en
Feedback
JavaScript || DSA

JavaScript || DSA

Open in Telegram

Assalomu Alaykum: Bu Kanalda Dasturlashga oid turli xil masalalar tashlab boriladi. Bu Kanalni ochishdan maqsad masala ishlash ko'nikmasini oshirish. Masalalar asosan leetcode.com dan olinadi va tarjima qilinadi. Takliflar: @abduhamid0v

Show more
269
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-230 days
Posts Archive
N ta sonning faktorialini toping
🛑Misol: Input: N = 5 Output: 120 Tarif: 5! = 5 * 4 * 3 * 2 * 1 Input: N = 3 Output: 6 Tarif: 3! = 3 * 2 * 1
Maslahatlar: 🌐Agar savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'ring, qanday ishlashini tushunib oling va o'zingiz qayta ishlab ko'ring! 🔄 Iterativ va rekursiv yo'llarda ishlab ko'ring va javoblaringizni commentlarda muhokama qiling! 💬 Muhokama qiling! Bu juda muhim! @JavaScriptQuiiz

Asoschilar Club Website 🎯 📈 Yaqinda asoschilar-club.uz saytini muvaffaqiyatli yakunladim. Endilikda ushbu loyihani yosh das
Asoschilar Club Website 🎯 📈 Yaqinda asoschilar-club.uz saytini muvaffaqiyatli yakunladim. Endilikda ushbu loyihani yosh dasturchilarga real loyiha sifatida dars sifatida o‘tib bermoqchiman. Bu ularga a'lo darajadagi portfolio yaratishda yordam beradi. 💼 Qo'shilish narxi: ➖ Bugun: 68 ming so‘m ➖ Ertagadan: 88 ming so‘m Nima uchun qo‘shilishingiz kerak? ➖ Real loyiha ustida ishlash tajribasiga ega bo‘lasiz ➖ To‘g‘ri va samarali kod yozishni o‘rganasiz ➖ Qo'shimcha savollaringiz uchun javoblar ➖ Darsliklarni stalgan vaqtda ko‘rib chiqishingiz mumkin ➖ Fromadagi malumotlarni qanday qilib google sheets yigib olishni ham ko'ramiz. Bu sizga nocoding loyihalarni , frontend orqali qilish imkonini beradi. 🚀 Qo'shilish uchun: 9860346603554947 (Abdulvahob Abdullayev) ushbu kartaga , Tolovni qilganizdan keyin men sizni yopiq kanalga qoshaman ⚡️ To'lov chekini @A_Abdulvahob ga yuborishingiz mumkin 😃 @abs_javascript

Masalalar sizga qiyinlik qilayabdimi yoki osonlik ? Pollga ovoz beringlar, oxirgi vaqt activlik tushib ketmoqda, pollni javoblariga qarab masalalar tashlaymiz.
Anonymous voting

Binary Search qachon ishlatilishi kerak? Binary Searchsamarali qidiruv algoritmi bo‘lib, massiv yoki ro‘yxatdan ma’lumotlarni topishda ishlatiladi. Ushbu algoritm O(log n) vaqt murakkabligiga ega va bu uni tezkor qiladi. Ammo Binary Searchni ishlatishdan oldin quyidagi shartlarni tekshirish lozim: 1. Ma'lumotlar tartiblangan bo‘lishi kerak. *Binary Search faqat o‘suvchi yoki kamayuvchi tartibda joylashtirilgan ma'lumotlar ustida ishlaydi. Agar massiv yoki ro‘yxat tartibsiz bo‘lsa, avval uni saralash zarur. Masalan:
[2, 4, 6, 8, 10, 12] – To‘g‘ri [8, 3, 10, 1, 6] – Noto‘g‘ri (saralash talab qilinadi)
2. Qidiruvni samarali qilish kerak bo‘lganda *Oddiy qidiruv algoritmlari (masalan, Linear Search) O(n) vaqt oladi, bu katta hajmdagi ma'lumotlar uchun sekin ishlaydi. Binary Search esa massivni har safar yarmiga ajratib, qidiruvni ancha tezlashtiradi. Qachon kerak bo‘ladi? *Juda katta hajmdagi ma’lumotlar bo‘lganda. *Qidiruvni imkon qadar tez tugatish kerak bo‘lganda. 3. To‘g‘ri indekslashni talab qiluvchi holatlar *Binary Search massiv yoki ro‘yxat elementlariga indeks orqali kirishni talab qiladi. Bu qidiruv ma’lumotlar tuzilmasida Random Access (tasodifiy kirish) imkoniyati mavjud bo‘lganda ishlaydi. Masalan:
Array: To‘g‘ri Linked List: Noto‘g‘ri (Tasodifiy kirish imkoni yo‘q)
Binary Search qayerda ishlatiladi? 1. Numerik ma’lumotlar bilan ishlash: Masalan, o‘zgaruvchilarni o‘zaro solishtirish. 2. Katta hajmdagi ro‘yxatlarda qidiruv: Masalan, telefon raqamlar yoki boshqa turdagi ma’lumotlarni. 3. Ilovalar va xizmatlar. *Shuningdek Binary Search intervyularda tez-tez so‘raladigan mashhur algoritmdir. Uni chuqur tushunish muhim Xulosa. Binary Search juda samarali va tezkor, lekin uni ishlatishdan oldin: 1. Massiv tartiblangan bo‘lishi kerak. 2. Tasodifiy kirish imkoniyati bo‘lishi shart. 3. Muammo uchun haqiqatan ham samaradorlik kerak bo‘lsa, foydalaning.
Binary Searchni to‘g‘ri ishlatish orqali ko‘plab qidiruv muammolarini samarali hal qilishingiz mumkin!
@JavaScriptQuiiz

