en
Feedback
JavaScript || DSA

JavaScript || DSA

Open in Telegram

Assalomu Alaykum: Bu Kanalda Dasturlashga oid turli xil masalalar tashlab boriladi. Bu Kanalni ochishdan maqsad masala ishlash ko'nikmasini oshirish. Masalalar asosan leetcode.com dan olinadi va tarjima qilinadi. Takliflar: @abduhamid0v

Show more
269
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-230 days
Posts Archive
Uzur so'rayman kanalni active ushlab turmaganim uchun, kanal uchun yangi planlar tuzuldi, endi kanalni active ushlab turamiz. Sizlardam bitta iltimos/talabim bor ,iloji boricha hamma postlarga reaksiya bosing va izoh yozing.

Ishoralarni tartiblang NOTE: Bizda Array berilgan va u teng qiymatdagi musbat va manfiy sonlardan tashkil topgan. Musbat va manfiy elementlarning nisbiy tartibini o'zgartirmasdan, siz navbatma-navbat musbat va manfiy qiymatlar qatorini qaytarishingiz kerak.
Input: ARR = [1,2,-4,-5] output: [1, -4, 2, -5] Input: ARR = [1,2,-3,-1,-2, 3] Output: [1, -3, 2, -1, 3, -2]
Agar savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'ring, algorithmni qanday ishlashini tushunishga harakat qiling va shuni o'zingiz takroran ishlab ko'ring!!! Leetcode dagi shu misol uchun muqobil link : click me Commentariyada boshqalar bilan muhokama qilling, juda muhim. @JavaScriptQuiiz

