en
Feedback
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Open in Telegram
3 216
Subscribers
-1924 hours
-8917 days
-1 32230 days
Posts Archive
#deputat_nazorati #24_muhim_masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengash
+3
#deputat_nazorati #24_muhim_masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 23-Chilonzor saylov okrugi deputati Yunusov Erken Azimtayevich hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Chilonzor mahallasida o‘tkazildi. O‘rganish davomida hududdagi issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, xususan, iste’molchilarning debitor qarzdorligi holati va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur jarayonda viloyat issiqlik ta’minoti mas’uli Ibrohimov Temurbek hamda Marg‘ilon shahar bo‘limi vakili Usmonov Dilmurod ishtirok etdi. Mutasaddilar bilan birgalikda issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha shakllangan debitor qarzdorlik holati o‘rganilib, qarzdorlikning kelib chiqish sabablari va uni kamaytirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar ro‘yxati alohida ko‘rib chiqilib, mazkur toifadagi aholining issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanishi hamda mavjud qarzdorlik masalalari bo‘yicha holat tahlil qilindi. Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Ke
#deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda. 📅 Bugun, 7-sentabr kuni 23-Chilonzor saylov okrugi deputati Yunusov Erken Azimtaevich tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganiladi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda masalalarni deputatlik nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 😎 Telegram: https://t.me/kengash_mar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 😎  Telegram: https://t.me/kengash_margilon 😎  https://www.facebook.com/share/19EdmkapxZ/ 😎 Youtube: https://youtube.com/@margilonshaharkengashi?si=dP45Sq1Hd1SDi4Fk 😎 Instagram: https://www.instagram.com/margilonshaharkengashi?igsh=dnFldHJiMXA0dmY0 🇺🇿 E-Kengash: https://kengash.gov.uz/news?region_id=11&authority_id=292 Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#haftalik_ish_reja Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 7-11 sentabr kunlariga mo'ljallangan ish rejasi tasdiqlandi
#haftalik_ish_reja Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 7-11 sentabr kunlariga mo'ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Bu hafta davomida: 🔹 23-Chilonzor, 7-Baxrin, 20-Terak tagi, 16-Ipak yo'li va 24-Charog'on saylov okruglari deputatlari o'z hududlarida o'rganishlar olib boradi 🔹 Shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi loyihalari nazoratga olinadi 🔹 "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg'armasi mablag'lari sarfi oʻrganiladi. 🔹 Ikkita doimiy komissiya yig‘ilishi oʻtkaziladi. Har bir uchrashuv, har bir murojaat aholi manfaatlari yo'lida. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#dayjest HAFTALIK DAYJEST O‘tib borayotgan hafta davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan amalga oshirilgan eng muhim va dolzarb voqealar bilan tanishing: Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi faoliyatini Kengash.gov.uz sayti, Instagram, Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib boring. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#haftalik_sarhisob Ishchi yig'ilishda ustuvor vazifalar muhokama qilindi Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi kotibiyat
+2
#haftalik_sarhisob
Ishchi yig'ilishda ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida ishchi yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda 2-4 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Yig'ilishda 13-Yoyilma, 14-Nurafshon va 10-Bobur saylov okruglari deputatlarining hududlarida olib borgan o'rganishlari, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturidagi loyihalar, "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg'armasi mablag'lari nazorati hamda 2-oilaviy poliklinikada o'tkazilgan oʻrganish natijalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, deputatlik so'rovlari ijrosi va navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinib, aniqlangan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish zarurligi ta'kidlandi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_soʻroviga_javob “AYOLLAR DAFTARI” BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengash
+2
