cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Bizning Montessori Uy 🏡

🏡Maqsadimiz O’zbekzabon Onalarga Ummatni tarbiya qilishda o’rganayotkanlarimizni bo’lishish 🏠 Montessori tizimidan ilhomlangan uyimizga xush kelibsiz! 🏠 Farzandingizni aqliy rivojlanishi uchun mashqlar 🏠 Nutqni rivojlantirish

Show more
Advertising posts
1 328
Subscribers
+324 hours
+47 days
+8830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ona suti va smes (kasha) (2-qism) @bizningmontessoriuy
Show all...
❤‍🔥 14👍 6 4🔥 3
Ona suti va smes (1-qism) @bizningmontessoriuy
Show all...
❤‍🔥 9👍 5🔥 3😢 2 1
Postni dugonalaringizga jo’natishni unutmang🌸 Eslatma! Men shifokor, tibbiy xodim yoki emizish bo’yicha mutaxassis emasman. Men shunchaki sizga o’xshagan izlanishdagi Onaman! Bu tibbiy maslahat yoki tashxis emas. Bu post ingliz tilida mavjud, ommaga taqdim etilgan, emizish bo’yicha isbotlangan ma’lumotlar asosida, shunchaki ma’lumot tarzida tayyorlandi. Sizda emizish bo’yicha biror tibbiy holat bo’lsa, chaqalog’ingiz bezovta bo’lsa, iltimos shifokor va pediatrga murojaat qiling! Sog’lig’ingizga be e’tibor bo’lmang va uni internetdagi ma’lumotlarga topshirmang! Sut ishlab chiqarish murakkab jarayon, u miyyaga, ko’krakka va bolaga bog’liq. Men shunchaki asosiy qismini qisqagina qilib tarjima qildim. Agar tibbiy terminlarda xato ketkan bo’lsa, iltimos shaxsiy xabarda yozib qoldiring, aytkanimdek shifokor emasman. Postdagi imloviy xatolar uchun ham oldindan uzr🌸 Ona bo’lganingizdan keyin emizish haqida xalq orasida tarqalgan shunday asossiz xabarlarni ko’p eshitasiz. Agar bu ma’lumotlar nega notog’riligini bilsangiz va emizish haqida kerakli ma’lumotlarni o’rganib, ularga ishonsangiz, bu kabi gaplarga e’tibor qilmaslik osonroq bo’ladi. Agar bu fikr turmush o’rtog’ingiz tomonidan bo’lsa, ularga ilmiy isbotlangan ma’lumotlarni ko’rsatsanhiz bo’ladi. Dunyoqarashi keng inson, o’qib, izlanib, sizni tushunishga harakat qiladi in shaa Alloh. Lekin, agar bu gaplarni 70 yoshli Buvijonim aytsalar, shunchaki “hop bo’ladi” deb qo’ygan bo’lardim😊🌸 Hurmatli kanal va blog egalari, iltimos insofli bo’ling❤️ Bir necha kun vaqt sarflab, ma’lumotlar to’plab, uni bir joyga yig’ib, mana shu post tayyorlandi. Iltimos uni shartta ko’chirib olmang, yoki ruxsatsiz va muallifni ko’rsatmagan holatda o’z sahifangizga joylamang! Iltimos insofli bo’ling. Bo’lishgingiz kelsa, shu postni bo’lishing agar savob ulashmoqchi bo’lsangiz❤️ Ma’lumotlar Breastfeeding and Human Lactation kitobi va tibbiy websitelar asosida yozildi. @bizningmontessoriuy
Show all...
13❤‍🔥 4 4👍 2
Bugun Montessori bog'chada ikkinchi mashg'ulotga qatnashishlari! Meva archishdan boshlab, idishlarni yuvib joylashgacha bolalar o'zlari bajarishgan Qisqagina pozitiv insaytlarim👇
Show all...
1.14 MB
1.84 MB
26.41 MB
8.06 MB
10 3
1) Montessori sinflarida egizaklar bir-biriga taqlid qilmasliklari va ta'sir o'tkizmasliklari uchun alohida sinflarga qo'yilar ekan, maqsad bolaning mustaqilligi va erkin fikrlashini ta'minlash! Bugun alohida vaqtda mashg'ulotga qatnashishdi, oxirida esa Aisha bilan G'azzoliy bir-birinining sneklarini birga baham ko'rishishibdi. 2) Ba'zi bolalarda odatda ovqatga nisbatan ozgina qizg'anchiqlik bo'ladi, mashg'ulotlar orqali boshqalarga ham berishni o'rganisharkan 3) Mashg'ulotdan qaytayotganimizda esa nimalar qilishga  haqida suhbatlashib keldik, ikkovi ham qilgan ishlarini aytib berishdi, ayniqsa men APELSINdan sok qildim deganida Aishani ko'zlari chaqnab ketdi. Ya'ni bolada o'ziga nisbatan ishonch ortyapti. 4) Undan so'ng esa I shared with my brother deb aytti, ya'ni G'azzoliy bilan bo'lishganini mehr bilan aytdi. 5) Akasi maktabdan kelganidan keyin, hech kim aytmasa ham, Aisha ikkita piyolada suv olib kirib ketayotgan ekan, menga ko'rsatib G'azzoliy va akamga deb kirib ketdi. Kelasi safar yana insaytlarimiz bilan bo'lishib turaylikmi? Sizlar uchun ham haqiqiy Montessori atmosferasidagi bolalar mashg'ulotlari qiziqmi? 🌟Xalqaro Toshkent Montessori bog'chasi kanali : https://t.me/ims_tashkent 📞Savollar bo'yicha : +998990191439 Telegram | Instagram |Telegram🌿
Show all...
8👍 3 3
Haqiqiy Montessori bog’chalar qanday bo’lishini bilasizmi?🤓
Show all...
🤔 4 2
16 oylikda 16 ta imo-ishora @bizningmontessoriuy
Show all...
15 6❤‍🔥 2🔥 2🥰 1
Like bosishni, saqlab olishni va 16 oylikdan kichkina farzandi bor dugonangizga jo’natishni unutmang🌸 Yosh bolalar orasida o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bolalarda 9 oylik va 16 oylik orasidagi imo-ishora orqali muloqot qila olish ko’nikmasi 2 yildan keyin nutqi qanday rivojlanishini ko’rsatishi mumkin. 3 yoshdagi nutq esa keyinchalik akademik muvaffaqqiyatni belgilashi mumkinligi aniqlangan (agar farzandingiz 3 yosh bo’lsa va hali yaxshi gapirmasa, iltimos vahima qilmang, shunchaki yaxshi logoped va pediatrga murojaat qiling). Tadqiqotlarga ko’ra bolalar 16 oylik bo’lganida 16 ga yaqin imo-ishorani qila olishlari kerak (First Words Project, 2018). Agar farzandingiz hali gapirmayotkan, yoki “tili chiqmayotkan” bo’lsa, ularga so’zlar bilan birga harakatlar orqali muloqot qilishni o’rgatib ko’ring. Eng oddiy misol 6 oylikdan boshlab “yana” ishorasini kaftlarni juftlagan holatda, bir-biriga tekkazish orqali tushuntirish mumkin. Bunda bola yana ovqat xohlasa yoki biror narsani yana xohlasa, sizga shu ishorani ko’rsatish orqali muloqot qila oladi. Nuta va muloqotdagi muammolarni qancha erta aniqlasangiz va qancha erta ularga yechim topishga harakat qilsangiz, keyinchalik nutq, o’qish, o’rganish, odamlar bilan munosabatda bo’lish ko’nikmalaridagi muammolarni oldini olishi mumkin. Tadqiqotlar ko’rsatadi-ki, bolalarga biror narsa o’rgatish uchun “Qancha erta bo’lsa shuncha yaxshi”. Bola hayotidagi ilk 3 yil eng muhim davrlardan biri hisoblanadi (First Words Project, 2018). Shunday ekan, hayot tashvishlari, uy-yumushlari, kundalik hayot bilan band bo’lgan bir vaqtingizda, bolajonni ham unutmang! U bilan shug’ullaning! Bola hayotidagi eng muhim davrlardan birini boy bermang! Hayotingizdagi prioretlarni to’g’ri qo’ying! Siz uchun nima eng muhim ekanligini aniqlashtirib oling! Harakat qilgan ilojini va imkonini topadi. Alloh bizga omonat qilib bergan bolajonlarga qolimizdan kelganicha asraylik. Va albatta eng asosiysini unutmang! Barcha bola o’z tezligida rivojlanadi. Farzandingizni qo’shningizni nabirasi yoki dugonangizning bolasi bilan solishtirmang! Hamma individual va o’z tezligida rivojlanadi! Siz bu jarayonni tezlashtira olmaysiz! Lekin jarayonni sekinlashtiruvchi omillarni kamaytirishingiz mumkin. Kimdurni tili erta chiqadi va muloqotga erta kirishadi, kimdurniki esa biroz kechroq. Asosiysi, farzandingiz rivojlanishi va so’z boyligi normadaligini pediatr bilan maslahatlashgan holatda, har oy uchun berilgan rivojlanish jadvali orqali tekshirib turing. Rivojlanishdagi “qizil bayroqlar”ni bilib oling va agar ular farzandingizda kuzatilsa, tezda pediatrga murojaat qiling! Ha biz bilan hech kim shug’ullanmagan, mana bib binoydek yuribmiz, vayey nimalarni o’ylab topishmaydi deyishga shoshilmang. Sizning bolaligingiz bilan hozirgi gadjetlarga to’la bolalik orasida katta farq bor. Olimlar yillar davomida isbotlagan 3 yoshgacha ta’limni balki hozirgi bolajonlarimizda sinab ko’rarmiz (3 yoshdan keyin ham!). But In shaa Alloh ularga faqat foydali bo’ladi deb o’ylayman😊 @bizningmontessoriuy
Show all...
10❤‍🔥 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
ERTAGA ARAFA!!! 🔹 Ikki yillik gunohlar kafforati. Nabiy sollallohu alayhi wasallamdan Arafa kuni ro'zasi haqida so'rashganda, u kishi: "oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforat bo'ladi", dedilar (Muslim, 1162b). 🔹 Do'zaxdan ozod qilinish. Rasululloh aytganlarki: "Arafa kuni Alloh ko'pchilik bandalarini do'zaxdan ozod qilganchalik boshqa kun yo'q" (Muslim, 1348). 🔹 Duolarning eng afzali. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning "La ilaha illallohu wahdahu la shariyka lahu, lahul mulku wa lahul hamdu wa huwa ala kulli shay'in qodiyr", deb aytgan duosidir (Termiziy, 3585; Imom Molik Muwatto, 32). 🔹 Arafa ham zamon, ham makondir. Arafa makonida bo'lolmaslik bizni Arafa kunining fazilatidan to'smasligini umid qilamiz. Ehson, sadaqa va yaxshiliklar qilishga ulgurib qolaylik. @weareululalbab
Show all...
❤‍🔥 10 4👍 2 1
Assalomu alaykum🌸 Bu guruhda Chicago hududi asosan DuPage va Cook countyda joylashgan mashg’ulotlar, story timelar, splash pad, playground va turli xil qiziqarli activitylar haqida ma’lumot berib boriladi in shaa Alloh😊 📆Hafta boshida in shaa Alloh bir haftalik mashg’ulotlar jadvali jo’natiladi o’zingizga kerakligiga borsangiz bo’ladi 🛝Yaxshi playground va splash padlar haqida ma’lumot beriladi. Agar borsangiz izohlarda o’z tajribangiz va reviewingizni yozib qoldirishingiz mumkin 🇺🇸Faqatgina lllinois hududida joylashgan ayol qizlar uchun, guruhga qo’shilish uchun “request to join” jo’natish kerak. Uzbek Chicago yoki Uzbek Chicago ladies guruhlarida bor bo’lsangiz, kanalga qabul qilinasiz in shaa Alloh 🐣Asosan hozircha 1-2 yosh bolalarga mo’ljallangan mashg’ulotlar bo’ladi 🎭Bepul muzey kunlari va har xil loyihalar haqida ham yozib turamiz in shaa Alloh Qo’shilish uchun link: https://t.me/+Ptp4um_n8OQ3YTYy
Show all...
Chicago Uzbek Tots🐣

Bu kanal Chicago hududida yashaydigan farzandi 3 yoshdan kichkina Onajonlar uchun turli mashg’ulotlar haqida ma’lumot beradi😊

👍 6 4🤩 1 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.