Repost from Jasur - IT Blog
🗂 Linked List (1- qism) Linked List - bir-biriga bog‘langan node'lardan iborat chiziqli ma'lumot tuzilmasi (Data Structure)
🗂 Linked List (1- qism) Linked List - bir-biriga bog‘langan node'lardan iborat chiziqli ma'lumot tuzilmasi (Data Structure) hisoblanadi. node - bu Linked List'ning qismlari, ya'ni elementlari.
Linked List insertion (yangi element qo'shish) yoki deletion (mavjud elementni olib tashlash) uchun Array'ga nisbatan osonroq va samaraliroq hisoblanadi
Linked List element'lari 2 ta qismga bo'linadi: data vs address data qismi haqiqiy ma’lumotlarni saqlaydi, address qismi esa keyingi ulangan node'ni manzilini saqlaydi. Node - bu Linked List'ning asosiy tuzilmasi. U ma'lumotlar'ni va keyingi node manzilini saqlaydi. Node kamida bitta address'ga ega bo‘lishi kerak. Oxirgi node'ning manzil qismida null qiymati bo‘ladi, bu ro‘yxatning tugashini bildiradi. *Xotiradagi O'zgaruvchi Butun 15 sonini myNumber o‘zgaruvchiga saqlamoqchimiz va bu son ikki bayt (16 bit) ko‘rinishida saqlanadi. myNumber xotirasidagi manzil 0x7F30 deb faraz qilaylik. 0x7F30 aslida myNumber butun son qiymati saqlanadigan xotiraning ikkita baytining birinchisining manzilidir. Kompyuter butun sonli qiymatni o‘qish uchun 0x7F30 manzil'ga borganida, u birinchi baytni ham, ikkinchi baytni ham o‘qiydi.
⚠️ Kompyuter o'zining arxitekturasiga va o'zgaruvchini e'lon qilgan dastur tiliga qarab, qoidalar va bit'lar o'zgarishi mumkin.
*Xotiradagi massivlar Array'dagi elementlar xotirada ketma-ket saqlanadi. Shuning uchun, har bir element oldingi elementdan keyin saqlanadi. myArray = [3,5,13,2] array'ni xotiraga saqlaymiz. myNumber xotiradagi manzil 0x7F28 deb faraz qilaylik. Kompyuter'da faqat myArray ning birinchi baytining manzili bor, shuning uchun myArray[2] kodi bilan 3-elementga kirish uchun birinchi ikkita butun sondan sakrab o‘tadi. Butun son ikki baytda saqlanadi, shuning uchun u 0x7F28 dan 2x2 bayt oldinga o‘tadi va 0x7F32 manzilidan boshlab 13 qiymatni o‘qiydi.
Address Value ----------------------- 0x7F28 - 3 0x7F29 0x7F30 - 5 0x7F31 0x7F32 - 13 0x7F33
Massivdagi elementlarni olib tashlash yoki qo‘shishda, undan keyin keladigan har bir elementni yangi element uchun joy ochish uchun yuqoriga siljitish yoki olib tashlangan elementning o‘rnini egallash uchun pastga siljitish kerak. Bunday siljish operatsiyalari ko‘p vaqt talab qiladi.
⚠️ Bu real vaqt tizimlarida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
*Xotiradagi Linked List Linked List'lardan foydalanishning afzalligi shundaki, node'lar xotirada har qanday bo‘sh joyda saqlanadi, elementlar massivlarda saqlangani kabi node'lar bir-birining ortidan ketma-ket saqlanishi shart emas. node'larni qo‘shish yoki olib tashlashda ro‘yxatdagi qolgan node'larni siljitish shart emas. Har bir node 4 baytni egallaydi. Butun sonli qiymatni saqlash uchun 2 bayt, ro‘yxatning keyingi node manzilini saqlash uchun esa 2 bayt ishlatiladi. Linked List'ni birinchi elementi Head, oxirgi elementi Tail deb ataladi. Linked List'ni yomon taraflari shundaki, biz array'dan foydalanganimizdek, myArray[5] deb yozish orqali node ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaymiz. Linked List dagi 5-th node ga o‘tish uchun biz head deb nomlangan birinchi node dan boshlashimiz, keyingi node ga o‘tish uchun o‘sha node ning pointer idan foydalanishimiz kerak. Linked List'ning asosiy 3 ta turi mavjud *Singly Linked Lists: Bu eng keng tarqalgan. Har bir node'da ma’lumotlar va keyingi node manzili mavjud. *Doubly Linked Lists: Har bir node'ga oldingi node manzilini qo'shamiz. Shunday qilib, biz istalgan yo‘nalishda: oldinga yoki orqaga yurishimiz mumkin. *Circular Linked Lists: Bu oxirgi element birinchi element bilan bog‘langan bo'ladi.
Linked List Array'ga nisbatan 2 marta ko'proq xotira egallaydi. Chunki, Linked List har bir node uchun qo‘shimcha pointer (yoki reference) saqlaydi, bu esa qo‘shimcha xotira talab qiladi.
🔗 w3schools.com/dsa/dsa_theory_linkedlists_memory.php 🔗 youtu.be/N6dOwBde7-M?si=jEpM9F6RUZjMhs0L 🔗 youtube.com/watch?v=WqrbIUggEXQ&t=6155s #algorithm #linkedList @JasXDev

Repost from Eldor’s AI Lab
📢 1.3 Mashina O‘rganish (ML) ning Ishlash Jarayoni@EldorML 📡 🚀 Ushbu Postda Mashina O‘rganishning Ishlash Jarayoni (Machine Learning Lifecycle) bosqichlarini tushuntiramiz! 🔹 1. Muammoni aniqlash (Problem Definition) ✅ Model qaysi muammoni hal qilishi kerakligini tushunish muhimdir. 📌 Izoh: Noto‘g‘ri aniqlangan muammo modelning samarasiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 🎯 Muammoni to‘g‘ri aniqlash bosqichlari: 🔹 Maqsadni belgilash – Modeldan qanday natijalar kutilayotganini aniqlash. 🔹 Ma’lumotlar manbalarini aniqlash – Model uchun kerakli ma’lumotlarni tanlash. 🔹 Yechim yondashuvlarini tahlil qilish – ML yondashuvi muammoga mos keladimi? ✅ Misollar: ✔️ Bank tizimida firibgarlikni aniqlash ✔️ Tibbiy diagnostika – kasalliklarni sun’iy intellekt yordamida aniqlash 🔹 2. Ma’lumot to‘plash (Data Collection) ✅ Modelning sifatli ishlashi uchun to‘g‘ri tuzilgan dataset zarur. 📌 Izoh: Kam yoki noto‘g‘ri ma’lumot modelning noaniq natija berishiga olib keladi. 📊 Ma’lumot to‘plash usullari: 🔹 Mavjud ma’lumotlardan foydalanish 🔹 Web scraping (BeautifulSoup, Selenium) 🔹 Sensorlar va IoT qurilmalaridan ma’lumot olish ✅ Maslahatlar: ✔️ Ishonchli ma’lumotlardan foydalaning. ✔️ Ma’lumotlarni doimiy yangilang. 🔹 3. Ma’lumotlarni tozalash va oldindan qayta ishlash (Data Cleaning & Preprocessing) ✅ Toza ma’lumotlar model natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. 📌 Izoh: Noto‘g‘ri yoki yetishmayotgan ma’lumotlar noto‘g‘ri bashoratlarga olib kelishi mumkin. 🛠 Asosiy bosqichlar: 🔹 Yo‘qolgan qiymatlarni to‘ldirish 🔹 Chegaradan tashqari qiymatlarni aniqlash va boshqarish (Outliers) ✅ Maslahatlar: ✔️ Matnli ma’lumotlarni raqamli shaklga o‘tkazing (One-Hot Encoding, Label Encoding). ✔️ Ma’lumotlar to‘g‘ri formatda ekanligiga ishonch hosil qiling. 🔹 4. Modelni tanlash va o‘qitish (Model Selection & Training) ✅ Modelni to‘g‘ri tanlash natijaga katta ta’sir qiladi. 📌 Izoh: Muammo tasniflash, regressiya yoki klasterizatsiya ekanligini aniqlash kerak. 🤖 Mashhur ML modellar: ✔️ Chiziqli model (Linear Regression, Logistic Regression) ✔️ Qaror daraxtlari (Decision Trees, Random Forests) ✅ Maslahatlar: ✔️ Overfitting oldini olish uchun kross-validatsiyadan foydalaning. ✔️ Hyperparameter tuning orqali modelni optimallashtiring. 🔹 5. Modelni baholash va optimallashtirish (Model Evaluation & Optimization) ✅ Model ishlashini baholash uchun quyidagi metrikalardan foydalaniladi: 📌 Izoh: Model natijalarining sifati qanday baholanishi kerakligi aniq bo‘lishi lozim. 📊 Asosiy baholash metrikalari: 🔹 Aniqlik (Accuracy), Precision, Recall, F1-score 📌 Modelni optimallashtirish usullari: ✔️ Hyperparameter tuning (GridSearchCV, RandomizedSearchCV) ✔️ Xususiyatlarni optimallashtirish (Feature Engineering & Selection) 🚀 Xulosa Mashina o‘rganish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: ✅ Muammoni aniqlash – Qanday muammo hal qilinishi kerakligini tushunish. ✅ Ma’lumot to‘plash – Model uchun sifatli dataset yaratish. ✅ Ma’lumotlarni tozalash – Ortikcha va noto‘g‘ri ma’lumotlarni olib tashlash. ✅ Modelni o‘qitish – Eng mos modelni tanlash va o‘rgatish. ✅ Modelni baholash va optimallashtirish – Model natijalarini yaxshilash. 📌 Mavzu bo’yicha to’liq ma’lumot: Mavzuni to’liq o’qish 📌 Telegram kanalimizga qo‘shiling va bilimlaringizni oshiring! – @EldorML 📡

AI sohasiga qiziqasizmi ? @EldorML bu kanal aynan siz uchun. Hozirda ML bo'yicha 0 dan postlar yozilib kelinmoqda. Kanal yaqinda ochildi, hozir bemalol commentaryasiga o'tib, o'zizni qizqitirgan savollarni berishingiz mumkin.

Repost from JavaScript || DSA
🟩🟥Question #7 🟦 Armstrong son ekanligini tekshiring. Agar armstrong bo'lsa true, aks holda false qaytaring.
input: N = 153
output: True
Tarif: 1^3 + 5^3 + 3^3 = 153, 3 berilgan sonning uzunligi

Input: N = 170
output: false
Tarif: 1^3 + 7^3 + 0^3 != 170
Agar mobodo savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'rib javobini ko'rib, misolni qanday ishlashini tushunishga harakat qiling va shuni o'zingiz takroran ishlab ko'ring!!! Leetcode dagi shu misol uchun muqobil link : click me Commentariyada boshqalar bilan muhokama qiling, juda muhim
-> -> -> [ Javob uchun linklar kun oxirigacha Shu yerga biriktiriladi! ] <- <- <-
@JavaScriptQuiiz