#deputat_soʻroviga_javob “AYOLLAR DAFTARI” BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Jo‘raboyevaga “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarini hal etish yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi. Mazkur deputat so‘roviga shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tegishli javob xati taqdim etildi. Javob xatida Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 6 895 nafar xotin-qizga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlili keltirilgan. Unga ko‘ra: 🔹 1-toifa — ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar. Ro‘yxatga kiritilgan 1 041 nafar xotin-qizdan 1 032 nafarining (97,7 foiz) bandligi ta’minlangan. Jumladan, doimiy ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilish orqali ularning bandligi ta’minlangan. 🔹 2-toifa — tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga intilgan xotin-qizlar. Mazkur toifaga kiritilgan 65 nafar xotin-qizning barchasi (100 foiz) bandligi ta’minlangan. Ularga imtiyozli kreditlar ajratilib, tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha zarur ko‘nikmalar berilgan. 🔹 3-toifa — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar. Ro‘yxatdagi 81 nafar xotin-qizdan 79 nafarining uy-joylarini ta’mirlash hamda ijara to‘lovlarini kompensatsiya qilish bilan bog‘liq masalalari to‘liq hal etilgan. 🔹 4-toifa — tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar. Jami 2 426 nafar xotin-qizdan 2 421 nafariga (99,8 foiz) amaliy yordam ko‘rsatilgan. Ular uchun psixologik treninglar, tibbiy ko‘rik va muolajalar tashkil etilgan. 🔹 5-toifa — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar. Mazkur toifaga kiritilgan 3 282 nafar xotin-qizning barchasiga (100 foiz) bepul huquqiy maslahatlar hamda amaliy yordamlar ko‘rsatilgan. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi, xususan, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish va ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_soʻrovi DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA Xalq deputatlari Ma
#deputat_soʻrovi DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev saylov okrugida olib borgan deputatlik o‘rganishlari davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarda mahallalarga tegishli mablag‘lar belgilangan muddatlarda hisobraqamlarga o‘tkazilmayotgani bildirilgan.
Mazkur masalani qonuniy tartibda hal etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–402-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Mirzayevga deputat so‘rovi yuborildi. Deputatl so‘rovi orqali muammoni o‘rganish va belgilangan tartibda amaliy choralar ko‘rish so‘raldi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_soʻrovi DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X
#deputat_soʻrovi DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X. Abduraxmonov saylov okrugida olib borgan navbatdagi o'rganishlari chog'ida saylovchilardan kelib tushgan murojaatlarni har tomonlama o'rganib chiqdi. Yig'ilgan ma'lumotlar asosida deputat shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari nomiga deputat so'rovi yubordi. Ma'lum bo'lishicha, Deputat tomonidan Tut-tagi mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan deputatlik o‘rganishi davomida Zilol ko‘chasidagi elektr tarmog‘i hamda almashtirilmay qolgan sim yog‘ochlari bilan bog‘liq muammo aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan mahalla aholisi tomonidan ham murojaatlar kelib tushgan. Bu masala saylovchilarning kundalik turmush sifatiga bevosita ta'sir qiluvchi dolzarb muammolardan biri sifatida deputat e'tiboridan chetda qolmadi. So‘rovda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 652-son qarori bilan tasdiqlangan elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarida belgilangan talablar asosida hududdagi mavjud holatni tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan. Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputatlari o'z saylov okruglarida muntazam ravishda o'rganishlar olib borib, saylovchilar murojaatlarini o'rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida faol ish yuritmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_soʻroviga_javob DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI Videokuzatuv tizimlari bo‘yicha deputat so‘rovi nazoratga olindi Xalq
#deputat_soʻroviga_javob DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
Videokuzatuv tizimlari bo‘yicha deputat so‘rovi nazoratga olindi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga Marg‘ilon shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan javob xati taqdim etildi. Deputat so‘rovida Marg‘ilon shahridagi mahallalar, aholi gavjum hududlar, ko‘chalar hamda ijtimoiy soha obyektlarida o‘rnatilgan videokuzatuv tizimlarining holati, ularning yagona monitoring tizimiga integratsiyasi, o‘rnatilgan kameralar soni va turi, shuningdek, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar hamda mas’ul tashkilotlar to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumot berilishi so‘ralgan edi. Marg‘ilon shahar hokimi o‘rinbosarining 2026-yil 28-avgustdagi 8/2061-sonli javob xatida deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala tegishli tashkilotga ijro uchun yo‘naltirilgani hamda uning ijrosi nazoratga olingani ma’lum qilingan. Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi. Aholi xavfsizligini ta’minlash, jamoat joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda zamonaviy videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati tomonidan nazoratda davom ettiriladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #deputat_soʻroviga_javob YOYILMA MAHALLASIDAGI ELEKTR TA’MINOTI MASALASI NAZORATDA Aholi murojaatlarida ko‘
