cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ko’rinmas Qo’l

Shahzod Yo’ldoshboyev Iqtisodiyot va jamiyat mavzularidagi mulohazalarim. Bog’lanish uchun: @korinmasqol_feedback_bot

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedEconomy & Finance44 396
Advertising posts
1 442
Subscribers
-424 hours
-277 days
+13030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Barcha kanallarga bir vaqtning oʻzida obuna boʻlish uchun ushbu koʻk yozuvni ustiga bosing!
Show all...
Neojamiyat

Muhammad Yusupovich invites you to add the folder “Neojamiyat”, which includes 22 chats.

Doʻstlar, quyida sizlarga turli mavzularda foydali va qiziqarli boʻlgan kanallarni tavsiya qilmoqchiman: @sharqshunos_tarixchi - Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi @santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida @economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida @green_econ – iqtisodiyot va iqlim oʻzgarishi haqida, xorijda tahsil olayotgan talaba oʻz fikr-mulohazalari va olgan bilimlari bilan boʻlishib boradi @Azizbekh17mem - Boshqa kanallarda uchramaydigan ijtimoiy, siyosiy mem, foto va videolar @jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yoʻlida ochilgan sahifa @islom_urolov ushbu kanalda magistratura talabasining iqtisodiyot, AQShdagi oʻqish, hayot va universitetga topshirish jarayonlari boʻyicha fikrlari beriladi @Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar @therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda @lazizbek42 - Dastirlash haqida foydali maslahatlar, foydali gikrlar va kuzatishlar @Bookerberg - kitoblar, filmlar va seriallar haqida @legal_mind - ijtimoiy-siyosiy va aktual mavzularda faqat fikrlar, huquqiy kontent va fikrdoshlar jamiyati @blogdilshoda - yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar (grantlar) haqida rasmlar, videolar, maslahatlar hamda oʻsha imkoniyatlar toʻgʻrisida to'liq ma'lumot berib boruvchi kanal @Kinovat - kino olami haqida qiziqarli va siz bilmagan barchasi @nota_bene1 - shunchaki qiziqarli ma’lumotlar @ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar. @engengeng888 - barchasi zakovatga oid... @bilimdon_zakovatchi - Yangi Faktlar , Savollar , Zakovat haqida barchasi, xullas, ideal kanal @xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar @nofalsafiy - kinodan koinotgacha: turli sferarlar ichra sayohat @Jahonas_world- Amerikada siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi sohasi boʻyicha oʻqish haqida. Study with me va lifestyle content
Show all...
Hozirgacha ushbu holat “AX Technology” kompaniyasida kamida 17 nomzodlar bilan sodir bo’lganligi haqida ma’lumot paydo bo’ldi: https://docs.google.com/document/d/10-2nquFLrZmHg0EmcM7eVSN9e8jrlUC_6ZSHc7kLuxs/mobilebasic
Show all...

🤔 12👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun LinkedIn ijtimoiy tarmog’ida shunday post ko’rib qoldim: mamlakatimizda 200dan ortiq xodimi mavjud bo’lgan “AX Technology” kompaniyasi yangi IT mutaxassislarni ishga olish jarayonida suhbat vaqtida ularning dini haqida savol berar ekan. Nomzod musulmonligini tasdiqlaganidan keyin, Katya Makarchenko ismli HR-menejer suhbatni yakunlagan ekan. Postning tagida ushbu kompaniya bilan xuddi shunday holatga uchragan hamyurtlarimiz ko’plab izohlar qoldirishibdi. Katya Makarchenkoning LinkedIn sahifasiga ko’ra, u o’tgan yili Rossiyadan O’zbekistonga muhojir bo’lib kelgan. Sahifasida Isroilning G’azodagi genotsidini olqishlaydigan postlar ham mavjud. Makarchenko O’zbekiston qonunchiligi xuddi Isroilnikiday diskriminatsion deb o’ylashi mumkin. Ammo, O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksining 4-moddasiga binoan, ish beruvchilar shaxslarga nisbatdan ularning dinga bo’lgan munosabati va e’tiqodi asosida cheklovlar qo’llashi noqonuniy hisoblanadi. Shunday ekan, “AX Technology” va Katya Makarchenkoga O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi doirasida choralar ko’rilishi zarur. Mehnat Kodeksiga oid qoidabuzarliklarni o’rganadigan mas’ullar ushbu holatga e’tibor qaratishlarini istagan bo’lar edim.
Show all...
👍 96🤔 1
Universitet talabalarining AQSh siyosatini o’zgartirishdagi o’rni, tarixga nazar so’ladigan bo’lsak, doimo juda ahamiyatli bo’lgan.
Show all...
US has long history of college protests: Here's what happened in the past

Young people have demanded specific changes on their campuses and in their world in demonstrations that often escalated amid clashes with authorities.

