‘llab-quvvatlanishi “Ma’orif” mahallasi aholisi uchun muhim va quvonchli yangilikdir. Loyiha mahalliy Kengash deputatlarining ham doimiy nazoratida bo‘lib kelmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hududlarda aholi bilan uchrashuvlar, sayyor qabullar va deputatlik o‘rganishlari davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yib, ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Zero, deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — muammoni shunchaki aniqlash emas, balki uning aniq yechimi va ijrosini ta’minlashdir. “Ochiq budjet” jarayonida yetarli ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan ushbu loyihaning deputat tomonidan tanlab olinishi aholi murojaatlari va ehtiyojlari e’tiborsiz qolmayotganining amaliy ifodasidir. “Ma’orif” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha — aholi manfaatlari yo‘lida deputatlik tashabbusi, mahalliy Kengash deputatlarining nazorati va hamkorlikdagi sa’y-harakatlarning navbatdagi amaliy natijasidir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
110
6
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #kotibiyat_mudiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Maj
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #kotibiyat_mudiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda. 📍 Bugun, 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati Mahkamov Abdubannob Abduvoxidovich kotibiyat mudiri A.Ermatov va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan ushbu saylov okrugi hududidagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari hamda ijtimoiy masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Ayni daqiqalarda deputatlar Marg‘ilon Temiryoʻl vokzali faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdalar. Bunda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklarga e'tibor qaratilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
90
7
#deputatlar_nazorati #24_muhim_masala #kotibiyat_mudiri IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI Xalq deputa+4
#deputatlar_nazorati #24_muhim_masala #kotibiyat_mudiri IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda 2-Saxovat saylov okrugi deputati S.Azizov tomonidan mazkur saylov okrugi hududidagi Ipakchi mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati, mavjud muammolar hamda aholining murojaatlari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida Ipakchi mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘chasaroy ko‘chasidagi umumiy foydalanishdagi ikki qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun muhim bo‘lgan masala yuzasidan kamchiliklar aniqlandi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, mazkur hududdagi umumiy hojatxonani ta’mirlash uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 120 million so‘m ajratilgan. Biroq joyiga chiqib o‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda amalga oshirilmagani ma’lum bo‘ldi. Qurilish-ta’mirlash ishlari 2026-yil iyul oyida bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddat o‘tganiga qaramay, ishlar yakunlanmagan. Hatto o‘rganish kuni obyekt hududida qurilish ishlarini olib borayotgan ishchilar ham kuzatilmadi. Mazkur holat, avvalo, aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi muammoni o‘z vaqtida hal etish, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalasiga jiddiy yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda. Deputatlik nazorati doirasida ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Aholi uchun oddiydek ko‘ringan, biroq kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu masalaning nega belgilangan muddatda hal etilmagani yuzasidan mas’ullardan aniq tushuntirish talab qilindi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga ta’mirlash ishlarini zudlik bilan boshlash, ajratilgan 120 million so‘m mablag‘dan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli vazifalar qo‘yildi. Mazkur masala deputatlik nazoratida qoladi. Ta’mirlash ishlarining boshlanishi, bajarilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
109
8
#deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Ke
#deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda. 📅 Bugun, 9-sentabr kuni 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati Mahkamov Abdubannob Abduvoxidovich tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganiladi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda masalalarni deputatlik nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
91
9
#deputat_soʻroviga_javob MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI Xalq deputatlari