#deputat_nazorati #deputat_soʻroviga_javob YOYILMA MAHALLASIDAGI ELEKTR TA’MINOTI MASALASI NAZORATDA Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash borasida deputatlik nazorati davom ettirilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan Yoyilma mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilib, Asilobod ko‘chasidagi GKTP-56 transformatoridan chiquvchi elektr havo liniyalari simlarining daraxt shoxlariga tegib turgani aniqlangan edi. Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan shahar hokimi o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilib, elektr tarmoqlari simlari va daraxt shoxlari o‘rtasida xavfsiz masofani ta’minlash, mavjud xavfli holatlarni bartaraf etish hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish taqdim etish so‘ralgan. Marg‘ilon shahar hokimligining 2026-yil 28-avgustdagi 8/2063-son javob xatida deputat so‘rovi tegishli tashkilotga ijro uchun yo‘naltirilgani va uning ijrosi nazoratga olingani ma’lum qilingan. Bu esa hududlarda aholi xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarga deputatlik nazorati orqali tezkor munosabat bildirilayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, elektr tarmoqlarining texnik holati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi aholining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan mazkur masalaning amaliy yechimi, ya’ni aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda Yoyilma mahallasidagi fuqarolar manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala YOVQOCHAR MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI 🔹O‘zbekiston
+4
#deputat_nazorati #24_muhim_masala
YOVQOCHAR MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda. 🔹Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 10-Bobur saylov okrugi deputati E.Tursunqulov hamda unga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirokida Yovqochar mahallasida o‘tkazildi. 🔹O‘rganish davomida hududdagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026/2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim muassasasining mavsumni betalafot o‘tkazishi uchun mavjud sharoitlar, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari hamda isitish tizimlarining tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi. 🔹Shuningdek, maktab binosi va unga tutash hududlarning mavsumiy foydalanishga tayyorgarligi, aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 🔹Deputatlik o‘rganishida Yovqochar mahallasi raisi va yoshlar yetakchisi ham hamrohlik qilib, hududdagi mavjud holat, aholi va yoshlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdilar. 🔹O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish, kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilandi. 🔹Deputatlik nazoratining bunday shakldagi o‘rganishlari hududlarda mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash, ularning yechimiga mas’ul tashkilotlarni jalb etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #biriktirilgan_loyiha #24_muhim_masala HUDUDDAGI HUNARMANDCHILIK VA ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATI HAM O‘RGANIL
+6
#deputat_nazorati #biriktirilgan_loyiha #24_muhim_masala HUDUDDAGI HUNARMANDCHILIK VA ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATI HAM O‘RGANILDI Deputatlik o‘rganishi davomida Yovqachar mahallasida joylashgan milliy hunarmandchilik mikromarkazi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari, xususan, oyoq kiyim ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Ishlab chiqarish jarayoni, tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati hamda faoliyatni yanada kengaytirish istiqbollari o‘rganildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishning mahalladagi aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlarni kasb-hunarga jalb etish borasidagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan masalalar tegishli tartibda tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralarni belgilashga e’tibor qaratildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Elbek Rustamov, deputat M.Mirzayev yangi o’quv yiliga muka
+4
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Elbek Rustamov, deputat M.Mirzayev yangi o’quv yiliga mukammal ta’mirdan chiqarilgan 17-Navroʻz saylov okrugidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganish davomida ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida o’rnatilgan transformatorlar holati, elektr ta’minoti masalasi ham o‘rganildi. Sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, maktab binosida zarur haroratni saqlash hamda mavjud elektr tarmoqlari va jihozlarining texnik holatini nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Deputatlar tomonidan maktabning zamonaviy ko’rinishda ko’rkam qiyofa kasb etgan yangi oshxonasidagi sharoitlar bilan ham tanishib, o‘quvchilarga sifatli va xavfsiz ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish, oshxonaning sanitariya talablariga javob berishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash jarayonlariga rioya etish masalalariga e’tibor qaratdi. Bunday e’tibor va amaliy sa’y-harakatlar o‘quvchi-yoshlar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda maktablarda xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala YOVQACHAR MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI O‘zbekiston Respublikasi Pre
+4
#deputat_nazorati #24_muhim_masala YOVQACHAR MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 10-Bobur saylov okrugi deputati E. Tursunqulov hamda unga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Akbarova ishtirokida Yovqachar mahallasida o‘tkazildi. O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ta’kidlanganidek, Yovqachar mahallasida jami 1 426 nafar yosh istiqomat qiladi. Yil davomida yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, yosh avlodning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida muayyan natijalarga erishilgan. Jumladan, 3 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlangan, 8 nafar yosh otaliqqa olinib, ularning hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishilgan. Shuningdek, 15 nafar yoshga xorijiy tillarni o‘rganish uchun 6 oylik subsidiya ajratilgan. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida 2 nafar yoshning SCHR to‘lovlarini amalga oshirishiga ko‘maklashilgan, yana bir nafar yoshga haydovchilik guvohnomasini olishida amaliy yordam ko‘rsatilgan. Mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yoshlar voleybol hamda “Shijoat va g‘ayrat” sport musobaqalarida faol ishtirok etib, shahar bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Viloyat bosqichida ham munosib ishtirok ta’minlangan. Deputatlik o‘rganishi davomida yoshlar bilan ishlashda erishilgan natijalar bilan bir qatorda, mavjud muammolar va kelgusida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar ham muhokama qilindi. Yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, sport va boshqa foydali mashg‘ulotlarga jalb etilishi — mahalla hududidagi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bunday deputatlik o‘rganishlari orqali hududdagi real holatni bevosita o‘rganish, yoshlar bilan muloqot qilish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan amaliy choralarni belgilash davom ettiriladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengash
+4
#deputat_nazorati #24_muhim_masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 10-Bobur saylov okrugi deputati E.Tursunqulov hamda unga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirokida Yovqachar mahallasida o‘tkazildi. O‘rganish davomida, avvalo, mahalla hududidagi fuqarolar, xususan, nuroniylar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning hududdagi osoyishtalik, yoshlar tarbiyasi va jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq fikr-mulohazalari tinglandi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish orqali mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga deputatlik nazorati asosida ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahallada faoliyat olib borayotgan profilaktika katta inspektori, mayor Usmonov Bahodir Lachinovichning xizmat faoliyati o‘rganildi. Bunda hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ–263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning Yoyilma mahallasi hududida amalda qanday ta’minlanayotgani ham tahlil qilindi. Jumladan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, muammoli oilalar va nazoratga muhtoj yoshlar bilan individual ishlash, shuningdek, huquqbuzarlikka moyil yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning holati o‘rganildi. Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — muammolarni faqat aniqlash emas, balki ularning sabablarini o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish va fuqarolar manfaatidan kelib chiqib amaliy yechimlarni ilgari surishdir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya TASHQI REKLAMA VA DAVLAT TILIGA OID MASALALAR MUHOKAMA QILINMOQDA Ayni daqiqalarda xalq deputatlari Farg‘on
+3
#doimiy_komissiya TASHQI REKLAMA VA DAVLAT TILIGA OID MASALALAR MUHOKAMA QILINMOQDA
Ayni daqiqalarda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi kotibiyatining kichik majlislar zalida viloyat Kengashining “Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan “Tashqi reklama va e’lonlarni milliy madaniyat va til me’yorlari asosida tartibga solish, hududdagi barcha reklama, banner va e’lonlar avvalo o‘zbek tilida, adabiy va estetik talablarga mosligini nazorat qilish” yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokama qilinmoqda. Muhokamalar davomida hududlarda tashqi reklama va e’lonlarning amaldagi talablarga muvofiqligi, ularda davlat tilining qo‘llanilishi, reklama matnlarining adabiy til me’yorlariga mosligi hamda mazkur yo‘nalishda mas’ul tashkilotlarning faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Yig‘ilishda viloyat hokimligi, Kadastr agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi vakillari, shuningdek, viloyat teleradiokompaniyasi mutasaddilari ishtirok etmoqda. Shuningdek, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Ermatov yig‘ilishda ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etmoqda. Yig‘ilish davomida masala yuzasidan mas’ul mutasaddilarning axborotlari tinglanib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, davlat tili va reklama sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar muhokama qilinmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala MARG‘ILONDA BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM SIFATI DEPUTATLIK NAZORATI OSTIDA O‘zbekiston Respubli