Assalomu alaykum, AIni basicdan advanced levelga o'rganish hohshinclar bo'lsa kanalga o'tib qo'yinglar, o'zini akamlar bo'ladi, dasturchi haqida ma'lumotnl shu postda:https://t.me/EldorML/3

Repost from Eldor’s AI Lab
🚀 Machine Learning Darslari – Kanalimizdagi mavzular @EldorML 📡 Bu kanalda Machine Learning (ML) bo‘yicha nazariy va amaliy darslar taqdim etiladi. ML algoritmlarini tushunib, real loyihalarda qo‘llashni o‘rganamiz! 📌 Kurs bo‘limlari: 📖 ML asoslari – ML turlari, ishlash tamoyillari 🎯 Supervised Learning – Regression, Klassifikatsiya (SVM, Random Forest, XGBoost) 🌀 Unsupervised Learning – Klasterlash, Dimensionality Reduction 🤖 Reinforcement Learning – Q-Learning, Actor-Critic 🌍 ML Deployment – Flask, FastAPI, Streamlit ⚙️ MLOps – Model monitoring va optimallashtirish 💡 Amaliy kod yozamiz, loyihalar quramiz, va AI ni chuqur tushunamiz! 📢 Qo‘shiling va AI olamini birga o‘rganamiz! @EldorML 📡 📌 Batafsil kurs tarkibi: To‘liq kurs tarkibni ko‘rish 🔗

Salom! 2 yildan beri blog kanal yuritaman. Bu yerda fikrlar, qiziqarli rasmlar(ba'zida) va hayotiy mavzular haqida yozaman. Hech qanday aqlli maslahatlar kutmang, shunchaki qo'shiling fikrlashamiz! Link: https://t.me/+nMLBJArQ6XMyNTQy

Repost from JavaScript || DSA
🟩🟥Question #29 : Aksiyalarni sotib olish va sotish 🟦 Sizda narxlar arrayi berilgan, narxlar[i] esa i inchi kundagi berilgan aksiyani narxini bildiradi, Bitta aksiyani sotib olish uchun bir kunni tanlash va kelajakda ushbu aksiyani sotish uchun boshqa kunni tanlash orqali daromadingizni maksimal darajada oshirishni xohlaysiz. Ushbu tranzaksiyadan erishishingiz mumkin bo'lgan maksimal foydani qaytaring. Agar hech qanday foyda keltira olmasangiz, 0 ni qaytaring. avval sotib olib keyin sotish kumkin emas,
Input: narxlar = [7,1,5,3,6,4] output: 5 Tarif: 2 - unda sotib olasiz [ narx = 1 ] va 5 inchi kunda sotasiz [narx = 6] , foyda 6 -1 = 5 Input: narxlar = [7,6,4,3,1] Output: 0 tarif : bu yerda sotib olib, keyin sotish orqali hech qanday foyda olmaymiz, shuning uchun bu safar bozorga kirmasdan o'tamiz
Agar mobodo savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'rib javobini ko'rib, algorithmni qanday ishlashini tushunishga harakat qiling va shuni o'zingiz takroran ishlab ko'ring!!! Leetcode dagi shu misol uchun muqobil link : click me Commentariyada boshqalar bilan muhokama qiling, juda muhim
-> -> -> [ ! ] Javoblar link [ ! ] <- <- <-
O'zbekcha video || [O'qish] O'zbekcha || English video || [Reading] English
-> -> -> [ ! ] Javoblar kodi [ ! ] <- <- <-
javascript code will be there
@JavaScriptQuiiz

IT sohasidagi karyera haqida hamma narsa: Jizzaxda IT Roadshow doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi IT Community Roadshow doirasida mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari ekspertlari yosh mutaxassislarga IT olamida birinchi qadamlarni qo‘yishda yordam beradilar. Tadbir 26-yanvar kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Jizzax Cyber Arenada (Zargarlik MFY, Sharof Rashidov ko‘chasi, 88A) bo‘lib o‘tadi. Roadshowda mamlakatimizning yetakchi kompaniyalari IT-ekspertlari so‘zga chiqib, quyidagilar haqida ma’lumot berishadi ● IT sohasida karyera qurish ● Professional brend yaratish ● Startaplarni ishga tushirish. Shuningdek, netvorking-sessiyalar davomida talabalar va o‘quvchilar foydali tanishlar orttirishlari va boshlovchi mutaxassislar uchun aktual masalalarni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi. Ishtirok etish bepul! Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram-botga o‘tish kifoya: https://t.me/itcomuzbot. Roadshow IT Community of Uzbekistan, Uzum ekotizimi, UZINFOCOM, School 21, IT Park, Women in Tech xalqaro assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Ichimizda Jizzaxliklar bormi ? Kelinglar o'zim ham shu yerda bo'laman. @JavaScriptQuiiz

IT sohasidagi karyera haqida hamma narsa: Jizzaxda IT Roadshow doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi IT Community Roadshow doirasida mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari ekspertlari yosh mutaxassislarga IT olamida birinchi qadamlarni qo‘yishda yordam beradilar. Tadbir 26-yanvar kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Jizzax Cyber Arenada (Zargarlik MFY, Sharof Rashidov ko‘chasi, 88A) bo‘lib o‘tadi. Roadshowda mamlakatimizning yetakchi kompaniyalari IT-ekspertlari so‘zga chiqib, quyidagilar haqida ma’lumot berishadi ● IT sohasida karyera qurish ● Professional brend yaratish ● Startaplarni ishga tushirish. Shuningdek, netvorking-sessiyalar davomida talabalar va o‘quvchilar foydali tanishlar orttirishlari va boshlovchi mutaxassislar uchun aktual masalalarni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi. Ishtirok etish bepul! Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram-botga o‘tish kifoya: https://t.me/itcomuzbot. Roadshow IT Community of Uzbekistan, Uzum ekotizimi, UZINFOCOM, School 21, IT Park, Women in Tech xalqaro assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Ichimizda Jizzaxliklar bormi ? Kelinglar o'zim ham shu yerda bo'laman. @begidev

Repost from JavaScript
Kitob o’qisa uyqusi keladiganlar uchun 💤 📈 Endi eng mashhur va kuchli kitoblarni o’qigan odamlarning foydali postlarini har kuni ertalab o’qishingiz mumkin. 🗣️ Kuniga 1ta post (misol: Aziz Rahimov, Davronbek Turdiyev…)
Postlarni qidirmaysiz, har kuni ertalab o’zi sizni qidirib keladi
➡️ Qisqa ➡️ Sodda ➡️ Foydali Buning yaralishi oson bo’lmadi, shunday ekan 👇 ▶️ Hoziroq quyidagi botga kiring va sinab ko’ring: @oqidi_bot

Ikkinchi eng katta VA eng kichik elementni toping.Agar ikkala element ham mavjud bo'lmasa -1 return qiling.
input: [1,2,4,7,7,5] output: Ikkinchi eng katta element: 5 Ikkinchi eng kichik element: 2 Input: [1] output: Ikkinchi eng katta element: -1 Ikkinchi eng kichik element: -1 Tarif: array bitta elementdan tashkil topgani uchun, u eng katta va eng kichik elemment bo'la oladi, shuning uchun bizda ikkinchi eng katta va eng kichik element mavjud emas.
So'raladi: Time Complexity: O(n) Space complexity: O(1)
Agar savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'rib javobini ko'rib, algorithmni qanday ishlashini tushunishga harakat qiling va shuni o'zingiz takroran ishlab ko'ring!!! Commentariyada boshqalar bilan muhokama qiling, juda muhim @JavaScriptQuiiz

Assalomu alaykum, Muhammadislom aka junior dasturchilar uchun juda ham yaxshi, foyda beradigan amaliyot o'tib bermoqchi ekan, albatta amaliyotga qo'shilish tekin. Joylar soni cheklangan, qo'shilishga ulgurib qoling!

Assalomu alaykum hayrli kun barchaga! Amaliyotda o'tiladigan mavzular ro'yhati va qo'shimcha real project ham qilib ko'rsatib
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga! Amaliyotda o'tiladigan mavzular ro'yhati va qo'shimcha real project ham qilib ko'rsatib beriladi, yuqoridagi postlarni ko'rsangiz batafsil to'xtalib o'tilgan. Bugun kechga link share qilaman va shu orqali qo'shilish mumkin bo'ladi. Faqat tanishlar bo'lsa share qilib qo'yasizlar 🔥. Barchasi bepul! 🔗 @Muhammadislom_Dev

P.s: Reaksiya bosib qo'yinglar.

Linear Searchni qachon ishlatish kerak? 🔍Linear Search – eng oddiy va asosiy qidiruv algoritmlaridan biri bo‘lib, massiv yoki ro‘yxatdagi har bir elementni ketma-ket tekshirish orqali ma’lum bir qiymatni qidiradi. Bu algoritm O(N) vaqt murakkabligiga ega bo‘lib, kichik hajmdagi yoki tartiblanmagan ma’lumotlar bilan ishlash uchun qulaydir. ✅ Lekin har bir algoritm ma’lum bir vaziyatlarda samarali bo‘ladi. Quyida Linear Searchni qachon ishlatish kerakligini ko‘rib chiqamiz: 🧑‍💻 1. Ma’lumotlar tartibsiz bo‘lganda *Agar massiv yoki ro‘yxat tartiblanmagan bo‘lsa va uni tartibga keltirish imkoniyati yoki zarurati bo‘lmasa, Linear Search eng oddiy va to‘g‘ri tanlov bo‘ladi.
Masalan: arr = [5, 2, 9, 1, 7] kabi massivda ma’lumotni tezda topish uchun Linear Search ishlatish mumkin.
📊 2. Ma’lumot hajmi kichik bo‘lganda *Kichik hajmdagi massivlar uchun Linear Searchning O(N) murakkabligi muammo tug‘dirmaydi. Bu oddiy va tezkor algoritm bo‘lgani uchun uni qo‘llash oson.
Masalan: arr = [10, 20, 30, 40] kabi 10-20 ta elementdan iborat massivlarda qidiruvni Linear Search orqali amalga oshirsa bo‘ladi.
📂 3. Ma’lumotlar strukturasida tasodifiy kirish yo‘q bo‘lganda *Masalan, Linked List kabi ma’lumotlar tuzilmalari tasodifiy kirishni (random access) qo‘llab-quvvatlamaydi. Bunday hollarda Linear Search yagona samarali usul bo‘lishi mumkin.
Masalan: Linked List = [3 -> 7 -> 8 -> 12]
📝4. Qidirilayotgan elementning o‘rnini oldindan bilish qiyin bo‘lsa *Agar siz izlayotgan element massivning biror joyida tartibsiz ravishda joylashgan bo‘lsa va boshqa usullardan foydalanib uning joylashuvini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, Linear Searchdan foydalanish oson. ⌨️5. Saralash talab qilinmasa *Saralash algoritmlari (masalan, Bubble Sort, Quick Sort) vaqt va resurs talab qiladi. Agar massivni saralashdan ko‘ra tezkor qidiruv zarur bo‘lsa, Linear Search eng yaxshi tanlovdir. 🚫Linear Searchni qachon ishlatmaslik kerak? 1-Agar massiv katta bo‘lsa va tartiblangan bo‘lsa, Binary Search samaraliroq. 2-Real vaqt rejimida tezkor qidiruv talab qilinsa, hash-based strukturalar (HashMap) ishlatiladi. 🌟 Xulosa Linear Search: *Kichik hajmdagi va tartiblanmagan ma’lumotlar uchun eng oddiy va samarali. *Qo‘llanishi oson va dasturchidan katta bilim talab qilmaydi. *Lekin katta ma’lumotlar yoki tartiblangan massivlarda samaradorlikni oshirish uchun boshqa algoritmlar ko‘rib chiqilishi kerak.
🎯Linear Search – oddiy muammolar uchun mukammal yechim!
@JavaScriptQuiiz

Sonni teskarisiga o'giring❗️
🛑Misol: input: N = 123 output: 321 Tarif: 123 ning teskarisi 321. Input: N = 234 output: 432. Input: N = -123 Output: -321.
⚡️ Maslahatlar: 🌐Agar savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'ring, qanday ishlashini tushunib oling va o'zingiz qayta ishlab ko'ring! 💬 Muhokama qiling! Bu juda muhim! @JavaScriptQuiiz

Obunachilarni talab va istaklariga binoan, masalalar darajasi osonlashdi.