en
Feedback
Izlanuvchilar maktabi

Izlanuvchilar maktabi

Open in Telegram

Murojaat, hamkorlik va reklama uchun: @scientific_services @IzlanuvchiroadBot “Izlanuvchilar maktabi” — bu sizning ilm yo‘lingizdagi birinchi bekat.

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Izlanuvchilar maktabi

Channel Izlanuvchilar maktabi (@scientific_servicess) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 189 subscribers, ranking 16 296 in the Education category and 6 451 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 189 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 2 097 over the last 30 days and by 5 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 41.99%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 24.59% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 5 118 views. Within the first day, a publication typically gains 2 997 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 30.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Murojaat, hamkorlik va reklama uchun: @scientific_services @IzlanuvchiroadBot “Izlanuvchilar maktabi” — bu sizning ilm yo‘lingizdagi birinchi bekat.

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

12 189
Subscribers
+524 hours
+7137 days
+2 09730 days
Posts Archive
+1
@IzlanuvchiroadBot hisobotlar yangilandi. Postga 2 ta namunaviy PDF hisobot ham biriktirildi. Ulardan tizim qanday tahlil qilishi va qanday tavsiyalar berishini ko‘rishingiz mumkin. 👉 @IzlanuvchiroadBot

346 ta ixtisoslik orasida “yiliga bittaga ham himoya qilinmaydiganlari” bor Bir raqamga e’tibor bering: qariyb 10 yillik davrda 50 ta ilmiy ixtisoslik bo‘yicha 10 tadan ham ko‘p himoya qayd etilmagan. Shundan: ▪️ 29 ta ixtisoslikda — 1–5 ta ▪️ 21 ta ixtisoslikda — 6–10 ta Hatto butun davr davomida atigi bittadan himoya uchragan ixtisosliklar ham bor, Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash, raqamli tibbiyot, baliqchilik, mineralogiya va kristallografiya. Yana ayrimlari: Tibbiy genetika — 3 ta, Parlament huquqi — 4 ta, Dizayn nazariyasi va tarixi — 4 ta, Pulmonologiya — 5 ta. Eng e’tiborli jihat — kam himoyali 50 ta ixtisoslikning salmoqli qismi texnika, fizika-matematika va geologiya-mineralogiya yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi. Bu ularning keraksizligini anglatmaydi. Aksincha, ayrimlari tor, murakkab yoki nisbatan yangi yo‘nalishlar. ✅ @scientific_servicess

Bugun o‘rganishga qizg‘angan inson ertaga imkoniyatlar oldidan jim qarab turishga majbur bo‘ladi.@scientific_servicess

Yevropada to‘liq moliyalashtirilgan PhD — EMBL 2027 qabuli ochildi! O‘zbekistonlik magistr bitiruvchilari va yosh izlanuvchil
Yevropada to‘liq moliyalashtirilgan PhD — EMBL 2027 qabuli ochildi! O‘zbekistonlik magistr bitiruvchilari va yosh izlanuvchilar uchun juda yaxshi imkoniyat: EMBL International PhD Programme 2027 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur barcha davlatlar fuqarolari uchun ochiq. EMBL — Yevropadagi eng kuchli molekulyar biologiya va life sciences markazlaridan biri. PhD dasturi odatda 4 yil davom etadi, fellowship esa dastlab 3,5 yilga berilib, yana 6 oyga uzaytirilishi mumkin. Asosiy qulayliklar: — ariza topshirish uchun to‘lov yo‘q; — IELTS, TOEFL yoki GRE talab qilinmaydi; — kamida 2 ta akademik tavsiyanoma kerak; — magistr diplomi hali olinmagan bo‘lsa ham, PhD boshlanguncha diplomni olish sharti bilan ariza topshirish mumkin. 📅 Ariza muddati: 12-oktabr 2026, 23:59 CET Tanlovdan o‘tganlar EMBL’ning Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya va boshqa Yevropa markazlarida ilmiy faoliyat olib borishi mumkin. 🔗 Rasmiy sahifa: https://www.embl.org/about/info/embl-international-phd-programme/application/ Bu ayniqsa magistraturani tugatib, kuchli xalqaro PhD dasturiga kirishni istayotganlar uchun yaxshi imkoniyat. ✅ @scientific_servicess

