en
Feedback
Izlanuvchilar maktabi

Izlanuvchilar maktabi

Open in Telegram

Murojaat, hamkorlik va reklama uchun: @scientific_services @IzlanuvchiroadBot “Izlanuvchilar maktabi” — bu sizning ilm yo‘lingizdagi birinchi bekat.

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Izlanuvchilar maktabi

Channel Izlanuvchilar maktabi (@scientific_servicess) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 129 subscribers, ranking 16 488 in the Education category and 6 532 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 129 subscribers.

According to the latest data from 05 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 2 230 over the last 30 days and by 116 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 39.30%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 24.03% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 4 739 views. Within the first day, a publication typically gains 2 897 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 31.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Murojaat, hamkorlik va reklama uchun: @scientific_services @IzlanuvchiroadBot “Izlanuvchilar maktabi” — bu sizning ilm yo‘lingizdagi birinchi bekat.

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 06 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

12 129
Subscribers
+11624 hours
+9007 days
+2 23030 days
Posts Archive
@IzlanuvchiroadBot — ilmiy faoliyatingiz uchun raqamli birinchi yordamchi.@scientific_servicess

#Kechki mulohaza “Nasib harakatni yaxshi ko‘radi”, degan gap menga ko‘proq yoqadi. Chunki harakat qilmasdan turib, hammasini taqdirga yuklash oson. Nasibingizda nima borligini bilmaysiz. Ammo harakat qilish yoki qilmaslik — o‘z qo‘lingizda. Ba’zan sizga atalgan imkoniyat ham eshigingizni taqillatmaydi. Uning oldiga o‘zingiz yurib borishingiz kerak. Harakatdan to‘xtamang. Nasib yo‘lda bilinadi. ✅@scientific_servicess

🌙 Kechki mulohaza “Nasib harakatni yaxshi ko‘radi”, degan gap menga ko‘proq yoqadi. Chunki harakat qilmasdan turib, hammasini taqdirga yuklash oson. Nasibingizda nima borligini bilmaysiz. Ammo harakat qilish yoki qilmaslik — o‘z qo‘lingizda. Ba’zan sizga atalgan imkoniyat ham eshigingizni taqillatmaydi. Uning oldiga o‘zingiz yurib borishingiz kerak. Harakatdan to‘xtamang. Nasib yo‘lda bilinadi.

Doktoranturaga kirishda ilmiy rahbar — hujjatdan ham muhimroq masala bo‘lishi mumkin. Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktora
Doktoranturaga kirishda ilmiy rahbar — hujjatdan ham muhimroq masala bo‘lishi mumkin. Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura yoki doktoranturaga hujjat topshirishning o‘zida ilmiy rahbar ko‘rsatish majburiy talab emas. Lekin suhbat va kirish imtihonlarida bu masala juda muhim. Talabgordan: — qaysi mavzuda ishlashi; — mavzuning ixtisoslikka mosligi; — ilmiy yangiligi; — va kim bilan ishlashi rejalashtirilgani haqida savol berilishi mumkin. Shu sababli “avval kirib olay, keyin rahbar topaman” degan yondashuv xavfli. Bundan tashqari, 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorga ko‘ra, o‘qishga qabul qilinganlarning tasdiqlangan mavzusi va ilmiy rahbari yoki ilmiy konsultanti haqidagi ma’lumotlar Yagona elektron tizimga kiritiladi. Demak, qabul jarayoni yakuniga kelib bu masala baribir aniq bo‘lishi kerak. @IzlanuvchiroadBot shu bosqichda foydali: u tanlangan ixtisoslik bo‘yicha ilmiy rahbarlarni, ularning PhD va DSc shogirdlarini, himoya qilingan mavzularini va faoliyat yuritgan tashkilotlarini ko‘rsatadi. Namunaviy hisobotda birgina 08.00.07 ixtisosligi bo‘yicha 253 nafar ilmiy rahbar aniqlangan. Ya’ni suhbatga “hali rahbar topmadim” deb emas, mavzu va ehtimoliy ilmiy rahbar bo‘yicha aniq reja bilan kirish mumkin. 👉 @IzlanuvchiroadBot@scientific_servicess

⚡️⚡️⚡️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ Kimyo va biologiyada qabul tartibi qanday bo‘ladi? Savol: Kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar
⚡️⚡️⚡️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ Kimyo va biologiyada qabul tartibi qanday bo‘ladi? Savol: Kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlar 2027-yilda tayanch doktoranturaga avvalgidek imtihonsiz qabul qilinadimi? Javob: 2027-yil qabulida kimyo va biologiya fan tarmoqlariga tegishli ixtisosliklar bo‘yicha talabgorlar ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiga tayyor bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ–4805-son qarori bilan kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlarni tayanch doktoranturaga OTM kengashi qarori asosida, kvota doirasida imtihonlarsiz qabul qilish tartibi joriy etilgan edi. Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoni bilan ustuvor ilmiy yo‘nalishlarga oid ixtisosliklarga qabul kirish imtihoni o‘rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshirilishi belgilandi. Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘i bilan ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatga kimyo va biologiya fan tarmoqlaridagi barcha ixtisosliklar kiritilgan. Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasiga asosan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan hamda keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari amal qiladi. Shu jihatdan, 2027-yil qabulida kimyo va biologiya yo‘nalishidagi talabgorlar faqat diplomdagi a’lo baholarga tayanib qolmasdan, tanlagan mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini puxta tayyorlashi zarur. Shuningdek, belgilangan tartibda talabgorlardan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat ham talab etiladi. Kimyo va biologiya yo‘nalishida 2027-yil qabuliga tayyorlanayotganlar uchun asosiy tayyorgarlik — diplom baholari bilan birga, kuchli ilmiy tadqiqot taqdimotini shakllantirishdir. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

Hokimiyat kimning qo'lida bo'lsa, o'sha - haq. "G\arbni g'arb qilgan 10 yolg’on" kitobidan@scientific_servicess

PF-181-son Farmonni nimasiga buncha "e'lon qilinmaydi" deyilganu lekin nega hamma tarmoqlarda aylanib yuribdi. Yoki "e'lon qilinmaydi" deganini yana qanaqadir boshqacha ma'nosi bormi men lekin tushunmayapman. ✅ @scientific_servicess

Muammo mavzuda emas, ba’zan ixtisoslikning o‘zida bo‘ladi O‘zbekistonda amaldagi 346 ta ilmiy ixtisoslik bor. Ularning faolligi esa bir xil emas: ayrim ixtisosliklarda minglab himoyalar bo‘lgan, 50 ta ixtisoslikda esa qariyb 10 yil ichida 10 tadan ham ko‘p himoya qayd etilmagan. Demak, doktoranturaga kirishda faqat “menga shu yo‘nalish yoqadi” deyish yetarli emas. Bitta magistratura mutaxassisligi bir nechta PhD ixtisosligiga mos kelishi mumkin. Lekin ularning: — qabul mavjud tashkilotlari; — kvotalari; — ustuvor yoki ustuvor emasligi; — B1 yoki B2 sertifikat talabi; — kirish imtihoni shakli; — mavzuga mosligi bir-biridan farq qiladi. Masalan, namunaviy tahlilda bitta talabgor uchun tizim 9 ta mos ixtisoslik va jami 42 ta tashkilotni aniqlagan. Ayrim ixtisoslikda 4 ta, boshqasida esa 18 ta tashkilotda imkoniyat mavjud. Shuning uchun doktoranturaga tayyorlanishda birinchi savol: “Qaysi ixtisoslikka topshiraman?” emas, “Qaysi ixtisoslik menga eng maqbul?” bo‘lishi kerak. @IzlanuvchiroadBot magistratura mutaxassisligi va rejalashtirilgan mavzu asosida mos ixtisosliklarni solishtirib, qabul bor tashkilotlar, kvota, sertifikat va imtihon talablarini bir hisobotda ko‘rsatadi. Doktoranturaga kirishda tanlovni taxmin bilan emas, ma’lumot bilan qilish foydaliroq. 👉 @IzlanuvchiroadBot@scientific_servicess

#Kechki mulohaza Har qancha o‘rgansam, borgan sari bilmasligimni anglab boraverdim. Ilmning qiziq tomoni ham shu ekan: biliming ortgani sari, bilmaganlaring undan ham ko‘pligini ko‘rasan. Balki haqiqiy bilim — ko‘p narsani bilishda emas, hali qancha narsani bilmasligingni anglashdadir. ✅@scientific_servicess

115 ta holat: turli izlanuvchilar, aynan bir xil dissertatsiya nomi. 115 ta holatda turli talabgorlarga tegishli mavzular aynan bir xil nomda uchragani aniqlandi. Bu, albatta, plagiat degani emas. Bir xil nom ostida tadqiqot obyekti, davri, hududi yoki ilmiy yangiligi boshqa bo‘lishi mumkin. Lekin bitta savol baribir muhim: mavzu tasdiqlanishidan oldin uning avvalgi tadqiqotlar bilan o‘xshashligi yetarlicha tekshirilyaptimi? Izlanuvchi bir necha yil ishlagandan keyin emas, mavzu tanlash bosqichidayoq bunga javob olgani ma’qul. Shu sababli mavzuni tasdiqlashdan oldin @IzlanuvchiroadBot orqali o‘xshash va yaqin ilmiy mavzularni tekshirib olish foydali. Avval tekshirish — keyin tadqiqot boshlash. ✅ @scientific_servicess

@IzlanuvchiroadBot — ilmiy faoliyatingiz uchun raqamli birinchi yordamchi.

Foydalanuvchilarga qulay bo'lishi uchun pdf shaklda ham tayyorlandi OAK ro'yxati jurnallari. ✅ @scientific_servicess

#Kechki mulohaza Ishoning, vaqt o‘tgan sari istaklarim ko‘paymadi — aksincha, kamaydi. Bugun mening eng katta tashvishim ham,
#Kechki mulohaza Ishoning, vaqt o‘tgan sari istaklarim ko‘paymadi — aksincha, kamaydi. Bugun mening eng katta tashvishim ham, eng katta boyligim ham oddiy: oilam tinch bo‘lsa, uyimda xotirjamlik bo‘lsa, ko‘nglim joyida bo‘lsa — menga shu yetadi. Kim mendan o‘zib ketdi, kim nima dedi, kim qanday yashayapti — tobora ahamiyatsiz bo‘lib boryapti. Chunki bir narsani tushundim: tashqarida hammani yutib, uyga xotirjam qayta olmasangiz, bu g‘alabaning qadri unchalik katta emas ekan. Oxir-oqibat inson eng ko‘p izlaydigan narsa ham shu bo‘lsa kerak: tinch uy, sog‘-omon oila va xotirjam qalb. Qolgani — shovqin. ✅ @scientific_servicess

⭕️⭕️⭕️⚡️⚡️⚡️ 2027-yil qabuliga tayyorgarlik boshlandi daraja.ilmiy.uz tizimida “Imtihon dasturlari va taqdimotlar” bo‘limi is
⭕️⭕️⭕️⚡️⚡️⚡️ 2027-yil qabuliga tayyorgarlik boshlandi daraja.ilmiy.uz tizimida “Imtihon dasturlari va taqdimotlar” bo‘limi ishga tushirilgan. Bu bo‘limda tashkilotlar 2027-yil qabuliga oid imtihon dasturlari, ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti talablari, baholash mezonlari, ilovalar va namunaviy shakllarni joylashtirmoqda. Eng muhim jihat: ustuvor ilmiy ixtisosliklarda tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul oddiy imtihon emas, ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi. Demak, talabgor endi faqat savol-javobga emas, o‘z mavzusini ilmiy muammo sifatida asoslashga ham tayyor bo‘lishi kerak. Taqdimotda mavzuning dolzarbligi, maqsad-vazifalari, metodologiyasi, kutilayotgan ilmiy natijasi va amalga oshirish imkoniyati aniq ko‘rsatilishi muhim. 2027-yil qabuliga tayyorlanayotgan talabgorlar tanlagan tashkiloti bo‘yicha ushbu bo‘limdagi hujjatlarni albatta ko‘rib chiqishi kerak. Ilmiy yo‘l hujjat topshirishdan emas, tayyorgarlikni to‘g‘ri boshlashdan boshlanadi. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

+1
@IzlanuvchiroadBot hisobotlar yangilandi. Postga 2 ta namunaviy PDF hisobot ham biriktirildi. Ulardan tizim qanday tahlil qilishi va qanday tavsiyalar berishini ko‘rishingiz mumkin. 👉 @IzlanuvchiroadBot