Repost from JavaScript || DSA
🟩🟥Question #15 🟦 Quick sort algoritmini implement qiling.
input: [12, 46, 24, 52, 20, 9] output: [9, 12, 20, 24, 46, 52] Input: [5,4,3,2,1] output: [1,2,3,4,5]
Hint: shu video animatsiyani ko'ring , va Quick sort qanaqa ishlashini tushunishga harakat qiling, va o'z implementationizni yozing. videoga link Agar mobodo savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'rib javobini ko'rib, algorithmni qanday ishlashini tushunishga harakat qiling va shuni o'zingiz takroran ishlab ko'ring!!! Commentariyada boshqalar bilan muhokama qiling, juda muhim
-> -> -> [ Javob uchun linklar kun oxirigacha Shu yerga biriktiriladi! ] <- <- <-
@JavaScriptQuiiz

DSA (Data Structures and Algorithms) ni o'rganish uchun 5 ta qadam: 1-qadam: Birinchi navbatda biror dasturlash tilini o'rganish lozim. Misol uchun: Java, C++, JavaScript, Python. Ushbu tillar algoritm va ma'lumotlar tuzilmalari bilan ishlash uchun mos keladi. 2-qadam: Time Complexity va Space Complexity tushunchalarini o'rganish zarur. Bu algoritmning samaradorligini baholashda muhim rol o'ynaydi. 3-qadam: Ma'lumotlar tuzilmalari (Data Structures) va algoritmlar (Algorithms) bilan tanishish: Data Structures: Array, String, Linked List, Stack, Queue, Tree, Graph. Algorithms: Searching, Sorting, Divide & Conquer, Hashing, Greedy, Recursion, Backtracking, Tree & Graph Traversal, Dynamic Programming. 4-qadam: Data Structures va algoritmlarni amalda qo‘llab ko‘rish. Amaliyot qilish uchun tavsiya etilgan manbalar: LeetCode, CodeChef, Codeforces, HackerRank, GeeksforGeeks. 5-qadam: DSA bo‘yicha bilim va mahoratingizni oshirish uchun turli xil manbalar yoki onlayn musobaqalarda ishtirok eting. Musobaqalar uchun foydali saytlar: TopCoder, HackerRank, CodeChef, LeetCode, Codeforces.
Agar masalalarni ishlashda qiyinchilikka duch kelsangiz yoki DSA ni o'rganmoqchi bo‘lsangiz, yuqorida sanab o'tilgan 5 qadamni qo'llab ko'ring. Bu bosqichlar sizga jarayonni osonlashtiradi va natijada samarali o‘rganishingizga yordam beradi.
@JavaScriptQuiiz

N-queens muammosi n x n shaxmat doskasida n ta shohni joylashtirish masalasidir, bunda biror bir shoh boshqa bir shohga hujum
N-queens muammosi n x n shaxmat doskasida n ta shohni joylashtirish masalasidir, bunda biror bir shoh boshqa bir shohga hujum qilmasligi kerak. Sizga butun son n berilgan. Ushbu muammo uchun barcha yechimlarni toping va qaytaring. Javoblarni istalgan tartibda qaytarishingiz mumkin. Har bir yechim shohlarning joylashuvini ko'rsatadigan o'ziga xos doska konfiguratsiyasidan iborat bo'ladi, bu erda 'Q' harfi shohni, '.' esa bo'sh joyni bildiradi. Example 1(+rasm):
Input: n = 4 Output: [[".Q..","...Q","Q...","..Q."],["..Q.","Q...","...Q",".Q.."]] Explanation: 4-queens muammosiga ikkita o'ziga xos yechim mavjud, yuqorida ko'rsatilganidek.
Example 2: Input: n = 1 Output: [["Q"]]
Agar savolda qiynalsangiz research qilib ko'ring, commentda active bo'ling. @JavaScriptQuiiz

1 ta boost kerak.

Assalomu alaykum, kanalda ko'plab premium obunchilar bor ekan, kanalga boost bosinglar, qiziqarli videolar joylab boramiz. https://t.me/boost/JavaScriptQuiiz

Sizga bitta sonlar ro‘yxati berilgan. Bu ro‘yxatda faqat musbat sonlar va nol bo‘lishi mumkin. Sizning vazifangiz quyidagicha: 1-Har bir sondan keyingi musbat sonlar yig‘indisini topib, yangi ro‘yxat hosil qiling. Agar sondan keyin musbat son bo‘lmasa, uning o‘rniga null yozilsin. 2-Yangi ro‘yxatni consolega chiqarish kerak. Shartlar va cheklovlar: ~Faqat musbat sonlar va nol bilan ishlaysiz (manfiy sonlar yo‘q). ~Dastur optimal ishlashi kerak. ~Ro‘yxat kamida bitta elementdan iborat bo‘ladi.
input: let numbers = [3, 0, 2, 7, 0, 1, 0]; output: // [10, 10, 8, 1, null, null, null]
@JavaScriptQuiiz

Kim nechtasini topdi ?
Anonymous voting

Options
Anonymous voting

console.log(1);
setTimeout(() => console.log(2), 0);
Promise.resolve().then(() => console.log(3));
console.log(4);

Options
Anonymous voting

let x = 1;

function outer() {
  let x = 2;

  function inner() {
    console.log(x);
  }

  return inner;
}

const func = outer();
func();

Repost from N/a
Options
Anonymous voting

Repost from N/a
console.log(1);

setTimeout(() => {
  console.log(2);
}, 0);

Promise.resolve().then(() => {
  console.log(3);
});

console.log(4);

setTimeout(() => {
  console.log(5);
}, 0);

Options
Anonymous voting

let person = {
  name: "Alice",
  greet: () => {
    console.log(`Hello, ${this.name}`);
  },
};

person.greet();

Options
Anonymous voting