Dissertatsiya mavzusi necha marta o‘zgarishi mumkin? Tahlillarimizga koʻra, ayrim dissertatsiya mavzulari bir necha marta qayta ro‘yxatdan o‘tgan: 🔹 PhD bo‘yicha hozircha eng yuqori holat — 3 marta qayta ro‘yxatdan o‘tish. Ya’ni bir mavzu jami 4 marta qayd etilgan. 🔹 DSc bo‘yicha esa — 4 marta qayta ro‘yxatdan o‘tish. Bir mavzu jami 5 marta ro‘yxatga kiritilgan. Muhimi, bu qoidabuzarlik emas. Amaldagi tartibga ko‘ra, dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Qayta ro‘yxatdan o‘tish ham har doim mavzu butunlay o‘zgarganini anglatmaydi — ayrim holatlarda faqat ma’lumotlar yangilanadi. 📌 Asos: “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, 13-band.@scientific_servicess

@IzlanuvchiroadBot dan haliyam foydalanib ko‘rmadingizmi? Nahotki tadqiqot qilayotgan mavzuingiz sizga qiziq bo‘lmasa? Ilmiy yo‘lni taxmin bilan emas, tahlil bilan boshlang. ✅ @scientific_servicess

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni 2026-2-son. ✅ @scientific_servicess

Talabgor kim, izlanuvchi kim? Ko‘pchilik shu ikki tushunchani aralashtirib yuboradi. Shu sabab @scientific_servicess kanali o
Talabgor kim, izlanuvchi kim? Ko‘pchilik shu ikki tushunchani aralashtirib yuboradi. Shu sabab @scientific_servicess kanali orqali qisqa va aniq tushuntirib o‘tamiz. Talabgor — hali o‘qishga qabul qilinmagan, lekin stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirayotgan shaxs. Izlanuvchi esa — belgilangan tartibda qabul qilingan yoki rasmiylashtirilgan, ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga biriktirilgan va dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan shaxs. Izlanuvchilar quyidagi turlarga bo‘linadi: Stajyor-tadqiqotchi — tayanch doktoranturaga tayyorgarlik bosqichidagi shaxs. Tayanch doktorant — PhD ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan izlanuvchi. Doktorant — DSc ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan izlanuvchi. Mustaqil izlanuvchi PhD — PhD bo‘yicha mustaqil tartibda tadqiqot olib boruvchi shaxs. Mustaqil izlanuvchi DSc — DSc bo‘yicha mustaqil tartibda tadqiqot olib boruvchi shaxs. Oddiy qilib aytganda, hujjat topshirayotgan paytingizda — talabgorsiz, qabul qilinganingizdan keyin — izlanuvchisiz. Shu sabab “men hujjat topshirdim, demak izlanuvchiman” degan tushuncha to‘g‘ri emas. ✅ @scientific_servicess

Aksiya tugadi, lekin imkoniyat davom etadi. Mustaqillik bayrami munosabati bilan @IzlanuvchiroadBot xizmatlariga e’lon qilingan 50% chegirma yakunlandi. Ammo ko‘plab murojaatlar sabab “Ilmiy sherik” tarifi qayta ishga tushirildi. Endi siz sherigingiz bilan birga @IzlanuvchiroadBot xizmatidan foydalanib, har biringiz alohida ilmiy-tahliliy hisobot olishingiz mumkin. Narxi: har bir foydalanuvchi uchun 25 000 so‘m. Ilmiy yo‘lda sherik kerak, mavzuni solishtirish, ixtisoslikni muhokama qilish, kvotalarni ko‘rish, ilmiy kengashlarni aniqlash va hisobot natijalarini birga tahlil qilish va jurnallarni tanlash uchun. “Ilmiy sherik” tarifi — ilmiy yo‘lni yolg‘iz emas, aniqroq va ishonchliroq boshlash imkoniyati. ✅ @scientific_servicess

Aksiya tugashiga 3 soat vaqt qoldi. @scientific_servicess

Ustuvor ixtisoslikka topshirmoqchimisiz? Taqdimotni hozirdan boshlang. Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha o‘qishga kirishni rejalashtirayotgan talabgorlar uchun muhim eslatma. Bu yo‘nalishlarda mutaxassislik fanidan kirish imtihoni o‘rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida saralash o‘tkaziladi. Qabul 15-sentabrdan boshlanadi. Hujjatlar bilan birga ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha taqdimot ham tizimga yuklanadi. Demak, taqdimotni qabul boshlangandan keyin emas, hozirdan tayyorlash kerak. Taqdimotda tanlangan mavzu, muammoning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi, vazifalari, kutilayotgan ilmiy natija va amaliy ahamiyat aniq ko‘rsatilishi lozim. Bu oddiy slayd emas. Bu sizning ilmiy fikrlashingiz, mavzuni tushunishingiz va tadqiqotga tayyorligingizni ko‘rsatadigan asosiy hujjatlardan biridir. Shuning uchun ustuvor ixtisoslikka topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar ilmiy mavzuni tanlash, ma’lumotlarni yig‘ish va taqdimot tuzilmasini tayyorlashni hozirdan boshlagani ma’qul.@scientific_servicess

