Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
رفتن به کانال در Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining rasmiy sahifasi
نمایش بیشتر6 763
مشترکین
+424 ساعت
-67 روز
+430 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئیه '26
ژوئیه '26
+170
در 14 کانالها
ژوئن '26
+146
در 23 کانالها
Get PRO
مه '26
+66
در 15 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+199
در 27 کانالها
Get PRO
مارس '26
+249
در 24 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+120
در 7 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+230
در 11 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+149
در 17 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+325
در 14 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+95
در 15 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+91
در 12 کانالها
Get PRO
اوت '25
+167
در 21 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+1 571
در 36 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+235
در 30 کانالها
Get PRO
مه '25
+3 263
در 21 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+2 896
در 17 کانالها
Get PRO
مارس '25
+1 741
در 16 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 31 ژوئیه | +17 | |||
| 30 ژوئیه | +10 | |||
| 29 ژوئیه | +6 | |||
| 28 ژوئیه | +8 | |||
| 27 ژوئیه | +1 | |||
| 26 ژوئیه | 0 | |||
| 25 ژوئیه | 0 | |||
| 24 ژوئیه | +9 | |||
| 23 ژوئیه | +5 | |||
| 22 ژوئیه | 0 | |||
| 21 ژوئیه | +2 | |||
| 20 ژوئیه | +3 | |||
| 19 ژوئیه | +1 | |||
| 18 ژوئیه | +3 | |||
| 17 ژوئیه | +3 | |||
| 16 ژوئیه | +17 | |||
| 15 ژوئیه | +4 | |||
| 14 ژوئیه | +1 | |||
| 13 ژوئیه | +3 | |||
| 12 ژوئیه | +1 | |||
| 11 ژوئیه | +4 | |||
| 10 ژوئیه | +8 | |||
| 09 ژوئیه | +9 | |||
| 08 ژوئیه | +25 | |||
| 07 ژوئیه | +3 | |||
| 06 ژوئیه | 0 | |||
| 05 ژوئیه | +1 | |||
| 04 ژوئیه | +2 | |||
| 03 ژوئیه | +6 | |||
| 02 ژوئیه | +11 | |||
| 01 ژوئیه | +7 |
پستهای کانال
Fuqarolarni tinglash va ularning murojaatlariga amaliy yechim topish — ijtimoiy himoya tizimining ustuvor vazifasidir.
Bugun navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa nazoratga olindi.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri va uning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi turadi. Shu bois fuqarolar murojaatlari bilan ishlash doimo ustuvor e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi.
Telegram | Facebook | Instagram
| 2 | Fuqarolar murojaati — doimiy e’tibor va amaliy yechim markazida
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan o‘ndan ortiq fuqaroning murojaatlari diqqat bilan eshitildi. Muloqot davomida asosan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash, bandlik, nogironlikni belgilash, shuningdek, sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar ajratish va boshqa dolzarb ijtimoiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati soha mutaxassislari ishtirokida joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha esa Agentlikning mas’ul boshqarmalari va hududiy bo‘linmalari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi shaxsan Agentlik direktori tomonidan nazoratga olindi.
Ijtimoiy himoya tizimida hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi. Chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning umidi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi mujassam.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 1 649 |
| 3 | Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdim.
Odam savdosi – bu nafaqat qonunbuzarlik, balki inson taqdiri, uning orzu va huquqlariga qilingan tajovuzdir. Shu bois jabrlanuvchilarga ko‘rsatilayotgan yordamni yanada yaqin, tezkor va samarali qilish biz uchun ustuvor vazifa.
Shu maqsadda 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1146 qisqa raqami orqali odam savdosiga oid murojaatlar qabul qilina boshlaydi. Bundan tashqari, mehnat migratsiyasiga ketayotgan har bir fuqaroga elchixona va Migratsiya agentligi vakillarining aloqa ma’lumotlari taqdim etiladi.
Reabilitatsiya xizmatlari ham kengaytirilmoqda. Endilikda ular nafaqat poytaxtda, balki yana to‘rtta hududda ham yo‘lga qo‘yiladi. Odam savdosidan jabrlangan bolalar uchun esa xavfsiz oilaviy muhit tamoyili asosida yangi yondashuv joriy etiladi.
Bizning maqsadimiz – odam savdosidan jabrlangan har bir inson yordam olish uchun qayerga murojaat qilishni bilishi va bu yordamni o‘z vaqtida olishini ta’minlashdir. Odam savdosiga qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki jamiyatimizning umumiy mas’uliyatidir. Faqat hamkorlik va birdamlik bilangina inson qadrini himoya qila olamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | 2 016 |
| 4 | Odam savdosiga qarshi kurash: xizmatlar doirasi kengaytirilmoqda
30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senatida “O‘zgarib borayotgan dunyoda odam savdosiga qarshi kurashish: profilaktika, himoya va hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan tashkil etilib, unda davlat idoralari, xalqaro va diplomatik tashkilotlar hamda Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov so‘zga chiqib, jabrlanuvchilarga ko‘rsatilayotgan yordam doirasini kengaytirish borasidagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odam savdosiga qarshi kurashda aloqa kanallari ham sezilarli darajada kengaytiriladi: 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1146 qisqa raqami orqali odam savdosiga doir murojaatlar qabul qilina boshlaydi, shuningdek mehnat migratsiyasiga ketayotgan har bir fuqaroga elchixona va Migratsiya agentligi vakilining aloqa ma’lumotlari beriladi.
Shu bilan birga, jabrlanuvchilarning xizmatlardan foydalanish imkoniyati ham kengaytirilmoqda – natijada hozirgacha faqat poytaxtda ko‘rsatilib kelingan reabilitatsiya xizmatlari endilikda yana to‘rt hududda ham yo‘lga qo‘yiladi. Odam savdosidan jabrlangan bolalar uchun esa xavfsiz oilaviy muhit tamoyili joriy etilib, ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarning sifati va natijadorligini kuzatib borish maqsadida tizimli nazorat mexanizmi o‘rnatiladi.
So‘z yakunida, Mansurbek Olloyorov shunday dedi:
“Odam savdosiga qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organni emas, bu – barchamizni umumiy ishimizga aylanishi kerak. Ishonamanki, bugungi tadbirda bildiriladigan fikr va takliflar idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga, odam savdosiga qarshi samarali choralarni ishlab chiqishga xizmat qiladi”.
Konferensiya davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda odam savdosining oldini olish borasidagi tizimli choralarni ishlab chiqishga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 1 303 |
| 5 | #Xizmat_safari
Navoiy viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoatni rivojlantirish va zamonaviy infratuzilmani yaratishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdik.
Safar avvalida Navoiy shahridagi temir yo‘l vokzalida bo‘lib, uni rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi va innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan “Yoshlar kreativ markazi” loyihasi bilan tanishdik. So‘ng Navoiy shahridagi sanoat korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi investitsiya loyihalari, yaratilayotgan ish o‘rinlari va korxonalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xizmat safarining birinchi kuni yakunida Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filialida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdik. Filialning xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va zamonaviy bilim hamda tajribalarni amaliyotga joriy etish borasidagi faoliyati alohida qayd etildi.
“Hududlarni rivojlantirish — bu, avvalo, inson uchun qulay sharoit yaratish, yangi imkoniyatlar ochish va hayot sifatini yaxshilash demakdir.”
Telegram | Facebook | Instagram | 9 571 |
| 6 | Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim masalalar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov raisligida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va hududlardagi tizimli muammolarni hal etishga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri shuningdek, viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda tuman (shahar) hokimlari ishtirok etdi.
✅ Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda 3 ta muhim va strategik masala atroflicha muhokama qilindi:
✅ Ijtimoiy reyestrda turgan, I guruh nogironligi bo‘lgan va oilada mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan eng ehtiyojmand xonadonlarni “yashil” ta’mirlash (energiya tejamkor va ekologik talablarga mos holatga keltirish) masalasi ko‘rib chiqildi. Bu orqali og‘ir sharoitdagi oilalar uchun munosib turmush sharoitini yaratish va kommunal xarajatlarni kamaytirish ko‘zda tutilgan.
✅ Bundan so‘ng, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta’mirlash mexanizmlari muhokama qilindi. Har bir ajratilayotgan mablag‘ aynan haqiqiy muhtoj oilalarga yetib borishi va ijtimoiy adolat tamoyillariga to‘liq mos kelishi bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
✅ Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish va undan chiqarish jarayonlarida haligacha uchrayotgan sezilarli muammolar, byurokratik g‘ovlar va inson omili bilan bog‘liq kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Bu borada shaffoflikni ta’minlash, raqamlashtirishni jadallashtirish va aholi e’tirozlarini nol darajaga tushirish talab etildi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘zaro integratsiyani ta’minlash bo‘yicha manzilli topshiriqlar berildi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 3 604 |
| 7 | Har qanday islohotning haqiqiy natijasi raqamlarda emas, inson taqdirida namoyon bo‘ladi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan islohotlar minglab oilalar hayotida yangi umid, ishonch va imkoniyatlar eshigini ochdi.
Bugun kimdir zarur ijtimoiy xizmatga ega bo‘ldi, kimdir sog‘lig‘ini tiklash imkoniyatini qo‘lga kiritdi, yana kimdir kasb o‘rganib, mustaqil hayot sari dadil qadam tashladi. Eng muhimi, o‘zini yolg‘iz his qilgan inson davlat e’tibori va g‘amxo‘rligini his etdi.
Ushbu videodagi qahramonlar — amalga oshirilgan islohotlarning eng muhim natijasidir. Chunki inson hayotidagi ijobiy o‘zgarishlardan ulug‘roq mezon yo‘q.
#XalqPrezidenti
#xalqyetakchisi
#BizningPrezident
Telegram | Facebook | Instagram | 8 355 |
| 8 | Tug‘ilgan kuningiz muborak, muhtaram Prezident!
🇺🇿So‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida ijtimoiy himoya sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Inson qadrini ulug‘lash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu asosda aholining eng ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish va ularni aholiga yaqinlashtirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha muhim tashabbuslar hayotga tatbiq etildi.
Bugun ijtimoiy himoya faqat yordam ko‘rsatish tizimi emas. U insonning ehtiyojini aniqlash, unga individual yondashish va zarur ko‘makni manzilli yetkazishga xizmat qiladigan zamonaviy tizimga aylandi.
Amalga oshirilayotgan har bir tashabbusning bosh maqsadi bitta — ehtiyojmand insonni qo‘llab-quvvatlash, uning hayot sifatini yaxshilash va hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslikdir.
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan izchil islohotlar natijasida ijtimoiy himoya tizimida inson manfaatlari bosh mezonga aylandi.
#XalqPrezidenti
#xalqyetakchisi
#BizningPrezident
Telegram | Facebook | Instagram | 6 923 |
| 9 | Orqaga nazar tashlar ekanmiz, bugungi natijalar zamirida muhim qarorlar, qat’iy iroda va uzoqni ko‘zlagan tashabbuslar turganini yana bir bor anglaymiz.
Inson qadrini ulug‘lash, aholining eng ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy ijtimoiy himoya tizimini barpo etish yo‘lida boshlangan islohotlar bugun o‘zining amaliy natijalarini bermoqda.
Bu yo‘lning boshida esa inson manfaatini har qanday islohotning bosh mezoni sifatida belgilagan Prezidentimizning siyosiy irodasi turadi.
Bugun Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning tavallud ayyomi. Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbarini samimiy muborakbod etamiz hamda mustahkam sog‘lik, uzoq umr va ezgu faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
#XalqPrezidenti
#xalqyetakchisi
#BizningPrezident
Telegram | Facebook | Instagram | 15 310 |
| 10 | Hurmatli Prezidentimiz, muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning eng katta natijasi, nazarimda, insonlar hayotida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlardir. Bugun odamlarning o‘z kuchi va ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi mustahkamlandi, jamiyatda erkin va ochiq muloqot muhiti shakllandi, yurtdoshlarimizning o‘z Vatani va millatidan faxrlanish tuyg‘usi yanada kuchaydi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘si ham yangi bosqichga ko‘tarildi.
Minglab oilalarning quvonchi, millionlab yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va o‘zgargan taqdirlari — bularning barchasi Sizning inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan siyosatingizning yorqin samarasidir.
Ayniqsa, ijtimoiy himoya sohasiga qaratayotgan alohida e’tiboringiz tufayli eng ko‘p yordamga muhtoj insonlar davlat mehrini va g‘amxo‘rligini amalda his etmoqda. Har bir o‘zgargan taqdir, har bir quvonchli nigoh, har bir oilaning yuzidagi tabassum — Siz boshlab bergan insonparvar islohotlarning eng yorqin ifodasidir.
Ijtimoiy himoya tizimida faoliyat yuritayotgan ko‘p ming sonli jamoamiz nomidan Sizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Siz bildirayotgan yuksak ishonch biz uchun katta sharaf va ulkan mas’uliyatdir.
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat tilayman. Yaratganning O‘zi Sizni hamisha o‘z panohida asrasin, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar yor bo‘lsin.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
#XalqPrezidenti
#xalqyetakchisi
#BizningPrezident
Telegram | Facebook | Instagram | 9 140 |
| 11 | #qonunchilikdagi_yangiliklar
Yangi Qonun: O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasining huquqiy asoslari ilk bor kompleks tarzda belgilandi.
❗️ Qonunning asosiy maqsadi ijtimoiy ish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Qonun bilan:
✅ ilk marotaba ijtimoiy ish tashkil etiladigan sohalar aniq belgilanmoqda;
Ijtimoiy ish tibbiyot, ta’lim, ijtimoiy himoya, bandlik, sud va huquq-tartibot hamda jazoni ijro etish sohalarida tashkil etiladi.
✅ ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni aniqlash va ularni ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) deb topishning huquqiy asoslari, shu jumladan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni koʻrsatish va tugatish asoslari belgilanmoqda;
✅ ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish va ularni Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar reyestriga kiritish tartibi joriy etilmoqda;
Hozirda 1,5 mingdan ortiq nodavlat tashkilotlar tomonidan aholiga turli ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilmoqda.
✅ ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlariga doir talablar belgilanmoqda;
Standartda ijtimoiy xizmatning maqsadli guruhi, qisqacha tavsifi va ko‘lami, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish talab va shartlari hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish natijalarini baholash aks ettiriladi. Hozirgacha 24 ta milliy, 7 ta xalqaro ijtimoiy xizmat standarti qabul qilingan.
✅ ijtimoiy xizmatlar va yordamni ko‘rsatish bo'yicha davlat nazoratini yagona davlat organi (Ijtimoiy inspeksiya) tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda;
Ilgari ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan.
✅ ijtimoiy xodimning huquqiy maqomi, vazifalari, majburiyatlari va ijtimoiy muhofazasiga shuningdek, ijtimoiy xodim sifatida faoliyat yuritishga doir cheklovlarga oid normalar belgilanmoqda;
Hozirda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida 9 mingga yaqin ijtimoiy xodimlar tomonidan aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Ma’lumot uchun, ichki ishlar organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarda ham ijtimoiy xodimlar faoliyat yuritmoqda.
Yangi Qonun - ijtimoiy ish sohasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli ta'minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
Ushbu hujjat mamlakatimizda shaffof va samarali ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratadi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 2 010 |
| 12 | Nurafshondagi Ijtimoiy himoya majmuasi Prezidentimizga taqdimot qilindi.
—
Деятельность Комплекса социальной защиты в Нурафшане представлена Президенту нашей страны.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 2 496 |
| 13 | Davlatimiz rahbari Nurafshon shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligining yangi barpo etilgan Ijtimoiy himoya majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
—
В городе Нурафшане глава нашего государства ознакомился с условиями, созданными в новом Комплексе социальной защиты Национального агентства социальной защиты.
#Mirziyoyev #safar #Nurafshon #ijtimoiyhimoya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 2 369 |
| 14 | Mahallalarda ijtimoiy yordamlar ko‘lamini kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Joylarda ijtimoiy reyestrga kiritishni asossiz rad etish yoki sun’iy ravishda reyestrdan chiqarish holatlari uchrayotgani tanqid qilindi.
Oqibatda ehtiyojmand oilalar ijtimoiy yordam olish, farzandini bog‘cha va to‘garakka berish kabi kafolatlangan xizmatlardan foydalana olmayapti. 184 ta mahallada bir oy ichida kelgan 2 ming arizaning barchasi asossiz rad qilingan.
Bunday holatlar Bo‘ston, Oltinko‘l, Xovos, Toshloq, Sharof Rashidov, Uchquduq va Dehqonobod tumanlarida ko‘pligi qayd etildi. Shu sababli reyestrga kirish masalasida Prezidentga murojaatlar yil boshidan 1,5 barobar oshib, 30 mingdan 46 mingga ko‘paygan.
Bosh prokuraturaga ijtimoiy reyestr to‘g‘ri yuritilishini qat’iy nazorat qilish, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyevaga reyestr haqqoniyligi yuzasidan Prezidentga muntazam axborot berib borish topshirildi.
Mutasaddilar oldiga yil yakunigacha nogironlikni erta aniqlash, xonadonlarni moslashtirish, ijtimoiy uyga joylashtirish kabi 25 turdagi xizmatni mahallaga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Uch oyda demensiya va aqliy zaifligi bo‘lgan shaxslar uchun 250 ta mahallada kunduzgi va uyda parvarish xizmati hamda “Madad” uylari, 75 ta mahallada o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar uchun “Faol hayot” dasturi, shuningdek, qarovsiz qolgan va zo‘ravonlikka uchragan bolalar uchun “Qo‘llab-quvvatlash markaz”lari tashkil etiladi.
Facebook|Instagram|X | 4 249 |
| 15 | Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashabbuskor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Bunday loyihalar uchun “mahalla yettiligi”ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi. Agar 8 ming 992 ta mahallaning har birida bittadan shunday loyiha amalga oshirilsa, hududlardagi muhit sezilarli o‘zgaradi.
Ushbu maqsadlar uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi.
