en
Feedback
Yusuf Fakhriddinov

Yusuf Fakhriddinov

Open in Telegram

Muhammadyusuf Faxriddinov Sun’iy intellekt, startaplar, iqtisodiyot va biroz falsafa haqida. LinkedIn - https://www.linkedin.com/in/yusuffakhriddinov/

Show more
436
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-2130 days
Posts Archive
Bugun sizga turli yoʻnalishdagi foydali kanallarni tavsiya qilaman. @top_scholar – Xalqaro va O'zbekistondagi grantlarni yutmoqchilar uchun maxsus kanal @Economics_ITE – Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar @azizbekhmem - Ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu orqali olib chiqiladi @quruvchimanuz - O'zbekistondagi yagona, quruvchilarga oid kanal @sharqshunos_tarixchi – Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi @bilimdon_zakovatchi – Yangi Faktlar, Savollar va Zakovat haqida @economist_martin – iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida @therealniyozov – siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda @Fan_choyxonasi – Fan haqida, osh kelgunicha @yus_dinov – Sun’iy intellekt, startaplar, iqtisodiyot va biroz falsafa @shaxsiy_svoya_igra – Turli mualliflarning shaxsiy o'yin savollari Barcha kanallarni bitta havolaga toʻpladik, u orqali istalganiga yoki barchasiga obuna boʻlishingiz mumkin. Marhamat havolaga!

Repost from Paiziev24
Intellekt narhi 0 ga qarab intilmoqda. @paiziev24

Andreessen Horowitz — dunyodagi eng yirik venchur fondlardan biri bo‘lib, OpenAI, Facebook, Airbnb va Stripe kabi kompaniyalarga boshlang‘ich sarmoyalar kiritgan. Fond yana 15 milliard dollar mablag‘ jalb etibti. Fond asoschisi Ben Horowitz shu mavzuda juda yaxshi maqola yozibti. O‘tgan yili A16Z (Andreessen Horowitz) sarmoyalari AQShdagi venchur kapital aylanmasining 18% tashkil qilgan edi. Bu yil esa ular bu ko’rsatgichni yanada oshirmoqchi, fond bu yil asosan sun’iy intellekt, biotexnologiyalar va defense tech (harbiy texnologiyalar) sohalariga sarmoya qilishni rejalashtirmoqda. Maqolada Ben juda ajoyib bir fikrni aytibti: insonlar — eng muhim aktiv. G‘oya, amaliyot va hatto bilim-ko‘nikmalar ham ikkilamchi. Eng muhim omil — bu insonlarning harakatchanligi, maqsadi yo‘lida to‘xtamasligidir. AQSh iqtisodiyotining shu darajaga kelishiga sabab ham — 250 yil davomida tirishqoq insonlarga berilgan imkoniyatlardir. Jamiyatda harakatchan insonlarga, ularning kelib chiqishidan qat’i nazar, qanchalik ko‘p imkoniyat berilsa, bu jamiyat shunchalik taraqqiyot sari oldinga qadam tashlaydi.

Yangi ish joyim, Gen Z startap asoschisinikiga o‘xshab qolibdi.
Yangi ish joyim, Gen Z startap asoschisinikiga o‘xshab qolibdi.

AGI(umumiy sun’iy Intellekt) kelishiga qolgan vaqt
AGI(umumiy sun’iy Intellekt) kelishiga qolgan vaqt

Piter Til raqobatning salbiy tomonlari haqida...

AI Oligopoliyasi Kundan kunga AI startaplar soni ko‘payayotgandek va yangi g‘oyalar paydo bo‘layotgandek ko‘rinadi. Aslida es
AI Oligopoliyasi Kundan kunga AI startaplar soni ko‘payayotgandek va yangi g‘oyalar paydo bo‘layotgandek ko‘rinadi. Aslida esa dunyoda atigi 5 ta asosiy AI kompaniya mavjud, qolganlarning aksariyati esa ushbu kompaniyalarning API’laridan foydalanib, RAG (Retrieval-Augmented Generation) tizimlari asosida daromad keltirayotgan servis va xizmatlar. Ushbu 5 ta korporatsiya — Microsoft, Amazon, Meta, Google va OpenAI — bugungi kunda butun dunyoga AI texnologiyalarini yetkazib berayotgan asosiy o‘yinchilar. Hozirda ular tomonidan yaratilgan yoki ularning resurslari orqali qurilgan agentlardan nafaqat oddiy foydalanuvchilar, balki butun boshli davlatlar ham foydalanmoqda. Masalan, Albaniyada davlat boshqaruvi vazifasini Sun’iy Intellekt bajarishni boshladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar AI modellardan keng ko‘lamda foydalanmoqda. Hatto O‘zbekiston ham resurslardan samaraliroq foydalanish maqsadida ushbu tizimlarni joriy etishni boshlagan. Kelajakda asosiy kapital va qiymat generatsiyasi sanoqli kompaniyalar, asosan AQSh korporatsiyalari qo‘lida jamlanishi mumkin. Bu esa texnologiyaning tobora siyosiylashuviga olib kelishi ehtimolini kuchaytiradi. Yechim — markazlashmagan (Decentrilized) tizimlar; faqat shundagina erkinlik saqlanadi... (davomi bor)

Co-Founderim tomonidan olingan Demo video. BRIX taqdim etayotgan yechimlardan biri haqida.