+8
#deputat_nazorati #24_muhim_masala MARG‘ILONDA BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM SIFATI DEPUTATLIK NAZORATI OSTIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Marg‘ilon shahar 1-sonli oilaviy poliklinikada amalga oshirildi. O‘rganish davomida, avvalo, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining tashkil etilishi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablarining amaliyotdagi ijrosiga e’tibor qaratildi. Xususan, o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-sonli “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan fuqarolarning sog‘liqni saqlashga oid huquqlarini ta’minlash, aholining barcha qatlamlari uchun tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda profilaktika choralarining ustuvorligini ta’minlash kabi muhim tamoyillar asosiy mezon sifatida olindi. Mazkur qonunning 6-moddasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining sog‘liqni saqlash sohasidagi vakolatlari, jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan aholining keng foydalanishini ta’minlash, fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilish kabi vazifalar belgilangan. Bugungi kunda 1-sonli oilaviy poliklinika 8 ta mahallada istiqomat qiluvchi jami 3 595 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Muassasada 24 nafar shifokor faoliyat yuritib, ularning 15 nafari oila shifokorlaridir. Tibbiyot xodimlari safida 98 nafar hamshira bo‘lib, shundan 33 nafari patronaj, 17 nafari amaliyot, 40 nafari xona hamshirasi hamda 8 nafari doya hamshiralarini tashkil etadi. Shuningdek, muassasada 11 nafar kichik tibbiyot xodimi faoliyat olib bormoqda. O‘rganish jarayonida aholining turli guruhlarini tibbiy nazorat bilan qamrab olish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, poliklinikada 1 yoshgacha bo‘lgan 762 nafar, 1–18 yoshdagi 12 984 nafar fuqaro tegishli tibbiy nazorat doirasida qayd etilgan. Shuningdek, “D” nazoratida 13 113 nafar fuqaro, qandli diabet bilan kasallangan 582 nafar hamda gipertoniya tashxisi bilan 1 811 nafar fuqaro hisobda turadi. Mazkur ko‘rsatkichlar birlamchi tibbiy bo‘g‘in zimmasiga aholining salomatligini muntazam monitoring qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha katta mas’uliyat yuklashini ko‘rsatadi. Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan holatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tahlil qilinib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, qonunchilik talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarning sog‘liqni saqlashga oid huquqlarini yanada samarali himoya qilish masalalari nazoratga olindi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_soʻrovi DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI MAKTABLARDA DARSLIKLAR TA’MINOTI O‘RGANILMOQDA Ta’lim sifatini ta’minlashda o‘quvc
#deputat_soʻrovi DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI MAKTABLARDA DARSLIKLAR TA’MINOTI O‘RGANILMOQDA
Ta’lim sifatini ta’minlashda o‘quvchilarning zarur darsliklar bilan to‘liq ta’minlanganligi muhim omillardan biridir. Shu bois maktablarda darsliklar ta’minoti bilan bog‘liq masalalar xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan deputatlik nazorati doirasida e’tibor markaziga olinmoqda.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan fuqarolar, ota-onalar hamda ta’lim jarayoni ishtirokchilaridan ayrim umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashda muammolar mavjudligi, ayrim fanlar bo‘yicha darsliklar yetishmasligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgani munosabati bilan deputat so‘rovi yuborildi. Mazkur deputat so‘rovi Marg‘ilon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M. Alaviddinovga yo‘llangan. Unda ayrim maktablarda darsliklar yetishmasligining aniq va asoslantirilgan sabablari, jumladan, darsliklarga bo‘lgan ehtiyojning shakllantirilishi, buyurtma berilishi, taqsimlanishi va ta’lim muassasalariga yetkazib berilishi bilan bog‘liq jarayonlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan. Deputat so‘rovida mazkur masalani o‘rganishdan asosiy maqsad — o‘quvchilarning darsliklarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash, mavjud muammolarning sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga ko‘maklashishdan iborat. Qayd etish joizki, deputat so‘rovi mahalliy Kengash deputatining hududdagi muammolarni aniqlash, tegishli mas’ullardan asoslantirilgan ma’lumot va tushuntirishlar olish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim shakllaridan biridir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Ke
#deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda. 📅 Bugun, 4-sentabr kuni 10-Bobur saylov okrugi deputati Tursunqulov Eldor Adxamovich tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganiladi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda masalalarni deputatlik nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram