en
Feedback
BRB Info

BRB Info

Open in Telegram

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011

Show more
1 930
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-3930 days
Posts Archive
#qonunchilikdagi_yangiliklar “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Fa
#qonunchilikdagi_yangiliklar “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026-y.) qabul qilindi. 🔔 2026-yil 1-sentabrdan:   ▪️ mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM) – oyiga 1 360 000 soʻm; ▪️ bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 440 000 soʻm etib belgilandi. ❗️Eslatma! amalda: ▫️MHTEKM – oyiga 1 271 000 soʻm; ▫️BHM – 412 000 soʻm. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#seminar 💼 Yangi xodimlar uchun navbatdagi “Welcome” trening 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘quv markazida an'anaga
+4
#seminar 💼 Yangi xodimlar uchun navbatdagi “Welcome” trening 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘quv markazida an'anaga muvofiq yangi ish boshlagan xodimlar uchun “Welcome” trening mashg‘uloti bo'lib o'tdi. 🎯 Trening davomida ishtirokchilarga quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar berildi: 🏢 Bank tarixi va tarkibiy tuzilishi; 📜 Ichki mehnat tartibi qoidalari va jamoa shartnomasi; 📈 Asosiy faoliyat yo‘nalishi va ish uslubi; ✨ Bank etikasi va madaniyati standartlari; 🤝 Odob-axloq kodeksi me’yorlari va talablari; 💰 Ish haqi to‘lovlari, KPI tizimi va boshqa muhim yo‘nalishlar.
✨ Ushbu trening yangi xodimlarning bank tizimiga tez va oson moslashishi, ish jarayonidagi talablar bilan yaqindan tanishishi hamda kelgusida samarali faoliyat yuritishlari uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#futbol #JCh #Uzb35 #BRB35 #matchday 🇺🇿⚽️ Biznesni rivojlantirish banki yoshlar jamoasi – Vatanimiz terma jamoasini qo‘llab
+2
#futbol #JCh #Uzb35 #BRB35 #matchday 🇺🇿⚽️ Biznesni rivojlantirish banki yoshlar jamoasi – Vatanimiz terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi! 🏆Jahon chempionati doirasida  🤎Oʻzbekiston va 🇵🇹Portugaliya terma jamoalari oʻrtasidagi matchda vakillarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB yoshlar jamoasi “Bunyodkor” stadioni tribunalarida jam boʻldi. 🏦👏Bankimizning shijoatli yoshlari terma jamoamizni gʻalaba sari ruhlantirmoqda.
🇺🇿Olgʻa, Oʻzbekiston, gʻalaba bizniki! 🏆
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#taʼlim #ishoʻrni ⚡️ Mahalladan xorijning yetakchi korxonalarigacha: Biznesni rivojlantirish bankidan yangi loyiha! 🏦Biznesn
+4
#taʼlim #ishoʻrni ⚡️ Mahalladan xorijning yetakchi korxonalarigacha: Biznesni rivojlantirish bankidan yangi loyiha! 🏦Biznesni rivojlantirish banki va Migratsiya agentligi hamkorligida 📍Margʻilon shahrida — 🌟 payvandlash, 📍Andijon tumanida — 🚧yuk koʻtarish mashinalari haydovchiligi bo‘yicha xalqaro standartlarga mos kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etildi. 📄Oʻqish xalqaro ISO 9606 standarti asosida olib boriladi. 🎓Xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilarga xorijda yuqori maoshli ish oʻrinlari taklif etiladi. 👍Muhim raqamlar: ⌛Oʻqish muddati: 3-6 oy; 🤍 30% nazariya, 70% amaliyot; 😏Yiliga 800 nafar oʻquvchi kasb-hunarli boʻladi.
🏗Xalqaro darajadagi kasb egasi boʻlish va yuqori daromadli ish topish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!
👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#UzQR_kod #naqdsiz_tolov 💻🔗Yagona UzQR kod – qulaylikni tanlaganlar uchun 🤵Tadbirkorlar: ▫️To‘lov terminali olish uchun va
#UzQR_kod #naqdsiz_tolov 💻🔗Yagona UzQR kod – qulaylikni tanlaganlar uchun   🤵Tadbirkorlar: ▫️To‘lov terminali olish uchun vaqt yo‘qotmaydi; ▫️Mablag‘ sanoqli daqiqalarda bank hisob raqamiga  tushadi; ▫️Elektr energiyasi, chek qog‘ozi va internet xarajatlari qisqaradi; ▫️To‘lovlar to‘g‘risidagi xabarnomalar BRBQrBot telegram botida bir zumda ko‘rinadi; ▫️Elektr ta’minoti, mobil yoki internet aloqasi bo‘lmagan holatlarda ham to‘lovlarni qabul qilish mumkin.   👨‍💻Mijozlar: ▪️Vaqti tejaladi; ▪️Bank kartasini yonida olib yurmaydi; ▪️Kassada navbatda turmaydi; ▪️Zamonaviy va ishonchli to‘lov tizimi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#stol_tennisi Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” oldidan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Stol tennisi federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan “Jurnalistlar kubogi – 2026” musobaqasi haqida videorolik. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#dayjest Haftaning eng muhim yangiliklari 📆 15–20-iyun 15-iyun 👩‍🏫Xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi mavzusi
#dayjest Haftaning eng muhim yangiliklari 📆 15–20-iyun 15-iyun
👩‍🏫Xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi mavzusida o'quv mashg'ulotlari o‘tkazildi
16-iyun
🛡Komplayens-nazorat tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan maxsus o‘quv kursi o‘z ishini boshladi
17-iyun
🏦 AKA Bank bilan hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi
🏦BRB va Standard Chartered banki strategik hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" АTB Islom taraqqiyot bankining Bokudagi yillik anjumanida ishtirok etmoqda
18-iyun
👨Volontyorlik madaniyati targʻibotiga bagʻishlangan uchrashuv o‘tkazildi
🌍 Xalqaro investorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
19-iyun
🏦BRB va Mashreqbank o‘rtasida 100 mln AQSh dollarlik kelishuv imzolandi
📚“Kitob karvoni” loyihasi 📍Navoiy viloyatiga yetib bordi.
20-iyun
🏓 “Jurnalistlar kubogi – 2026” turniri boʻlib oʻtdi
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#sport 📸 “Jurnalistlar kubogi – 2026” turniridan qiziqarli fotolavhalar Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
+9
#sport 📸 “Jurnalistlar kubogi – 2026” turniridan qiziqarli fotolavhalar Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#sport 🏓 “Jurnalistlar kubogi – 2026” turniri boʻlib oʻtdi 📍 Stol tennisi federatsiyasida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axbo
+9
#sport 🏓 “Jurnalistlar kubogi – 2026” turniri boʻlib oʻtdi 📍 Stol tennisi federatsiyasida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Jurnalistlar kubogi – 2026” stol tennisi turniri oʻtkazildi. 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” mazkur musobaqani qo‘llab-quvvatlab, jurnalist va blogerlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportni ommalashtirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. 🏆 Turnirda 60 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirok etmoqda. Bankimiz sport va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 20-iyun soat 21:00 dan 21-iyun 07:00 ga qadar bankning mavjud serverlarida profilaktik va t
❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 20-iyun soat 21:00 dan 21-iyun 07:00 ga qadar bankning mavjud serverlarida profilaktik va texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, iABS, BRB Mobile, Internet banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin. 📌 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Mashreqbank o‘rtasida 100 mln AQSh dollarlik kel
+2
#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Mashreqbank o‘rtasida 100 mln AQSh dollarlik kelishuv imzolandi 🌐 V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda Mashreqbank o‘rtasida 100 mln AQSh dollari miqdoridagi sindikatlashgan kredit liniyasini jalb etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. 🌍 Mazkur moliyalashtirish loyihasida Yaqin Sharq, Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalarining nufuzli moliyaviy institutlari ishtirok etib, xalqaro hamjamiyatning bankimizga bo‘lgan ishonchini yana bir bor tasdiqladi. 📈 Kredit mablag‘lari kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltiriladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#antikorrupsiya 🌍 Xalqaro standartlar asosida bilim va malakalar mustahkamlanmoqda 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki”ning de
#antikorrupsiya 🌍 Xalqaro standartlar asosida bilim va malakalar mustahkamlanmoqda 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki”ning departament direktorlari hamda Komplayens nazorat departamentining hududlardagi yetakchi menejerlari joriy yilning 16–19-iyun kunlari ISO 37001:2025 standarti bo‘yicha maxsus o‘quv seminarida ishtirok etib, yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdilar va sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
🔍 ISO 37001:2025 — korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari bo‘yicha xalqaro standart bo‘lib, tashkilotlarda halollik, shaffoflik va korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan samarali nazorat mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.
🏦 Bankda ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi o‘quv seminari 7–10-iyul kunlariga rejalashtirilgan bo‘lib, jami 48 nafar xodimning xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish ko‘zda tutilgan. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#kitob_larvoni 📚 “Biz o‘qigan kitoblar” 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi tomonidan "Biz o‘qigan kitoblar" shio
+6
#kitob_larvoni 📚 “Biz o‘qigan kitoblar” 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi tomonidan "Biz o‘qigan kitoblar" shiori ostidagi “Kitob karvoni” loyihasi 📍Navoyi viloyatiga yetib bordi. 📕 Ana'naga muvofiq, bankimiz xodimlari o‘zlari o‘qib, bilimini boyitgan kitoblarni chekka hududlardagi kutubxonaga yubordi.  📍 Ezgu tashabbusning bu galgi manzili — Navoiy viloyati Konimex tumani Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Navoiy shahridagi Hayot MFY bo‘ldi. Ushbu maskanlarga jami 200 dan ortiq badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar topshirildi. 📖 Kitob karvoni yetib borgan yangi manzilda bank boshqaruvi a'zosi D.Hakimov va kitobxonlar, mahalla faollari ishtirokida kitobning bilim olish va muvaffaqiyatga erishishdagi yuksak ahamiyati haqida samimiy suhbat tashkil etildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#yoshlar_kuni #volontyor Volontyorlik madaniyati targʻibotiga bagʻishlangan uchrashuv 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB r
+6
#yoshlar_kuni #volontyor Volontyorlik madaniyati targʻibotiga bagʻishlangan uchrashuv 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati hamda navoiylik faol yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. 🎯Maqsad – yoshlar oʻrtasida volontyorlik harakatini kengaytirish va ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash. 🤝Bank oʻz faoliyatida hududlardagi yoshlar tashabbuslariga doimiy ravishda koʻmak berishga tayyor ekanligini bildirdi. Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 20-iyun soat 21:00 dan 21-iyun 07:00 ga qadar bankning mavjud serverlarida profilaktik va t
❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 20-iyun soat 21:00 dan 21-iyun 07:00 ga qadar bankning mavjud serverlarida profilaktik va texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, iABS, BRB Mobile, Internet banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin. 📌 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🌍 Xalqaro investorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🌐 V Toshkent xalqaro
+2
#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🌍 Xalqaro investorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🌐 V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB AQSHning StoneX kompaniyasi ko‘magida TB Capital Ltd va VR Capital Ltd vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida Bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda rivojlanish strategiyasi taqdim etildi. 🏙 Shuningdek, xalqaro kapital bozorlariga chiqish, yevroobligatsiyalar emissiyasi va investitsion hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Investorlar Bankning iqtisodiy islohotlardagi faol ishtiroki va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi natijalarini yuqori baholadilar. 👉 Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

🇺🇿⚽ Biznesni rivojlantirish banki – milliy jamoamiz bilan birga! Bugun millionlab yurtdoshlarimiz qalbi bitta maqsad atrofi
+4
🇺🇿⚽ Biznesni rivojlantirish banki – milliy jamoamiz bilan birga! Bugun millionlab yurtdoshlarimiz qalbi bitta maqsad atrofida birlashadi. Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushmoqda. Har bir pas, har bir kurash va har bir gol ortida xalqimizning ishonchi va duosi turibdi. 💙 Biznesni rivojlantirish banki jamoasi ham futbolchilarimizni chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi. Azmu shijoat, matonat va Vatan sharafi uchun kurash ruhiyati sizlarga hamroh bo‘lsin! Biz sizlar bilan, sizlarning g‘alabangizga ishonamiz! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿🏆 Bir jamoa, bir maqsad, bir g‘alaba sari! 💪⚽🔥 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 AKA Bank bilan hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi 🌐 V Toshkent xalqaro
+3
#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 AKA Bank bilan hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi 🌐 V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati Germaniyaning AKA (Ausfuhrkredit-Aktiengesellschaft) Bank delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari, kredit portfeli dinamikasi hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi faoliyati taqdim etildi. 📈Tomonlar kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish, eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida tuzilmaviy moliyalashtirish va sindikatlashgan kreditlar yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" АTB va Standard Chartered banki strategik hamkorlikni k
+3
#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" АTB va Standard Chartered banki strategik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi 🌐 V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida "Biznesni rivojlantirish banki" АTB rahbariyati hamda Standard Chartered banki delegatsiyasi oʼrtasida rasmiy uchrashuv boʼlib oʼtdi. Tomonlar xalqaro moliya bozorlaridagi hamkorlikni rivojlantirish va banklararo munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. 🏦 Uchrashuv davomida sinditsirlangan kredit liniyalarini jalb qilish, savdoni moliyalashtirish dasturlarini kengaytirish hamda xalqaro qarz bozorlarida ishtirok etish istiqbollari koʼrib chiqildi. Mazkur muloqot mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy kapitalni jalb qilish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" АTB Islom taraqqiyot bankining Bokudagi yillik anjumani
+3
#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" АTB Islom taraqqiyot bankining Bokudagi yillik anjumanida ishtirok etmoqda 🇦🇿 16–19-iyun kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida oʼtkazilayotgan Islom taraqqiyot bankining yillik anjumanida 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" АTB delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida bankning maxsus koʼrgazma stendi tashkil etilib, unda bankning strategik rivojlanish yoʼnalishlari, xalqaro hamkorlik loyihalari va tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash dasturlari namoyish etilmoqda. 🤝 Аnjuman davomida xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan qator uchrashuvlar oʼtkazilib, yangi sheriklik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, islomiy moliyalashtirish instrumentlarini joriy etish, xorijiy moliyaviy resurslarni jalb qilish hamda ilgʼor xalqaro tajribani oʼrganish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR