BRB Info
Open in Telegram
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011
Show more1 930
Subscribers
-124 hours
-97 days
-3830 days
Posts Archive
1 932
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🗓2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
🔹muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan hamda tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarga kredit foizi xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi.
PQ-134 (07.04.2026)Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
✍️ 2026 qabul: Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2026 yil uchun qabul davom etmoqda.
Master of Sciyencye (MSc) magistratura mutaxassisliklari:
✅ 70410502 – Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori;
✅ 70410301 – Soliqlar va soliqqa tortish;
✅ 70410501 – Moliya;
✅ 70410505 – Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish;
✅ 70410601 – Bank ishi;
✅ 70410506 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi;
✅ 70410508 - Iqtisodiyotni monetar tartibga solish;
✅ 70410802 – Loyiha boshqaruvi .
👉 Hujjat topshirish admission.bfa.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
🗣 Shoshiling! Qabul 2026-yil 20-maygacha davom etadi.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
+3
#hamkorlik #ESG
🏦Joriy yil 16-may kuni "Biznesni rivojlantirish banki" ATB KfW tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan "Kichik, o‘rta va mikro korxonalarni moliyalashtirish dasturi" doirasida Business & Finance Consulting (BFC) xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda “ESG va barqaror rivojlanish” mavzusida amaliy seminar tashkil etdi.
👩🏫Tadbir bank rahbariyati, boshqaruv a’zolari hamda departament direktorlariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Gruziya Banki vakili, ESG eksperti Ana Osadze bank sektorida ESG tamoyillarini joriy etish bo‘yicha o‘zining amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
#hamkorlik
💼 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB 2026-yil 15-may kuni Londonda bo‘lib o‘tgan “Uzbekistan Investor Day 2026” xalqaro forumida jami 75 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari bo‘yicha shartnomalar imzoladi.
Jumladan;
“Standard Chartered Bank” bilan ICIEC qoplamasi ostida 35 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi; “ICBC Standard plc” bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida amaldagi moliyalashtirish limiti qo‘shimcha 40 mln AQSh dollariga oshirildi.Batafsil Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
#dayjest
Haftaning eng muhim yangiliklari
📆 12–16-may
12-may
“Biznesni rivojlantirish banki” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasida Markaziy bank bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar oʻtkazildi.13-may
Qonunchilik. 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab askarlar xizmat davrida talaba bo‘lishlari mumkin! PQ-134 (07.04.2026)14-may
Bank xodimlari sun’iy intellect bo‘yicha tajriba oshirmoqda
“Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida “Ilmiy izlanish va muvaffaqiyat tajribasi” mavzusida navbatdagi tadbir tashkil etildi.15-may
🏃➡️"Biznesni rivojlantirish banki" ATB xodimlari “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivalida ishtirok etdi.🏆16-may
Bank xodimlari uchun "Islom moliyasi va bank tizimi" mavzusida trening tashkil etildi.Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
#davlatxaridlari #seminar
Hurmatli tadbirkorlar❗️
🏦 Biznesni rivojlantirish banki Toshkent viloyatidagi kichik va o‘rta biznes vakillarini eksklyuziv treningga taklif etadi.
📜 Mavzu: Davlat xaridlarida ishtirok etish va daromad topish.
🤝Hamkor: Davlat xaridlari ishtirokchilari uyushmasi
🗓Qachon? 21-may | 10:00
📍 Qayerda? Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy.
(InterContinental mehmonxonasi, “Trilliant” biznes markazi, Amudaryo 2–3-zallari).
📌Roʻyxatdan oʻtishga shoshiling, joylar soni cheklangan (100 ta):
👉 https://forms.gle/yE5NNx4Mr6XZEYSM9
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
+4
#islom_moliyasi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari uchun "Islom moliyasi va bank tizimi" mavzusida trening tashkil etildi.
Unda Malayziyaning nufuzli Utara universitetidan tashrif buyurgan TIFT universiteti professori, Dr. Amirul Faiz Bin Osman islom moliyasining asosiy prinsiplari, mahsulotlari va jahondagi tendensiyalari haqida taqdimot o‘tkazdi.
Tadbir davomida islom moliyasining O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ahamiyati, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashdagi roli muhokama qilindi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
+4
#etnosport #festival
🏃➡️"Biznesni rivojlantirish banki" ATB xodimlari “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivalida ishtirok etdi
🏆Mirzo Ulug‘bek nomidagi Markaziy bog‘da o‘tgan tadbirda bankning erkaklar jamoasi tosh ko‘tarish musobaqalarida matonat ko‘rsatgan bo‘lsa, xotin-qizlar arqon tortish musobaqalarida o‘zaro birdamlik va g‘alaba yo‘lidagi irodasini namoyon etdi.
Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
#profilaktika
❗️Diqqat, profilaktika❗️
2026-yil 17-may soat 21:00 dan 23:59 ga qadar iABS kompleks dasturida Updatelar o‘tkazilishi sababli, bankning IABS, BRB Mobile, BRB-mijoz, Mobil-banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin.
📌 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
#qonunchilik
#ipoteka
✨15-may – Xalqaro oila kuni🎊
📆 2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun quyidagi tartibda ipoteka kreditlari ajratiladi:
🔹Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi.
🔹 Bunda ipoteka krediti quyidagi asosiy ijtimoiy mezonlarga muvofiq keladigan yosh oilalarga ajratiladi:
✅ariza beruvchi hamda uning turmush oʻrtogʻi 30 yoshdan oshmagan boʻlishi;
✅ariza beruvchi hamda uning turmush oʻrtogʻi nomida soʻnggi 3 yilda mulk huquqi asosida koʻchmas mulk mavjud emasligi.
👉PF-66 20.04.2026
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 932
+4
#Yoshlar_kuni #uchrashuv
“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida “Ilmiy izlanish va muvaffaqiyat tajribasi” mavzusida navbatdagi tadbir tashkil etildi.
Unda bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari B.Bobojonov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.
Tadbirda bank rahbariyati tomonidan ilmga intiluvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi doimiy eʼtiborda ekani bildirildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
+4
#karyera_kuni #TDIU
TDIU talabalari uchun karyera imkoniyatlari
🏢Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) navbatdagi “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi.
🏦Unda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB o‘zining maxsus stendi bilan ishtirok etdi.
👩🎓Talabalar bilan bevosita muloqot davomida quyidagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi:
▪️Bo‘sh ish o‘rinlari – bankning turli departamentlari va hududiy filiallaridagi mavjud vakansiyalar;
▪️Amaliyot dasturlari – talabalar uchun o‘qishdan ajralmagan holda tajriba orttirish tizimi;
▪️Karyera lifti – yosh kadrlar uchun professional o‘sish va malaka oshirish istiqbollari.
👉 Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
#suniyintellekt
Bank xodimlari sun’iy intellect bo‘yicha tajriba oshirmoqda
🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi S.Annaklichev tashabbusi bilan BRB-TECH tomonidan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida bank xodimlarini sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv-treninglar tashkil etildi.
♻️Trening davomida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
🔹 Prompt engineering asoslari va amaliy qo‘llash usullari;
🔹 Sun’iy intellekt texnologiyalaridan ish jarayonlarida to‘g‘ri va samarali foydalanish;
🔹 Smart Hudud — AI asosidagi tahliliy tizim imkoniyatlari.
❇️Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — innovatsion yechimlarni hududlarga keng joriy etish, ish samaradorligini oshirish va xodimlarning raqamli kompetensiyalarini yangi bosqichga olib chiqishdir.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
#MuvaffaqiyatHikoyasi #MahallaBankiri
🪑Mebel ishlab chiqarish korxonasida yangi ish o‘rinlari yaratildi
📍 Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida yashovchi Pardaboyev Muxammadaliga mahalla bankiri ko‘magida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan 60 mln so‘m kredit mablag‘i ajratidi.
🪚 Ajratilgan mablag‘ hisobidan mebel ishlab chiqarish faoliyati kengaytirilib, yangi uskunalar xarid qilindi hamda ishlab chiqarish hajmi oshirildi.
🛏 Korxona faoliyati kengayishi natijasida mahalladagi ishsiz yoshlar uchun qo‘shimcha 2 ta ish o‘rni yaratilib, jami to‘rt nafar shaxs ish bilan ta'minlandi.
💬 Bugungi kunda ushbu tashabbus nafaqat oilaviy daromadni oshirmoqda, balki mahalladagi yoshlar bandligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.
👉 Batafsil: brb.uz/mahalla-info
🔵 @brb_mahalla_bankir_bot
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 932
#qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️ Endi askarlar xizmat davrida talaba bo‘lishlari mumkin!
🗓2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:
🔹muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlarga xizmatni oʻtash davrida oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish, kirish imtihonlarida ishtirok etish va natijasiga koʻra oʻqishga kirishga ruxsat beriladi;
💰Bunda oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan askarlarga imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi.
👉 PQ-134 (07.04.2026)
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
+2
#antikorrupsiya
“Biznesni rivojlantirish banki” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasida Markaziy bank bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi.
Tadbirda asosiy eʼtibor:
🔹 sohadagi yangi tartib va qoidalar;
🔹 korrupsiyaviy xavflarni oldini olish;
🔹 tizimda shaffoflikni taʼminlash masalalariga qaratildi.
💻 Seminarda viloyatdagi barcha bank xizmatlari markazlari vakillari ZOOM orqali ishtirok etdi.
👉 Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
#dayjest
Haftaning eng muhim yangiliklari
📆 4–9-may
4-may
Teambuilding. Jamoaviy ruh va liderlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam.5-may
🏦 OTB Boshqaruvchilar Kengashining 59-yillik yig‘ilishi doirasida “Nomoliyaviy xizmatlar — kichik va o‘rta biznes o‘sish katalizatori sifatida” mavzusidagi sessiya o‘tkazildi.
🏦BRB bank mahsulotlari bo'yicha 24/7 rejimida maslahat beruvchi BRB-GPT chatboti ishga tushirildi.6-may
🇺🇿 Xotira va qadrlash. Bizning qahramonlarimiz — bizning faxrimiz!7-may
📚 Yangi loyiha – “Kitob karvoni”. “Biz o‘qigan kitoblar” — yangi avlod qo‘lida.8-may
🧵 Muvaffaqiyat hikoyasi. Mahalla bankiri ko‘magida kichik tikuv korxonasidan — yangi ish o‘rinlari yaratgan qahramon haqida hikoya.9-may 🇺🇿 Faxriylar – e'zozda! Bank xodimlari faxriylar holidan xabar oldi. Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 932
#9may
🇺🇿Faxriylar – e'zozda!
✨ 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Biznesni rivojlantirish banki” jamoasi Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi faxriylar holidan xabar oldi.
🏠 Bank mas’ullari nuroniylarimiz xonadonlariga tashrif buyurib, ularni bayram bilan muborakbod etdi. Ularga bayram sovg‘alari va ozi-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
👉 Barafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
