cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ULUL ALBAB - The People of Intellect

"Фақат ақл эгаларигина эсларлар" (2:269) ❗️Kitoblar, tajriba, saviya, fikrlash, rivojlanish. @weareululalbab @introverts_shell @mymadinah ©️ Manba bilan olinsin! Murojaat: @ua_ask_bot Ayollar uchun xos kanalga qo'shilish uchun @mukhiddinova_link

Show more
Advertising posts
2 495
Subscribers
+6424 hours
+1347 days
+37630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

So'raydiganingizni so'rab oling Abdulloh ibn Amr ibn Os rodiyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi wa sallam dedilar: "Ro'zador uchun iftorlik vaqtida qaytarilmaydigan duo bordir". Shunday deb, Abdulloh ibn Amr: "Ey Alloh, barcha narsani qamrab olgan rahmating bilan meni mag'firat qilishingni so'rayman", deya ro'zalarini ochdilar. (Sunan ibn Mojah, 1753) @weareululalbab
Show all...
🤗 22 9😢 5
Nima qilmaslik kerak? Siz bilan bu kunlarda ro'za tutish foydaligini bildik: 1. Bugun (15), erta (16), indin (17). 2. Bunga⬆imkon bo'lmasa, bugun (15) va erta (16). 3. Bugun tutolmagan bo'lsangiz, erta (16) va indin (17). Himmatlilar payshanbani ham ulab ketsa bo'ladi. Muharram oyida ko'proq ro'za tutishga targ'ib qilinadi. 😜Endi, xayr-u ehson va yaxshiliklarning barcha turini qilish bilan birga, yomonliklar (birovga va o'ziga zulm/gunohlar)dan tiyilish o'ta muhim. Alloh taolo marhamat qiladi:
Bas, u oylarda o'zingizga zulm qilmangiz! (Tavba, 36)
Qatoda aytadilar:
Shahri haromda solih amal qilishning ajri boshqa oylarda qilinganidan kattaroqdir. U oyda zulm-gunoh qilishning jazosi ham boshqa oylarda qilinganidan kattaroq bo'ladi.
@weareululalbab
Show all...
🤗 25 18😢 6
Erta va indin nima qilish kerak? 🔸 Ashuro kuni to’rt muqaddas oyning biri – Muharramning 10-kuni (16-iyul).  🔸 Imom Ahmad rivoyatiga ko'ra, Nuh alayhissalomning kemalari Judiy tog’i ustida to’xtagan kun ham Ashuro edi. 🔸 Bu kunda Alloh taolo Muso alayhissalom hamda Bani Isroilni Fir’avn va uning navkarlaridan qutqarganligi uchun Madina yahudlari uni ro'za tutib nishonlardilar. 🔸 Yahudlar ro’zasidan farqlanib turishi uchun Ashuro kuniga qo’shib, bir kun oldin (ertaga) yoki bir kun keyin (17-iyul) ham ro’za tutmoq afzal (Ibn Moja; Riyozus Solihiyn). 🔸 Bu kun ro’zasi o’tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo'ladi (Muslim 1162; Riyozus Solihiyn). 🔸 Muharram oyi ro'zasi Ramazon ro'zasidan keyingi eng afzali ekanligi bir necha sahih rivoyatlarda aytilgan (Muslim, Termiziy, Abu Dovud, Ibn Moja). @weareululalbab
Show all...
35🤗 23😢 4
Repost from N/a
Madinadagilarga qarab, hayotni o'zimizga qanchalik qiyinlashtirib olganimizni ko'raman. Ko'pchilik tushlikni asr atrofi (soat 3-4lar)da qilarkan. 2-3 kishi yeb o'tirgan tushlikni biznikilar ko'rsa: 1. "Doim guruch, tovuq, xurmo, non yeyaverish jonga tegmaydimi?", devorishi mumkin. Chunki taom turlari biznikidek ko'pmas. 2. Yoki "Nahotki, shunchaginaga to'yasizlar?", deya hayron qoladi. Chunki bizga o'xshab stol to'lmaguncha yoki 1-2 xil salat bo'lmaguncha ovqat yemay o'tirmaydilar. Yarim porsiya narsaga ham to'yib ketaveradilar. Insonning "nafs"i deganda ba'zan joni-jasadi nazarda tutiladi: 1.لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفۡسًا إِلَّا وُسۡعَهَاۚ لَهَا مَا كَسَبَتۡ وَعَلَيۡهَا مَا ٱكۡتَسَبَتۡۗ
Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. (Baqara, 286)
2.يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمُ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَٰحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالًا كَثِيرًا وَنِسَآءً
Ey odamlar, sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko'plab erkak va ayollar taratgan Robbingizdan qo'rqinglar! (Niso, 1)
Nafs tarbiyasiga jasad tarbiyasi ham kiradi. Aslida, biz ham (ne'matlardan yegan holda) kam narsaga to'yib, muhimroq narsalarga ahamiyat berishimiz mumkin ekan.
Show all...
😢 36 18🤗 7
Sunnatga muvofiq yashamoqchiman, nimadan boshlay? 1. Farz va sunnat namozlarini qoyim qilgandan so'ng, nafl namozlarni qo'shish. Rasululloh sollallohu alayhi wasallam namozlariga oid kitoblar o'qish. Zuho, tavba, istihora, hojat, tahajjud namozlaridan bir-ikkisini o'qishga odatlanish. 2. Qur'on va zikr. Ruhiy tarbiyada bularning o'rnini hech nima bosolmaydi. Ertalabki-kechki zikrlardan boshlab, kunlik holatlarda, yeb-ichish, yurish-turishga oid duolar bilan tilni "namlab" yurish, aqlan tushunish, qalban his qilish. 📖"Hisnul muslim" kitobchasi; 📘 "Al-Azkor" (Imom Navaviy). 3. Xulq. Xulqni yaxshilashga intilish. Zero Rasululloh sollallohu alayhi wasallam sunnatlari ham Qur'onga asoslangan edi. "Xulqlari - Qur'on" edi. 📒"Riyozus Solihiyn" (Imom Navaviy); 📖"Adabul Mufrad" (Imom Buxoriy). 4. Ro'za va jismoniy sog'liq. Sunnat amallarni doimiy bajarib yurishda nafaqat ma'nan, balki jismonan ham chidamli bo'lish muhim. Kunlik yo kun ora bajaradigan jismoniy mashg'ulotingiz bo'lsin. Faqat birlamchi ustuvor narsalarni yozishga harakat qildim. Yuqoridagilarning har birida ilm va amalning o'rni katta. Bu haqda kitoblar ko'p. Aytilganlarni tugatsangiz, foydali bo'ladi, bi iżnilllah. @weareululalbab
Show all...
36🤗 15😢 3
Photo unavailableShow in Telegram
#just Vanihoyat, jannatda bir-birimizdan kutganimizdek bo'lamiz: - komil, qusursiz. (YK) @weareululalbab
Show all...
😢 47🤗 18 11
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun bu zotga salovat-u salomlar yo'lladingizmi? Rasululloh sollallohu alayhi wa sallam dedilar: “Kunlaringizning eng afzali – juma kunidir... Shunday ekan bu kuni menga ko‘p salavotlar aytinglar, chunki bu kungi salavotlar menga ko‘rsatiladi”. (Abu Dovud rivoyati). Allohumma solli wa sallim 'ala nabiyyina Muhammad @weareululalabab
Show all...
47🤗 22😢 5
"Vaqtimda baraka yo'q", deydiganlar shunchaki vazifalariga noto'g'ri ustuvorlik beradilar. Keraksiz ishlarni birinchi qilish bilan. 1-videoda vaqtning noto'g'ri taqsimoti, 2-videoda esa, to'g'ri taqsimoti ko'rsatiladi. Avval asosiy ishlarni birinchi qilgan insonning vaqtida baraka bo'lishi yaxshi demonstratsiya qilib berildi. Til bilmaganlarga ham tushunarli bo'lsa kerak. Til bilganlarga esa, foydaliroq. @weareululalbab
Show all...
videoplayback (25).mp43.75 MB
تحديد_الأولويات_الخطوة_الأولى_نحو_التحكم_بحياتك_ياسر_الحزيمي_trimmed.mp46.79 MB
33😢 8🤗 7
Nafl yo qazo ro'zalarni boshladingizmi?Anonymous voting
  • Hali yo'q.
  • Dushanbadan boshladim.
  • Ertadan boshlayman, in sha Alloh.
0 votes
😢 21 5
Buni chiqarib oldingizmi?Anonymous voting
  • Hali chiqarmadim, endi chiqaraman.
  • Chiqardim. Maksimal foydalanaman, in sha Alloh.
  • Elektron variantini ishlataman.
0 votes
9😢 9
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.