Dangasa onalar
Farzand tarbiyasiga oid yechimlarni o’rganamiz - xatolarni emas! Onalikning bepul MAGNIYnisiga ega bo’ling Manbasi bilan oling‼️ Aloqa: @Jisa_yordamchisi Kanal linki: https://t.me/Dangasa_ona Kurslarim: https://t.me/+uUKxxgcYOHI4MTcy
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Dangasa onalar
Channel Dangasa onalar in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 14 956 subscribers, ranking 1 030 in the Family & Children category and 5 284 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 14 956 subscribers.
According to the latest data from 30 August, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 152 over the last 30 days and by -38 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 10.87%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 7.33% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 626 views. Within the first day, a publication typically gains 1 097 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Farzand tarbiyasiga oid yechimlarni o’rganamiz - xatolarni emas!
Onalikning bepul MAGNIYnisiga ega bo’ling
Manbasi bilan oling‼️
Aloqa: @Jisa_yordamchisi
Kanal linki: https://t.me/Dangasa_ona
Kurslarim: https://t.me/+uUKxxgcYOHI4MTcy”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 31 August, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Family & Children category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 30 August | +3 | |||
| 29 August | +1 | |||
| 28 August | 0 | |||
| 27 August | 0 | |||
| 26 August | +1 | |||
| 25 August | 0 | |||
| 24 August | 0 | |||
| 23 August | 0 | |||
| 22 August | 0 | |||
| 21 August | 0 | |||
| 20 August | +3 | |||
| 19 August | 0 | |||
| 18 August | 0 | |||
| 17 August | 0 | |||
| 16 August | 0 | |||
| 15 August | 0 | |||
| 14 August | +2 | |||
| 13 August | +796 | |||
| 12 August | 0 | |||
| 11 August | 0 | |||
| 10 August | 0 | |||
| 09 August | 0 | |||
| 08 August | 0 | |||
| 07 August | 0 | |||
| 06 August | 0 | |||
| 05 August | +6 | |||
| 04 August | 0 | |||
| 03 August | 0 | |||
| 02 August | 0 | |||
| 01 August | 0 |
| 2 | #qizim
Qiz farzandning onasi bo’lib ko’chaga chiqish ko’p vaqting ketishini anglatadi.
Bonuxon sochlarini 2ta qilib o’rishni istadilar.
Soch qadog’ichni o’zlari tanladilar: sumkacha ham oldilar.
Qadab turib men yaqinda o’zim shunday qizcha edim, bugun esa qizim ulg’ayyapti❤️
@Dangasa_ona | 689 |
| 3 | O’g’il va ona vaqti)
Qizlarni ishini qilib o’tirgandek ko’rinmasin😁 | 1 063 |
| 4 | Video message | 1 052 |
| 5 | #kitob_vaqtim
Kaltak evaziga bo’lsa ham e’tibor izlashadi?
Ba’zan nazarimizda atay jahlimizni chiqarishga urunayotgandek tuyuladi.
Aslida ham shunday: atay eng kuchli e’tiborimizni tortishga urunishadi.
Jazo olsa ham onasi unga e’tibor qilsa kifoya💗
Shu qadar qattiq muhabbat onalarga berilgan)
@Dangasa_ona | 1 076 |
| 6 | #JiSA_haqida
Atom odatlar kitobini tinglar ekanman: qanchalar yaxshi odatlarni texnikasini o’rganmay turib qilib ko’rgan ekanman.
Boshida men kimnidir tinglashga toqat qilolmasdim.
Katta ehtimol bilan seriallar muxlisi bo’lganimdandir balkim)
Umuman podcast ko’rolmasdim.
Ovozli kitoblarni ham 2x tezlikda tinglasamgina uqardim.
Hayolim chalg’ib ketib qolmaslikka majburdek: tez aytilgan jumlalarni anglardi.
Ba’zi kitoblarni 2marta tinglab chiqardim: chunki doim ham o’qib o’tirishga vaqt yetishmasdi.
Ayniqsa yolg’iz o’zim bajaradigan ishlar vaqtida quloqchin bilan mazza edi.
Tugatgan sari o’zimga “motiv” olardim.
Hozir esa podcastni o’z tezligida ko’raman, tinglash ham.
Endi diqqatim yetolyapti: asosiysi zavq beradigan darajadagi odatga aylangan.
Tinglash alohida xumor qiladi, o’qish alohida❤️
Ikkisi alohida hislar)
Diqqatingiz ustida ishlash qiziqmi?
Yo faqat bolalar haqida suhbatlashaveraylikmi?
@Dangasa_ona | 1 216 |
| 7 | #JiSA_haqida
Atom odatlar kitobini tinglab yakunlab oldim)
Endi sevimli-sevimlisi❤️
Xadicha Kubro Tongar | 1 073 |
| 8 | Hamma kitobimiz rasmini so’rabdi:
✅Tanamiz haqida batafsil ma’lumotlar berilgan;
✅Kitob qopqoqchali;
✅Organizmlar faoliyati ham ochib berilgan;
✅Sifati: zo’r, usti qattiq muqovali, ichlari ham qattiq (qog’oz emas, undan mustahkam)
📌Ammo bitta umumiy hikoya usulida emas!
📌Faktlardan yig’ilgan.
📌O’qish uchun bolada kitobga muhabbat, tinglay olish qobiliyati (kamida 7-8daqiqa) bo’lishi kerak.
Yoki onasining ertak to’qiy olish qobiliyati kuchli bo’lib, voqealarni ulay olishi kerak⏯️
@Dangasa_ona bilan kitob olamini batafsil o’rganamiz) | 1 257 |
| 9 | #farzandim
Erta tongdan 1stakan sut ichvolib orqasidan limonli choy ichishni istagan o’g’ilginam😄
Bizda havolar sovub asal bilan limon choy ichgandim ertalab: shamollash hidi kelganiga)
Mendan keyin uyg’onib sut so’radi, nonushta qilib bo’lib limonga ko’zi tushdi.
Yig’lashga va jahl ko’rsatishga shaylanib turgandi.
Mingta gapdan bitta kitob afzal💰
Qidirib topib darrov tushuntirdim, “chinoni” gaplari bilan kulgu ko’tarildi.
Limonni keyinroq yoki ertaga ichishga kelishdik.
Muammochamiz hal)
Qirolning kayfiyati uyga ta’sir qiladi: kulib turgani yaxshi❤️
Uzundan-uzoq gaplar, asabiylashishlar oldini oladigan, kelishuvlarga olib boradigan yechim- kitob.
Ham terapiya, ham ko’z xotirasi orqali tasavvurda shakllangani uchun esda chuqurroq saqlanadi.
Doim gapirib takrorlab charchamaysiz)
O’zi eslatadi:
Haligi kitobimizda bor, o’shandaqa-aaa ayaaa
@Dangasa_ona | 1 214 |
| 10 | #JiSA_haqida
Onalikni his qilganimga ham 5yil to’libdi.
Orada nima voqealar bo’lmadi.
Onalik oson emas: undagi charchoqlar, asabiyliklar…
Qanday kitob o’qimayin barchasida aybdorlik: yaxshi ona bo’lolmaslik og’rig’i…
Bir xatoni qayta-qayta takrorlash…
Ko’p joyda “travma”lar haqida o’qidim, o’rgandim.
Ba’zan o’zimdagi holatlarni onamda ko’rganimni esladim.
Ba’zan bolalik xotiralarim bilan qiynaldim.
Ammo hayot bundan iborat emas: ayblash, aybdorni topish!
Meni ko’p joyda qutqargan narsa : empatiya)
☑️Onalikni ilk daqiqasida aslida onamga rahmat aytganman: dunyoga keltirishni o’ziyoq osonmas ekan;
☑️O’sha muhiti ichida qo’lidan kelgan eng yaxshisini bergan ekan: ona hecham yomonlik tilamas ekan, ba’zan o’z og’riqlariga kuchi yetmay qolarkan;
☑️Aytgan gaplari o’sha payt og’riq bersa ham yillar o’tib har bir gaplari hayotimda asqotdi: ilmni shu usulda bergan ekan;
☑️Onamning menga yetishmagan vaqtidan nolirdim: erkinlikni berganliklari aslida rivojim uchun ekan…
Bir ona sifatida qiz o’stirmoqning o’zi onaga qanchayin bosim berarkan: hayot qiyinchiliklariga bag’rimda toblansin!
Men bolalikda qiynalgandirman, ammo juda kuchli bo’lishimga sabab olgan ekanman.
Bag’rimdagi qizimga boqib: u mensiz yashaydigan hayotida qiynalmasligini ich-ichimdan istayman…
O’tirib yillar aro ortga sayr qildim: “Sen onang kabi emassan” kitobi orqali.
Bildimki onalik hislari yillar davomida travmalarimizga shifo bo’larkan.
Ona bo’lib onamizni tushunganimizda (empatiya) tugunlar yechilarkan.
Faqat bir o’tirib yaxshilab Alloh qadarining xayrlariga ko’z yugurtirish kifoya ekan.
Siz o’zingizni qiynab yashamang: anchayin og’riqlaringiz onalik sinovlarida shifo oldi.
Qolganlarini tuzatish esa o’z qo’lingizda.
O’tib ketgan o’tmishni ko’tarib yurishdan ko’ra, bugun qo’limizda borlaridan foydalanish afzalroq🌙
@Dangasa_ona | 1 231 |
| 11 | Bu kitobni o’qiganlar bormi?
Nimalar his qilgansiz o’qish davomida? | 1 260 |
| 12 | #farzandim
Sizning uyda ham o’yinchog’i qolib boshqa narsalarni o’ynab yurgan bolalaringiz bormi?
Nega ular shunday qilishadi?
Shuncha o’yinchoqni nega olganmiz?
O’ynash o’rniga har qayerda qolib ketadi.
Ammo do’konga kirganda o’yinchoq quchoqlab to’ymaydi. Uyda esa 1-2o’ynab tashlab ketadi😁
@Dangasa_ona | 1 459 |
| 13 | 🤩Siz bilan birga tashkil qilgan vebinarning yana bir qismini YouTube kanalimga joyladim.
A’zo bo’lib ko’ring: doimam yangiliklarni eslatib turolmayman↙️↙️
https://youtu.be/7Ouc6INtB8I?si=N7kseIFlpYugSHJp | 1 519 |
| 14 | https://youtu.be/7Ouc6INtB8I?si=N7kseIFlpYugSHJp | 134 |
| 15 | Voice message | 1 437 |
| 16 | #Mulohaza
Shaxsiy chegara.
Bolalarga shaxsiy chegarani so’z bilan o’rgatishni iloji yo’q.
Eng avvalida ona va bola o’rtasida tashkillanishi kifoya.
Keyinchalik aka-ukalari, opa-singillari bilan oilaviy muhitga aylanadi.
Ona sifatida namuna yaratamiz, uning chegaralarini his qildiramiz:
☑️Narsalarini so’rab olasiz;
☑️Kiyimlarini yechishda ham so’raysiz (asosan 2-3yoshdan: mahramiyat tarbiyasi uchun ham)
☑️4 yoshdan tana chegarasi sifatida o’pishni ham ruxsat asosidan qilasiz;
☑️O’z hududini berasiz: o’ynaydigan joyi: erkin va istaginidek qulay;
☑️O’yinchoqlar uniki, qanday o’ynash uning istagi: ammo qadrlashni ham o’rgatib boring.
➖Dadasining buyumlarini ruxsat so’rang: u tinglab ko’rib turgan vaqtda ayniqsa)
➖Qayergadir borishda ruxsat oling: dadasiga aytmay ketilsa havotir olishini tushuntiring: tegishlilik hislari insonga qaramlik emas, baxt beradi.
Shu o’rinda eng muhimi: chegara oila davrisida bo’lgani afzal.
Shaxsiy chegaraga berilib ketib buyumga o’ch qilib qo’ymaylik.
Inson buyumlardan qadrliroq, qayta topilmas ekani haqida ham ayting.
Biz katta oila bo’lib yashaganmiz, mening bolalarimdan boshqa bolalar ham bor.
O’z bolalarim chegarasi sabab ularni o’ksib qolishiga qarab turolmayman: biroz hudbinlik bo’lib qolsa kerak.
Qoidalarimiz o’z uyimiz: xonamizda mavjud.
Istaganingizdek bu yerda istaganingizni o’ynang. Ammo tashqari hovlimizda boshqa bolalar ham bor. Ularni o’yinchog’imizga qiziqtirib lekin bermasak ularning yig’isidan zavq ololmaymiz.
Ularning hayoliga ham kelmagan, ularga qiziq bo’lmagan o’yinchoqlarga biz ko’rsatib qiziqtirgan bo’lamiz.
Ularda ham chegara bo’lishi va uni oddiy qabul qilishini kutolmaymiz.
Shu uchun birga o’ynasa bo’ladigan o’yinchoqlarimizni olib chiqishga ruxsat berardim.
Bo’lishib o’ynashni istamasa mayli, xohlaganicha uyda o’zi o’ynayversin.
Oila va qadriyatlar shunday: faqat o’zini o’ylash asosida emas: birga tushunib, kelishib yashash asosida bo’lgani afzal)
Yana ham Alloh bilguvchi, men uyimizda (katta oilada) qo’llagan usulimni ham aytib o’tdim.
Bu usul kitoblarda berilmagani uchun aniq to’g’ri deyolmayman: filtrlab hayotingizga olib kiring.
Insoniylik tomonidan tahlil qiling)
@Dangasa_ona | 1 492 |
| 17 | Kimnidir yomon ko’rib yashashdan yomoni yo’q…
Uyam Alloh yaratgan banda
ming yomon bo’lsa ham)
Shu yomonligi ortida sizga berilgan asl yaxshilik bo’ladi: sizga nimanidir o’rgatish uchun shu hayotda shunday yashayapti…
Shu yomon sinovingizni yomon ko’rish o’rniga uning ortidagi xayrni topishga uruning.
Alloh bu turtki bilan nima demoqchi?
Oson emas, sizga oson ko’ringan hayotlar ham oson emas: ichida bo’lsangiz bilasiz…
Osonini emas, qiyin ortidagi qiymatni qadrlaylik)
Aslida bularni bir efir qilsam yaxshiroq tushuntirib bera olsam kerak…
Yana bilmadim: juda ham istayman: umrimizni kimnidir yomon ko’rishga sarflab emas, uni quvonchga boyitishga urunib yashasak) | 1 544 |
| 18 | Qizlar bu postlarni uzoq o’ylab tahlil qilib tushuntirib yozishga urundim.
Qisqa qilib aytganimda “shaxsiy chegara” nimani ekanini anglamay 60yil yashagan odamdan qolgan 20-40yil umri uchun o’zgarishini kutmaylik.
O’zgarishlariga urunib o’zimizni behuda toliqtirishdan naf yo’q!
Chunki o’zimizni o’zimiz o’zgartirishga qancha qiynalamiz?
Boricha qabul qilaylik, u odamlar yashab bo’ldi: odatlari shakllanib bo’lgan.
Ana shu sizga berilgan qaynona: muhit aslida sizga qaysidir ilmni berish uchun Alloh tomonidan hadya etilgan.
Qiyinchilik kabi insonni kuchli qilgan kuch yo’q!
Onalik ham mashaqqatli kasb, shu uchun ilm olishga urunyapmiz.
Behuda urushmang, behuda qalbingizni og’ritmang.
Chegaralar nasib bizning zamondan boshlanar…
Ular ham aybdor emas: shunday tuzumda ulg’ayib qoldilar xolos)
Shu tuzum og’riqlariga moslashdilar xolos… | 1 392 |
| 19 | #Mulohaza
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🔥🔥🌷🔥🔥🔥🔥
(3-qism)
Ko’plarimiz o’rgandik: bolamiz yiqilganida yerni urish o’rniga o’z xatolarini ko’rishni.
Chunki yer doimgi joyida turibdi, u bolamizni yiqitmadi.
Hayot sinovlari kelganida (hamma turlicha sinaladi) ayblashdan, imkonimizda yo’q muhitni orzu qilishdan naf yo’q.
Bilishimiz kerak bo’lgani ayni shu sinov Alloh bizni turtib qo’ygan kunlaridir.
Ayni shu sinovimiz bizga nimadir o’rgatadi.
