en
Feedback
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi

Open in Telegram
3 216
Subscribers
-1924 hours
-8917 days
-1 32230 days
Posts Archive
#doimiy_komissiya OCHIQ BUDJET LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budje
+8
#doimiy_komissiya OCHIQ BUDJET LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. Kun tartibidagi dastlabki masala — “Ochiq budjet” (“Open Budget”) tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarning ijrosi bilan bog‘liq masalalar bo‘ldi. Yig‘ilishda shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi tomonidan 2026-yil ikkinchi mavsum yakunlari hamda g‘olib loyihalar yuzasidan hisobot berildi. Hisobot davomida aholining ovoz berishi orqali qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslarni amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Muhokamalar davomida “Ma’orif” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha ham alohida tilga olindi. Mazkur loyiha “Ochiq budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan tanlab olinib, amalga oshirilishi belgilangan. Loyiha mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, mavjud infratuzilmani yaxshilash va aholiga ko‘rsatilayotgan elektr ta’minoti xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan. Yig‘ilishda deputatlar tomonidan loyihalarning faqat moliyalashtirilishi emas, balki ularning amaliy natijadorligi ham muhim ekani ta’kidlandi. Xususan, deputat X. Abdurahmonov “Ochiq budjet” doirasidagi loyihalarning ijrosi, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish va amalga oshirilayotgan ishlarning aholi manfaatlariga xizmat qilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Mas’ullarga loyihalarni amalga oshirish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda aniqlangan masalalarga e’tibor qaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Doimiy komissiya a’zosi, deputat R. Madaminov ham muhokamada faol ishtirok etib, mablag‘larning samarali sarflanishi va loyihalarning aholi uchun amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Yig‘ilishning navbatdagi masalasida shahar hokimligining shahar mahalliy budjetining 2026-yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan ham deputatlar tomonidan tegishli fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, deputat so‘rovlariga berilgan javoblar ham muhokama qilinib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimi, mas’ul tashkilotlarning javoblari hamda ijro holatiga e’tibor qaratildi. Umuman, doimiy komissiya yig‘ilishida budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, “Ochiq budjet” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli ijrosini ta’minlash, aholi manfaatlarini ustuvor qo‘yish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari markazida bo‘ldi. Bunday muhokamalar mahalliy budjet mablag‘larining manzilli sarflanishi, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning hayotga tatbiq etilishi va hududlarda mavjud muammolarning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala TADBIRKOR MUAMMOSI JOYIDA O‘RGANILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qa
+3
#deputat_nazorati #24_muhim_masala TADBIRKOR MUAMMOSI JOYIDA O‘RGANILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi o‘rganish 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida o‘tkazildi. Saylov okrugi deputati Gafurova Zebixon Sodiqovna Turon MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdullohning murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi. Murojaatchi ayollar poyabzali ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgani, biroq aylanma mablag‘ yetishmasligi sababli ishlab chiqarish faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Tadbirkorning bildirishicha, faoliyatni qayta yo‘lga qo‘yish uchun 100 million so‘m miqdorida kredit mablag‘iga ehtiyoj mavjud. Mazkur moliyaviy ko‘mak ta’minlangan taqdirda ishlab chiqarishni qayta tiklash, mavjud faoliyatni kengaytirish hamda yil yakuniga qadar qo‘shimcha 4 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati mavjud. Deputat Z.G‘ofurova murojaatchi bilan bevosita suhbatlashib, mavjud muammoni batafsil o‘rgandi. Masalani amaliy hal etish maqsadida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev bilan tezkor bog‘lanilib, tadbirkorning kredit olish imkoniyatlari va murojaatini ijobiy hal etish yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Murojaat deputatning ko‘cha aylanish daftariga belgilangan tartibda qayd etildi. Uning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Bunday o‘rganishlar hududdagi tadbirkorlik subyektlarining muammolarini aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#sessiya Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz ikkinchi sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida Kengash
#sessiya Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz ikkinchi sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida Kengash raisining farmoyishi eʼlon qilindi. Unga koʻra, VII chaqiriq xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi 2026-yil 10-sentabr kuni soat 14:00 da oʻtkazilishi belgilangan. Sessiya kun tartibidagi asosiy masalalar: 🔹Shahar hokimligining shahar mahalliy byudjetining 2026-yilgi shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqish. 🔹2026-yil 2-mavsum Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va jamgʻarmadan mazkur tadbirlarga mablagʻlar ajratish masalasi. 🔹Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasidagi nazorat boʻyicha Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzidan hisoboti. 🔹Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi masala. Sizningcha, shahrimizdagi "Tashabbusli byudjet" jarayonlari va ekologik nazoratni kuchaytirish yoʻnalishida qaysi masalalarga alohida eʼtibor qaratish lozim deb oʻylaysiz? Fikringizni qoldiring👉@margilonmurojaat_bot Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#oav #munosabat “Adolat va Huquq” gazetasining navbatdagi sonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga
+1
#oav #munosabat “Adolat va Huquq” gazetasining navbatdagi sonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi G‘.Madumarovning “Istiqlol muborak” nomli maqolasi chop etildi. Maqolada yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimizning tinch va farovon hayotini ta’minlash borasidagi ezgu sa’y-harakatlar haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, unda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, bugungi bunyodkorlik va yangilanish jarayonlari hamda Vatan ravnaqi yo‘lida har bir fuqaroning daxldorlik hissi muhim ekani ta’kidlangan. “Istiqlol muborak” maqolasi orqali Mustaqillik bayramining ulug‘ ma’nosi, xalqimiz uchun qadrli bo‘lgan tinchlik, osoyishtalik va bunyodkorlik g‘oyalari keng yoritilgan. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 😎 Telegram: https://t.me/kengash_mar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 😎  Telegram: https://t.me/kengash_margilon 😎  https://www.facebook.com/share/19EdmkapxZ/ 😎 Youtube: https://youtube.com/@margilonshaharkengashi?si=dP45Sq1Hd1SDi4Fk 😎 Instagram: https://www.instagram.com/margilonshaharkengashi?igsh=dnFldHJiMXA0dmY0 🇺🇿 E-Kengash: https://kengash.gov.uz/news?region_id=11&authority_id=292 Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya DEPUTATNING FIKR-MULOHAZALARI ESHITILDI Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Ochiq budjet”ning 2026-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar yuzasidan hisobot tinglandi. Yig‘ilish davomida doimiy komissiya a’zosi, deputat R.Madaminov mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholining manfaatlarini inobatga olish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya DEPUTATNING FIKR-MULOHAZALARI ESHITILDI Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Ochiq budjet”ning 2026-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar yuzasidan hisobot tinglandi. Yig‘ilish davomida deputat X.Abdurahmonov loyihalarning ijrosi, mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholining manfaatlarini inobatga olish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalarini berdi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya “MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA “Ochiq budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan, “Ma’orif” mahallasidagi elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan tanlab olindi. Bu haqda shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limining hisobotida ham qayd etildi. Mazkur loyiha doirasida mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va mavjud infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya #live Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Kun tartibidagi 1- masala sifatida "Open Budget" ("Ochiq budjet") 2026-yil 2-mavsumida gʻolib deb topilgan loyihalar yuzasidan moliya boʻlimi mutaxassisi tomonidan xisobot berilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya #live Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Kun tartibidagi 1- masala sifatida "Open Budget" ("Ochiq budjet") 2026-yil 2-mavsumida gʻolib deb topilgan loyihalar yuzasidan moliya boʻlimi mutaxassisi tomonidan xisobot berilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya #yoshlar_maslahat_guruhi #ekspert_maslahat_guruhi #live Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Maha
+2
#doimiy_komissiya #yoshlar_maslahat_guruhi #ekspert_maslahat_guruhi #live Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi a’zolari va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etmoqdalar. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#doimiy_komissiya AYNI DAQIQALARDA Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E. Yunusov raislik qilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_loyiha TIBBIYOT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH VA YANGI ISH O‘RINLARI DEPUTATLIK
+4
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_loyiha TIBBIYOT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH VA YANGI ISH O‘RINLARI DEPUTATLIK O‘RGANISHIDA Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda 23-Chilonzor saylov okrugi hududida deputat E.Yunusovga biriktirilgan loyihalarning ijrosi va istiqbollari o‘rganilmoqda. Navbatdagi o‘rganish davomida tibbiyotning travmatologiya yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan “Al-Najot” xususiy klinikasi faoliyati hamda uning faoliyatini kengaytirishga qaratilgan loyiha bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish jarayonida klinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, mavjud imkoniyatlar, xodimlar bilan ta’minlanganlik holati va kelgusidagi rivojlanish rejalari ko‘rib chiqildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda klinikada 12 nafar tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Korxona faoliyatini yanada kengaytirish doirasida yil yakuniga qadar xodimlar sonini 15 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu esa, bir tomondan, aholiga travmatologiya yo‘nalishida sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirsa, ikkinchi tomondan, hududda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Deputatlik o‘rganishi davomida loyihaning belgilangan vazifalari, mavjud muammolar va faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi. Muhimi, bunday o‘rganishlar joylardagi real holatni baholash, tadbirkorlik subyektlarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni belgilash imkonini bermoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #biriktirilgan_qonun #24_muhim_masala O‘rganish jarayonida fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid huquqlarin
