Atorud
Open in Telegram
Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan. Asqad Muxtor Barcha murojaatlar uchun: @atorudniki_bot
Show moreUzbekistan51 922The category is not specified
390
Subscribers
+124 hours
+107 days
+5130 days
Posts Archive
390
Unutib boryapsan meni, sezyapman,
Chunki yuragimdan ketmayapti kuz.
Cheksiz xazonlikda cheksiz kezyapman,
O‘n sakkiz ming olam soriq – xazon tus.
Ey, sen! She’rlar yozgan mening bahrimda!
Ey, sen! Bahorlikni rad etgan – kechgan!
Ey, sen! Hayotini og‘ir tahrirda
Dunyoga ko‘rsatgan! Zaqqumlar ichgan!
Qaydan bog‘imizda ma’yus fasllar?
Qachon xazon yetdi? Olovlar o‘chdi?
Qachon ado bo‘ldi mungli asrlar –
Darddan xotiraga beta’sir ko‘chdim?
Oshiq yuragimga pinhon sir oshkor.
Ayon shirin so‘zning achchiq tashxisi,
Nechun yuragimda kuzak bemiqdor?
Unutib boryapsan meni, azizim…
Xurshid DAVRON
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Gunohingni oqlamayman,
Gunohingni qoralamayman,
Gunohingni qabul qilaman,
Gunohim bilan.
©️ Faxriyor
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
IZTIROB
Nima bo‘pti, eslamasangiz,
Nima bo‘pti, qarab qo‘ymasam?
Dilingizda tosharmidi his,
Siz deb kuysam,
yoki kuymasam?
Menga la’nat bo‘lgan bu ishqdan
Yonib ketsa hayotim beiz,
Butun umr sevib o‘tsam-u,
Bir lahza ham
sevolmasangiz...
Nima bo‘pti, men sizning emas,
Sevgingizning bo‘lsam tutquni?
Sevib o‘tsam,
Sevib o‘psam mast,
Xayolimda saqlab men uni?
Kipriklarim yumsam,
U hozir
Huzurimda bo‘ladi paydo:
Mana, titroq qo‘llarim suzar
Uning toshqin sochlari aro!
Men sevgan U – judayam yorug‘!
Men sevgan U – mag‘rur va halol!
Suyanaman yelkalariga
Tongni quchgan atirgul misol!
U – mening mard,
tengsiz Qirolim,
Men u bilan Hur malikaman,
Baxt yaratib har nafasidan,
Osmonlarga yulduz ekaman!
...Yuragimni yengaman demang,
Yuragimda garchand faqat Siz!
Bilsangiz...
Men juda baxtliman!
Nima bo‘pti...
Bilolmasangiz!
Ko‘nglingizni bo‘laklab bering,
Qushchalarga yediring, mayli.
Siz sevgimga qilmangiz shafqat,
Baxtsiz o‘tgan baxti tufayli!
Qo‘l silatamang...
kulmang...
achinmang...
Achinaman men sizga ko‘proq.
Sevilgan-u, buyuk ishq bilan,
Sevilganin bilmagan biroq!..
©️ Zebo Mirzo
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
O‘ZBEGIM
Qasida
Erkin Vohidov
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim.
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
So‘ylasin Afrosiyobu,
So‘ylasin O‘rxun xati.
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.
Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan.
Asli nasli balki O‘zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.
O‘tdilar sho‘rlik boshingdan
O‘ynatib shamshirlarin.
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.
Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo — ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.
Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingizu Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.
Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon.
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.
Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading.
Sen — Muqanna, sarbador — sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.
Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam.
Odamiylik dini birla
Toza imon, o‘zbegim.
Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringda oqdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.
Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon.
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.
Ilmu she’rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul.
O‘z elida chekdi g‘urbat,
Zoru nolon, o‘zbegim.
Mirzo Bobur — sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t.
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.
She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira.
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.
Yig‘ladi furqatda Furqat,
Ham muqimlikda Muqim.
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.
Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak.
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.
Ortda qoldi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam.
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o‘zbegim.
Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan.
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.
Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul.
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon, o‘zbegim.
Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib.
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.
O‘zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O‘zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.
Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman.
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.
Menga Pushkin bir jahonu,
Menga Bayron bir jahon.
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.
Qayga bormay boshda do‘ppim,
G‘oz yurarman, gerdayib.
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim.
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati.
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O‘zbegim, jon o‘zbegim.
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo,
Fazolarga qo‘ysang ham qadam,
O‘zligingni unutma aslo,
Unutma hech, onajon o‘lkam.
Bir o‘g‘lingdek men ham bu zamon
Kechmishingni qildim tomosha.
Iqbolingni ko‘roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho‘x-shanim manim.
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Zavol ko‘rma hech qachon, o‘lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo‘l, g‘olib bo‘l, o‘ktam,
Do‘stu yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug‘ bashar oilasida
Mangu yorug‘ peshonang sening.
Mangu yorug‘ maskanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
390
O‘ZBEKISTON
Abdulla Oripov
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o‘z yurtin butun —
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o‘lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O‘tirmasman ertaklar so‘zlab,
Musallo deb yo‘nmasman qalam.
Ko‘klamingdan olib sururni,
Dovrug‘ soldi ustoz Olimjon,
G‘afur G‘ulom tuygan g‘ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tarix qadamim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilg‘ay olmas barchasin ko‘zim.
Maqtamasman moziyni biroq,
O‘tmishingni o‘ylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi mag‘rur, dovongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Bobolardan so‘z ketsa zinhor,
Bir kalom bor gap avvalida.
Osmon ilmi tug‘ilgan ilk bor
Ko‘ragoniy jadvallarida.
Qotil qo‘li qilich soldi mast,
Quyosh bo‘lib uchdi tilla bosh.
Do‘stlar, ko‘kda yulduzlar emas,
U, Ulug‘bek ko‘zidagi yosh.
Yerda qolgan, o, tanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Ko‘z oldimdan kechar asrlar,
Ko‘z-ko‘z etib nuqsu chiroyin.
Sarson o‘tgan necha nasllar,
Topolmasdan tug‘ilgan joyin.
Amerika — sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali,
Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Beruniyning aql mash’ali.
Kolumbda bor alamim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh er osti.
Lekin, do‘stlar, she’r ahli aro
Jahongiri kam bo‘lar, rosti.
Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she’r.
Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Bobolardan so‘zladim, ammo
Bir zot borkim, baridan suyuk:
Buyuklarga baxsh etgan daho,
Ona xalqim, o‘zingsan buyuk.
Sen o‘zingsan, eng so‘nggi nonin
O‘zi yemay o‘g‘liga tutgan.
Sen o‘zingsan, farzandlar shonin
Asrlardan opichlab o‘tgan.
Ona xalqim, jon-tanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Bosh ustingdan o‘tdi ko‘p zamon,
O‘tdi Budda, o‘tdi Zardushti.
Har uchragan nokasu nodon,
Ona xalqim, yoqangdan tutdi.
Seni Chingiz g‘azabga to‘lib
Yo‘qotmoqchi bo‘ldi dunyodan.
Jaloliddin samani bo‘lib
Sakrab o‘tding Amudaryodan.
Sensan o‘shal samanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Toleingda bor ekan yashash,
Goh qon ichding, gohida sharob.
Etmoq bo‘lib yurtim xomtalash,
Bosh ustingga keldi inqilob.
Chora istab jang maydonidan
Samolarga uchdi unlaring,
Shahidlarning qirmiz qonidan
Alvon bo‘ldi qora tunlaring.
Qonga to‘lgan kafanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Lekin oftob poymol o‘lmas,
Kavaklarda qolmas oy nuri,
Odil hakam — haq bor, beg‘araz,
Mazlumlarning buyuk g‘amxo‘ri.
Qilich serpab tole tongida
O‘zligingni tanib qolding sen.
O‘g‘lonlarning qatra qonida
O‘zbekiston nomin olding sen.
Nomi qutlug‘ gulshanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Tinch turarmi bu ko‘hna olam,
Tinch turarmi dog‘uli zamon.
Oromingni buzdi sening ham
Fashist degan vahshiy olomon.
Qonim oqdi Dantsigda manim,
Sobir Rahim yiqilgan chog‘da.
Lekin, yurtim, kezolmas g‘anim
O‘zbekiston atalgan bog‘da.
Sensan nomus va sha’nim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Kech kuz edi, men seni ko‘rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto‘sh, yayov.
— Tashqarida izillar yomg‘ir,
Kir, bobojon, yayragil bir oz.
Deding: — Paxtam qoldi-ku axir,
Yig‘ishtiray kelmasdan ayoz.
Ketding, umri mahzanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Sen ketarsan balki yiroqqa,
Farg‘onada balki, balqarsan.
Balki chiqib oqargan toqqa,
Cho‘pon bo‘lib gulxan yoqarsan.
Balki ustoz Oybekdek to‘lib
Yozajaksan yangi bir doston.
Balki Habib Abdulla bo‘lib,
Sahrolarda ochajaksan kon.
Tuprog‘i zar, ma’danim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
390
Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.
Nechun vatan, deya yeru osmonin,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku, butun Osiyo.
Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Bog’larin jannat, deb ko’z-ko’z etaman.
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men,
O’paman, tuprog’ing bebaho, Vatan!
Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng
Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen?
Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Sababini aytgin, desalar menga.
Shoirona, go’zal so’zlardan oldin,
Men ta’zim qilaman ona xalqimga
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?
Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring chun
Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo!
© Abdulla Oripov
https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
IQROR
O, ota makonim,
Onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston, jonim toʻshay soyangga.
Senday mehribon yoʻq,
Seningdek koʻrkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir goʻsha suv boʻlsa, bir goʻsha qirlar,
Qancha yurtni koʻrdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Togʻlaring ortimdan ergashib yurar.
Koʻrdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men —
Parijning eng goʻzal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga koʻnayin,
Na til bilayin,
Koʻzdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sogʻinsam nima qilayin,
Chala qolar boʻldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulugʻim oʻzing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tugʻilgan qoʻzing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan oʻtgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman taʼzim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
© Muhammad Yusuf
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
AVGUSTNING SO‘NGGI KUNLARI
Susaymoqda Quyoshning tafti,
Yastanadi cho‘lga saraton.
Ishqab oppoq, sovqotgan kaftin,
Huv olisdan boqar qahraton.
Barglar hazin - yashashdan tolib,
Ilinj ila mo‘ltillab turar,
Xazonlikni bo‘yniga olib,
To‘shalishga taraddud ko‘rar.
Samo ko‘z yosh to‘kishga tayyor -
Yo‘qotgandek salomatligin,
Va nihoyat his qilar ilk bor
Tabiat ham omonatligin...
© Xayrulla Hamidov
Surat: J. M. W. Turner — “Sun Setting over a Lake”
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Meni sog‘in,
ming yil yasha,
ming yil sog‘in.
Sevgim qattiq,
qattiq hajru azobim ham.
Betaskin kut,
beqadr kut, bir umr kut,
Meni senga qaytarmasin qodir Egam!
Garchand sen deb ko‘z yummasdan o‘tay,
garchand,
Yuragingga hech kim mendek qaytolmasin!
Ammo, qasam shu ko‘nglimni
bir Xudodan
O‘zga kimsa meniki deb aytolmasin!
©️ Zebo Mirzo
Surat: Arnold Böcklin — “Villa by the Sea”
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Go‘daklikdan ma’lum har odam,
“Bola boshdan”, degan gap to‘g‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
Bo‘lar edim bezori, o‘g‘ri!
Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra “qahramon”!
Qaytar edim ko‘chadan doim,
Burnim pachoq, usti-boshim qon.
Qo‘rqib ketgan onam qoshida
Derdim tutib o‘zimni mahkam:
“Hechqisi yo‘q. Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas o‘rni ham!”
Yillar o‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik
Ko‘chdi she’ru dostonlarimga!
Bolaligim ketdi borini
Satrlarda qoldirib butun!
She’rlarimda shum, bezorining
Xislatlari aks etar bu kun.
Mag‘rurligim hamon qolmagan,
Hamon baland o‘tli ko‘kragim!
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim!
Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:
“Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas o‘rni ham!”
Meni so‘kmang!
Bo‘lar ish bo‘ldi,
So‘z sotuvchi savdogarmasman!
Oltin boshim quyi egildi,
Bu dunyodan sovidim, bas, man!
Shaharda ham qolmog‘im mahol,
Na qishloqqa mayl sezarman.
Bir yo‘l qoldi: o‘stirib soqol,
Rossiyani daydib kezarman.
Xayr, deyman doston, she’rlarga!
Yo‘lga to‘rva olurman, xolos.
Ko‘chadagi bir darbadarga
Shamollar ham qo‘shiq aytar soz.
Piyoz, turup hidin taratib,
Bilganimni qilib yurarman.
Yuragim oqsa yengimga artib,
Peshonamda borin ko‘rarman.
Qor quyunin tinglarman behis!
Baxt kerakmas bundan ziyoda.
Bunday ajib turfa ishlarsiz
Yashamasman yorug‘ dunyoda...!
©️ Sergey Yesenin
O'zbekchaga Erkin Vohidov tarjima qilgan.
Instagram | Telegram
390
* * *
Xato qildim, sevgilim,
Xato qildim beomon.
Yo'q endi borar yo'llim,
Bog'imda so'ldi gulim,
Bag'rimga to'ldi xazon.
Xato qildim, sevgilim,
Xato qildim bilmasdan,
Qani yutilsa tilim,
Qaltirab turar qo'lim.
Jigarimni yulmasdan.
Xato qildim ,sevgilim,
Xato qildim bilmasdan.
Men suyib xato qildim,
Men kuyib xato qildim.
O'lib xato qilmasman...
Rauf Parfi
390
Repost from N/a
* * *
Xato qildim, sevgilim,
Xato qildim beomon.
Yo'q endi borar yo'llim,
Bog'imda so'ldi gulim,
Bag'rimga to'ldi xazon.
Xato qildim, sevgilim,
Xato qildim bilmasdan,
Qani yutilsa tilim,
Qaltirab turar qo'lim.
Jigarimni yulmasdan.
Xato qildim ,sevgilim,
Xato qildim bilmasdan.
Men suyib xato qildim,
Men kuyib xato qildim.
O'lib xato qilmasman...
Rauf Parfi
390
Ey, dilbarim
Ohumiding yobonimda suv izlagan,
Yohumiding tomonimda lab izlagan,
Dalligina jahonimda
Siym-u zarim –
Ey, dilbarim…
Chashmamiding toshlar uzra toʻkilasan,
Ufqmiding quyosh ketgach yiqilasan,
Yamoq tushgan hayotimda
Sen chevarim:
– Ey, dilbarim…
Biy dalada quyun ila sochilding-a,
Oʻrtasida yavshan ila ochilding-a,
Yuragimga qadab qoʻygan
Oq gavharim:
– Ey, dilbarim…
Koshkiydi, to qiyomat biz yonma-yon,
Koshkiydi, to qiyomat biz jonma-jon,
Gulxan yoqib uzun tunning etagida
Bilagimiz tilib qoʻysak ust-ustiga.
To qiyomat
Zikr aytsam,
Mohpaykarim,
To qiyomat zikr aytsam, mohpaykarim:
– Ey, dilbarim…
©️ Abduvali Qutbiddin
Surat: Frederick Arthur Bridgman — “An Oriental Beauty”
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Aslan ikkimiz ham yo'lovchi edik:
Birimiz – o'jarroq,
Birimiz – sokin.
Ko'zlarning tubida olov yonardi
Suhbat qurar edik, yonma-yon, sekin.
O'sha dam bugungi MEN emasdim men,
Sen ham begonayding hozirgi SENga.
Poyezd yurar edi o'z maromida,
Hali yuragingga chiqmovdim ega.
Kimdir qo'shiq tinglar,
Kimdir uyquda,
Yana kim o'zining o'yi bilan band.
O, nega men senga ko'nglimni ochdim
Nigohing ko'nglimga bo'lganda payvand?
U dam yulduzlarga tomosha tayin,
Oy mo'ralar edi bulut oralab.
Sen menga ishqingni tutding,
Yig'ladim!
Ko'nglimga chizilgan suratga qarab...
Ayt, nega yaramni yangilading sen,
Ayt, uringan eding kimim bo'lmoqqa?
Mana qalb,
Mana ishq,
Keragini ol
Tutmasang bas dedim meni so'roqqa.
Hamon o'ylanaman:
Sen kimim eding?
Ne sabab ko'ksingga tomdi yoshlarim.
Aslan ikkimiz ham yo'lovchi edik,
Men nega ko'nglimni ocha boshladim?
©️ Parizoda Ro'ziboyeva
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Illo
Illo, qismatimni titib qoʻyganman,
Illo, havasimni qirqib qoʻyganman.
Illo, jamolingga koʻzim oʻyganman,
Illo…
Sening achchigʻingda vafodor gulday
Palaklarim tashlab kekkaydim, illo.
Hasrat – bidʼatidan mayishdim
gʻulday,
Illo…
Devordagi dogʻday mudhish seskanib,
Toblandim taftingni tobida, illo.
Behuzur chirpandim, seni qizgʻanib,
Illo…
Tuproq yernikimas, shuur fazoda,
Kindik ulamini ajratgan momo
Meni mahkum etsin mashʼum jazoga,
Illo…
©️ Abduvali Qutbiddin
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Jang qilsam o‘ynoqi tuyg‘ularim-la,
Chigallashib ketsa hayot va ro‘yo.
Olishib charchasam o‘z o‘ylarim-la,
Ko‘zimga tor bo‘lib ketadi dunyo.
Yuzma-yuz kelganda haqiqat bilan,
Niqoblar yirtilar, yechilar tugun.
Qalbning shafqatsiz jang maydonidan,
O‘zimni yengib men qaytaman bugun.
©️ Maftuna Qodirjon qizi
Surat: René Magritte — Not to Be Reproduced (1937)
390
Maylimi, kutganim, yitganim,
Boshlanib-boshlanmay bitganim,
Qachondir ruhimdan ketganim,
Yo‘l bo‘lib turaman, yurib kel,
Yurakka aylan-u urib kel.
Maylimi, o‘zimdan boshlangan,
Bir tutam to‘zimdan ishlangan,
Ruhimning chohiga tashlangan,
Tush ko‘rmay, bilib kel, sezib kel,
Ko‘l bo‘lib turaman, suzib kel.
Maylimi, kiprigi nayqamish,
Ko‘zlari hijrondan kuylamish,
Tushunmay, anglamay yig‘lamish,
Faryod qil, dunyoni buzib kel,
Va yangi bir dunyo tuzib kel.
Ozod et jonimni burovdan,
Og‘riqlar tilagan birovdan,
Devorim suyab qol nurovdan,
Ko‘k bo‘lib turaman uchib kel,
Quvgan men, sen mendan qochib kel.
Kunduzim – kimsasiz biyobon,
Kechalar – to‘xtagan bir davron,
Osmonim – yirtilgan soyabon,
Qo‘yib yubor uni, Xudojon,
Dil kuydi – yomg‘irday tomib kel,
Ochilib qolganman ko‘mib kel,
Ruxsat olib qo‘ydim, faqat kel.
Ruxsat berib qo‘ydim, faqat kel,
Faqat kel...
Kel...
©️ Shodmonqul Salom
Surat: Alexandre Séon — “Return Home”
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Oppoq samolardan topsaydim makon,
Olardim bulutlarni mahkam quchib.
Qushlardek erkinlik baxsh etsa osmon,
Kezardim ufqlarning qo‘lidan tutib.
Qaniydi, parvozga yetsa qudratim,
Yuksakka talpinib, misoli malak.
Osmon kengligida qolsa hasratim,
Tuproqning dardini unutsa yurak.
©️ Maftuna Qodirjon qizi
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Shoshilasiz, shoshasiz behad...
Shoshilasiz, shoshasiz behad,
Choy ichasiz.
Turgancha tikka.
Keyin uydan chiqasiz-da shart
Yo‘l olasiz tirikchilikka.
Oqshom chog‘i.
Iliq mehr-la
Sizga yoniq so‘zlar aytaman.
Beparvosiz.
O‘rtovchi sukut
Tilni bog‘lab olar qaytadan.
She’r o‘qiyman.
Tinglaysiz loqayd
Lablarimdan uchgan baytlarni.
Behad mehr ila ko‘rasiz
Ekrandagi muhabbatlarni.
Baxtiyorsiz.
Boqqancha sizga
Ko‘zlarimga dardlar to‘ladi.
Qarshingizda turib jimgina
“Men sevgiman”, degim keladi.
©️ Sharifa Salimova
Surat: Félix Vallotton — “Interior with Red Armchair and Figures” (1899)
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
