en
Feedback
Atorud

Atorud

Open in Telegram

Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan. Asqad Muxtor Barcha murojaatlar uchun: @atorudniki_bot

Show more
Uzbekistan51 922The category is not specified
Buy Ad
392
Subscribers
+124 hours
+107 days
+5130 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+17
in 0 channels
August '26
+85
in 8 channels
Get PRO
July '26
+48
in 5 channels
Get PRO
June '26
+51
in 4 channels
Get PRO
May '26
+44
in 2 channels
Get PRO
April '26
+53
in 4 channels
Get PRO
March '26
+61
in 2 channels
Get PRO
February '26
+51
in 3 channels
Get PRO
January '26
+39
in 5 channels
Get PRO
December '25
+27
in 5 channels
Get PRO
November '250
in 6 channels
Get PRO
October '250
in 2 channels
Get PRO
September '25
+54
in 6 channels
Get PRO
August '250
in 3 channels
Get PRO
July '250
in 3 channels
Get PRO
June '250
in 2 channels
Get PRO
May '250
in 2 channels
Get PRO
April '250
in 0 channels
Get PRO
March '25
+29
in 2 channels
Get PRO
February '250
in 0 channels
Get PRO
January '250
in 5 channels
Get PRO
December '24
+49
in 6 channels
Get PRO
November '24
+23
in 1 channels
Get PRO
October '24
+48
in 4 channels
Get PRO
September '24
+76
in 2 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September+1
08 September+2
07 September+4
06 September+2
05 September+2
04 September0
03 September+1
02 September+3
01 September+2
Channel Posts
O‘zim yo‘q joylarni sog‘indim... Masalan, yuragingni... Aqlimni qalbimga dushman qilgan ko‘zlaringni... Talaffuzingda sirg‘al
O‘zim yo‘q joylarni sog‘indim... Masalan, yuragingni... Aqlimni qalbimga dushman qilgan ko‘zlaringni... Talaffuzingda sirg‘algan, jaranglagan, portlagan unli-undosh tovushlarni — zaboningda yashagan ismimni sog‘indim! Nega tartib berding xayollaringga?! To‘zg‘igan holicha qolsa edi... Begona o‘tdek yulib otmasang edi... (Mana endi teran anglagandekman: buyumlarini qoldirgan joyidan topmagan otamning jazavasini.) Naqadar sog‘lom dard — vatan sog‘inchi. Tug‘ildim, yashadim men senda, zotan. Qayerda o‘lmoqning ne anglami bor, Qayerda tug‘ilsang — o‘sha yer vatan... (Shoh Bobur dardiga qalban sherikman...) ©️ Shohista Ergasheva Frederic William Burton — “The Meeting on the Turret Stairs” (1864) Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy

2
PIANIST (Ballada) Oppoq royal va muhtasham zal. Hayajonning bezaklari jam. Titroq o‘ynar sahnani o‘pgan Ko‘ylagimning etaklarida. Ming ko‘znayza nishonida – men, Nafaslarim borar qisilib. Va chalishni boshlayman Betxovenning 14-sonatasini. Ilk akkord va klavish domi Nozik barmoqlarim cho‘za boshlaydi. Yurak ritmi: sol-do-mi, sol-do-mi... O‘n barmoq – o‘n g‘avvos oq-qora Dengiz aro suza boshlaydi... Ro‘paramda klavir – nota, Notalarki qora tomchilar. Kuy yig‘laydi klavishlarga Barmoqlarim bo‘lib tomchilab. Birdan o‘zni yo‘qotib qo‘ydim, Qo‘llarim chalaverar mensiz ham. Ruhim daydib qo‘nim topar so‘ng O‘tmish. Vena. Va tor xonada. Mana Topilmagan partituralar, Chang yukidan yotar ingranib. O‘rgimchak to‘rlari quchoqlab yotar Sozdan tushgan pianinoni. Unutilgan pianinoni. Inlarida tebranib kuyga O‘rgimchaklar tinglar isinib. Barmoqlarimla o‘paman Betxovenning 14-sonatasini. Kuy avjiga kelar. Yo Xudo Ko‘zyosh kelar butun tanimni bosib. Kuy avjida nimjon barmoqlarimga Kuch qayerdan kelyapti oqib. O Betxoven! Dahoyim mening, Kar quloqqa dardni opichlab Yaralgan shu ohang domiga Ko‘zyoshlarim bilan tomchila-ab cho‘kib ketgum. Yangrayman endi, Endi meni shu dengiz chalar. Behos. .. Qarsak qarmoqlarila Tortib oladi qarsakchilar. Oppoq royal va muhtasham zal... ©️ Nozima Habibullayeva Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
90
3
Musaffo ko'zlarning derazasidan Chiqsang-u ishq qolsa sendan arazlab. Suhbatlashii-ib ketsang soyabon bilan Odamlar tentak de
Musaffo ko'zlarning derazasidan Chiqsang-u ishq qolsa sendan arazlab. Suhbatlashii-ib ketsang soyabon bilan Odamlar tentak deb o'ylashsa,... mazza! Hechkimni sevmasang, O qandayin erk! Sayr etsang xazonrang poyondozlarda. Yo'lingga ko'z tikib, saqlagancha kek Uzumlar yig'lasa zardama - zarda. O bu Kuz! Bu yomg'ir gurungidaman, Osmon qizg'onarkan meni tobora. Tobora tomchilar va yaproqlar ham Ko'ylagim rangiga qilar ishora. Qush edim, hech tutqich bermaydigan qush Qafaslar yangradi ishqsizlik aro. Kelding- u ey o'ngga aylanguvchi tush Sen menga bu erkni ko'rmading ravo. ©️ Nozima Habibullayeva Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
128
4
Atrofda yashillik, ko'm ko'kdir samo, Hammadan olisda o'tiribman jim. Yonimda do'stimga kulyapman ammo, Yig'layotganimni bilm
Atrofda yashillik, ko'm ko'kdir samo, Hammadan olisda o'tiribman jim. Yonimda do'stimga kulyapman ammo, Yig'layotganimni bilmaydi hech kim... Qushlarning ovozi kelmoqda sokin, Chigirtga chirillar ma'yus ohangda. Hammasi ajoyib, exx do'stim lekin Hech biri qolmaydi ertaga tongda. Qani edi umrbod qolsam shu yerda, Qani edi bo'lsaydi bu yerlar uyim. Topolmayman bu yerni endi hech yerda, Jaranglar har doim bu yerda kuyim. Qanchalar og'irdir ayrilmoq undan, Lek shunchalar shirin yetmoqlik unga. So'rayman davoni aytingiz kimdan? Aytingiz boqiylik nasibdir kimga? ©️ Shoxrux Xayrullayev Surat: Caspar David Friedrich — “Two Men Contemplating the Moon” Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
135
5
400 chi qoʻshilgan odamga ham
165
6
400 ta bo'lgan kunimiz tasodifiy 4 kishiga Mutolaa ilovasida bir oylik premium sovg'a qilaman)
164
7
Umid qilamizki Ozoda biz bilan)
185
8
Nega jimsiz? Nega jimsiz yurak yutib qilsam nido Sizni deya sukunatda bo'ldim ado Qani ayting siz ham meni sevdim mayli Bo'la
Nega jimsiz? Nega jimsiz yurak yutib qilsam nido Sizni deya sukunatda bo'ldim ado Qani ayting siz ham meni sevdim mayli Bo'lar edim shunda telba essiz layli Ozodaga) Surat: “Ron Hicks, 1965: I like to romanticize life” Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
184
9
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh, Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. Haqqoki, qilich kelsa boshimg‘a, eshikingdin Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam, Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma. Ya’qub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla, Yo‘qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma. Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yashurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. © Mavlono Lutfiy Musiqa: Abdulloh Shumagʻpurov Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
232
10
Bilasanmi? Bilasanmi sen kelguncha yuragimda qolmagan bahor Qaytib kelmas deya kuta bo'lgan intizor Sog'inch chulg'ab yuragim
Bilasanmi? Bilasanmi sen kelguncha yuragimda qolmagan bahor Qaytib kelmas deya kuta bo'lgan intizor Sog'inch chulg'ab yuragimga aytdim iftihor Endi sensiz yashash menga bo'lmas ixtiyor Ozodaga) Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
256
11
Na umrimda bahor, Na bag'rimda yoz. Na zuhrimda o'ksik tiriklik izi. Nimaga yashadim, bilmayman, ammo, Kimnidir jim kutdim, b
Na umrimda bahor, Na bag'rimda yoz. Na zuhrimda o'ksik tiriklik izi. Nimaga yashadim, bilmayman, ammo, Kimnidir jim kutdim, bilmam, kim o'zi? Sen kimsan? Sog'indim shu qadar achchiq? Nahot diydoringga yetmog'im uchun, O'tmog'im shart edi umrimni yanchib? Nahot nafasingga tegmay nafasim Umrim tugar dunyo xarobasida? Nahotki bir ko'ngil xayoli uchun Kuyib o'tdim kun va tun orasidan? Sen bormiding o'zi? Sen yo'q eding, sen? ©️ Zebo Mirzo Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
245
12
Sen - qafas, ichingga qamalgan dunyo, Men - qushman ichingda senga ichikkan. Qanotim ostida kalit bor, ammo chiqib ketolmayma
Sen - qafas, ichingga qamalgan dunyo, Men - qushman ichingda senga ichikkan. Qanotim ostida kalit bor, ammo chiqib ketolmayman eshikdan. Men - bandi. Hech qachon hech kim tutmagan! Haydama... Yaxshisi, boshimga dor tik. Tashqarida sen yo‘q- Tashqari tuman, Meni o‘ldiradi bunday ozodlik. Qara, ko‘zlarimdan tomyapti shabnam, Yuragi nam tortib ketganlar kammi? Iltimos... Haydama... Gar qanot yozsam, Sochilib ketaman. Achinmaysanmi? Uchmayman!!! ©️ Bashorat Otajonova René Magritte — “The Therapist” (1937) Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
235
13
Uzoqdan Sen bolmagan yerlarda bugun Kalavam chigal uchlari tugun Suratlardan iborat hayol Hayolimda faqat birgina ayol Jonimn
Uzoqdan Sen bolmagan yerlarda bugun Kalavam chigal uchlari tugun Suratlardan iborat hayol Hayolimda faqat birgina ayol Jonimni olsa deyman bu hijron Bariga qol silta deganda shayton Oylayman aslida qadrimmi shuncha O'limga keraksiz bo'lganim shu on Hijronmi sogninchmi anglolmay qoldim Dardalarimni bir chetdan qogozga soldim Ona shaxrimni istamay qoldimmi Savollardan dasta ulush oldimmi Istaymanku qaytmoqni senga Sigolmay bir zum olami kengga Ayol bir siymodur qiyosdur asli Meni sogintirgan Marg'ilon vasli Tuprogini totiyo qilsam kozimga Titroq oralaydi aytgam sozimga Qanotim bor ucholmayapman Ona shaxrim qucholmayapman ©️ Muhammadiy Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy Surat: George Harvey, “Far from Home”
209
14
Uzoqdan Sen bolmagan yerlarda bugun Kalavam chigal uchlari tugun Suratlardan iborat hayol Hayolimda faqat birgina ayol Jonimni olsa deyman bu hijron Bariga qol silta deganda shayton Oylayman aslida qadrimmi shuncha O'limga keraksiz bo'lganim shu on Hijronmi sogninchmi anglolmay qoldim Dardalarimni bir chetdan qogozga soldim Ona shaxrimni istamay qoldimmi Savollardan dasta ulush oldimmi Istaymanku qaytmoqni senga Sigolmay bir zum olami kengga Ayol bir siymodur qiyosdur asli Meni sogintirgan Marg'ilon vasli Tuprogini totiyo qilsam kozimga Titroq oralaydi aytgam sozimga Qanotim bor ucholmayapman Ona shaxrim qucholmayapman ©️ Muhammadiy Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
1
15
Uygʻondim-u, qaror qildim ertalab: Ortga qaramayman, qaytmay yashayman. Hech kimdan hech narsa qilmayman talab, Hech kimga he
Uygʻondim-u, qaror qildim ertalab: Ortga qaramayman, qaytmay yashayman. Hech kimdan hech narsa qilmayman talab, Hech kimga hech narsa aytmay yashayman. Koʻkka qaramayman, koʻzlarim tindi, Oyoq ostini ham koʻrmay yashayman. Mendan yuragimni soʻramang endi, Hech kimga hech narsa bermay yashayman! ©️ Joʻrabek Ramazon Caspar David Friedrich — “Wanderer above the Sea of Fog” Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
195
16
Xudo seni eslatar, Osmon ham, Bulutlar, O‘tlar, Namchil va quyoshli havo. Meni yeb bitirgich armon, Men kuldiruvchi har narsa
Xudo seni eslatar, Osmon ham, Bulutlar, O‘tlar, Namchil va quyoshli havo. Meni yeb bitirgich armon, Men kuldiruvchi har narsa Meni kuydiruvchi o‘t Malham hapdori. Bozorga endi chiqqan qulupnay Qishda yog‘ayotgan qor, Malinali choy, Shakarsiz qahva Tun. Kun. Baxt Hasrat Men,  o‘zim! Har kuni ish stolimga kelib kompyuter yoqarkanman terilgan parol, Qotillar haqdagi xabarlar Gullar Hanuz bitmayotgan yig‘i Qiyomatgacha ochiq savollar Qiyomat, Xudo, Jannat Ibodat Tug‘ilmagan bolalar, O‘lgan bolalar Bahor Giyohlar, Dadam ichayotgan choyga solganim Kiyik o‘ti Onamning uyishgan oyoqlarini Uqalay turib surilgan xushbo‘y yog‘. Yig‘i Uzundan uzun filmlar Uzundan uzun yo‘l Uzundan uzun umr. Har tonggi duo Har kechki duo Ammo Iloho Meni senga eslatmasin hech narsa Baxtsiz bo‘lishingni istamayman hech! ©️ Feruza Xayrullayeva Surat: Edward Hopper — “Automat” Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
234
17
Ovqatini keltirib qoʻydim. Keyin ketdim. U kelguncha sovib qolmaydi. Men qoʻyganimni u anglar - Faqat anglarmikan U ketaganim
Ovqatini keltirib qoʻydim. Keyin ketdim. U kelguncha sovib qolmaydi. Men qoʻyganimni u anglar - Faqat anglarmikan U ketaganimni ? ©️ Yannis Ritsos
206
18
Musaffo ko'zlarning derazasidan Chiqsang-u ishq qolsa sendan arazlab. Suhbatlashii-ib ketsang soyabon bilan Odamlar tentak deb o'ylashsa,... mazza! Hechkimni sevmasang, O qandayin erk! Sayr etsang xazonrang poyondozlarda. Yo'lingga ko'z tikib, saqlagancha kek Uzumlar yig'lasa zardama - zarda. O bu Kuz! Bu yomg'ir gurungidaman, Osmon qizg'onarkan meni tobora. Tobora tomchilar va yaproqlar ham Ko'ylagim rangiga qilar ishora. Qush edim, hech tutqich bermaydigan qush Qafaslar yangradi ishqsizlik aro. Kelding- u ey o'ngga aylanguvchi tush Sen menga bu erkni ko'rmading ravo. © Nozima Habibullayeva Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
207
19
Unutib boryapsan meni, sezyapman, Chunki yuragimdan ketmayapti kuz. Cheksiz xazonlikda cheksiz kezyapman, O‘n sakkiz ming olam soriq – xazon tus. Ey, sen! She’rlar yozgan mening bahrimda! Ey, sen! Bahorlikni rad etgan – kechgan! Ey, sen! Hayotini og‘ir tahrirda Dunyoga ko‘rsatgan! Zaqqumlar ichgan! Qaydan bog‘imizda ma’yus fasllar? Qachon xazon yetdi? Olovlar o‘chdi? Qachon ado bo‘ldi mungli asrlar – Darddan xotiraga beta’sir ko‘chdim? Oshiq yuragimga pinhon sir oshkor. Ayon shirin so‘zning achchiq tashxisi, Nechun yuragimda kuzak bemiqdor? Unutib boryapsan meni, azizim… Xurshid DAVRON Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
353
20
Gunohingni oqlamayman, Gunohingni qoralamayman, Gunohingni qabul qilaman, Gunohim bilan. ©️ Faxriyor Kanalga qo'shiling: http
Gunohingni oqlamayman, Gunohingni qoralamayman, Gunohingni qabul qilaman, Gunohim bilan. ©️ Faxriyor Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
206