cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

zouᴉɹɥǝW

telba-teskari olamimga xush kelibsiz)

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
1 918
Subscribers
-324 hours
-317 days
+58030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

San’atkor – tuyg’ular degustatori. Haddan tashqari ko’p va xilma-xil tuyg’uning ta’mini his qilganing sari, har olgan nafasing san’atga aylanib boraveradi. @mehrnoz_abbos
Show all...
33👍 8🔥 8❤‍🔥 3🥰 2👏 2
Repost from Муҳрим
00:33
Video unavailableShow in Telegram
Яна битта янги подкаст. 1000KITOB лойиҳасиники. Кўринглар, улашинглар, лайк ва комментларни ҳам аяманглар — https://youtu.be/kFswUGogfiU
Show all...
videoplayback (33).mp41.51 MB
👍 23 14🔥 6🥰 2🎃 2
Photo unavailableShow in Telegram
ASIR Seni kutamanu bilaman, aslo Men seni bag’rimga bosa bilmasman, Sen – zangor, beg’ubor samosan, samo… Men-chi, qafasdagi qushman, asirman. Sarg’aygan dashtlardan hasratga to’lib Umidsiz boqarman, boqarman hayron. Kutarman, qandaydir qo’l paydo bo’lib Qafasni ocharu yo’llar sen tomon. Kutarman, o’sha on g’aflatda qolib Ketmasman – ucharman osmonga shodmon, Boqarman zindonbon ko’ziga kulib Va sening qoshingda yasharman omon. Shunday o’ylaymanu bilaman, biroq Tark eta bilmasman aslo qafasim, Zindonbonning qo’li bo’shatgandayam Uchib ketmoq uchun yetmas nafasim. Sarg’aygan dasht aro har subhi azon Menga boqar go’dak nigohi ila, Quvonch qo’shig’ini boshlaganim on Lablarim qovushar dudog’i ila. Agar-da, ey osmon, dil istab birdan Zindonni tark etib osmonga uchsam – Bu bola ko’ziga qanday qarayman? Yaxshisi, qo’y, meni… Men asir qushman. Men shamman, bu shamning yog’dusi tushsa Charog’on bo’ladi vayronalar ham, Agar men uchishni istasam, uchsam, Parishon bo’ladi koshonalar ham. ✍️Forug’ Farruxzod Xurshid Davron tarjimasi @mehrnoz_abbos
Show all...
🔥 24 13👍 6❤‍🔥 4
00:19
Video unavailableShow in Telegram
“Aslida” loyihasining navbatdagi mehmoni “Akademnashr” nashriyoti asoschisi Sanjar Nazar bo’ldilar. Kitob, adabiyot, siyosat, san’at, jamiyat, ilm yo’li, inson ruhiyati, umuman, hamma narsa gaplashdik. Tabiiy, samimiy suhbat bo’ldi, menimcha. Tezroq Youtubega chiqishini o’zim ham kutyapman) @mehrnoz_abbos
Show all...
IMG_5115.MP41.60 MB
👍 17 14🔥 7🕊 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ishqparast Husnoraga Vaqtga sig’mayapman, Baxtga sig’mayapman. Kattardim – soyamga aylandi osmon. Ichkarim do’zaxdir, tashqarim do’zax, Dunyoga o’t yoqdi, buzdi olamni hali o’ttizga ham kirmagan isyon. Yondi Qur’onim-ay, bitdi iymonim, keling, yig’lashaylik, Shayxi San’onim. Ko’zi qiblamdir, so’zi – kalimam. Kelsa bayramdir, kelmasa motam. Oq qildi pirim, qolmadi sirrim, Endi o’lim ham go’zal yolg’ondir. Battar chirmashar qochganim sayin, Qachon ilakishdi chorasi yo’q dard? So’nggida jannatga tushmog’im tayin, Ammo do’zaxda ham chayinmog’im shart. ✍️MehrNoz @mehrnoz_abbos
Show all...
❤‍🔥 46😢 15 10👍 5🔥 4🐳 2🥰 1👌 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Telba istak Silkitmoqchi edim silliq dunyoni, Men senga butunlay ketmoqchi edim. Eslatmoqchi edim Ishqni, Xudoni, Muhabbatga ko’zgu tutmoqchi edim. Odamlar bahrimdan o’tsa mayliydi, Hijron vodiysidan o’tmoqchi edim. Sevgim sovimasdan, qotmasdan diydam, Ko’nglimni qadahdek tutmoqchi edim. Taqdirga bermoqchi emas edim tan, Sirfalak chokini sitmoqchi edim. Unib chiqaverdim ko’z yoshlarimdan tugamoqchi edim, yitmoqchi edim. Tilagim tilingan, umidim singan, Vasling sharobini totmoqchi edim. Quyoshdek botmoqchi edim ko’ksingga, Ko’zingda tong kabi otmoqchi edim. Boraverdim ikki olamdan kechib, Allohim, ohimga yetmoqchi edim. Eng go’zal oqshomda ruhingni ichib, Eng go’zal she’rimni bitmoqchi edim. Men senga butunlay ketmoqchi edim, Hijron vodiysidan o’tmoqchi edim. Sirfalak chokini sitmoqchi edim, Tugamoqchi edim, yitmoqchi edim. ✍️MehrNoz @mehrnoz_abbos
Show all...
56❤‍🔥 18👍 8🔥 8💋 2👏 1👌 1🍾 1💘 1
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Eski juva farishtasini uchratib qolganim, suhbatlashganimdan beri dunyomga yangi rang kirgandek. Chorsuning qoq markazida, eski juva bozoridagi ochiq kitob do’koniga qadam bosgach, jannatdan kitob hidi kelsa kerak, degan fikr lop etib xayolimga keldi. Gulnora xola, ko’p yashang. Moddiylikka, maydalikka, xashakilikka ko’nikib borayotgan umrimizni qalqitib, nega yashayotganimizni eslatib turing. Farishta suhbatini tinglashni siz ham xohlaysiz-ku?! Marhamat: https://youtu.be/k6LoRdn_2QE?si=f5dBIrAByihsWmCf @mehrnoz_abbos
Show all...
IMG_4999.MP42.68 MB
73👍 22🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
HAD Muqaddas kitobdek yodladim seni, Noyob sharob kabi ichdim qultumlab. Qush edim, quladim parvozim sinib, Senga duchor bo’ldim men qutqutalab. Puch bo’ldi sig’ingan haqiqatlarim, Majolim qolmadi, quridi tinka. Kecha malikadek mag’rur boqardim, Itdek javdirayman bugun ko’zingga. Poyingga sochildim, terib olmagil, Tortib olma mendan xorlik lazzatin. Bu ishqni tadabbur aylab muttasil, Ilohiy nigohing qilurman xatm. Yig’layman, ko’zimdan to’kilmas huzun, Bahaybat baxt berdi, to’lmadi bag’rim. Ovunmog’im uchun, sevmog’im uchun, Tangri yubormog’ing shartmidi, Tangrim? ✍️MehrNoz @mehrnoz_abbos
Show all...
48😢 13👍 12❤‍🔥 5🔥 3💯 3👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Vanihoyat, sizlarga aytgan yangiligimni bo’lishmoqchiman: She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlarini ko’rib, ularning moddiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boshlanishiga 2 ta qizni tanlab olib, ularning 1 yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman. 1-iyuldan 1-ivgustgacha @Mehrnozbot manziliga arizangizni yuborishingiz mumkin. Tanlab olingan 2 ta talaba qizdan tashqari boshqa iqtidorli opa-singillarimiz bilan ijodiy hamkorlik qilish, shu sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishni ham xolis niyat qilyapmiz. Postni imkon qadar ijodiy kanallarda ulashing, iste’dodli qizlarni topishimiz uchun bu muhim. @mehrnoz_abbos
Show all...
63👍 23🔥 23🤩 8🤔 4😢 2😍 2 1
Sizlarga bir yangiligim bor. Anchadan beri niyat qilardim, paytini poylardim. Katta qiz bo’lsam, boy bo’b ketsam….. derdim. Ammo, ko’ngilga tushgan ezgu tilakni imkon qadar vaqtida qilish kerak ekan, bu ham bir ne’mat ekan. Orangizda she’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlar bormi? “Kontrakt”da o’qiydiganlar, ayniqsa? Kommentda + qo’yinglar-chi?
Show all...
😍 37👍 14 12👏 7❤‍🔥 6
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.