BRIX loyihasiga asos solganimdan beri Upstate New Yorkda va Filadelfiyada joylashgan Property Management (turar joy va mulkni boshqarish) kompaniyalari bilan pilot loyihalarni boshladik. AQShda minglab unitlarga ega katta binolarni boshqaradigan ko‘chmas mulk egalari har kuni minglab shikoyatlarni qabul qilishadi; ularning har birini ko‘rib chiqish va mos yechim topish uchun yuzlab soat vaqt va milliardlab dollar yo‘qotishadi. BRIX aynan shu muammoni hal qilib, ularning ishini osonlashtiradi.

3–4 yildan keyin insoniyatga aqliy faoliyatning umuman keragi bo‘lmay qoladi. Biz bajaruvchilardan (executor) hikoya aytuvchilarga (storyteller) aylanamiz.

Yapon korporativ madaniyatida 100% bozor ulushidan kam ulush yetarli emas, degan tushuncha mavjud...

DoimoLab venchur loyihasiga asos soldik. Loyihaga ko’ra har 6 oyda Agentic AI va Synthetic Data yo‘nalishlarida yangi MVP sta
DoimoLab venchur loyihasiga asos soldik. Loyihaga ko’ra har 6 oyda Agentic AI va Synthetic Data yo‘nalishlarida yangi MVP startap loyihalarni ishga tushiramiz. Dastlabki demo orqali bozorni o‘rganib, mahsulotni to‘liq pivot qilishga harakat qilamiz. Sodda qilib aytganda, urug‘ nihol bo‘lmaguncha daraxt ekaveramiz. Loyihalar asosan B2B yo‘nalishida va AQSh bozoriga qaratilingan bo‘ladi, sababi B2C-da marketing jarayonida ko‘plab qiyinchiliklar uchraydi. B2C ko‘proq xayp va marketingga bog‘liq, mahsulot sifatiga esa kamroq e’tibor qaratiladi. B2B bozoriga kirish murakkab bo‘lsa-da, Laboratoriya aynan shu yo‘nalishda ishlaydi. Maqsad — iloji boricha tezroq ish beruvchi mahsulot yaratish, bozorni chuqur o‘rganish, real muammolarni yechishga xarakat qilish va o‘ziga xos startap “eksperiment”-ni o‘tkazish. Qo‘limdan kelgancha natijalarni bo‘lishishga harakat qilaman. Albatta, “99% loyihalar” muvaffaqiyatsiz tugasa kerak 😂, ammo biz yaxshi niyat bilan harakat qilishda davom etamiz... Not for money, just for the sake of game…

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Kim bu jarayonda qattiq izlanib, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi”.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Naval Ravikant hikmatlaridan: Kod — bu so‘z erkinligi, shifrlash esa qurol ko‘tarish huquqidir
Naval Ravikant hikmatlaridan: Kod — bu so‘z erkinligi, shifrlash esa qurol ko‘tarish huquqidir

Even the economy is AI generated
Even the economy is AI generated

Repost from Uzbekonomics
​​Data markazlar va AI ko'p suv isrof qilyapti va bu katta muammo degan keng tushuncha mavjud. Raqamlarga qarasak unday emas ekan deyishyapti. 2030 yilga kelib AQShda data markazlar bugungi kunda golf maydonlari ishlatadigan suvning 8 foizini ishlatar ekan. Shunga suv isrofi haqida gap ketsa birinchi golf o'ynaydiganlardan boshlash kerakmikan? @uzbekonomics

Life is tough. Keep grinding…

Ehtimolli qaror qabul qilish. AI Lecture. (Theory of Probability) Ehtimollar nazariyasi modellari asosida Sun’iy Intellekt atrof-muhitdagi barcha "noaniqliklarni" (uncertainty) hisobga olib, qaror qabul qiladi. Sodda misol: Avtomobilni boshqarayotgan AI tuman ichida noaniq shaklni ko‘radi — bu odam, paket yoki shunchaki soya bo‘lishi mumkin. Aniq bilmagani uchun AI har bir ehtimolga foiz beradi va sekinlashadi — bu noaniqlikni boshqarish misolidir. Bizning ongimiz ham xuddi shu andozalar (patternlar) asosida ishlaydi — kimdir biz tomonga jahl bilan yursa, biz xavfni sezamiz. Shu sinaptik neyron bog'liqliklari ongimizda sodir bo‘ladi, va Sun’iy Intellekt ham aynan shu jarayonni matematik modellar asosida bajaradi.