Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
Open in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining rasmiy sahifasi
Show more6 732
Subscribers
-124 hours
-127 days
-5130 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+21
in 2 channels
August '26
+119
in 22 channels
Get PRO
July '26
+170
in 14 channels
Get PRO
June '26
+146
in 23 channels
Get PRO
May '26
+66
in 15 channels
Get PRO
April '26
+199
in 27 channels
Get PRO
March '26
+249
in 24 channels
Get PRO
February '26
+120
in 7 channels
Get PRO
January '26
+230
in 11 channels
Get PRO
December '25
+149
in 17 channels
Get PRO
November '25
+325
in 14 channels
Get PRO
October '25
+95
in 15 channels
Get PRO
September '25
+91
in 12 channels
Get PRO
August '25
+167
in 21 channels
Get PRO
July '25
+1 571
in 36 channels
Get PRO
June '25
+235
in 30 channels
Get PRO
May '25
+3 263
in 21 channels
Get PRO
April '25
+2 896
in 17 channels
Get PRO
March '25
+1 741
in 16 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | +2 | |||
| 08 September | +2 | |||
| 07 September | +3 | |||
| 06 September | +3 | |||
| 05 September | +4 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +3 | |||
| 02 September | +1 | |||
| 01 September | +2 |
Channel Posts
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Ijtimoiy ish sohasida yangi malaka va professional rivojlanish tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan ixtisoslashgan va samarali ishlashni taʼminlovchi shaffof tizimni joriy etishga qaratilgan muhim qaror imzolandi.
Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy xodimlar uchun toifalash va malaka sertifikatsiyasi tizimi joriy etiladi. Ijtimoiy xodimlar toifasiz, III, II va I toifalarga ajratiladi.
✅ Malaka sertifikati nazorat sinovi natijalaridan kelib chiqib quyidagi tartibda beriladi:
✅ bir yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — III toifa;
✅ ikki yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — II toifa;
✅ uch yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — I toifa malaka sertifikati.
Malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi.
✅ Shuningdek:
✅ malaka sertifikati amal qilish muddati tugagandan so‘ng olti oy ichida qayta sertifikat olmagan ijtimoiy xodimning lavozimi saqlangan holda bir pog‘ona quyi toifaga tushiriladi;
✅ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha ixtisoslashgan ijtimoiy xodim lavozimlari joriy etiladi;
✅ mazkur ixtisoslashgan lavozimlarda, shuningdek, «Inson» markazlari bo‘lim mudiri (bosh ijtimoiy xodim) va supervayzer lavozimlarida II va undan yuqori toifaga ega ijtimoiy xodimlar faoliyat yuritadi;
✅ davlat organlari va tashkilotlarida ijtimoiy xodim lavozimining shtat meʼyori bir shtat birligidan kam bo‘lmagan miqdorda kiritiladi;
✅ ijtimoiy xodimlar yiliga bir marotaba Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
✅ Agentlik tizimiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarning oylik ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,2 baravaridan kam bo‘lmasligi belgilanadi.
Bundan tashqari, ijtimoiy xodimlarning malakasini baholash va oshirish jarayonlari xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. 2026-yil yakuniga qadar xalqaro sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2026-yil 1-oktyabrdan Xorazm va Toshkent viloyatlarida boshlanib, 2027-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi “Inson” markazlari va Agentlik tizimidagi muassasalarni qamrab oladi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
| 2 | 🇺🇿 Mustaqillik bayramiga munosib musiqiy tuhfa!
1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan ijtimoiy himoya tizimi xodimlariga bag‘ishlangan yangi qo‘shiq va videoklipni taqdim etamiz.
Ushbu musiqiy tuhfa inson qadri va manfaatini o‘z faoliyatining bosh mezoni deb bilgan, odamlar tashvishi bilan yashab, ularga mehr, e’tibor va ko‘mak ulashib kelayotgan barcha ijtimoiy himoya xodimlariga bag‘ishlanadi.
🎬 Videoklipni to‘liq tomosha qilish uchun havola orqali o‘ting.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 3 112 |
| 3 | Bugun Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini katta g‘urur va shukronalik bilan nishonlamoqdamiz.
Mustaqillik — bu, avvalo, xalqimizning erkin va farovon hayot sari dadil qadam tashlashi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun yaratilgan buyuk imkoniyatdir.