+3
#deputat_nazorati #biriktirilgan_qonun #24_muhim_masala
O‘rganish jarayonida fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid huquqlarini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 938-XII-son “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunida fuqarolarning qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda hamda boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanish huquqlari belgilangan. Mazkur qonunga muvofiq davlat pensiyalarining yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi kabi turlari mavjud. Xususan, qonunchilikka ko‘ra, yoshga doir pensiya olish huquqi erkaklarda 60 yoshga to‘lganda va kamida 25 yil ish stajiga ega bo‘lganda, ayollarda esa 55 yoshga to‘lganda va kamida 20 yil ish staji mavjud bo‘lganda yuzaga keladi. Shuningdek, qonunchilikda ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash tartiblari ham nazarda tutilgan. Deputatlik o‘rganishi davomida mazkur qonun talablarining bugungi kundagi ijrosi, fuqarolarning pensiya olish huquqlaridan foydalanishi, ehtiyojmand aholiga tegishli ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi masalalariga ham e’tibor qaratildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengash
+3
#deputat_nazorati #24_muhim_masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 23-Chilonzor saylov okrugi deputati Yunusov Erken Azimtayevich hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Chilonzor mahallasida o‘tkazildi. O‘rganish davomida mahallada aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar holati yuzasidan mas’ul ijtimoiy xodim Karabayeva Habibaxon Ne’matjonovnaning faoliyati ham o‘rganildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Chilonzor mahallasida 109 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Ularning 67 nafari kambag‘al oilalar, 9 nafari esa kambag‘allik chegarasida turgan oilalar toifasiga mansub. Deputatlik o‘rganishi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar ham tahlil qilindi. Xususan, chin yetim bo‘lgan 2005-yil 8-avgustda tug‘ilgan A.F.ga haydovchilik guvohnomasini olish bilan bog‘liq xarajatlari uchun moddiy yordam ko‘rsatilgani, shuningdek, 3 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani qayd etildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengash
+3
#deputat_nazorati #24_muhim_masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 23-Chilonzor saylov okrugi deputati Yunusov Erken Azimtayevich hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Chilonzor mahallasida o‘tkazildi. O‘rganish davomida hududdagi issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, xususan, iste’molchilarning debitor qarzdorligi holati va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur jarayonda viloyat issiqlik ta’minoti mas’uli Ibrohimov Temurbek hamda Marg‘ilon shahar bo‘limi vakili Usmonov Dilmurod ishtirok etdi. Mutasaddilar bilan birgalikda issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha shakllangan debitor qarzdorlik holati o‘rganilib, qarzdorlikning kelib chiqish sabablari va uni kamaytirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar ro‘yxati alohida ko‘rib chiqilib, mazkur toifadagi aholining issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanishi hamda mavjud qarzdorlik masalalari bo‘yicha holat tahlil qilindi. Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Ke
#deputat_nazorati #24_muhim_masala 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda. 📅 Bugun, 7-sentabr kuni 23-Chilonzor saylov okrugi deputati Yunusov Erken Azimtaevich tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganiladi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda masalalarni deputatlik nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratiladi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 😎 Telegram: https://t.me/kengash_mar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 😎  Telegram: https://t.me/kengash_margilon 😎  https://www.facebook.com/share/19EdmkapxZ/ 😎 Youtube: https://youtube.com/@margilonshaharkengashi?si=dP45Sq1Hd1SDi4Fk 😎 Instagram: https://www.instagram.com/margilonshaharkengashi?igsh=dnFldHJiMXA0dmY0 🇺🇿 E-Kengash: https://kengash.gov.uz/news?region_id=11&authority_id=292 Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#haftalik_ish_reja Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 7-11 sentabr kunlariga mo'ljallangan ish rejasi tasdiqlandi
#haftalik_ish_reja Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining 7-11 sentabr kunlariga mo'ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Bu hafta davomida: 🔹 23-Chilonzor, 7-Baxrin, 20-Terak tagi, 16-Ipak yo'li va 24-Charog'on saylov okruglari deputatlari o'z hududlarida o'rganishlar olib boradi 🔹 Shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi loyihalari nazoratga olinadi 🔹 "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg'armasi mablag'lari sarfi oʻrganiladi. 🔹 Ikkita doimiy komissiya yig‘ilishi oʻtkaziladi. Har bir uchrashuv, har bir murojaat aholi manfaatlari yo'lida. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

#dayjest HAFTALIK DAYJEST O‘tib borayotgan hafta davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan amalga oshirilgan eng muhim va dolzarb voqealar bilan tanishing: Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi faoliyatini Kengash.gov.uz sayti, Instagram, Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib boring. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram