Gʻolibjon Bozorboyev
Closed channel
67
Subscribers
No data24 hours
-147 days
-1430 days
Posts Archive
Success Doesn't come from what you do occasionally It comes from what do you consistently
Repost from Xushnudbek.uz
Faqat avval kelishganimizdek, milliy jamoani qo’llab-quvvatlashda davom etaveramiz. Vatan jamoasi har qanaqa vaziyatda ham Vatan jamoasi bo’lib qolaveradi.
Faqat tahlil qilamiz, murabbiylar xatosini tanqid qilamiz, yanada yaxshi bo’lish uchun nimalar qilish kerakligini birgalikda o’rganamiz. Bunga ham muxlis sifatida haqqimiz bor.
Asosiysi, kelgan joyda to’xtab qolmaslik, olg’a boraveramiz.
👉 @xushnudbek 👈
#match_day
Ertaga tongda jamoamiz navbatdagi oʻyinini oʻtkazadi. Koʻp ehtimol bu JCh biz uchun shu yerda yakunlanadi.
Shuning uchun shunchaki oʻyindan zavq oling 😊
Nasib boʻlsa jamoamiz keyingi mundiallarga boshqacha holatda keladi.
Bir tomonda oʻzimizni yigitlar, bir tomonda esa sevimli kumirimiz...Bugun bizga oson boʻlmaydi 😄 Lekin baribir oʻzimizni bollarni qoʻllab-quvvatlaymiz. #OLGʻA_OʻZBEKISTON #OLGʻA_OQ_BOʻRILAR
Ilk mundial , ilk oʻyin va yana 80 ming muxlis qarshisida. Albatta, bosim boʻlishi tabiiy. Jamoamiz keyingi oʻyinlarda kuchliroq boʻlib qaytishiga ishonamiz .
Repost from Xushnudbek.uz
O’zbekistonning Jahon chempionatlaridagi ilk tarixiy bahsi yakunlandi.
Yigitlarimiz 3:1 hisobida Kolumbiyaga mag’lub bo’ldi.
Lekin o’yin zo’r bo’ldi! Yigitlarga katta rahmat! Baraka topinglar!
Hali oldinda 2 ta o’yinimiz bor, hali barchasi tugamadi!
👉 @xushnudbek 👈
#Iqtibos
Hatto shaxmatdagi oddiy piyoda ham, chekinmasdan oxirigacha yursa, vazirga aylanur.
©️ Jaloliddin Rumiy
Barchangizni Qurbon hayiti munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etaman! 🍃
Qurbon hayiti barchamizga sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt, osoyishtalik va mehr-oqibat olib kelsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lsin. Ushbu muborak kunlar qalblarimizga mehr, xonadonlarimizga fayz, yuragimizga nur olib kirsin! ✨
Yaqinlaringiz, do‘st-u birodarlaringiz davrasida ushbu bayramni ko‘tarinki ruhda, shukronalik bilan o‘tkazishingizni tilayman. Qurbon hayiti sizga va oilangizga fayz-u baraka olib kelsin! 🌙
Hurmat bilan: Gʻolibjon Bozorboyev
