Atorud
Open in Telegram
Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan. Asqad Muxtor Barcha murojaatlar uchun: @atorudniki_bot
Show moreUzbekistan51 922The category is not specified
392
Subscribers
+124 hours
+107 days
+5130 days
Posts Archive
390
Sizni sevmaslikning imkoni bormi?
Tezda unut bo‘ldi ko‘ngil ginasi,
Dilozorga dilim shunchalar zormi?
“Sevma” deganingiz, endi, nimasi?
Sizni sevmaslikning imkoni bormi?
Dedim: dunyo bir kam, armoni bordir,
Suymadi, suyukli insoni bordir.
Yuraksiz yashamoq imkoni bordir,
Sizni sevmaslikning imkoni bormi?
Qani, qalbim sizni demay qolganda,
Sizni o‘ylamoqdan o‘ylar tolganda.
Axir, yuragimga Xudo solganda,
Sizni sevmaslikning imkoni bormi?
Tundan so‘rayinmi, kundan so‘rayin?
Yolg‘on so‘zlardanmi, chindan so‘rayin?
Javobsiz savolni kimdan so‘rayin?
Sizni sevmaslikning imkoni bormi?
Unut bo‘laverdi ko‘ngil ginasi,
Dilozorga dilim shunchalar zormi?
“Sevma” deganingiz, axir, nimasi?
Sizni sevmaslikning imkoni bormi?
©️ Maqsad Obidjon
Surat: Frederic Leighton — “The Painter’s Honeymoon”
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Dag‘dag‘a qiladir qavatli uylar,
O‘ylar qavatlidir…
Shamol tashlanar…
Kipriklarga osmon quyilar –
Simiradi qalbi tashnalar.
Yuksakka boqasang – yuqori pastlik,
O‘zlikdan to‘ladi jismsiz jism.
Shamol uvillaydi…
Shamol – alvasti –
Ko‘kka bo‘ylab borar bahorning isi.
Hovuch to‘lib borar,
Bag‘ir, havolan…
Havolan kaftdagi havoning yuzi.
Ne kun,
Bulutlarga havola
Og‘zingga sig‘magan eng ulkan so‘zing.
Jim…
Tikil…
Til sollanmasin,
Suvsiz qolar olam
Sochsang har dardga.
Oy sukut saqlaydi –
Ko‘kning olmasi,
Ohista tomchilab boshlaydi mardlik…
Ne kuy,
Ne tarona chiqarmagan sas,
Ne dil,
Ne siymodir manguga qolgan.
Bungacha bo‘lgani –
Asrlik havas,
Bundan o‘tarlar qolar dunyoga…
………………………………
Dunyo –
Molsizlarning qoldirgan moli,
Ranginlashaverar tan kabi turli…
Ummon bo‘lsa edi
Ko‘zga limmo-lim,
Simirmoqqa yetmasa umring…
©️ Feruz Neʼmatullayev
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
O‘zim yo‘q joylarni sog‘indim...
Masalan, yuragingni...
Aqlimni qalbimga dushman qilgan ko‘zlaringni...
Talaffuzingda sirg‘algan,
jaranglagan,
portlagan
unli-undosh tovushlarni —
zaboningda yashagan ismimni sog‘indim!
Nega tartib berding xayollaringga?!
To‘zg‘igan holicha qolsa edi...
Begona o‘tdek yulib otmasang edi...
(Mana endi teran anglagandekman:
buyumlarini qoldirgan joyidan topmagan
otamning jazavasini.)
Naqadar sog‘lom dard — vatan sog‘inchi.
Tug‘ildim, yashadim men senda, zotan.
Qayerda o‘lmoqning ne anglami bor,
Qayerda tug‘ilsang — o‘sha yer vatan...
(Shoh Bobur dardiga qalban sherikman...)
©️ Shohista Ergasheva
Frederic William Burton — “The Meeting on the Turret Stairs” (1864)
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
PIANIST
(Ballada)
Oppoq royal va muhtasham zal.
Hayajonning bezaklari jam.
Titroq o‘ynar sahnani o‘pgan
Ko‘ylagimning etaklarida.
Ming ko‘znayza nishonida – men,
Nafaslarim borar qisilib.
Va chalishni boshlayman Betxovenning
14-sonatasini.
Ilk akkord va klavish domi
Nozik barmoqlarim cho‘za boshlaydi.
Yurak ritmi:
sol-do-mi, sol-do-mi...
O‘n barmoq – o‘n g‘avvos oq-qora
Dengiz aro suza boshlaydi...
Ro‘paramda klavir – nota,
Notalarki qora tomchilar.
Kuy yig‘laydi klavishlarga
Barmoqlarim bo‘lib tomchilab.
Birdan o‘zni yo‘qotib qo‘ydim,
Qo‘llarim chalaverar mensiz ham.
Ruhim daydib qo‘nim topar so‘ng
O‘tmish. Vena.
Va tor xonada.
Mana
Topilmagan partituralar,
Chang yukidan yotar ingranib.
O‘rgimchak to‘rlari quchoqlab yotar
Sozdan tushgan pianinoni.
Unutilgan pianinoni.
Inlarida tebranib kuyga
O‘rgimchaklar tinglar isinib.
Barmoqlarimla o‘paman Betxovenning
14-sonatasini.
Kuy avjiga kelar. Yo Xudo
Ko‘zyosh kelar butun tanimni bosib.
Kuy avjida nimjon barmoqlarimga
Kuch qayerdan kelyapti oqib.
O Betxoven! Dahoyim mening,
Kar quloqqa dardni opichlab
Yaralgan shu ohang domiga
Ko‘zyoshlarim bilan tomchila-ab
cho‘kib ketgum.
Yangrayman endi,
Endi meni shu dengiz chalar.
Behos. ..
Qarsak qarmoqlarila
Tortib oladi qarsakchilar.
Oppoq royal va muhtasham zal...
©️ Nozima Habibullayeva
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Musaffo ko'zlarning derazasidan
Chiqsang-u ishq qolsa sendan arazlab.
Suhbatlashii-ib ketsang soyabon bilan
Odamlar tentak deb o'ylashsa,... mazza!
Hechkimni sevmasang, O qandayin erk!
Sayr etsang xazonrang poyondozlarda.
Yo'lingga ko'z tikib, saqlagancha kek
Uzumlar yig'lasa zardama - zarda.
O bu Kuz! Bu yomg'ir gurungidaman,
Osmon qizg'onarkan meni tobora.
Tobora tomchilar va yaproqlar ham
Ko'ylagim rangiga qilar ishora.
Qush edim, hech tutqich bermaydigan qush
Qafaslar yangradi ishqsizlik aro.
Kelding- u ey o'ngga aylanguvchi tush
Sen menga bu erkni ko'rmading ravo.
©️ Nozima Habibullayeva
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Atrofda yashillik, ko'm ko'kdir samo,
Hammadan olisda o'tiribman jim.
Yonimda do'stimga kulyapman ammo,
Yig'layotganimni bilmaydi hech kim...
Qushlarning ovozi kelmoqda sokin,
Chigirtga chirillar ma'yus ohangda.
Hammasi ajoyib, exx do'stim lekin
Hech biri qolmaydi ertaga tongda.
Qani edi umrbod qolsam shu yerda,
Qani edi bo'lsaydi bu yerlar uyim.
Topolmayman bu yerni endi hech yerda,
Jaranglar har doim bu yerda kuyim.
Qanchalar og'irdir ayrilmoq undan,
Lek shunchalar shirin yetmoqlik unga.
So'rayman davoni aytingiz kimdan?
Aytingiz boqiylik nasibdir kimga?
©️ Shoxrux Xayrullayev
Surat: Caspar David Friedrich — “Two Men Contemplating the Moon”
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
400 ta bo'lgan kunimiz tasodifiy 4 kishiga Mutolaa ilovasida bir oylik premium sovg'a qilaman)
390
Nega jimsiz?
Nega jimsiz yurak yutib qilsam nido
Sizni deya sukunatda bo'ldim ado
Qani ayting siz ham meni sevdim mayli
Bo'lar edim shunda telba essiz layli
Ozodaga)
Surat: “Ron Hicks, 1965: I like to romanticize life”
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
Haqqoki, qilich kelsa boshimg‘a, eshikingdin
Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.
Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam,
Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma.
Ya’qub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.
Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla,
Yo‘qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma.
Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yashurdi,
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.
© Mavlono Lutfiy
Musiqa: Abdulloh Shumagʻpurov
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Bilasanmi?
Bilasanmi sen kelguncha yuragimda qolmagan bahor
Qaytib kelmas deya kuta bo'lgan intizor
Sog'inch chulg'ab yuragimga aytdim iftihor
Endi sensiz yashash menga bo'lmas ixtiyor
Ozodaga)
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Na umrimda bahor,
Na bag'rimda yoz.
Na zuhrimda o'ksik tiriklik izi.
Nimaga yashadim, bilmayman, ammo,
Kimnidir jim kutdim,
bilmam, kim o'zi?
Sen kimsan?
Sog'indim shu qadar achchiq?
Nahot diydoringga yetmog'im uchun,
O'tmog'im shart edi umrimni yanchib?
Nahot nafasingga tegmay nafasim
Umrim tugar dunyo xarobasida?
Nahotki bir ko'ngil xayoli uchun
Kuyib o'tdim kun va tun orasidan?
Sen bormiding o'zi?
Sen yo'q eding, sen?
©️ Zebo Mirzo
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Sen - qafas, ichingga qamalgan dunyo,
Men - qushman ichingda senga ichikkan.
Qanotim ostida kalit bor,
ammo
chiqib ketolmayman eshikdan.
Men - bandi.
Hech qachon hech kim tutmagan!
Haydama...
Yaxshisi, boshimga dor tik.
Tashqarida sen yo‘q-
Tashqari tuman,
Meni o‘ldiradi bunday ozodlik.
Qara, ko‘zlarimdan tomyapti shabnam,
Yuragi nam tortib ketganlar kammi?
Iltimos...
Haydama...
Gar qanot yozsam,
Sochilib ketaman.
Achinmaysanmi?
Uchmayman!!!
©️ Bashorat Otajonova
René Magritte — “The Therapist” (1937)
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Uzoqdan
Sen bolmagan yerlarda bugun
Kalavam chigal uchlari tugun
Suratlardan iborat hayol
Hayolimda faqat birgina ayol
Jonimni olsa deyman bu hijron
Bariga qol silta deganda shayton
Oylayman aslida qadrimmi shuncha
O'limga keraksiz bo'lganim shu on
Hijronmi sogninchmi anglolmay qoldim
Dardalarimni bir chetdan qogozga soldim
Ona shaxrimni istamay qoldimmi
Savollardan dasta ulush oldimmi
Istaymanku qaytmoqni senga
Sigolmay bir zum olami kengga
Ayol bir siymodur qiyosdur asli
Meni sogintirgan Marg'ilon vasli
Tuprogini totiyo qilsam kozimga
Titroq oralaydi aytgam sozimga
Qanotim bor ucholmayapman
Ona shaxrim qucholmayapman
©️ Muhammadiy
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Surat: George Harvey, “Far from Home”
390
Uzoqdan
Sen bolmagan yerlarda bugun
Kalavam chigal uchlari tugun
Suratlardan iborat hayol
Hayolimda faqat birgina ayol
Jonimni olsa deyman bu hijron
Bariga qol silta deganda shayton
Oylayman aslida qadrimmi shuncha
O'limga keraksiz bo'lganim shu on
Hijronmi sogninchmi anglolmay qoldim
Dardalarimni bir chetdan qogozga soldim
Ona shaxrimni istamay qoldimmi
Savollardan dasta ulush oldimmi
Istaymanku qaytmoqni senga
Sigolmay bir zum olami kengga
Ayol bir siymodur qiyosdur asli
Meni sogintirgan Marg'ilon vasli
Tuprogini totiyo qilsam kozimga
Titroq oralaydi aytgam sozimga
Qanotim bor ucholmayapman
Ona shaxrim qucholmayapman
©️ Muhammadiy
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Uygʻondim-u, qaror qildim ertalab:
Ortga qaramayman, qaytmay yashayman.
Hech kimdan hech narsa qilmayman talab,
Hech kimga hech narsa aytmay yashayman.
Koʻkka qaramayman, koʻzlarim tindi,
Oyoq ostini ham koʻrmay yashayman.
Mendan yuragimni soʻramang endi,
Hech kimga hech narsa bermay yashayman!
©️ Joʻrabek Ramazon
Caspar David Friedrich — “Wanderer above the Sea of Fog”
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Xudo seni eslatar,
Osmon ham,
Bulutlar,
O‘tlar,
Namchil va quyoshli havo.
Meni yeb bitirgich armon,
Men kuldiruvchi har narsa
Meni kuydiruvchi o‘t
Malham hapdori.
Bozorga endi chiqqan qulupnay
Qishda yog‘ayotgan qor,
Malinali choy,
Shakarsiz qahva
Tun.
Kun.
Baxt
Hasrat
Men, o‘zim!
Har kuni ish stolimga kelib kompyuter yoqarkanman terilgan parol,
Qotillar haqdagi xabarlar
Gullar
Hanuz bitmayotgan yig‘i
Qiyomatgacha ochiq savollar
Qiyomat,
Xudo,
Jannat
Ibodat
Tug‘ilmagan bolalar,
O‘lgan bolalar
Bahor
Giyohlar,
Dadam ichayotgan choyga solganim
Kiyik o‘ti
Onamning uyishgan oyoqlarini
Uqalay turib surilgan xushbo‘y yog‘.
Yig‘i
Uzundan uzun filmlar
Uzundan uzun yo‘l
Uzundan uzun umr.
Har tonggi duo
Har kechki duo
Ammo
Iloho
Meni senga eslatmasin hech narsa
Baxtsiz bo‘lishingni istamayman hech!
©️ Feruza Xayrullayeva
Surat: Edward Hopper — “Automat”
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
390
Ovqatini keltirib qoʻydim.
Keyin ketdim.
U kelguncha sovib qolmaydi.
Men qoʻyganimni u anglar -
Faqat anglarmikan
U ketaganimni ?
©️ Yannis Ritsos
390
Musaffo ko'zlarning derazasidan
Chiqsang-u ishq qolsa sendan arazlab.
Suhbatlashii-ib ketsang soyabon bilan
Odamlar tentak deb o'ylashsa,... mazza!
Hechkimni sevmasang, O qandayin erk!
Sayr etsang xazonrang poyondozlarda.
Yo'lingga ko'z tikib, saqlagancha kek
Uzumlar yig'lasa zardama - zarda.
O bu Kuz! Bu yomg'ir gurungidaman,
Osmon qizg'onarkan meni tobora.
Tobora tomchilar va yaproqlar ham
Ko'ylagim rangiga qilar ishora.
Qush edim, hech tutqich bermaydigan qush
Qafaslar yangradi ishqsizlik aro.
Kelding- u ey o'ngga aylanguvchi tush
Sen menga bu erkni ko'rmading ravo.
© Nozima Habibullayeva
Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