Mahalla raisi o‘z hududining haqiqiy boshqaruvchisi bo‘lishi shart. Buning uchun u hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqchi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejasini tasdiqlab beradi. Rais “yettilik” a’zolariga aniq vazifa qo‘yib, ulardan so‘rov qilib boradi.
Shuningdek, “yettilik” faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash va hududdagi muammolarga ilmiy yondashish uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. U “yettilik”ni o‘qitadi, mahallalardagi dolzarb masalalarga ilmiy yechimlar ishlab chiqadi.
Facebook|Instagram|X | 3 483 |
| 16 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari bu yil infratuzilmani yaxshilash, odamlar va tadbirkorlar uchun sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘rtacha 250 milliard so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 milliard so‘mdan mablag‘ berilganini ta’kidladi.
Tuman hokimlari va mahalla raislarining tushum bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha ko‘paydi. Tumanlarda o‘rtacha 22 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qoldi, mahalla budjetiga esa o‘rtacha 150-200 million so‘m tushdi.
“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 2 966 |
| 17 | Bugun men uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mukofotni qabul qildim.
“Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganimni katta sharaf va mas’uliyat deb bilaman.
Avvalo bu e’tirof — Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida mehnat qilayotgan minglab fidoyi xodimlarimizning, bir maqsad yo‘lida ishlayotgan katta jamoamizning xizmatlari e’tirofidir.
Bugun nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, adaptiv sportni rivojlantirish va inklyuziv jamiyatni barpo etish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu natijalar har bir hududdagi mutaxassislarimiz, hamkor tashkilotlar va ushbu yo‘nalishga befarq bo‘lmagan insonlarning birgalikdagi mehnati samarasidir.
Ushbu yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu mukofot bizni yanada mas’uliyat bilan ishlashga, inson manfaatini ustuvor qo‘ygan holda yangi tashabbuslarni amalga oshirishga undaydi.
Ishonchim komilki, birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish yo‘lida izchil mehnat qilishda davom etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | 8 433 |
| 18 | Bugun videoselektor yig‘ilishida bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qildik.
So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda yangi tizim shakllantirildi.
Hududlarda faoliyat yuritayotgan 13 ta Krizis markazida 99 nafar bolaga 400 dan ortiq kompleks xizmatlar ko‘rsatildi, 46 nafar bola esa o‘z oilasi bag‘riga qaytdi. Bu muhim natija. Ammo joylarda aniqlanayotgan zo‘ravonlik holatlari oldimizda hali ko‘p vazifalar turganini ham ko‘rsatmoqda.
Bugun ijtimoiy xodimlar, ichki ishlar organlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlarni tahlil qildik. Ayniqsa, oilalardagi ijtimoiy xavf omillarini barvaqt aniqlash va bolaga kerakli yordamni o‘z vaqtida yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratdik.
Yig‘ilish yakunida hududiy rahbarlarga Krizis markazlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yagona yondashuvlarni joriy etish va ijtimoiy xodimlarni doimiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Har bir holat ortida bir bolaning taqdiri turadi. Shu sababli bu yo‘nalishda biz uchun eng muhim vazifa — bolaga o‘z vaqtida yordam yetkazish va bunday holatlarning oldini olishdir.
Telegram | Facebook | Instagram | 8 464 |
| 19 | Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati Turkiya Respublikasi Prezidentining Turk dunyosi masalalari bo‘yicha maslahatchisi janob Kurshad Zorlu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ijtimoiy himoya sohasiga raqamli yechimlarni joriy etish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, adaptiv sportni rivojlantirish, shuningdek, Turkiyaning vaqf va xayriya tizimi tajribasini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va amaliy sheriklikni mustahkamlashga tayyorlik bildirildi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz | 5 489 |
| 20 | #Shaxsiy_qabul
Fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdik.
Yurtimizning turli hududlaridan kelgan 11 nafar fuqaroning murojaatlarini tingladik. Masalalar turlicha: yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash, nogironlikni belgilash, sog‘lomlashtirish maskanlari va sanatoriylarga yo‘llanmalar olish hamda boshqa ijtimoiy masalalar. Ammo ularning barchasini birlashtiradigan jihat bitta — odamlar muammosiga yechim topilishiga umid qilib keladi.
Murojaatlarning aksariyatiga mutaxassislar ishtirokida shu yerning o‘zida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ularning ijrosi nazoratimizda bo‘ladi.
Biz uchun har bir murojaat shunchaki ariza emas. Uning ortida insonning hayoti, tashvishi va umidi turadi. Shuning uchun har bir masalani e’tibor bilan ko‘rib chiqishda davom etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | 14 838 |