346 ta ixtisoslik orasida “yiliga bittaga ham himoya qilinmaydiganlari” bor Bir raqamga e’tibor bering: qariyb 10 yillik davrda 50 ta ilmiy ixtisoslik bo‘yicha 10 tadan ham ko‘p himoya qayd etilmagan. Shundan: ▪️ 29 ta ixtisoslikda — 1–5 ta ▪️ 21 ta ixtisoslikda — 6–10 ta Hatto butun davr davomida atigi bittadan himoya uchragan ixtisosliklar ham bor, Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash, raqamli tibbiyot, baliqchilik, mineralogiya va kristallografiya. Yana ayrimlari: Tibbiy genetika — 3 ta, Parlament huquqi — 4 ta, Dizayn nazariyasi va tarixi — 4 ta, Pulmonologiya — 5 ta. Eng e’tiborli jihat — kam himoyali 50 ta ixtisoslikning salmoqli qismi texnika, fizika-matematika va geologiya-mineralogiya yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi. Bu ularning keraksizligini anglatmaydi. Aksincha, ayrimlari tor, murakkab yoki nisbatan yangi yo‘nalishlar. ✅ @scientific_servicess

Bugun o‘rganishga qizg‘angan inson ertaga imkoniyatlar oldidan jim qarab turishga majbur bo‘ladi.@scientific_servicess

Yevropada to‘liq moliyalashtirilgan PhD — EMBL 2027 qabuli ochildi! O‘zbekistonlik magistr bitiruvchilari va yosh izlanuvchil
Yevropada to‘liq moliyalashtirilgan PhD — EMBL 2027 qabuli ochildi! O‘zbekistonlik magistr bitiruvchilari va yosh izlanuvchilar uchun juda yaxshi imkoniyat: EMBL International PhD Programme 2027 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur barcha davlatlar fuqarolari uchun ochiq. EMBL — Yevropadagi eng kuchli molekulyar biologiya va life sciences markazlaridan biri. PhD dasturi odatda 4 yil davom etadi, fellowship esa dastlab 3,5 yilga berilib, yana 6 oyga uzaytirilishi mumkin. Asosiy qulayliklar: — ariza topshirish uchun to‘lov yo‘q; — IELTS, TOEFL yoki GRE talab qilinmaydi; — kamida 2 ta akademik tavsiyanoma kerak; — magistr diplomi hali olinmagan bo‘lsa ham, PhD boshlanguncha diplomni olish sharti bilan ariza topshirish mumkin. 📅 Ariza muddati: 12-oktabr 2026, 23:59 CET Tanlovdan o‘tganlar EMBL’ning Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya va boshqa Yevropa markazlarida ilmiy faoliyat olib borishi mumkin. 🔗 Rasmiy sahifa: https://www.embl.org/about/info/embl-international-phd-programme/application/ Bu ayniqsa magistraturani tugatib, kuchli xalqaro PhD dasturiga kirishni istayotganlar uchun yaxshi imkoniyat. ✅ @scientific_servicess

Dissertatsiya mavzusi necha marta o‘zgarishi mumkin? Tahlillarimizga koʻra, ayrim dissertatsiya mavzulari bir necha marta qayta ro‘yxatdan o‘tgan: 🔹 PhD bo‘yicha hozircha eng yuqori holat — 3 marta qayta ro‘yxatdan o‘tish. Ya’ni bir mavzu jami 4 marta qayd etilgan. 🔹 DSc bo‘yicha esa — 4 marta qayta ro‘yxatdan o‘tish. Bir mavzu jami 5 marta ro‘yxatga kiritilgan. Muhimi, bu qoidabuzarlik emas. Amaldagi tartibga ko‘ra, dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Qayta ro‘yxatdan o‘tish ham har doim mavzu butunlay o‘zgarganini anglatmaydi — ayrim holatlarda faqat ma’lumotlar yangilanadi. 📌 Asos: “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, 13-band.@scientific_servicess

@IzlanuvchiroadBot dan haliyam foydalanib ko‘rmadingizmi? Nahotki tadqiqot qilayotgan mavzuingiz sizga qiziq bo‘lmasa? Ilmiy yo‘lni taxmin bilan emas, tahlil bilan boshlang. ✅ @scientific_servicess