Dangasa onalar
Farzand tarbiyasiga oid yechimlarni o’rganamiz - xatolarni emas! Onalikning bepul MAGNIYnisiga ega bo’ling Manbasi bilan oling‼️ Aloqa: @Jisa_yordamchisi Kanal linki: https://t.me/Dangasa_ona Kurslarim: https://t.me/+uUKxxgcYOHI4MTcy
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali Dangasa onalar analitikasi
Dangasa onalar O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 15 149 obunachidan iborat bo'lib, Oilalar & Bolalar toifasida 1 020-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 5 281-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 15 149 obunachiga ega bo‘ldi.
25 Avgust, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -1 434 ga, so‘nggi 24 soatda esa -61 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 12.39% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 7.95% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 1 879 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 1 206 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 0 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Farzand tarbiyasiga oid yechimlarni o’rganamiz - xatolarni emas!
Onalikning bepul MAGNIYnisiga ega bo’ling
Manbasi bilan oling‼️
Aloqa: @Jisa_yordamchisi
Kanal linki: https://t.me/Dangasa_ona
Kurslarim: https://t.me/+uUKxxgcYOHI4MTcy”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 26 Avgust, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Oilalar & Bolalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
Ma'lumot yuklanmoqda...
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 26 Avgust | 0 | |||
| 25 Avgust | 0 | |||
| 24 Avgust | 0 | |||
| 23 Avgust | 0 | |||
| 22 Avgust | 0 | |||
| 21 Avgust | 0 | |||
| 20 Avgust | +3 | |||
| 19 Avgust | 0 | |||
| 18 Avgust | 0 | |||
| 17 Avgust | 0 | |||
| 16 Avgust | 0 | |||
| 15 Avgust | 0 | |||
| 14 Avgust | +2 | |||
| 13 Avgust | +796 | |||
| 12 Avgust | 0 | |||
| 11 Avgust | 0 | |||
| 10 Avgust | 0 | |||
| 09 Avgust | 0 | |||
| 08 Avgust | 0 | |||
| 07 Avgust | 0 | |||
| 06 Avgust | 0 | |||
| 05 Avgust | +6 | |||
| 04 Avgust | 0 | |||
| 03 Avgust | 0 | |||
| 02 Avgust | 0 | |||
| 01 Avgust | 0 |
| 2 | Qizlar bu postlarni uzoq o’ylab tahlil qilib tushuntirib yozishga urundim.
Qisqa qilib aytganimda “shaxsiy chegara” nimani ekanini anglamay 60yil yashagan odamdan qolgan 20-40yil umri uchun o’zgarishini kutmaylik.
O’zgarishlariga urunib o’zimizni behuda toliqtirishdan naf yo’q!
Chunki o’zimizni o’zimiz o’zgartirishga qancha qiynalamiz?
Boricha qabul qilaylik, u odamlar yashab bo’ldi: odatlari shakllanib bo’lgan.
Ana shu sizga berilgan qaynona: muhit aslida sizga qaysidir ilmni berish uchun Alloh tomonidan hadya etilgan.
Qiyinchilik kabi insonni kuchli qilgan kuch yo’q!
Onalik ham mashaqqatli kasb, shu uchun ilm olishga urunyapmiz.
Behuda urushmang, behuda qalbingizni og’ritmang.
Chegaralar nasib bizning zamondan boshlanar…
Ular ham aybdor emas: shunday tuzumda ulg’ayib qoldilar xolos)
Shu tuzum og’riqlariga moslashdilar xolos… | 479 |
| 3 | #Mulohaza
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🔥🔥🌷🔥🔥🔥🔥
(3-qism)
Ko’plarimiz o’rgandik: bolamiz yiqilganida yerni urish o’rniga o’z xatolarini ko’rishni.
Chunki yer doimgi joyida turibdi, u bolamizni yiqitmadi.
Hayot sinovlari kelganida (hamma turlicha sinaladi) ayblashdan, imkonimizda yo’q muhitni orzu qilishdan naf yo’q.
Bilishimiz kerak bo’lgani ayni shu sinov Alloh bizni turtib qo’ygan kunlaridir.
Ayni shu sinovimiz bizga nimadir o’rgatadi.
Qalbimizni to’ldirish o’rniga uning ortidagi xayrni izlab ko’raylik.
Biz chegaralari shakllanmagan muhitda yashab nimani o’rganyapmiz?
➖Chegaralar qayerda qanday kerak ekanini!
Buni nasib yillar o’tib o’zimiz qo’llashimizda kerak bo’ladi.
Ishoning bizga chiroyli ko’ringan har bir muhit orti bor: o’z muhitimizning ham yaltiragan, ayni bizga kerak tomonlari bor.
Shukur qilganimiz sari ko’payadi.
Aytmoqchiman, chegaralar ilmi avval mavjud bo’lmagan: uni o’rganmagan, yashab ko’rmagan insonlardan talab qilish qanchalar to’g’ri?
Insonda empatiya (his qila olish, o’rniga o’zini qo’yish) kuchliroq bo’lishi kerak.
Hayot osonroq o’tadi, qalbingiz har nega og’riyvermaydi.
Axir, tish shifokoridan oyoq og’rig’ini davolamagani uchun siqilmaymiz-ku…
Birinchi o’rinda qalbimiz, vaqtimiz chegarasidagi qiymatni aniqlab olaylik. Ichkaridan shakllansagina tashqarida aks etadi.
@Dangasa_ona | 457 |
| 4 | #Mulohaza
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🔥🔥🌷🔥🔥🔥🔥
(2-qism)
Aytaylik biz bir qaynona bilan yashaymiz.
Uning o’z chegaralari bor.
Bizning ham.
Ammo chegaralarimiz to’qnash kelyapti.
➖U ruxsat so’rab qayergadir borishingizni istaydi (u yillar davomida shu tizimda yashadi, 60yillik hayotiy tajribasini biz 20yillik umrimiz bilan o’zgartira olamizmi?
➖Biz esa ruxsat so’rashni yoqtirmaymiz.
Diniy tomondan isbotlar ham keladi: er ruxsati yetarli.
Ammo biz o’zbek, eng avvalida musulmonmiz.
Musulmonlar ota-onasini rozi qilishi qanchalar muhim?
Kelishib yashash-chi?
☑️Bir og’izgina so’rab qo’yaylik!
Maqsadi sizga ho’jayinlik emasdir: bir oilada yashab xabarsiz qolishni hurmatsizlik sanar…
Bu qaynonaga ko’ringan 9️⃣
☑️So’rasak “yo’q” javobini berishsa?
Unda istaklaringizni batafsil oching: oldingizda o’tirgan bir ona.
Yo’q deyishiga sabablarni so’rang, ko’ndirishga mahorat ila urunib ko’ring. Xuddi biz ham muzqaymoq so’ragan bolamizga “yo’q” deyishimiz ortida bemorlikdan himoya turgandek nimadir bordir.
O’zimizga ko’rinayotgan 6️⃣ni yaxshi gumonga aylantiraylik.
Qani unda mening shaxsiy chegaram? Qarorimni bosib o’tib “yo’q” dedi. Kamiga men past ketib ruxsat so’radim. Alohida yashasam o’zimga xon, o’zimga bek bo’lardim
Shunday fikrlar o’tadi: hamma qaynona ham bir emas, tan olaman.
Ammo birdek aqlli bo’lish ularni qo’lida emas. Kim ham istardi: zulmkor bo’lishni?
Sezmay, anglashga aqlan ojizroq yaratilgan bo’lish ehtimollari bor.
Biz o’qiyotgan kitoblarni o’qishga vaqt tugul ularda balkim ehtiyoj tuyish ham berilmagandir…
Endi ayni shu nuqtada bizning “shaxsiy chegaramizni” topamiz.
Qani?
Qalbimiz chegarasi qayerda? Uni o’z qo’limiz bilan kirliklarga to’ldirmayapmizmi?
Hayotimizni boshqalarni ayblash ila yomon gumonda o’tkazib yubormayapmizmi?
Eng avvalida shaxsiy chegara qalbimizda bo’lsin.
Uni yomon gumonlarga to’ldirib nimaga erishamiz?
(Davomi bor)
@Dangasa_ona | 481 |
| 5 | #Mulohaza
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🔥🔥🌷🔥🔥🔥🔥
(1-qism)
Shaxsiy chegara➖insonning oʻz jismoniy, ruhiy va maʼnaviy olamini boshqalarning ruxsatsiz aralashuvidan himoya qiluvchi ichki hududi.
☑️Jismoniy chegaralar: tana daxlsizligi, shaxsiy makon va buyumlarga egalik qilish huquqi.
☑️Psixologik (ruhiy) chegaralar: shaxsiy fikrlar, hissiyotlar, eʼtiqodlar va qadriyatlarni saqlab qolish.
☑️Vaqt va energiya chegaralari: Boshqalarning iltimoslariga "yoʻq" deyish va oʻz vaqtini oʻz xohishicha sarflash imkoniyati.
Bu fikrlar: ilmiy asoslarda mana shunday tahlil qilinadi.
Uning turli bilan ham tanishdik.
Biz barchasini qisman hayotimizga olib kirishga urunamiz.
To’g’rirog’i boshqalar tomonidan tashkil qilinadigan tomonlariga ahamiyat qaratamiz.
Ya’ni:
➖Narsalarimiz, xonamizga ruxsatsiz tegishlarini istamaymiz, tegishsa ham jahlda bo’lamiz;
➖Bizning o’z qarorlarimizni hurmat ila qabul qilishlarini kutamiz;
➖O’z hayotimizda o’zimiz yashashni istaymiz: buyruq berishmasa yoki buyruqlarini oson rad eta olishni istaymiz.
E’tibor qilyapmizmi?
Hamma qadamlarimiz tashqaridagilar bilan.
Aslida bu tushunchalar aslo xato emas, to’ppa- to’g’ri!
Lekin o’sha chegara unda ham bor!
Siz chegaralaringizni qabul qilishini istayotgan odamda ham chegara bor: uning qarashlari, ilm darajasi aynan siznikidek bo’lishga majburmi?
Sizni tushunishi yoki siz istagandek chegaralarga amal qilishi majburiyati emas.
U ham Alloh bergani, qodir qilgani qadar dunyoqarashda!
Shunda bilishingiz kerak bo’lgan narsa: har kimning o’z qarashi bor. Siz qarayotgan tomonda raqam 6 ko’rinsa, ro’parangizdagi odamga 9 ko’rinishi rost!
Davomini kuting…
@Dangasa_ona | 745 |
| 6 | #JiSA_haqida
🤐Zamok (og’iz berkitish o’yini)
Bizning uy 5-qavatda. Ungacha esa lift va yo’laklar bor. Qoidaga ko’ra bu joylarda baland shovqin qilmaslik kerak.
Ko’chadan to’lib-toshib bor ovozida gapirib kelayotgan bolalarimni jim qilish oson emas.
Men bilan kirishganda asosan qoidani buzardik: bolalar-ku axir)
Ammo turmush o’rtog’im anchayin Moskvadaning yozilmagan qoidalariga amal qiladi.
Ular bilan uyga kirish jarayoni qiyinroq edi.
Eshik tagida kelishuvlar qilardik:
👆Uyimizgacha pastroq gaplashamiz, odamlar ehtimol uxlayapti, kimdir bemor, ularni bezovta qilmaylik. Qoidaga amal qilamiz. Uyda xohlagancha gaplashamiz.
Ishoning ming marta uyga kirsak har safar uzun suhbatsiz ularning esidan chiqib qolardi.
Buncha gapni aytishga ulgurmay qolardim.
Ular ham amal qilishga ulgurishmasdi.
Bu aslida normal holat.
Ammo doimiy uzun so’z qiyinlik qiladi. Bolalar ham zerikib qoladi.
Avvaliga “kod”lab ko’rdim.
👉Karidor qoidasi (ammo bu so’z unchayin foyda bermadi)
Keyin o’yin shakliga ko’chirdim.
Bitta so’z va harakat🔥
Natija esa a’lo)
👆Zamok. (Qo’lim bilan og’zimni eshik oldida berkitaman)
Ular ham takrorlaydi.
Uyga kirib zamokni ochaman🥰
O’yin orqali hal qilish eng osoni.
Ammo musobaqa o’yinlariga qarshiman!
🔴Kim tezroq uxlaydi;
🔴Kim birinchi yeb bo’ladi;
🔴Kim ko’p yodlaydi…
Bular oilada raqobatni shakllanishiga olib keladi.
Ahillikka zid!
Buni ona aytmasin eng kamida)
@Dangasa_ona | 958 |
| 7 | Sizlar post yozmoqchi edim)
Odatda kiyimlarni oldidagi burlashtirgichni “zamok” deymiz.
Men esa o’zbek tilida qidirishni boshladim.
Rus tilidan tarjimasi qulfniki ekan…
Ingliz tilidan tarjima bersam🙈
O’zbek tilida bunaqa aytilishi tushimga ham kirmovdi…
Rasmlari bilanam solishtirdim.
Yordam: rostan o’zbek tilida nima deyiladi?
Qadagich so’zi uncha mosmasdek) | 1 173 |
| 8 | Assalomu alaykum Salom kitoblarim kursiga qo'shilib kitoblarimiz ancha saralanadi, o'qib berishni bilarkan manu hech ichidagi mano mazmunlari farzandim yoshiga to'g'ri kelishini o'ylamayman yaxshi ko'rib tinglayaptiku debman, exxx Sarvinoz kursingizni birinchi sotuvda ham qo'shilaman deb etiborsz qoldirgandim, sevdirolyapmanku deb lekin degqn joylariiiii ko'p ekan mayli shu kunga nasib qilgan ekan | 1 124 |
| 9 | Obunachilarimni telefonida yo klaviatura ishlamay qolgan yo qo’llari tez charchayapti…
Mengayam yuqyapti bu qizlar: qaynoq postlarga ilhom yo’q negadir? | 1 183 |
| 10 | Bizda mantiqiy fikrlash vaqti)
Shularni ham darsliklarini qilishim kerak🙈
Yozda bolalardan ortmay qolyapman: o’ynab vaqt o’tkazib qo’yyapmiz ko’chada | 1 343 |
| 11 | Video xabar | 1 352 |
| 12 | #JiSA_haqida
1chamadon kitob va o’yinchoqlarni qayta tartiblab terib chiqdim.
Qutilarda o’yinchoqlar: alohida paketchalarda)
Men to ovqat qilib chiqqinumcha chamadondan olib uyni to’ldirib qo’yishgan ekan.
Shunaqa terilgan joyidan chamadonga solish tashlagandim.
Faqat keraklilarini olib ishlatishni reja qilib.
Ular esa eslab-eslab kitob so’rab chamadonni qayta-qayta ochdirishdi.
Shundoq terilib turgani yaxshi ekan.
To ovqat qilib shu go’zallikni qilguncha podcast tingladim.
Sizgayam ilindim: albatta ko’ring⬇️⬇️
https://youtu.be/dxhHxxRZhO8?is=426xH-o3tmWT7nh-
@Dangasa_ona | 1 387 |
| 13 | Chamadonga solib qo’ygandim: ozginasini qoldirib.
Baribir ochib o’qish boshlandi😁 | 1 447 |
| 14 | Video xabar | 1 444 |
| 15 | Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh)
Dug”ona”larim omonmisiz?
Sizga maxsus sovg’a✨
Ulgurmagan va ko’rmay qolganlar ko’p edi.
Shu uchun joyladim⬇️⬇️
https://youtu.be/cior1Ax3BZE?si=9azuydMsrqEbIrz7
🕹Obuna bo’lib, izoh yozib, like bosishni ham unutmang) | 1 544 |
| 16 | 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🔥🔥🌷🔥🔥🔥🔥
Hammamiz ham farzandimizga “shaxsiy chegara” tushunchasini o’rgatishni istaymiz.
U o’z chegarasini o’rnata olishi va boshqalarnikini ham hurmat qilishini istaymiz.
Avvalida keling aniqlab olaylik:
o’zi shaxsiy chegara nima?
Siz uni qanday anglaysiz?
Birga mulohaza qilamiz, yozing💬
@Dangasa_ona | 1 500 |
| 17 | #kitob_vaqtim
Meni yig’latgan jumlalar)
Ilk satrlarida shifo bor…
Hammamiz ham xatolardan holi emasmiz.
Yaxshi ona bo’lolmaslik og’rig’i hamisha qiynaydi…
Qilgan xatolarimizni eslab afsuslanamiz.
Mukammal emas, xato qilsa ham uni to’g’irlashga (malham bo’lib, terapiya qilib) urunish foydaliroq.
Har holda insonmiz, nasibimiz, Alloh qodir qilgani qadar uddalaymiz.
📌Ammo bu harakatga undashi kerak: borim shu holida qolishga undab qo’ymasin!
@Dangasa_ona | 1 545 |
| 18 | 🌟🌟Sentabr yaqin)
Ilmga qaytish jarayoni oson bo’lmaydi.
Yoz o’yinlar davrida bolalar erkinlikka anchayin moslashib qoldi.
Endi rejimga qaytib olish kerak
Ayniqsa maktabga borsa)
Yangi kiyimga qiziqib boshidagi kunlar a’lo o’tadi😁
Keyin boshlanadi.
Shu uchun “Darslar oramizni buzolmaydi” kitobini bir qator tinglab oling.
Qo’llanma bo’ladi.
Ruxsat asosida ovozlashtirilgan, Alloh bilguvchi: halol ilm sizga)
O’zi kanalimda sanoqli ovozlashgan kitob bor: ruxsati borligi uchun joylaganman.
Qolganlarini esa Mutolaadan tinglashni tavsiya qilaman.
Qolgan ovozli kitoblarda muallif yoki nashriyot ruxsati qanday ekanini bilmayman, gumonda qoladi.
Ilm yuqishi uchun halol bo’lishi muhim✨
@Dangasa_ona | 1 555 |
| 19 | Sentabr yaqin)
Ilmga qaytish jarayoni oson bo’lmaydi.
Yoz o’yinlar davrida bolalar erkinlikka anchayin moslashib qoldi.
Endi rejimga qaytib olish kerak
Ayniqsa maktabga borsa)
Yangi kiyimga qiziqib boshidagi kunlar a’lo o’tadi😁
Keyin boshlanadi.
Shu uchun “Darslar oramizni buzolmaydi” kitobini bir qator tinglab oling.
Qo’llanma bo’ladi.
Ruxsat asosida ovozlashtirilgan, Alloh bilguvchi: halol ilm sizga)
O’zi kanalimda sanoqli ovozlashgan kitob bor: ruxsati borligi uchun joylaganman.
Qolganlarini esa Mutolaadan tinglashni tavsiya qilaman.
Qolgan ovozli kitoblarda muallif yoki nashriyot ruxsati qanday ekanini bilmayman, gumonda qoladi.
Ilm yuqishi uchun halol bo’lishi muhim✨
@Dangasa_ona | 1 |
| 20 | Ovozli xabar | 1 409 |