Qalbimizni to’ldirish o’rniga uning ortidagi xayrni izlab ko’raylik.
Biz chegaralari shakllanmagan muhitda yashab nimani o’rganyapmiz?
➖Chegaralar qayerda qanday kerak ekanini!
Buni nasib yillar o’tib o’zimiz qo’llashimizda kerak bo’ladi.
Ishoning bizga chiroyli ko’ringan har bir muhit orti bor: o’z muhitimizning ham yaltiragan, ayni bizga kerak tomonlari bor.
Shukur qilganimiz sari ko’payadi.
Aytmoqchiman, chegaralar ilmi avval mavjud bo’lmagan: uni o’rganmagan, yashab ko’rmagan insonlardan talab qilish qanchalar to’g’ri?
Insonda empatiya (his qila olish, o’rniga o’zini qo’yish) kuchliroq bo’lishi kerak.
Hayot osonroq o’tadi, qalbingiz har nega og’riyvermaydi.
Axir, tish shifokoridan oyoq og’rig’ini davolamagani uchun siqilmaymiz-ku…
Birinchi o’rinda qalbimiz, vaqtimiz chegarasidagi qiymatni aniqlab olaylik. Ichkaridan shakllansagina tashqarida aks etadi.
@Dangasa_ona | 1 271 |
| 20 | #Mulohaza
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🔥🔥🌷🔥🔥🔥🔥
(2-qism)
Aytaylik biz bir qaynona bilan yashaymiz.
Uning o’z chegaralari bor.
Bizning ham.
Ammo chegaralarimiz to’qnash kelyapti.
➖U ruxsat so’rab qayergadir borishingizni istaydi (u yillar davomida shu tizimda yashadi, 60yillik hayotiy tajribasini biz 20yillik umrimiz bilan o’zgartira olamizmi?
➖Biz esa ruxsat so’rashni yoqtirmaymiz.
Diniy tomondan isbotlar ham keladi: er ruxsati yetarli.
Ammo biz o’zbek, eng avvalida musulmonmiz.
Musulmonlar ota-onasini rozi qilishi qanchalar muhim?
Kelishib yashash-chi?
☑️Bir og’izgina so’rab qo’yaylik!
Maqsadi sizga ho’jayinlik emasdir: bir oilada yashab xabarsiz qolishni hurmatsizlik sanar…
Bu qaynonaga ko’ringan 9️⃣
☑️So’rasak “yo’q” javobini berishsa?
Unda istaklaringizni batafsil oching: oldingizda o’tirgan bir ona.
Yo’q deyishiga sabablarni so’rang, ko’ndirishga mahorat ila urunib ko’ring. Xuddi biz ham muzqaymoq so’ragan bolamizga “yo’q” deyishimiz ortida bemorlikdan himoya turgandek nimadir bordir.
O’zimizga ko’rinayotgan 6️⃣ni yaxshi gumonga aylantiraylik.
Qani unda mening shaxsiy chegaram? Qarorimni bosib o’tib “yo’q” dedi. Kamiga men past ketib ruxsat so’radim. Alohida yashasam o’zimga xon, o’zimga bek bo’lardim
Shunday fikrlar o’tadi: hamma qaynona ham bir emas, tan olaman.
Ammo birdek aqlli bo’lish ularni qo’lida emas. Kim ham istardi: zulmkor bo’lishni?
Sezmay, anglashga aqlan ojizroq yaratilgan bo’lish ehtimollari bor.
Biz o’qiyotgan kitoblarni o’qishga vaqt tugul ularda balkim ehtiyoj tuyish ham berilmagandir…
Endi ayni shu nuqtada bizning “shaxsiy chegaramizni” topamiz.
Qani?
Qalbimiz chegarasi qayerda? Uni o’z qo’limiz bilan kirliklarga to’ldirmayapmizmi?
Hayotimizni boshqalarni ayblash ila yomon gumonda o’tkazib yubormayapmizmi?
Eng avvalida shaxsiy chegara qalbimizda bo’lsin.
Uni yomon gumonlarga to’ldirib nimaga erishamiz?
(Davomi bor)
@Dangasa_ona | 1 322 |