O‘tgan 35 yil davomida yurtimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Bugun ijtimoiy himoya tizimida ham inson manfaatlari markazga qo‘yilib, hayotiy qiyinchilikka duch kelgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish va munosib hayot sharoitlarini yaratish bo‘yicha muhim ishlar olib borilmoqda.
Bu ezgu yo‘ldagi eng katta maqsadimiz — har bir inson o‘zini jamiyatning e’tiborida va himoyasida his qilishi.
Fursatdan foydalanib, barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizda fayz-u baraka, xalqimiz hayotida farovonlik va totuvlik bardavom bo‘lsin.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | 6 597 |
| 4 | Fidokorona mehnatga — munosib e’tirof
Agentligimiz tizimida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan taqdirladik.
Xodimlarimizga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni hamda “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Bu mukofotlar, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va har bir oilaga munosib ko‘mak ko‘rsatish yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan jamoamiz vakillarining xizmatlariga berilgan e’tirofdir.
Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etaman. Sizlarning mehnatingiz, mas’uliyatingiz va fidoyiligingiz tizimimiz rivoji uchun katta ahamiyatga ega.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, yangi marralar va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Telegram | Facebook | Instagram | 20 727 |
| 5 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 5 420 |
| 6 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati misolida mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash, daromadlarni oshirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией очередных мер по обеспечению занятости, повышению доходов населения и сокращению бедности в стране на примере Хорезмской области.
#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #Xorazm
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 6 623 |
| 7 | Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash tartibi yanada takomillashtirilmoqda
🖋 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qarori bilan homiladorlik va tug‘ish – “dekret”, shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik – “kasallik” nafaqalarini tayinlash tartibi takomillashtirildi.
✅ Eng muhim o‘zgarishlar:
✅ 6 oylik uzluksiz sug‘urta stajini hisoblash tartibi yengillashtirildi. Endi mehnat munosabatlari saqlangan holda ish haqi to‘lanmagan oylar, jumladan o‘z hisobidan olingan ta’til, shuningdek kasallik davri sug‘urta stajining uzilishiga sabab bo‘lmaydi.
✅ Kam maosh oluvchi va to‘liq bo‘lmagan stavkada ishlovchilar uchun ham sug‘urta staji hisoblanadi. Oylik ish haqi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari va undan ko‘p bo‘lsa – 1 oy, bir baravardan kam bo‘lsa – yarim oy sug‘urta staji sifatida hisobga olinadi.
✅ Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda dekret ta’tili uzaytirilsa, qo‘shimcha nafaqa avvalgi hisob-kitob ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi. Bu nafaqa miqdorining asossiz kamayib ketishining oldini oladi.
📌 Eng asosiy natija: yangi tartib natijasida qo‘shimcha 3 000 nafarga yaqin ayolda dekret nafaqasini olish huquqi paydo bo‘ladi.
✅ Muhimi, ushbu o‘zgarishlar 2026 yil 13 maydan boshlab yuzaga kelgan sug‘urta hodisalariga ham tatbiq etiladi.
❗️ Yani, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidagi har bir yangi qadam orqali ko‘proq fuqaroni qamrab olish, past daromadli xodimlar va onalarning huquqini himoya qilish, ortiqcha cheklovlarni kamaytirish hamda nafaqalarni adolatli va shaffof tayinlash imkoniyatlari kengaymoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | 13 764 |
| 8 | Bugun urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan shaxslarning transportdan imtiyozli foydalanishini ta’minlashga qaratilgan muhim qaror imzolandi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab ushbu toifadagi fuqarolarga havo, temir yo‘l va shaharlararo avtobus transportidan bepul yoki 50 foiz chegirma asosida foydalanish imkoniyati beriladi.
Havo transportida “ekonom” tarif, temir yo‘l transportida esa “ekonom”, platskart yoki kupeli joylar uchun imtiyozli chiptalar taqdim etiladi.
Eng muhimi, imtiyozdan foydalanish uchun faqat ID-karta yoki biometrik pasport talab etiladi. Fuqaroning imtiyozli toifaga mansubligi “Yagona Milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali aniqlanadi.