#deputat_soʻroviga_javob MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev tomonidan mahallalarga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘z vaqtida tushirilmayotgani yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. Mazkur masala aholi manfaatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mahallalarning moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlash, hududlarda ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois deputat tomonidan ushbu masala nazoratga olinib, tegishli tashkilotdan izoh va tushuntirishlar so‘ralgan edi. Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Yusupov imzosi bilan taqdim etilgan javob xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ–402-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq mablag‘larni taqsimlash tartibi batafsil bayon etilgan. Qayd etilishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, har oy yakunlari bo‘yicha soliq organlari tomonidan mahallalar kesimida undirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar G‘aznachilik organlariga taqdim etiladi hamda ushbu ma’lumotlar asosida mahallalarning maxsus hisob raqamlariga tegishli mablag‘lar o‘tkazib boriladi. Shuningdek, 2026-yil aprel oyiga qadar fuqarolar tomonidan to‘langan yer va mol-mulk soliqlarining mahallalar hisobida qoladigan 10 foiz qismi bo‘yicha ma’lumotlar mahalliy soliq organlari tomonidan shakllantirib kelingani, keyinchalik esa ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayon markazlashtirilgan elektron platforma orqali amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lum qilindi. Soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan qabul qilingan tartib asosida endilikda mahallalar kesimidagi tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus platforma orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib borilmoqda. Mazkur platformadan olingan oyma-oy tushumlar jadvali deputat so‘roviga ilova qilingan holda taqdim etilgan. Mazkur holat deputatlik nazoratining amaliy natijasi bo‘lib, mahallalar manfaatlariga daxldor masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish, mablag‘larning shaffof va maqsadli taqsimlanishini ta’minlashda deputat so‘rovlarining muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan mahallalar rivoji, aholi manfaatlari va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik nazorati davom ettiriladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
660
10
#doimiy_komissiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy kom+4
#doimiy_komissiya Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi M.Mirzayev raislik qildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik vakolatlarini amalga oshirishda belgilangan tartib va me’yorlarga rioya etish, shuningdek, deputatlik odobi tamoyillariga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, deputatlik faoliyatida qonuniylik, mas’uliyat, xolislik va fuqarolar manfaatlariga sodiqlik muhim o‘rin tutadi. Shu bois deputatlarning Kengash sessiyalari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda boshqa tadbirlardagi ishtirokini belgilangan reglament asosida tashkil etish bilan bir qatorda, deputatlik odobi va muomala madaniyatiga rioya etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yig‘ilishda, shuningdek, doimiy komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning o‘z vakolatlaridan samarali foydalanishini ta’minlash hamda Kengash faoliyatida ochiqlik va hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillarining ishtiroki esa muhokamalarda turli nuqtayi nazar va takliflarni inobatga olish, ayniqsa, yoshlarning fikr-mulohazalarini mahalliy Kengash faoliyatiga kengroq jalb etish imkonini berdi. Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli fikr va takliflar umumlashtirilib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
86
11
#deputat_nazorati #24_muhim_masala Avval xabar berganimizdek, 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida deputatlik o‘rganishi dav+3
#deputat_nazorati #24_muhim_masala Avval xabar berganimizdek, 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida deputatlik o‘rganishi davomida Turon MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasida ayollar poyabzali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdullohning murojaati o‘rganilgan edi. Tadbirkor faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun 100 million so‘m miqdorida aylanma mablag‘ kreditiga ehtiyoj borligini bildirgan. Ushbu mablag‘ ajratilsa, ishlab chiqarishni tiklash va yil yakuniga qadar qo‘shimcha 4 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati mavjudligi qayd etilgan edi. Mazkur murojaat shu kunning o‘zidayoq amaliy davom ettirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalar, shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida deputat Z.G‘ofurova Marg‘ilon shahar hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyatida ishtirok etdi. Unda Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manzilli dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi, tadbirkorlik subyektlarida mavjud muammolar hamda ularning takliflari o‘rganildi. O‘rganish davomida Qodirov Abdullohning avvalgi murojaati ham kun tartibiga olib chiqilib, 100 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘iga bo‘lgan ehtiyoji yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Muammoni hal etish maqsadida shahar Agrobank filialiga tegishli taklif kiritildi. Natijada tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi. Bu holat deputatlik nazoratining faqat muammoni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, uni amaliy yechimga qadar kuzatib borish muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi. Eng muhimi, moliyaviy ko‘mak evaziga tadbirkorlik faoliyati qayta tiklanadi, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkoniyat paydo bo‘ladi. Bir murojaat — bir muammo. Ammo uning ortida bir oila daromadi, bir necha ish o‘rni va tadbirkorning ertangi kuni turibdi. Deputatlik nazoratining asl mazmuni esa ana shu muammolarni joyida o‘rganib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topishga xizmat qilishdir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
51
12
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #sessiya_oldi_masala #qonun_ijrosi EKOLOGIK QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘zbe+7
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #sessiya_oldi_masala #qonun_ijrosi EKOLOGIK QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari va nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri, 15-Zuhro saylov okrugi deputati A.Ermatov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan “Zuhro” MFY xotin-qizlar faoli X.Oripova ishtirokida o‘tkazildi. O‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limining amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini ko‘rib chiqishga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi. Joylarda o‘tkazilgan o‘rganish davomida ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentyabrdagi O‘RQ-409-son “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida “Zuhro” ko‘chasidagi 23-ko‘p qavatli uy oldi hududida betonlashtirish ishlari amalga oshirilgani va buning natijasida uchta ko‘p yillik daraxt tanasi beton qoplama ichida qolib ketgani aniqlandi. Daraxtlarning tabiiy rivojlanishi va yashash sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bunday holatlar ekologik talablar nuqtayi nazaridan tegishli baholanishi lozim. Shuningdek, “Zuhro” ko‘chasi, 15-uy oldidagi ko‘p yillik chinor daraxtining bino tomonga sezilarli darajada og‘ib qolgani ham qayd etildi. Mazkur holat, ayniqsa, kuchli shamol vaqtida aholi va atrofdagi mol-mulk xavfsizligiga noqulaylik tug‘dirishi ehtimoli mavjudligi sababli mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, zarur choralar ko‘rilishini taqozo etadi. Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan holatlar tegishli tartibda mas’ullar e’tiboriga yetkazilib, daraxtlarni muhofaza qilish, aholining xavfsizligini ta’minlash hamda ekologik qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi. Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limining hisoboti muhokamasi jarayonida ham ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Zero, deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmay, uni qonuniy va amaliy yechimga yo‘naltirishni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, yashil hududlarni asrash, ko‘p yillik daraxtlarni muhofaza qilish va aholi xavfsizligini ta’minlash borasidagi har bir masala doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
352
13
#deputat_nazorati #24_muhim_masala ZUHRO MAHALLASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘zbekiston Respublikas+5
#deputat_nazorati #24_muhim_masala ZUHRO MAHALLASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari va nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri, 15-Zuhro saylov okrugi deputati A.Ermatov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova, shahar prokurori A.Boboxo‘jayev hamda shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Bektoshevlar ishtirokida “Zuhro” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari yuzasidan o‘tkazildi. O‘rganish davomida mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda yo‘llarni asfaltlashtirish jarayonlari bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan talablar asosida tashkil etilishi, ishlarning sifati va bajarilish muddatlariga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududda amalga oshirilayotgan ishlarning shunchaki bajarilishi emas, balki ular aholiga amaliy naf keltiradigan, sifatli va uzoq muddat xizmat qiladigan natija bilan yakunlanishini ta’minlashdan iborat. Shu nuqtayi nazardan, o‘rganish davomida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, yo‘llarni asfaltlashtirish jarayonida amaldagi talab va me’yorlarga qat’iy rioya qilish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Zuhro mahallasida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar, avvalo, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda hududning obodligini ta’minlashga qaratilgan. Deputatlik nazorati esa ushbu jarayonlarning samarali va sifatli tashkil etilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
296
14
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #sessiya_oldi_masala SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALALAR DEPUTATLIK O‘RGANISHIDA O‘zbekiston+1
