BRB Info
Open in Telegram
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011
Show more1 930
Subscribers
-124 hours
-97 days
-3830 days
Posts Archive
1 932
#9may
🇺🇿Faxriylar – e'zozda!
✨ 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Biznesni rivojlantirish banki” jamoasi Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi faxriylar holidan xabar oldi.
🏠 Bank mas’ullari nuroniylarimiz xonadonlariga tashrif buyurib, ularni bayram bilan muborakbod etdi. Ularga bayram sovg‘alari va ozi-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
👉 Barafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
#9may
🇺🇿 9-May — Xotira va qadrlash kuni
Bu sana — yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va bugungi farovon hayot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarga cheksiz hurmat va ehtirom timsolidir.
🕊 Biz jasorat va matonat namunasi bo‘lgan faxriylarimizni yuksak qadrlaymiz, ularning mardligi va fidoyiligi avlodlar uchun doimo ibrat bo‘lib qoladi.
🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB barcha yurtdoshlarimizni 9-May — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! 🇺🇿
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
#MuvaffaqiyatHikoyasi #MahallaBankiri
🧵 Kichik tikuv korxonasidan — yangi ish o‘rinlarigacha
📍 Jizzax viloyati, Jizzax tumanida yashovchi Rajabova Dilobar mahalla bankiri ko‘magida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan 60 mln so‘m kredit mablag‘iga ega bo‘ldi.
✂️ Ajratilgan mablag‘ hisobidan tikuv korxonasi faoliyati kengaytirilib, yangi uskunalar xarid qilindi hamda ishlab chiqarish hajmi oshirildi.
👩 Tikuv korxonasi faoliyati rivojlanishi natijasida mahalladagi ishsiz ayollar uchun qo‘shimcha 10 ta ish o‘rni yaratildi.
💬 Bugungi kunda ushbu tashabbus nafaqat oilaviy daromadni oshirmoqda, balki mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.
👉 Batafsil: brb.uz/mahalla-info
🔵 @brb_mahalla_bankir_bot
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
#MuvaffaqiyatHikoyasi #MahallaBankiri
🧵 Kichik tikuv sexidan — yangi ish o‘rinlarigacha
📍 Jizzax viloyati, Jizzax tumanida yashovchi Rajabova Dilobar mahalla bankiri ko‘magida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan 60 mln so‘m kredit mablag‘iga ega bo‘ldi.
✂️ Ajratilgan mablag‘ hisobidan tikuv korxonasi faoliyati kengaytirilib, yangi uskunalar xarid qilindi hamda ishlab chiqarish hajmi oshirildi.
👩 Tikuv korxonasi faoliyati rivojlanishi natijasida mahalladagi ishsiz ayollar uchun qo‘shimcha 10 ta ish o‘rni yaratildi.
💬 Bugungi kunda ushbu tashabbus nafaqat oilaviy daromadni oshirmoqda, balki mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.
👉 Batafsil: brb.uz/mahalla-info
🔵 @brb_mahalla_bankir_bot
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
+5
#9may
🇺🇿Faxriylar – e'zozda!
✨ 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Biznesni rivojlantirish banki” jamoasi Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi faxriylar holidan xabar oldi.
🏠 Bank mas’ullari nuroniylarimiz xonadonlariga tashrif buyurib, ularni bayram bilan muborakbod etdi. Ularga bayram sovg‘alari va ozi-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
👉 Barafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
+9
#Xalqaro_sertifikat #Bandlik
🇺🇿 Yevropa davlatlari uchun xalqaro sertifikatli KARA haydovchilari tayyorlanadi
🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda Migratsiya agentligi hamkorligida Andijon viloyatida xalqaro darajadagi KARA (ombor va logistikada yuk ko‘tarish uchun ishlatiladigan maxsus texnika — forklift/avtokara) haydovchilarini tayyorlashga ixtisoslashgan yangi o‘quv markazi tashkil etildi.
📍 Loyiha doirasida:
— xalqaro standartlarga mos amaliy o‘quv maydonchasi;
— maxsus texnika va jihozlar;
— zamonaviy o‘quv xonalari;
— boshqa hududdan keluvchilar uchun yotoqxona tashkil etildi.
🚛 Ilk 60 nafar tinglovchi uchun 90 kunlik amaliy o‘quv kurslari boshlanadi.
🇸🇰 Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar Slovakiyaga shartnoma asosida ishga yuborilishi rejalashtirilgan.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
#eskrou #kalendar
Hurmatli mijozlar!
🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB sizga qulaylik yaratish maqsadida:
💱 Valyuta ayirboshlash
🔐 Eskrou hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar
📅 10-11-may kunlari
⏰ 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi
📍 BXO va BXM tarkibidagi barcha navbatchi shoxobchalar xizmat ko‘rsatadi.
📞 Batafsil ma’lumot uchun: 1254 qisqa raqami
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
#Faxrimiz #XotiraVaQadrlash
🇺🇿 Bizning qahramonlarimiz — bizning faxrimiz!
Xaitov Yoqub (1926–1996) — mardlik va fidoyilik timsoli.
📌 Xotira sahifalaridan...
U 1943–1945-yillarda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, og‘ir jangovar sinovlarda o‘z jasoratini namoyon qilgan. Urush tugagach, u tinch hayotga qaytib, butun kuchi va bilimini o‘z yurti ravnaqiga bag‘ishladi. Xususan, Qashqadaryo viloyatini rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy hayotini yuksaltirish yo‘lida faol mehnat qildi. Uning hayot yo‘li — frontdagi jasorat va mehnat maydonidagi fidoyilikning uzviy davomidir. Bunday insonlar o‘z davrining og‘ir yukini yelkalarida ko‘targan, ammo kelajak uchun mustahkam poydevor qoldirgan.🕊 Xaitov Yoqub xotirasi — bugungi tinchlik va taraqqiyotga qo‘shilgan ulkan hissaning ifodasidir. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
+8
#Kitob_karvoni #yoshlar_kuni
📚 “Biz o‘qigan kitoblar” — yangi avlod qo‘lida
“Kitob karvoni” loyihasi doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi tomonidan yig‘ilgan kitoblar Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 43-maktab kutubxonasiga topshirildi.
📖 Bilim ulashgan inson — kelajak sari yo‘l ochadi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
+8
#Kitob_karvoni #yoshlar_kuni
📚 “Biz o‘qigan kitoblar” — yangi avlod qo‘lida
🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi tomonidan “Kitob karvoni” loyihasiga start berildi.
📕 Loyiha doirasida bank xodimlari mutolaa qilgan va foydali deb topilgan kitoblar chekka hududlardagi maktab kutubxonalariga taqdim etilmoqda. Bu — shunchaki kitob emas, balki bilim va motivatsiya ulashish tashabbusidir.
📍 Loyihaning ilk manzili — Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 43-maktab bo‘ldi. Maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar topshirildi.
📖 Adabiy uchrashuv davomida kitobxonlik, bilim va muvaffaqiyat haqida samimiy suhbat tashkil etildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
#Faxrimiz #XotiraVaQadrlash
🇺🇿 Bizning qahramonlarimiz — bizning faxrimiz!
Meldbekov Undash (1923–1995) — hayoti bilan mardlik va fidoyilikni namoyon etgan insonlardan biri.
📌 Xotira sahifalaridan...
U 1942–1944-yillarda Ikkinchi jahon urushi frontlarida xizmat qilib, murakkab va sinovli davrlarni boshdan kechirdi. Leningrad yo‘nalishida 364-o‘qchi diviziyada, keyinchalik Volxov frontida 382-o‘qchi diviziyada komandir sifatida faoliyat olib bordi. Uning harbiy yo‘li — qat’iyat, mas’uliyat va Vatanga sodiqlik namunasi. Front ortida qolganlar uchun u himoya, safdoshlari uchun esa tayanch bo‘la olgan. Yillar o‘tsada, bunday insonlarning hayot yo‘li biz uchun ibrat bo‘lib qoladi. Ular qoldirgan meros — bu faqat tarix emas, balki bugungi tinch hayotimizning asosidir.Bugun biz bunday insonlar xotirasini ehtirom bilan yod etamiz va ularning qahramonligi bilan faxrlanamiz. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
🏦BRB’da sun’iy intellekt endi faqat savollarga javob bermaydi.
Hozirda bank mahsulotlari bo'yicha 24/7 rejimida maslahat beruvchi BRB-GPT chatboti ishga tushirilib, u Veb-sayt, Telegram, BRB-Mobile va Biznes 24/7 ilovalariga joriy qilingan. 2026-yil 1-may holatiga ko'ra 16 917 foydalanuvchidan 84 801 ta so'rov qabul qilindi, javob tezligi — 3-5 soniyani tashkil etmoqda.
Lekin bu hammasi emas, yaqin kelajakda siz quyidagi amaliyotlarni AI orqali bajarishingiz mumkin bo‘ladi:
✅ Kartani bloklash
✅ Pul o‘tkazmalari
✅ Kreditga layoqatni aniqlash
✅ Ovozli yordamchi bilan muloqot
Va eng muhimi —AI sizni tushunadigan va sizga mos xizmatlarni taklif qiladigan darajaga chiqadi.
🫨 BRB bilan zamonaviy funksiyalaridan birinchi bo'lib foydalaning!
1 932
+8
#NomoliyaviyXizmatlar
Sessiya yakunida ishtirokchilar umumiy fikrga keldi:
KO‘Bni barqaror rivojlantirish uchun kompleks yondashuv zarur.
Muhokamalar shuni ko‘rsatdiki, faqat moliyalashtirish yetarli emas — moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlar uyg‘unligi muhim.
Bu yondashuv:
— investitsiya samaradorligini oshiradi
— biznes o‘sishini tezlashtiradi
— global bozorlarga yo‘l ochadi
Shuningdek, bilim, mentoring va raqamli yechimlar tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida ta’kidlandi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
+7
#NomoliyaviyXizmatlar
🏦 Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar Kengashining 59-yillik yig‘ilishi doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan tashkil etilgan
“Nomoliyaviy xizmatlar — kichik va o‘rta biznes (KO‘B) o‘sish katalizatori sifatida” mavzusidagi sessiya bo‘lib o‘tmoqda.
📝 Sessiya davomida nomoliyaviy xizmatlarning KO‘B rivojidagi roli muhokama qilinib, quyidagi yo‘nalishlar muhim ekani ta’kidlandi:
— amaliy bilim va treninglar
— mentoring va maslahatlar
— yangi bozorlarga chiqish
— raqamli yechimlar
Ishtirokchilar real tajribalar orqali biznesni kengaytirish yo‘llarini ko‘rsatib berdilar.
📊 Ushbu sessiya kompleks yondashuv biznes rivojining asosiy omili ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
+9
#NomoliyaviyXizmatlar
Ayni daqiqalarda Samarqand shahrida xalqaro miqyosdagi muhim muloqotlar davom etmoqda.
🏦 Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar Kengashining 59-yillik yig‘ilishi doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan tashkil etilgan
“Nomoliyaviy xizmatlar — kichik va o‘rta biznes (KO‘B) o‘sish katalizatori sifatida” mavzusidagi sessiya bo‘lib o‘tmoqda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
#Faxrimiz #XotiraVaQadrlash
🇺🇿 Bizning qahramonlarimiz — bizning faxrimiz!
Igamberdiyev Yuldosh (1904–1992) — jasorat va matonat timsoli.
📌 Xotira sahifalaridan...
Men uchun u shunchaki tarixiy qahramon emas. U — mening bobom, Igamberdiyev Yuldosh. Bolaligimda uning hayot yo‘li haqida eshitgan har bir hikoya yuragimda faxr va hayrat uyg‘otardi. U serjant sifatida eng og‘ir janglarda qatnashgan, qo‘rqmasdan safdoshlari bilan birga Vatan himoyasida turib, jasorat ko‘rsatgan inson edi. Uning jasorati “Jasorat uchun” medali bilan munosib taqdirlangan. Ammo men uchun uning eng katta mukofoti — bu bizga qoldirgan mardlik, sabr va Vatanga sadoqatdir. 🕊 Bugun men bobom bilan faxrlanaman. Uning xotirasi — mening yuragimda abadiy.Bugun biz bunday insonlar xotirasini ehtirom bilan yod etamiz va ularning qahramonligi bilan faxrlanamiz. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
+6
#TeamBuilding
🎯 Jamoaviy ruh va liderlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam
📆 2-may kuni 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Biznesga ko‘maklashish markazi”da timbilding tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida jamoada samarali ishlash, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yagona maqsad sari birlashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏦 Mazkur uchrashuv ishtirokchilar uchun qiziqarli va samarali o‘tib, xodimlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
#Murabaha
🏭 Yangi imkoniyatlar — yangi natijalar
📍 Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan “Hushruy Gulnoz” xususiy korxonasi bugungi kunda ishlab chiqarish sohasida barqaror rivojlanib bormoqda.
♻️ Korxona qog‘oz va qog‘oz mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, polipropilen qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, kuniga 65 000 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
🤝 Korxona 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mijozi sifatida bank tomonidan taqdim etilgan “Murabaha” moliyaviy xizmatidan samarali foydalandi.
📈 Ushbu hamkorlik natijasida:
— ishlab chiqarish hajmi kengaydi
— 60 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
— eksport yo‘nalishida muhim kelishuvlarga erishilmoqda
🌍 Bugun korxona nafaqat ichki bozor, balki xalqaro bozorga chiqish sari dadil qadam tashlamoqda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