Докторантлар стипендияси қанча бўлади? 2026 йил 1 сентябрдан стипендиялар 7 фоизга оширилади. Янги миқдорлар: 🔹 Стажёр-тадқи
Докторантлар стипендияси қанча бўлади? 2026 йил 1 сентябрдан стипендиялар 7 фоизга оширилади. Янги миқдорлар: 🔹 Стажёр-тадқиқотчи — 6 473 600 сўм 🔹 Таянч докторант (PhD) — 7 312 720 сўм 🔹 Докторант (DSc) — 9 343 200 сўм ❗️2027 йилдан эса янги тартиб ПФ–98-сон Фармонга мувофиқ, 2027 йилда устувор илмий ихтисосликларга қабул қилинган 1-курс докторантларига базавий стипендиянинг 1,7 баравари тўланади. Натижада: 🎓 Таянч докторантура (PhD) — устувор бўлмаган ихтисослик — 7 312 720 сўм — устувор ихтисослик — 12 431 624 сўм 🎓 Докторантура (DSc) — устувор бўлмаган ихтисослик — 9 343 200 сўм — устувор ихтисослик — 15 883 440 сўм 1,7 баравар оширилган стипендия стажёр-тадқиқотчиларга татбиқ этилмайди. Шунингдек, бу ошириш аввалги йилларда қабул қилинган 2–3-курс докторантларига эмас, 2027 йилда устувор ихтисосликларга янги қабул қилинганларга мўлжалланган. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

🎉 BAYRAM MUNOSABATI BILAN MAXSUS TAKLIF! Tadqiqotingiz uchun ekonometrik tahlil qilishni o‘rganmoqchimisiz? Unda siz uchun yaxshi yangiligim bor 😊 📊 “TADQIQOT UCHUN EKONOMETRIKA” kurslarini bayram munosabati bilan atigi 3 KUN davomida maxsus narxda xarid qilishingiz mumkin! 🔥 1 600 000 so‘m emas — atigi 1 200 000 SO‘M!AKSIYA FAQAT: 📌 31-avgust 📌 1-sentyabr 📌 2-sentyabr kunlari uchun amal qiladi! KURS DAVOMIDA SIZ: ➡️ Tadqiqotingiz uchun kerakli ma’lumotlarni qayerdan va qanday topishni; ➡️ Statistik ma’lumotlarni tadqiqot uchun tayyorlashni; ➡️ Stata dasturida ma’lumotlar bilan ishlashni; ➡️ Korrelyatsion va regressiya tahlillarini; ➡️ Ekonometrik modelni shakllantirish va baholashni; ➡️ Model natijalarini to‘g‘ri talqin qilishni; ➡️ Natijalarni ilmiy ishda qanday taqdim etishni o‘rganasiz. 🎯 MAQSAD — O‘Z TADQIQOTINGIZ UCHUN EKONOMETRIK TAHLILNI MUSTAQIL BAJARA OLISH. 📩 Kurs haqida batafsil ma’lumot olish va chegirmali narxda xarid qilish uchun: 👉 @DiyoraTalatova ga yozing. Bayramni shunchaki bayram qilib o‘tkazmay, ilmiy ishingiz uchun foydali investitsiya qilishni xohlaysizmi? 😊 Unda shoshiling! Joylar soni chegaralangan!

Siz tanlagan mavzuni O‘zbekistonda yana kimlar o‘rganayotganini bilasizmi? Balki shu mavzuda boshqa bir izlanuvchi tadqiqot o
Siz tanlagan mavzuni O‘zbekistonda yana kimlar o‘rganayotganini bilasizmi? Balki shu mavzuda boshqa bir izlanuvchi tadqiqot olib borayotgandir. Balki unga juda yaqin dissertatsiya allaqachon himoya qilingandir. Buni ilmiy ish oxirida bilish — jiddiy muammo. Talabgorda esa boshqa savollar bor, Qanday mavzu tanlayman?, Mavzuim qaysi ixtisoslikka mos?, Shu yo‘nalishda ishlagan ilmiy rahbarni qayerdan topaman? @IzlanuvchiroadBot aynan shu savollarga ikkita alohida shaxsiy PDF orqali javob beradi. 🔵 Talabgor uchun — “Qabul strategiyasi” — mos va takomillashtirilgan mavzular; — ixtisoslik pasportiga muvofiqlik; — o‘xshash ishlarga rahbarlik qilgan olimlar va ularning shogirdlari; — qabul mavjud tashkilotlar va 2027-yil kvotalari; — hujjatlar, sertifikatlar, ilmiy jurnallar va kengashlar. 🟣 Izlanuvchi uchun — “To‘liq ilmiy tahlil” — mavzuga o‘xshash tadqiqotlar kim tomonidan olib borilgani yoki himoya qilingani; — ularning mualliflari, ilmiy rahbarlari va ixtisosliklari; — mavzuning dolzarbligi, yangiligi va takrorlanish xavfi; — ilmiy bo‘shliq, kuchli va zaif jihatlar; — takomillashtirilgan mavzu, ilmiy yangilik va tadqiqot vazifalari; — OAK tavsiya etgan jurnallar ro'yxati va saytlari; — OAK, SLIB, ZiyoNET va DisserCat manbalari. 🆕 Yana bir imkoniyat — mavzuga mos ilmiy anjumanlar! Bot anjuman sanasi va manzilidan tashqari, nima uchun u sizga mosligi va qanday maqola mavzusi bilan qatnashish mumkinligini ham ko‘rsatadi. Eng qiziq tomoni — bot shunchaki «mavzu mos» demaydi. U sizga yaqin mavjud dissertatsiyalar, olimlar va ilmiy imkoniyatlarni nomma-nom ko‘rsatib, shaxsiy PDFga jamlaydi. Mavzuingizni bir marta tekshirib ko‘ring. Balki aynan shu hisobot siz bilmagan eng muhim ma’lumotni bugun ko‘rsatib berar. Atrofingizda mavzu yoki ilmiy rahbar izlayotgan talabgor, doktorant yoxud mustaqil izlanuvchi bo‘lsa, ushbu imkoniyatni unga ham yuboring. 👉 @IzlanuvchiroadBot

DSc dissertatsiyasini ilmiy maslahatchisiz ham himoya qilish mumkin. 2017–2026-yillardagi OAK ma’lumotlari tahliliga ko‘ra, bazada jami 4 584 ta DSc himoyasi qayd etilgan. Shundan 378 ta holatda ilmiy maslahatchi ko‘rsatilmagan. Bu jami DSc himoyalarining qariyb 8,2 foizi degani. Yillar kesimida: — 2024-yilda — 31 ta; — 2025-yilda — 75 ta; — 2026-yilda — 118 ta. Bu holat amaldagi tartibga ham mos. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash tartibiga ko‘ra, PhD talabgorlari ilmiy rahbarga, DSc talabgorlari esa ilmiy konsultantga biriktiriladi. Shu bilan birga, tartibda alohida belgilangan, Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya tadqiqoti ilmiy konsultant tayinlanmasdan ham amalga oshirilishi mumkin. Demak, ilmiy maslahatchisiz DSc himoyasi istisno yoki salbiy holat emas — qonunchilikda bunga imkoniyat mavjud. Qiziq statistika shuki, har 12 ta DSc himoyasidan qariyb bittasida ilmiy maslahatchi qayd etilmagan. ✅ @scientific_servicess

Koʻchirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis oʻtkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil oʻtgan boʻlsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi koʻrib chiqilmaydi.@scientific_servicess

Yomonlar birdan yaxshi, yaxshilar birdan yomon bo'lib qolsa buning nomi manfaatdir. Manfaat bor paytda ko'zlar ko'r, quloqlar kar bo'lib qoladi. ✅ @scientific_servicess

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya tadqiqotlari ilmiy konsultantni tayinlanmasdan ham amalga oshirilishi mumkin. ✅ @scientific_servicess

Xorijiy tilda o‘qigan bo'lsangiz, sizga oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati shart emas. Bu qoida oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirayotgan talabgorlar uchun ham muhim. Oddiy qilib aytganda, agar talabgor avvalgi ta’lim bosqichi (magistratura)ni xorijiy tilda o‘qib tugatgan bo‘lsa, keyingi bosqich — masalan, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura yoki doktoranturaga hujjat topshirishda undan alohida xorijiy til sertifikati talab qilinmaydi. Bu yerda asosiy shart — ta’lim dasturi haqiqatan ham xorijiy tilda yakunlangan bo‘lishi kerak. Ya’ni faqat ayrim fanlar ingliz tilida o‘qitilgani emas, butun ta’lim dasturi xorijiy tilda olib borilgani inobatga olinadi. Asos: 10.04.2026 yildagi PF-58-son 10-band 5-xatboshi.@scientific_servicess