en
Feedback
BRB Info

BRB Info

Open in Telegram

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011

Show more
1 930
Subscribers
-124 hours
-97 days
-3830 days
Posts Archive
#Murabaha 🏭 Yangi imkoniyatlar — yangi natijalar 📍 Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan “Hushruy Gulnoz” xususiy korxonasi bugungi kunda ishlab chiqarish sohasida barqaror rivojlanib bormoqda. ♻️ Korxona qog‘oz va qog‘oz mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, polipropilen qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, kuniga 65 000 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. 🤝 Korxona 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mijozi sifatida bank tomonidan taqdim etilgan “Murabaha” moliyaviy xizmatidan samarali foydalandi. 📈 Ushbu hamkorlik natijasida:ishlab chiqarish hajmi kengaydi — 60 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi — eksport yo‘nalishida muhim kelishuvlarga erishilmoqda 🌍 Bugun korxona nafaqat ichki bozor, balki xalqaro bozorga chiqish sari dadil qadam tashlamoqda. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#tabrik ✍️3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni! 📰 1993-yilda BMT tomonidan taʼsis etilgan ushbu sana so‘z erkinligi, mustaq
#tabrik ✍️3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni! 📰 1993-yilda BMT tomonidan taʼsis etilgan ushbu sana so‘z erkinligi, mustaqil matbuot va jurnalistlar huquqlarini himoya qilishning muhim ramzidir. 🏦“Biznesni rivojlantirish banki”ATB Axborot xizmati barcha jurnalistlar, blogerlar va axborot sohasi vakillarini ushbu sana bilan samimiy tabriklaydi! 🤝 Sizlarning haqqoniy so‘zlaringiz va jamiyatga yetkazayotgan ishonchli axborotingiz ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashda beqiyos ahamiyatga ega. ✨ Qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz erkin va faoliyatingiz samarali bo‘lsin! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

⚠️Diqqat⚠️ Joriy yilning 3-may kuni soat 21:00 dan 23:59 ga qadar iABS dasturiy kompleksida Updatelar o‘tkazilishi sababli, b
⚠️Diqqat⚠️ Joriy yilning 3-may kuni soat 21:00 dan 23:59 ga qadar iABS dasturiy kompleksida Updatelar o‘tkazilishi sababli, bankning IABS, BRB Mobile, Bank-Mijoz va Mobil-banking tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin. 📌Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#tabrik 💳 HUMO’ning 7 yilligi muborak! 🏦 Bugungi kunda HUMO nafaqat to‘lov tizimi, balki ishonch, qulaylik va zamonaviy tex
#tabrik 💳 HUMO’ning 7 yilligi muborak! 🏦 Bugungi kunda HUMO nafaqat to‘lov tizimi, balki ishonch, qulaylik va zamonaviy texnologiyalarning yorqin namunasi sifatida millionlab foydalanuvchilar hayotiga kirib bordi. 🎉 Ushbu muhim sana munosabati bilan jamoangizning barcha a’zolari va rahbariyatini chin dildan tabriklaymiz. Sizlarning fidokorona mehnatingiz va yangilikka intilishingiz tufayli tizim yildan-yilga rivojlanib, yanada keng imkoniyatlar yaratib bormoqda. Kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar, barqaror o‘sish va yangi marralarni zabt etishingizni tilaymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#matbuot_anjumani 📰📰📰 🎬 "Biznesni rivojlantirish banki" Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi amalda" mavzusida matbuot anjumani haqida videorolik. 👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#matbuot_anjumani 📸 "Biznesni rivojlantirish banki" Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi amalda" mavzusida matbuot anjumanidan
+9
#matbuot_anjumani 📸 "Biznesni rivojlantirish banki" Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi amalda" mavzusida matbuot anjumanidan fotolavhalar. 👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#matbuot_anjumani 📆 2026-yil 30-aprel kuni Milliy matbuot markazida 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" Naqd pulsiz hisob-kito
+9
#matbuot_anjumani 📆 2026-yil 30-aprel kuni Milliy matbuot markazida 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi amalda" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bank rahbariyati tomonidan so‘nggi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish, eskrou xizmatlarini joriy etish va moliyaviy xizmatlarni yanada qulay qilish bo‘yicha natijalar taqdim etildi. 🏦Qayd etilishicha, qisqa muddatda minglab eskrou operatsiyalari amalga oshirilib, umumiy tranzaksiya hajmi 100 mlrd so‘mdan oshdi. Shuningdek, AYoQShlarda QR-to‘lov tizimi joriy qilinib, to‘lov infratuzilmasi yangilandi, Telegram-bot va 24/7 texnik qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yildi. 🏦Bundan tashqari, bepul karta emissiyasi, keshbek aksiyalari va “BRB TURBO” promo-loyihasi orqali mijozlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratildi. 🎙Tadbirda OAV vakillari va blogerlar faol ishtirok etib, jurnalistlar tomonidan mavzuga doir ko‘plab qiziqarli savollar berildi hamda ular yuzasidan batafsil javoblar taqdim etildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#yoshlar_kuni #sport 📸 “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” yosh xodimlari o‘rtasida sport
+9
#yoshlar_kuni #sport 📸 “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” yosh xodimlari o‘rtasida sport musobaqasidan fotolavhalar Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#yoshlar_kuni #sport 💪 Yoshlar energiyasi — sport va birdamlikda 🚩“Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida 🏦“Biznesni rivojlan
+9
#yoshlar_kuni #sport 💪 Yoshlar energiyasi — sport va birdamlikda 🚩“Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” yosh xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Tadbir nafaqat jismoniy faollik, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash maydoniga aylandi. 🏓 Musobaqalarda stol tennisi, arqon tortish, armrestling va milliy o‘yinlar orqali yoshlar o‘z chaqqonligi, kuchi va jipsligini namoyish etdilar. Ayniqsa, qizlarning faolligi va shijoati barchaga alohida motivatsiya berdi. 🏆 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Eng muhimi — bu bellashuvlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, birdamlik va sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamladi. 👉 Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#matbuot_anjumani #live 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB: naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi amalda” mavzusida matbuot an
#matbuot_anjumani #live 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB: naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi amalda” mavzusida matbuot anjumani boshlandi. 📡 Anjumanni quyidagi havolalar orqali jonli efirda kuzating: Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#qonunchilikdagi_yangiliklar #ipoteka 📆 2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira soti
#qonunchilikdagi_yangiliklar #ipoteka 📆 2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun quyidagi tartibda ipoteka kreditlari ajratiladi: 🔹Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi. 🔹 Bunda ipoteka krediti quyidagi asosiy ijtimoiy mezonlarga muvofiq keladigan yosh oilalarga ajratiladi: ✅ariza beruvchi hamda uning turmush oʻrtogʻi 30 yoshdan oshmagan boʻlishi; ✅ariza beruvchi hamda uning turmush oʻrtogʻi nomida soʻnggi 3 yilda mulk huquqi asosida koʻchmas mulk mavjud emasligi. 👉PF-66 20.04.2026 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#kiberxavfsizlik 🚨 SMARTFONINGIZNI BUZIB KIRISHLARIGA YO‘L QO‘YMANG! 📦 Hozirda Telegram orqali .apk (dastur) fayllarini yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash holatlari keskin ko‘paydi.
Nimalarga e’tibor berish kerak? 🔹 Tanishlardan keladi: Fayl yaqin do‘stingizdan kelishi mumkin, lekin bu uning profili buzilganidan dalolat. 🔹 Qiziqtiruvchi nomlar: "Rasm.apk", "Sovg‘a.apk" yoki "Yangi ilova.apk" kabi nomlar bilan sizni chalg‘itishadi.
Agar shubhali faylni ochsangiz nima bo‘ladi? ⚠️ Bank kartangizdagi pullar yechib olinishi; 🔐 Telegram yozishmalaringiz va rasmlaringiz o‘g‘irlanishi; ❌ Telefoningiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tishi mumkin.
Xavfsizlik qoidalari: Noma’lum va kutilmagan fayllarni aslo yuklamang va ochmang! Ilovalarni faqat Google Play’dan yuklab oling. Agar tanishingiz shunday fayl yuborsa, unga qo‘ng‘iroq qilib aniqlashtiring.
☝️ Unutmang: Birgina noto‘g‘ri bosilgan tugma barcha ma’lumotlaringizni xavf ostiga qo‘yadi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#kiberxavfsizlik #moliyaviy_savodxonlik 🔐 Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating! Bugungi kunda akkaun
+3
#kiberxavfsizlik #moliyaviy_savodxonlik 🔐 Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating! Bugungi kunda akkauntingizni himoya qilish juda muhim. Firibgarlardan himoyalanishning eng samarali usullaridan biri — bulutli parol (2 bosqichli himoya) hisoblanadi. 📲 Uni o‘rnatish juda oddiy: 1️⃣ Sozlamalar (Settings) ga kiring 2️⃣ Maxfiylik va xavfsizlik (Privacy & Security) ni tanlang 3️⃣ Ikki bosqichli tekshiruv (Two-Step Verification) ga o‘ting 4️⃣ Parol o‘rnating va tasdiqlang 5️⃣ Zaxira email qo‘shing 💡 Bu sizga nima beradi?
🔒 Akkauntingizga begona kirishni deyarli imkonsiz qiladi 🛡 SMS-kod o‘g‘irlangan taqdirda ham hisobingiz himoyalanadi ⚠️ Firibgarlar va fishing hujumlariga qarshi qo‘shimcha xavfsizlik 📱 Shaxsiy yozishmalar va ma’lumotlar ishonchli saqlanadi
❗️Parolingizni hech kimga bermang va uni xavfsiz joyda saqlang ✅ Oddiy sozlama — katta himoya! Sayt | Telegram | Facebook |Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#profilaktika ❗️Diqqat, profilaktika❗️ Hurmatli mijozlar, "Biznesni rivojlantirish banki” ATB Visa xalqaro to‘lov tizimiga xi
#profilaktika ❗️Diqqat, profilaktika❗️ Hurmatli mijozlar, "Biznesni rivojlantirish banki” ATB Visa xalqaro to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi Protsessing markazida texnik ishlar amalga oshirilayotganligi sababli joriy yil 28-aprel soat 20:00 dan 29-aprel 02:00 gacha tizimda uzilishlar kuzatilishi mumkin. 📌 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

+

#tadbirkorlarni_qoʻllab_quvvatlash 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" va Hamroh hamkorligida so‘zana sanʼatiga ixtisoslashgan
+5
#tadbirkorlarni_qoʻllab_quvvatlash 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" va Hamroh hamkorligida so‘zana sanʼatiga ixtisoslashgan Yulduz Muhiddinova shourumi ish boshladi. ⛱Yulduz Muxiddinova 30 yildan buyon anʼanaviy kashtachilik bilan shug‘ullanib keladi. Ilgari faoliyatini uy sharoitida olib borgan tadbirkor uchun shourum ochilishi ishni kengaytirish va mahsulotlarni keng auditoriyaga taqdim etish imkonini berdi. 🏦 Bank tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan biznesni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi shourum esa milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va anʼanalarni saqlashga xizmat qiladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#muvaffaqiyathikoyasi #MahallaBankiri 🏦🏦🏦🏦🏦 🔨 Hunar bilan yaratilgan imkoniyat 📍 Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, “Yangiqishloq” MFYda yashovchi Muhiddinov Ro‘zimuhammad o‘z kasbiga bo‘lgan mehr va qat‘iyati bilan tadbirkorlik yo‘lini boshlab berdi. 💼 Temirchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ajratilgan 60 million so‘mlik kredit muhim tayanch bo‘ldi. Bugungi kunda u sovg‘a uchun pichoqlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, bolta, ketmon va boshqa xo‘jalikda zarur bo‘lgan temir anjomlar ishlab chiqarmoqda. 🧑🏻‍🏭 Eng muhimi, u 2 nafar fuqaroni ish bilan taʼminlab, ularga hunar o‘rgatmoqda va doimiy daromad manbai yaratmoqda. 👉 Batafsil: brb.uz/mahalla-info 🔵 @brb_mahalla_bankir_bot

#yoshlar_kuni 🎓 Talabalar bilan uchrashuv va ta’lim jarayonlari bilan tanishuv 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" ATB boshqar
+9
#yoshlar_kuni 🎓 Talabalar bilan uchrashuv va ta’lim jarayonlari bilan tanishuv 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" ATB boshqaruv raisining o‘rinbosari Voxidov Oybek 🏛 Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda bank tizimida ishlash imkoniyatlari, amaliyot dasturlari va yosh mutaxassislar uchun qo‘yiladigan talablar haqida qisqacha ma’lumot berildi. 🎓 Shuningdek, tashrif davomida ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishildi, auditoriyalar va infratuzilma ko‘zdan kechirildi. Talabalar bilan muloqotda ularning qiziqishlari eshitildi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#yoshlar_kuni 📍 Navoiyda yoshlar bilan ochiq muloqot 🏢 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Yoshlar kun
+4
#yoshlar_kuni 📍 Navoiyda yoshlar bilan ochiq muloqot 🏢 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Yoshlar kuni doirasida 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" rahbariyati va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda zamonaviy bank tizimi, risk boshqaruvi hamda yoshlar uchun muhim ko‘nikmalar haqida amaliy taqdimot o‘tkazilib, real misollar orqali qaror qabul qilish va tashabbus ko‘rsatishning ahamiyati tushuntirildi. 📊 Shuningdek, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari — startaplarni moliyalashtirish, biznes boshlash uchun yaratilgan sharoitlar va bank mahsulotlari haqida maʼlumot berildi. Uchrashuv interaktiv savol-javob tarzida o‘tib, talabalar faol ishtirok etdi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#karyera_kuni #yoshlar_kuni 📁 Karyera kuni: talabalar bilan uchrashuv 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB 🇺🇿 O'zbekisto
+6
#karyera_kuni #yoshlar_kuni 📁 Karyera kuni: talabalar bilan uchrashuv 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan “Karyera kuni”da ishtirok etdi. Tadbirda bankdagi bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va ishga qabul qilish talablari haqida aniq ma’lumot berildi. 🎓 Talabalar bilan suhbat davomida kundalik vazifalar, ish jarayoni va rivojlanish imkoniyatlari tushuntirildi. 📄 Uchrashuv yakunida qiziqqan talabalar o‘z rezyumelarini (CV) topshirdi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR