en
Feedback
O‘zMU talabalari | Rasmiy

O‘zMU talabalari | Rasmiy

Open in Telegram

O‘zMU talabalarining rasmiy Telegram kanali Ushbu kanal talaba-yoshlar hayotiga doir yangiliklar, tashabbus va muvaffaqiyatlar, muhim voqea va innovatsiyalar taqdimi, shuningdek, muhokamalar uchun Yutuqlaringizni yuboring, yoritamiz: @nuuz_admin

Show more
414
Subscribers
+924 hours
+577 days
+19030 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
#Zomin_Turizm #OʻzMU_Forum Oʻzbekiston milliy universiteti tomonidan xorijiy va mahalliy talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar va etnoturizm” shiori ostida 1-xalqaro talaba-yoshlar Zomin turizm forumi oʻtkazildi. ____ Национальный университет Узбекистана провел 1-й Международный форум студенческо-молодежного туризма под девизом “Молодежь и этнотуризм” с участием иностранных и местных студентов
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

#Zomin_Turizm #O’zMU_forum O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan o'tkazilgan 1-Xalqaro talaba-yoshlar Zomin turizm forumi tafsilotlari Jizzax telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

Video message01:00

#Turizm_forumi #O’zMU_LIVE O’zbekiston Milliy universiteti turizm karvoni Zomin sari yo‘lga otlandi —— Туристический караван Национального университета Узбекистана отправился в Замин Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

#Imtiyoz_stipendiya Universitet huzuridagi litsey va texnikumda tahsil oluvchi o‘quvchilarga rektor stipendiyasi joriy etildi
#Imtiyoz_stipendiya Universitet huzuridagi litsey va texnikumda tahsil oluvchi o‘quvchilarga rektor stipendiyasi joriy etildi Universitet huzuridagi S.X.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi va Bo‘ston axborot kommunikatsiyalar texnikumi o‘quvchilariga 2024/2025-o‘quv yili birinchi semestr uchun rektor stipendiyasini joriy etish maqsadida ishchi komissiyaning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Stipendiya komissiyasi raisi N.Norqulov, Stipendiya komissiyasi a’zolari G.Bekimatova, R.Rustamova, M.Xasanov, G.Yo‘ldasheva, Stipendiya komissiyasi kotibi G.Qurbonovalar besh nafar talabgordan kelgan hujjatlarni ko‘rib chiqishdi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

#Prorektor_maqola

O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Toshmatovning "Dorulfununning istiqbolli yo‘li" sarlavhasi ostidagi maqolasi "Hurriyat" gazetasining navbatdagi sonida chop etildi.
Bugun mamlakatimizning barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida so‘zlamaslikning iloji yo‘q. So‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirganini e’tirof etish joiz.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

Ijtimoiy fanlar fakultetida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida tanlov o‘tkazildi Mazkur tanlov huquqiy madaniyat, intellektual salohiyat, bilim-ko‘nikmalarni oshirish, vatanparvarlik hissini shakllantirishga qaratilgan 10 ta yo‘nalishlar kesimida olib borildi. Tanlov g‘oliblari munosib tadqirlandi. Jumladan, 1-o‘rin sohibi xorijga qisqa muddatli stajirovka yo‘llanmasi, 2-o‘rinni egallagan ishtirokchi O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga sayohat uchun tur paket, 3-o‘rin egasi esa diplom va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritdi. Taqdirlash marosimida onlayn ishtirok etgan talaba-yoshlarning ota-onalariga tashakkurnoma yo‘llandi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

ЎзМУда Мирзо Улуғбек таваллудининг 630 йиллиги муносабати билан халқаро илмий-амалий анжуман ўтказилди 👉 https://xabar.uz/x5
ЎзМУда Мирзо Улуғбек таваллудининг 630 йиллиги муносабати билан халқаро илмий-амалий анжуман ўтказилди 👉 https://xabar.uz/x5bb 📲Каналга қўшилинг: https://t.me/xabaruzofficial

#mutolaa_hikmati Ibratli hikoyani ilindik, albatta, o’qing! 👇 Britaniyaning London shahridagi yurak kasalliklari bo‘yicha katta maslahatchi kardiolog doktor Ziyo Kamoliddin 15 yildan ortiqroq vaqt o‘z mamlakatida bo‘lmagandan so‘ng uni sharaflash uchun Iroqqa chaqirilgan. Doktor faxriy zalga kirmoqchi bo‘lib turganida bir cholning yo‘lakka gazetalarni qo‘yib, gazeta sotayotgani uni to‘xtashga majbur qildi. Doktor gazeta sotuvchining yonida bir muddat turdi-da, so‘ngra zalga kirdi. Doktor zalga oyoqlarini sudrab, zo‘rg‘a kirdi. U o‘tirdi, lekin uning fikri-xayoli gazeta sotuvchisida edi. "Ijodkorlik" nishonini taqish uchun shifokorning nomi chaqirilganda, u o‘rnidan turdi. Lekin u minbarga chiqmay, zaldan chiqib ketar ekan, hamma hayrat bilan doktorga qarab qoldi! Doktor o‘rnidan turib gazeta sotayotgan qariyaning oldiga bordi va uning qo‘lidan ushlagan edi, u qo‘lini tortib oldi. Gazeta sotuvchi qariya: - Meni qo‘yib yubor, o‘g‘lim, men bu yerga boshqa gazeta yoymayman, dedi. Doktor bo‘g‘iq ovoz bilan unga shunday dedi: Siz bundan keyin aslo gazeta yoymaysiz. Iltimos, men bilan birga yursangiz... Gazeta sotuvchi qarshilik ko‘rsatar, doktor esa uning qo‘lidan ushlar edi. Qariya, doktorning ko‘zlaridan yosh oqayotganini ko‘rgandan keyin qarshilik qilmay qo‘ydi. Shunda qariyani zalga olib kirdi. Gazeta sotuvchi: - O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi? Doktor gapirmasdan u bilan minbar sari yurishda davom etdi. U yerda to‘planganlar hayron edi, lekin doktor yig‘lar, gazeta sotuvchisini quchoqlab, boshidan o‘par ekan, shunday der edi: - Siz meni tanimadingiz-a, ustoz Halil? Gazeta sotuvchi esa: - Yo‘q, Allohga qasamki, men seni tanimadim. Aybga buyurmaysan, bu yog‘i qarichilik, deya javob berdi. Shunda doktor: - Men markaziy o‘rta maktabdagi o‘quvchingiz Ziyo Kamoluddinman, men doim birinchi bo‘lganman, siz esa meni rag‘batlantirib, meni kuzatib turar edingiz. O’shanda 1966-yillar edi... Undan keyin sotuvchi shogirdini bag‘riga bosdi. Shunda doktor o‘ziga berilgan nishonni olib, bir vaqtlar o‘qituvchi bo‘lgan gazeta sotuvchisining ko‘ksiga taqib qo‘ydi. Keyin doktor qatnashchilar oldida o‘z nutqini so‘zladi: Mana shular hurmatga loyiq zotlardir. Allohga qasamki, bizning qoloqlik va jaholatga yuz tutishimiz qachon yuz berdi. Qachonki ustozlarni xorlab, huquqlarini poymol qilib, ularni o‘zlariga munosib mavqelarga qo‘ymay va yuksak darajalariga mos ravishda hurmat-ehtirom ko‘rsatmay, qadrlamay qo‘yganimizdan keyingina mana shunday qoloqlashib, ilmsiz va nodon kimsalarga aylandik... Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

+1
#eko_aksiya #obod_universitet ⏺Biologiya va Ekologiya fakultetlari talabalari universitet hududi bo'ylab #obod_universitet aksiyasini o'tkazishdi. ⏺Aksiya doirasida hududlarni chiqindilardan tozalash hamda daraxtlarni parvarishlash, yashil maydonlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

#MirzoUlug'bek_630 O‘zMUda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman — O’zMU Axborot xizmati rakursida —— Международная научно-практическая конференция, посвященная 630-летию со дня рождения Мирзо Улугбека в Узбекистане — в ракурсе информационной службы НУУз Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

Repost from Edu.uz
#MirzoUlug‘bek_630 O‘zMUda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoq
+9
#MirzoUlug‘bek_630 O‘zMUda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda O‘zbekiston milliy universitetida buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev so‘nggi yillarda buyuk allomalarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi va qomusiy olim sifatidagi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tishdi. Konferensiyada 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar, xususan, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Ispaniya, Germaniya, Turkiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, shuningdek, respublikaning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy tashkilotlarning xodimlari, tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Batafsil... 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

Ўзбекистон Миллий университети ректори Ином Маджидовнинг "Мирзо Улуғбек — Иккинчи Ренессанс асосчиси" номли мақоласини “Янги Ўзбекистон” газетасининг бугунги, 14 май сонида мутолаа қилинг.
Ином Маджидов: Дунё халқлари тарихида ўзига хос шундай туб янгиланишлар даврлари бўладики, бундай замонларда муайян миллат даҳоси, унинг ўз салоҳиятини намоён этишга интилиши, яратувчанлик фаолияти энг юксак чўққиларга кўтарилади. Нисбатан қисқа муддатларда эришилган улуғ марралар бутун жаҳон аҳлини лол қолдиради. Айни бир халқ салоҳиятининг улкан натижаси бўлган бу каби оламшумул ютуқлар инсоният тарихининг ёрқин саҳифаларига айланади, дунё цивилизацияси тараққиётига катта туртки беради. Ер юзидаги саноқли халқларгагина насиб этадиган бундай юксак кўтарилиш ва тараққиёт замонлари ўзига хос Уйғониш, яъни Ренессанс даври деб аталади.
Расмий саҳифалар👇 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

Profilaktik davra suhbati tashkil etildi Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida rektor maslahatchisi J.
+4
Profilaktik davra suhbati tashkil etildi Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida rektor maslahatchisi J.Ruziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi mutaxassisi M.Abduraxmonov, hudud profilaktika katta inspektori podpolkovnik A.Abdulhaqov, fakulteti dekani Z.Raxmonov, tyutorlar hamda 154 nafar talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi. Ma’ruzachilar oʻz soʻzlarida yot va buzgʻunchi gʻoyalar ta’siriga tushib qolmaslik, yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi periparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq holatlarni oldini olish, turli tuman ommaviy tartibsizliklar, mitinglarda ishtirok etishdan ogoh boʻlish, turli xil korrupsion holatlarni bartaraf etish kabi mavzularda tushunchalar berib oʻtildi. Shu bilan birga ushbu noqonuniy xatti-harakatlarning huquqiy oqibati tushuntirildi. Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

#Talabadan_tashabbus O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi Dilnoza Xusanova Iste’dodli
#Talabadan_tashabbus O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi Dilnoza Xusanova Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida o'z loyihasi bilan ishtirok etadi. Barchangizdan ushbu so‘rovnomani to‘ldirib, loyiha rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingizni, talabamizni qo'llab-quvvatlashingizni so‘raymiz. 👉 So‘rovnomani to‘ldirish Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

#Yoshlarga_qulaylik Adiblar xiyobonida WiFi zonalari ishga tushdi ⏺O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Adiblar xiyoboni
+2
#Yoshlarga_qulaylik Adiblar xiyobonida WiFi zonalari ishga tushdi ⏺O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Adiblar xiyobonida joylashgan Erkin Vohidov haykali atrofida bepul WiFi zonasi tashkil etildi. ⏺Ushbu bepul internet tizimi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, talabalarning qo‘shimcha bilimlarni tez va samarali egallashiga xizmat qilish maqsadida yo'lga qo'yildi. Barcha talaba-yoshlar Adiblar xiyobonidagi ushbu servisdan bemalol foydalanishlari mumkin. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

#O'zMU_106_yoshda Bugungi ilmiy-anjumanga shunaqa shirinlik tayyorlab kelishibdi. 😇🎂 Shonli tarix, zalvorli tajribaga ega o
#O'zMU_106_yoshda Bugungi ilmiy-anjumanga shunaqa shirinlik tayyorlab kelishibdi. 😇🎂 Shonli tarix, zalvorli tajribaga ega otaxon dargoh — O‘zbekiston Milliy universitetining 106 yoshi muborak bo‘lsin! Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

⏺🟥🟥🟥 O'zbekiston Milliy universitetida Yoshlar akademiyasi forumi o'tkaziladi Forum dasturidan quyidagilar o‘rin olgan: ⏺X
⏺🟥🟥🟥 O'zbekiston Milliy universitetida Yoshlar akademiyasi forumi o'tkaziladi Forum dasturidan quyidagilar o‘rin olgan: ⏺Xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etishni o'rgatish maqsadida "English for science" seminari; “Bo‘lajak olim” tanlovi targ'iboti; “Akademik harakatchanlik” dasturi targ'iboti singari mavzularda malakali spikerlar ishtirokida iqtidorli talabalarning ilmiy va startap loyihalarini tanlovlarga yo'naltirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlarni tayyorlash va topshirish tartibi bo'yicha seminar-treninglar bo‘lib o‘tadi. 🗣Forum 20-may kuni soat 10.00 da Rektorat binosi, 1-qavat, Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tadi. Mazkur forumga barcha qiziquvchi talabalarni taklif etamiz! Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali

Repost from ZAMON | RASMIY
21:00  07.05.2024 ABITURIYENTLAR VA TALABALAR UCHUN XUSHXABAR! #Toshkent muxbir: Sohiba Akromova https://t.me/zamon_lavhalar

Bayramona kayfiyatga tayyormisiz? 🔰Ertaga 9-may kuni aziz poytaxtimiz yoshlarini ajoyib konsert dasturi kutmoqda. ⚡️Shouda e
Bayramona kayfiyatga tayyormisiz? 🔰Ertaga 9-may kuni aziz poytaxtimiz yoshlarini ajoyib konsert dasturi kutmoqda. ⚡️Shouda estradamiz yulduzlari Shohruhxon, Yorqinxo‘ja Umarov, Afruza, Jasmin va bir qator yulduzlarimiz ishtirok etishadi! Manzill: "Yoshlik talabalar" shaharchasi