2027-yil 1-yanvardan boshlab esa avia, temir yo‘l va shaharlararo avtobus chiptalarini “Baraka” mobil ilovasi orqali ham bepul yoki imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Transport xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.
Bu qarorning eng muhim jihati — imtiyozlarni fuqaroga yanada sodda va qulay shaklda yetkazishdir. Ortiqcha hujjat va ovora-garchiliklarsiz, raqamli tizimlar orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish — ijtimoiy himoya tizimini inson uchun qulay qilish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Telegram | Facebook | Instagram | 17 208 |
| 9 | Ijtimoiy himoyada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish — muhim vazifamiz
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda ijtimoiy himoya sohasida faoliyat yuritayotgan va ushbu yo‘nalishda ish boshlashni rejalashtirayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdik.
Muloqotda 500 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etdi. Ular tomonidan 160 dan ziyod muammo, taklif va tashabbuslar bildirildi. Eng muhimi, bu masalalarni amaliy hal etish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ochiq fikr almashdik.
Bugun ijtimoiy himoya tizimida xususiy sektor uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bir necha yil avval tadbirkorlar asosan protez-ortopediya vositalari bilan bog‘liq xizmatlarda faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirda 20 ga yaqin ijtimoiy xizmat turi nodavlat sektor ishtirokida ko‘rsatilmoqda.
Bu yo‘nalishdagi natijalar ham sezilarli. 2025-yilda tadbirkorlar tomonidan qariyb 500 milliard so‘mlik ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki olti oyida bu ko‘rsatkich 400 milliard so‘mdan oshdi.
Biz uchun bu raqamlarning o‘zi emas, avvalo, ularning ortida turgan insonlar va oilalarga yetib borayotgan sifatli xizmatlar muhim.
Shu bois tadbirkorlar bilan muloqotni muntazam davom ettiramiz. Bildirilgan har bir taklifni o‘rganib, mavjud muammolarga birgalikda yechim topish va ijtimoiy xizmatlar bozorida xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.
Ijtimoiy himoya tizimi davlat, biznes va jamiyatning samarali hamkorligiga tayangan holda rivojlanishi kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | 22 311 |
| 10 | #Navoiy
Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdik.
Safar davomida “Panoh” loyihasi, “Erta aralashuv” xizmati hamda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida bo‘lib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar va fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdik.
Safar yakunida Konimex tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ijtimoiy xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdik. Ularning fikr va takliflarini tinglab, amaliyotda uchrayotgan muammolarni muhokama qildik hamda xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldik.
Har bir hududga tashrifning asosiy maqsadi — fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni joyida o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va tizimni yanada takomillashtirishdir.
Telegram | Facebook | Instagram | 16 786 |
| 11 | #Jizzax
Jizzax viloyatiga xizmat safari davomida ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan muhim loyihalar bilan yaqindan tanishdik.
Hududlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, oilaviy muhitga yaqin ijtimoiy xizmatlar, zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va qizlarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlanishida o‘ziga xos ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun erta aralashuv xizmatlari, yangi reabilitatsiya markazlari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati bilan tanishdik.
Har bir tashrif yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy himoya — bu faqat yordam ko‘rsatish emas. Bu insonning o‘zini xavfsiz his qilishi, mustaqil hayot kechirishi, ishlashi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur sharoitlarni yaratishdir.
Shu bois har bir loyiha va har bir muassasa faoliyatida xizmatlar sifati, ularning inson ehtiyojlariga mosligi hamda amaliy natijadorligiga alohida e’tibor qaratdik. Mutasaddilarga mavjud tajribalarni yanada kengaytirish va xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Oldimizdagi eng muhim maqsad — har bir hududda zamonaviy, sifatli va insonga yaqin ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish hamda fuqarolarimizning hayot sifatini yanada yaxshilashdir.
Telegram | Facebook | Instagram | 15 637 |
| 12 | Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по расширению охвата детей с особыми образовательными потребностями образованием и социальными услугами, поддержке лиц без определенного места жительства и пострадавших от торговли людьми.
#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #ijtimoiyxizmat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 7 123 |
| 13 | “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Ushbu tanlov yoshlarning jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalari va kelajakni yaxshilashga intilishining ifodasidir. Ayniqsa, ijtimoiy himoya sohasidagi ilmiy izlanishlar bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
Yosh tadqiqotchilarning har bir g‘oyasi adolatli va farovon kelajak sari xizmat qiladi, shuning uchun ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish ustuvor yo‘nalishimizdir.
Barcha g‘olib va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz hamda ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | 15 295 |
| 14 | “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!
👨🎓 Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
👮♂️ Tantanali taqdirlash marosimida Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov, nufuzli markazlar va oliygohlar vakillari, shuningdek, xalqaro hamkorlar – Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbirda yosh tadqiqotchilarning ijtimoiy himoya sohasidagi ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
✅ Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
👨🎓 Bakalavrlar o‘rtasida:
1️⃣ Mavluda Xakimniyazova – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
2️⃣ Sarvinoz Turg‘unova – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
3️⃣ Rayhona Abdullayeva – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
👨🎓 Magistrantlar o‘rtasida:
1️⃣ Zilola Ochilova – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
2️⃣ Marjona Salimova– Termiz davlat universiteti
3️⃣ Xurshida Xodjayeva – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
🤝 Shuningddek, quyidagi ishtirokchilar xalqaro hamkorlarimiz ADB va GIZning maxsus rag‘batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
Shoxislombek Sharobiddinov – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (GIZ)
Xurshida Xodjayeva – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (ADB)
Gavxarxon Abduraxmonova – Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (ADB)
🤝 Bundan tashqari, Azamat Jaksimuratov (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti), Dilnavoz Sobirova (Qo‘qon davlat universiteti), Aziza Abduvasikova (Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv texnologiyalar universiteti) va Vasila Hamrayevalarning (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) ham tadqiqot ishlari alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Barcha g‘olib va ishtirokchilarni chin dildan tabriklab, kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 6 681 |
| 15 | Ijtimoiy sohada yangi bosqich: keys tizimi yanada takomillashtiriladi
Kecha Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligida ijtimoiy xodimlar faoliyati va keys tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yaqinda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatimizda ijtimoiy ishni professional kasb sifatida rivojlantirishning mustahkam huquqiy asosini yaratishi, unda ijtimoiy xodimlarning maqomi, huquq va majburiyatlari hamda kasbiy faoliyati aniq belgilab berilgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, joriy yilning dastlabki ortiqcha olti oyida respublika bo‘yicha 184 mingta keys ochilgani, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 foizga ko‘p ekani qayd etildi. Bu esa ijtimoiy xizmatlarning bevosita mahallalarga, har bir ehtiyojmand oila xonadonigacha yetib borayotgani va ko‘makning manzilliligi ortayotganidan dalolat beradi.
Yig‘ilishda Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov shunday dedi:
“Keys yopilganidan keyin ham oila e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Har bir oilaning holatini doimiy monitoring qilib borish va zarurat tug‘ilganda ularga qayta ko‘mak ko‘rsatish tizimimizning eng muhim vazifasi bo‘lib qoladi”.
Tizim samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bundan buyon keyslarni yuritishda vazifalar va mas’uliyat chegarasi aniq taqsimlanadi: Ijtimoiy xodim oiladagi xatarlarni aniqlab, zarur xizmatlar ko‘lamini belgilaydi, bosh ijtimoiy xodim va “Inson” markazi ushbu xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini to‘liq ta’minlaydi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 2 897 |
| 16 | Fuqarolarni tinglash va ularning murojaatlariga amaliy yechim topish — ijtimoiy himoya tizimining ustuvor vazifasidir.
Bugun navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa nazoratga olindi.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri va uning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi turadi. Shu bois fuqarolar murojaatlari bilan ishlash doimo ustuvor e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi.
Telegram | Facebook | Instagram | 12 289 |
| 17 | Fuqarolar murojaati — doimiy e’tibor va amaliy yechim markazida
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan o‘ndan ortiq fuqaroning murojaatlari diqqat bilan eshitildi. Muloqot davomida asosan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash, bandlik, nogironlikni belgilash, shuningdek, sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar ajratish va boshqa dolzarb ijtimoiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati soha mutaxassislari ishtirokida joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha esa Agentlikning mas’ul boshqarmalari va hududiy bo‘linmalari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi shaxsan Agentlik direktori tomonidan nazoratga olindi.
Ijtimoiy himoya tizimida hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi. Chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning umidi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi mujassam.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 2 942 |
| 18 | Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdim.
Odam savdosi – bu nafaqat qonunbuzarlik, balki inson taqdiri, uning orzu va huquqlariga qilingan tajovuzdir. Shu bois jabrlanuvchilarga ko‘rsatilayotgan yordamni yanada yaqin, tezkor va samarali qilish biz uchun ustuvor vazifa.
Shu maqsadda 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1146 qisqa raqami orqali odam savdosiga oid murojaatlar qabul qilina boshlaydi. Bundan tashqari, mehnat migratsiyasiga ketayotgan har bir fuqaroga elchixona va Migratsiya agentligi vakillarining aloqa ma’lumotlari taqdim etiladi.
Reabilitatsiya xizmatlari ham kengaytirilmoqda. Endilikda ular nafaqat poytaxtda, balki yana to‘rtta hududda ham yo‘lga qo‘yiladi. Odam savdosidan jabrlangan bolalar uchun esa xavfsiz oilaviy muhit tamoyili asosida yangi yondashuv joriy etiladi.
Bizning maqsadimiz – odam savdosidan jabrlangan har bir inson yordam olish uchun qayerga murojaat qilishni bilishi va bu yordamni o‘z vaqtida olishini ta’minlashdir. Odam savdosiga qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki jamiyatimizning umumiy mas’uliyatidir. Faqat hamkorlik va birdamlik bilangina inson qadrini himoya qila olamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | 3 222 |
| 19 | Odam savdosiga qarshi kurash: xizmatlar doirasi kengaytirilmoqda
30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senatida “O‘zgarib borayotgan dunyoda odam savdosiga qarshi kurashish: profilaktika, himoya va hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan tashkil etilib, unda davlat idoralari, xalqaro va diplomatik tashkilotlar hamda Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov so‘zga chiqib, jabrlanuvchilarga ko‘rsatilayotgan yordam doirasini kengaytirish borasidagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odam savdosiga qarshi kurashda aloqa kanallari ham sezilarli darajada kengaytiriladi: 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1146 qisqa raqami orqali odam savdosiga doir murojaatlar qabul qilina boshlaydi, shuningdek mehnat migratsiyasiga ketayotgan har bir fuqaroga elchixona va Migratsiya agentligi vakilining aloqa ma’lumotlari beriladi.
Shu bilan birga, jabrlanuvchilarning xizmatlardan foydalanish imkoniyati ham kengaytirilmoqda – natijada hozirgacha faqat poytaxtda ko‘rsatilib kelingan reabilitatsiya xizmatlari endilikda yana to‘rt hududda ham yo‘lga qo‘yiladi. Odam savdosidan jabrlangan bolalar uchun esa xavfsiz oilaviy muhit tamoyili joriy etilib, ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarning sifati va natijadorligini kuzatib borish maqsadida tizimli nazorat mexanizmi o‘rnatiladi.
So‘z yakunida, Mansurbek Olloyorov shunday dedi:
“Odam savdosiga qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organni emas, bu – barchamizni umumiy ishimizga aylanishi kerak. Ishonamanki, bugungi tadbirda bildiriladigan fikr va takliflar idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga, odam savdosiga qarshi samarali choralarni ishlab chiqishga xizmat qiladi”.
Konferensiya davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda odam savdosining oldini olish borasidagi tizimli choralarni ishlab chiqishga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 2 428 |
| 20 | #Xizmat_safari
Navoiy viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoatni rivojlantirish va zamonaviy infratuzilmani yaratishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdik.
Safar avvalida Navoiy shahridagi temir yo‘l vokzalida bo‘lib, uni rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi va innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan “Yoshlar kreativ markazi” loyihasi bilan tanishdik. So‘ng Navoiy shahridagi sanoat korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi investitsiya loyihalari, yaratilayotgan ish o‘rinlari va korxonalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xizmat safarining birinchi kuni yakunida Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filialida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdik. Filialning xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va zamonaviy bilim hamda tajribalarni amaliyotga joriy etish borasidagi faoliyati alohida qayd etildi.
“Hududlarni rivojlantirish — bu, avvalo, inson uchun qulay sharoit yaratish, yangi imkoniyatlar ochish va hayot sifatini yaxshilash demakdir.”
Telegram | Facebook | Instagram | 11 959 |