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #sessiya_oldi_masala SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALALAR DEPUTATLIK O‘RGANISHIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 23-Chilonzor saylov okrugi deputati Yunusov Erken Azimtayevich hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida deputatga biriktirilgan tashkilot shahar Moliya bo‘limida o‘tkazildi. O‘rganish davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar, ularning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, shahar hokimligining shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi o‘rganilib, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ularni hududning dolzarb ehtiyojlariga yo‘naltirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, 2026-yilning 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda Jamg‘armadan mazkur tadbirlarga mablag‘ ajratish masalasi ham deputatlik o‘rganishidan o‘tkazildi. Mazkur jarayonda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmuni, ularning ijtimoiy ahamiyati va ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi. Sessiya oldidan bunday deputatlik o‘rganishlarining o‘tkazilishi kun tartibidagi masalalarni puxta tayyorlash, ularni har tomonlama tahlil qilish va sessiya davomida asosli fikr hamda takliflar bildirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy budjet mablag‘larining shaffof va maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi manfaatlariga daxldor masalalarni samarali hal etishga xizmat qiladi. O‘tkazilgan deputatlik o‘rganishi natijalari Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasida mazkur masalalarni muhokama qilish jarayonida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
49
15
XALQ MANFAATIGA QARATILGAN DEPUTATLIK TASHABBUSI Hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda+1
XALQ MANFAATIGA QARATILGAN DEPUTATLIK TASHABBUSI Hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish — mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan “Ochiq budjet” jarayonlarida ilgari surilgan, biroq yetarli ovoz to‘play olmagan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tashabbuslar ilgari surilmoqda. 2026-yil 7-sentyabrda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosariga, 6-kx-292-26-sonli rasmiy xat yuborildi. Unda joriy yilning ikkinchi mavsumida Marg‘ilon shahrida jami 97 ta taklif ilgari surilgan bo‘lib, shundan 12 tasi g‘olib deb topilgan. Mazkur jarayon yakunlari bo‘yicha jamg‘armada qoldiq mablag‘lar shakllangan. Shundan kelib chiqib, “Yovqochar” MFY hududida joylashgan 1-oilaviy poliklinika maydonidagi ma’nan eskirgan bir qavatli binoni buzib, qayta qurishga qaratilgan ID-055497983011 raqamli loyiha ham shahar Kengash deputatlari e’tiboriga olindi. Mazkur loyiha “Ochiq budjet” jarayonida 2 443 ta ovoz to‘plab, shaharda 13-o‘rinni egallagan. Garchi g‘oliblar qatoridan joy olmagan bo‘lsa-da, loyihaning ijtimoiy ahamiyati va aholining bildirgan qo‘llab-quvvatlashi inobatga olinib, uni amalga oshirish bo‘yicha tashabbus ilgari surildi. Bu — shahar Kengashi deputatlarining xalq tomonidan bildirilgan taklif va ehtiyojlarni e’tiborsiz qoldirmasdan, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, muammolarga yechim izlayotganining amaliy ifodasidir. Zero, deputatlik faoliyatining mezoni faqat masalani ko‘tarish emas, balki uning ortidan amaliy natija izlashdir. “Yovqochar” mahallasidagi tashabbus ham xalq ovozini, aholi manfaatini va hudud ehtiyojini birlashtirgan ana shunday deputatlik yondashuvining namunasidir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan bunday tashabbuslarning ilgari surilishi hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va eng muhimi, xalq ishonchini amaliy ishlar bilan oqlashga xizmat qiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
297
16
#deputat_nazorati YANGI OBOD MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN YANGI IMKONIYAT Marg‘ilon shahridagi mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh+1
#deputat_nazorati YANGI OBOD MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN YANGI IMKONIYAT Marg‘ilon shahridagi mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda. “Ochiq budjet” tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati bilan e’tiborga loyiq bo‘lgan yana bir loyiha qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, “Yangiobod” mahallasidagi 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘sh turgan hududdan samarali foydalanib, bolalar suzish havzasini hamda kirish qismida qorovulxona barpo etish loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodirbek Tilavoldiyev tomonidan tanlab olindi. Mazkur tashabbus, avvalo, mahalladagi bolalar uchun sog‘lom va mazmunli hordiq chiqarish, sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishi bilan ahamiyatlidir. Bolalar suzish havzasining barpo etilishi kichkintoylarning suv sportiga qiziqishini oshirish, ularning jismoniy chiniqishi va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishini kuchaytirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, ilgari foydalanilmay turgan hudud endilikda bolalar manfaatiga xizmat qiladigan zamonaviy maskanga aylantiriladi. Loyihaning yana bir muhim jihati — 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining xavfsizlik infratuzilmasi ham yaxshilanadi. Kirish qismida qorovulxonaning tashkil etilishi ta’lim muassasasida xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, “Ochiq budjet”ning ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan ushbu tashabbus deputatlar e’tibordan chetda qolmadi. Deputat tomonidan loyihaning tanlab olinishi Yangiobod mahallasidagi bolalar va ota-onalar uchun quvonchli yangilik bo‘ldi. Bu kabi ezgu tashabbuslar aholi manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratish hamda mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi. Yangiobod mahallasida bolalar uchun yana bir quvonchli maskan bunyod etilishiga qadam qo‘yildi! Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
92
17
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_loyiha DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN LOYIHA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 8-Maorif say+4
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_loyiha DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN LOYIHA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 8-Maorif saylov okrugida olib borilayotgan deputatlik o‘rganishlari davomida hududdagi tadbirkorlik subyektlari va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar ham joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.Raimdjanov hamda A.Mahkamov tomonidan Maorif MFYda davom ettirilgan o‘rganishlar jarayonida deputatga biriktirilgan loyiha faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Xususan,deputatga biriktirilgan loyiha roʻyhatidagi yakka tartibdagi tadbirkor Raxmonova Zumrad Ulmasovnaning ayollar oyoq kiyimlarini ishlab chiqarish faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani, ishlab chiqarish jarayoni hamda yaratilgan ish o‘rinlari bilan tanishildi. Mazkur faoliyat doirasida ayni paytda 3 nafar ishchi mehnat qilayotgani qayd etildi. Tadbirkorning ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Jumladan, ishlab chiqarish quvvatini oshirish uchun 10 million so‘m miqdorida kredit mablag‘iga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Deputatlar tomonidan tadbirkorning murojaati va kredit mablag‘idan foydalanish imkoniyatlari nazoratga olinib, loyihaning kelgusidagi rivoji, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ayollar bandligini ta’minlash borasidagi salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bunday deputatlik o‘rganishlari joylarda tadbirkorlarning muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etishga amaliy ko‘maklashish va mavjud loyihalarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
112
18
#deputat_nazorati #24_muhim_masala BANDLIK VA TADBIRKORLIKKA YANGI IMKONIYATLAR Deputatlik o‘rganishlari davomida Maorif maha+4
#deputat_nazorati #24_muhim_masala BANDLIK VA TADBIRKORLIKKA YANGI IMKONIYATLAR Deputatlik o‘rganishlari davomida Maorif mahallasidagi bandlik, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar tahlil qilindi Hududlarda aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishda mahallabay ishlash tizimi muhim mexanizmga aylanmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirishda esa mahalliy Kengash deputatlarining deputatlik nazorati alohida ahamiyat kasb etadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.Raimdjanov hamda A.Mahkamov tomonidan 8-Maorif saylov okrugi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida deputatlik o‘rganishi olib borildi. O‘rganish davomida hududda “mahallabay” ishlash tizimi asosida mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilindi. Xususan, Maorif MFY hokim yordamchisi A.Po‘latovning faoliyati o‘rganilib, mahallada aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Maorif mahallasida 1 016 ta xonadonda 7 134 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududning asosiy ixtisoslashuvi kosibchilik, nonvoychilik, shuningdek, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosidan iborat. Mahallada hunarmandchilik va kichik ishlab chiqarishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kosibchilik ham keng rivojlangan. Bugungi kunda 148 ta xonadonda kosibchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aholining mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanayotganidan dalolat beradi. Bandlik masalasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda. Yil boshida mahallada 67 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bugungi kunga qadar ularning 43 nafari bandligi ta’minlangan. Fuqarolarni bandlikka jalb etishda turli mexanizmlardan foydalanilgan. Jumladan, ayrim fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan bo‘lsa, boshqalari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, imtiyozli kreditlardan foydalanish, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyatlari ham kengaytirilgan. Deputatlar tomonidan o‘rganish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, hali foydalanilmagan imkoniyat va zaxiralarga ham e’tibor qaratildi. Ayniqsa, mahalladagi mehnat resurslaridan samarali foydalanish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va barqaror daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Deputatlik o‘rganishlarining asosiy maqsadi — faqat mavjud holatni qayd etish emas, balki aniqlangan muammolarning amaliy yechimini ta’minlash, mahallalarda aholining iqtisodiy faolligini oshirish va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga ko‘maklashishdan iborat. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni o‘rganish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
103
19
#deputat_nazorati #24_muhim_masala AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARI DEPUTAT NAZORATIDA Marg‘ilon shahrida aholi daromadlarini os+4
#deputat_nazorati #24_muhim_masala AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARI DEPUTAT NAZORATIDA Marg‘ilon shahrida aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarni barqaror bandlik bilan ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Bu jarayonda mahalliy Kengash deputatlarining hududlarda olib borayotgan o‘rganishlari va aholi bilan bevosita muloqotlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi E.Rustamov tomonidan 1-Uvaysiy saylov okrugi hududidagi Uvaysiy mahalla fuqarolar yig‘inida aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi. O‘rganish davomida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning turmush sharoiti, daromad manbalari, bandlik holati hamda mavjud muammolari xonadonbay o‘rganildi. Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, oilalarning ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ayniqsa, mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib, muammolarni hal etishning amaliy yo‘llari belgilandi. Aniqlangan masalalarni yechish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Shu nuqtayi nazardan, 1-Uvaysiy saylov okrugi hududida olib borilayotgan bunday manzilli ishlar aholining daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda oilalarning ijtimoiy farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda aholi muammolarini o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari davom ettiriladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
50
20
#doimiy_komissiya OCHIQ BUDJET LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budje+8
#doimiy_komissiya OCHIQ BUDJET LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. Kun tartibidagi dastlabki masala — “Ochiq budjet” (“Open Budget”) tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarning ijrosi bilan bog‘liq masalalar bo‘ldi. Yig‘ilishda shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi tomonidan 2026-yil ikkinchi mavsum yakunlari hamda g‘olib loyihalar yuzasidan hisobot berildi. Hisobot davomida aholining ovoz berishi orqali qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslarni amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Muhokamalar davomida “Ma’orif” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha ham alohida tilga olindi. Mazkur loyiha “Ochiq budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan tanlab olinib, amalga oshirilishi belgilangan. Loyiha mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, mavjud infratuzilmani yaxshilash va aholiga ko‘rsatilayotgan elektr ta’minoti xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan. Yig‘ilishda deputatlar tomonidan loyihalarning faqat moliyalashtirilishi emas, balki ularning amaliy natijadorligi ham muhim ekani ta’kidlandi. Xususan, deputat X. Abdurahmonov “Ochiq budjet” doirasidagi loyihalarning ijrosi, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish va amalga oshirilayotgan ishlarning aholi manfaatlariga xizmat qilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Mas’ullarga loyihalarni amalga oshirish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda aniqlangan masalalarga e’tibor qaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Doimiy komissiya a’zosi, deputat R. Madaminov ham muhokamada faol ishtirok etib, mablag‘larning samarali sarflanishi va loyihalarning aholi uchun amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Yig‘ilishning navbatdagi masalasida shahar hokimligining shahar mahalliy budjetining 2026-yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan ham deputatlar tomonidan tegishli fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, deputat so‘rovlariga berilgan javoblar ham muhokama qilinib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimi, mas’ul tashkilotlarning javoblari hamda ijro holatiga e’tibor qaratildi. Umuman, doimiy komissiya yig‘ilishida budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, “Ochiq budjet” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli ijrosini ta’minlash, aholi manfaatlarini ustuvor qo‘yish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari markazida bo‘ldi. Bunday muhokamalar mahalliy budjet mablag‘larining manzilli sarflanishi, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning hayotga tatbiq etilishi va hududlarda mavjud muammolarning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram
85