👍 11🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Talabalar protestlari AQShni o’zgartirishmoqda. Bugungi New Yorker muqovasi. Asna Tabassum - bitiruv sinf valedoktorian (eng yaxshi bitiruvchi) edi Janubiy Kaliforniya Universitetida (USC), u so’zga chiqmasligi uchun, universitet katta bitiruv marosimini o’tkazmadi. Bugungi kichik marosimdan lavha - talabalarga qarang. Asnaning nutqi gazetada. Falastinlik Elyanna kecha Stepen Kolbertning “Late Show”da chiqdi. Muhimi - AQSh xujumkor qurollarni Isroilga sotishni to’xtatib turibdi.
Show all...
👍 15🤔 2
👍 27🤔 1
Ta’limning atrof-muhitga ta’siri haqida Bu semestr men olayotgan ekonometrika fanidan har bir talaba katta mustaqil empirik tadqiqot o’tkazishi kerak edi. Men tanlagan mavzu: mamlakatlarning ta’lim darajasining atrof-muhitga (aholi jon boshiga CO2 emissiyasiga va cho’llanishga) ta’siri. Jahon Banki tomonidan beriladigan ma’lumotlarga tayanib, jami 219 mamlakat uchun 24 yillik davr (1991-2014) mobaynida har xil ko’rsatkichlarni yig’dim va tahlil qildim. Mening natijalarim shuni ko’rsatadi-ki: 1. Oliy ta’lim maskanlarida tahsil oladigan aholi darajasining o’sishi yashillikni ko’paytiradi, o’rmonlarning maydonini kengaytiradi. Bundan tashqari, ushbu ko’rsatkichning oshishi iqlimga salbiy ta’sir o’tkazadigan CO2 emissiyalarini qisqartiradi. 2. Davlatning ta’limga kiritadigan sarmoyasi ham aholi jon boshiga CO2 emissiyasini kamaytiradi. Sabab: oliy ta’lim va davlat tomonidan ta’limga kiritiladigan sarmoya nafaqat aholi orasida atrof-muhit haqida to’g’ri ma’lumotlarni yoyadi, balki odamlarning qadriyatlarni ham shakllantiradi. Ya’ni, ilmli insonlar atrof-muhit va iqlim o’zgarishi haqida ko’proq qayg’urishadi. Jamiyatda shunday insonlar soning ko’payishi esa katta ehtimollik bilan mamlakat miqyosida ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Tadqiqotimni shu po’stning tagiga yuklayman, o’qib chiqishingiz mumkin.
Show all...
👍 29🤔 2
​​Bunyodkorona vayronalik (creative destruction) haqida Sog’lom raqobatli bozorlarda korxonalarning yoshi o’sgan sari, ularning hajmi ham o’sib borishi zarur. Ya’ni, shartli 20 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonaning ishchilar soni shartli 5 yil davomida ishlab kelayotgan korxonaning ishchilar sonidan ancha ko’proq bo’lishi kerak. Nimaga? Chunki raqobat jarayonida kuchli korxonalar yutib chiqib, mag’lublarning resurslarini, shu jumladan ularning ishchilarini, o’ziga jalb etishi kerak. Bu jarayon iqtisodchilar tomonidan bunyodkorona vayronalik (creative destruction) deb ataladi. Korxonalar o’zidan-o’zi yutib chiqmaydi, ularning raqobatchilariga nisbatan muvaffaqiyati odatda yaxshiroq sifat va/yoki pastroq narx taklif etish qobiliyati bilan bog’liq bo’ladi. Bu degani esa, yutib chiqadigan korxonalar resurslarni ancha effektivroq ishlatadi. Demak, agar unumdorligi pastroq bo’lgan korxonalarning resurslari unumdorligi baland firmalarga o’tsa, butun iqtisodiyot bundan manfaat ko’radi, va mamlakat rivojlanadi. Muammo shunda-ki, biz qaysi korxona unumdor va qaysi biri unumdor emasligi haqida oldindan axborotga ega emasmiz. Biz faqatgina ishlab chiqaruvchularga bir-biri bilan raqobatlashishi uchun sharoit yaratib berib, buni aniqlab olishimiz mumkin. O’zbekistonda bunyodkorona vayronalik jarayoni kuzatiladimi? Boy mamlakatlar bilan emas, bizga o’xshagan rivojlanayotgan mamlakat bo’lmish Vyetnam bilan solishtirsak, ko’rishimiz mumkin-ki: O’zbekistondagi korxonalar ulg’ayib borgan sari, ularning hajmi unchalik o’smaydi. Jahon Banki tomonidan keltirilgan ma’lumotga ko’ra, ikki mamlakat korxonalarining hajmidagi tafovut, ularning yoshi o’sishi qadar kattalashib boraveradi. Demak, O’zbekistonda unumdorsiz korxonalarning uzoq muddat davomida “jon saqlab qolish” ehtimolligi balandroq. Buning sabablari: 1. Importga cheklovlar: xorijiy korxonalar bizga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni olib kiradi, importni cheklash ortidan esa, bizdagi mavjud korxonalar uchun o’sish uchun bosim paydo bo’lmaydi. 2. Davlatning iqtisodiyotdagi ulushi kattaligi: davlat tomonidan boshqariladigan korxonalarning unumdorligi xususiy firmalarnikiga qaraganda pastroq bo’ladi, ularga ajratiladigan preferentsiyalar esa xususiy investitsiyalarni kamaytiradi (crowding out). 3. Rivojlanmagan kapital va pul bozorlari: kengayish uchun kichik va o’rta hajmdagi korxonalarga mablag’ talab etiladi, bizning sharoitimizda esa katta investitsiyalarni jalb etish uchun bozorlar deyarli mavjud emas.
Show all...

👍 21🤔 2