en
Feedback
BRB Info

BRB Info

Open in Telegram

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011

Show more
1 930
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-3930 days
Posts Archive
#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" АTB Islom taraqqiyot bankining Bokudagi yillik anjumani
+3
#XalqaroHamkorlik #Investitsiyalar 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" АTB Islom taraqqiyot bankining Bokudagi yillik anjumanida ishtirok etmoqda 🇦🇿 16–19-iyun kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida oʼtkazilayotgan Islom taraqqiyot bankining yillik anjumanida 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" АTB delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida bankning maxsus koʼrgazma stendi tashkil etilib, unda bankning strategik rivojlanish yoʼnalishlari, xalqaro hamkorlik loyihalari va tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash dasturlari namoyish etilmoqda. 🤝 Аnjuman davomida xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan qator uchrashuvlar oʼtkazilib, yangi sheriklik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, islomiy moliyalashtirish instrumentlarini joriy etish, xorijiy moliyaviy resurslarni jalb qilish hamda ilgʼor xalqaro tajribani oʼrganish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#seminar #antikorrupsiya 🏦Biznesni rivojlantirish banki o‘quv markazida bank tizimida ochiqlik, shaffoflik va komplayens-naz
+4
#seminar #antikorrupsiya 🏦Biznesni rivojlantirish banki o‘quv markazida bank tizimida ochiqlik, shaffoflik va komplayens-nazorat tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan maxsus o‘quv kursi o‘z ishini boshladi. 🛡Seminar ISO 37001:2025 – “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari — Foydalanish uchun talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablariga bag‘ishlangan. 🗓19-iyungacha davom etadigan o‘quv kursining asosiy maqsadi — bank faoliyatida korrupsiyaviy xavf-hatarlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda xalqaro ilg‘or tajribalarni kundalik bank amaliyotiga samarali joriy etishdan iborat. 👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#seminar 🏢Bank O'quv markazida Korporativ biznes bo'limi biznes menejerlari uchun “Samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash
+3
#seminar 🏢Bank O'quv markazida Korporativ biznes bo'limi biznes menejerlari uchun “Samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ish jarayonidagi xatolarni kamaytirish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish” mavzusida o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. ◾️Treningning asosiy maqsadlari: ▫️Xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish; ▫️Ish jarayonidagi xatoliklar sabablarini tahlil qilish va ularning oldini olish; ▫️Kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash; ▫️Ichki tartib-qoidalar va xizmat standartlariga rioya etish madaniyatini kuchaytirish; 📈 Yakunda ishtirokchilar xatolarni minimallashtirish, xizmat sifati va mehnat unumdorligini oshirish hamda belgilangan KPI koʻrsatkichlariga muvaffaqiyatli erishish boʻyicha zarur amaliy koʻnikmalarga ega boʻldi. 👉 Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#sport 🏓 Stol tennisi bo‘yicha “Assotsiatsiya kubogi” musobaqasida bankimiz xodimi muvaffaqiyatli ishtirok etdi 🏦 “Biznesni
#sport 🏓 Stol tennisi bo‘yicha Assotsiatsiya kubogi” musobaqasida bankimiz xodimi muvaffaqiyatli ishtirok etdi 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” vakili Sattorov Otabek musobaqada yuqori mahorat namoyish etib, faxrli 🥈 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda kumush medal va 2 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. 👏 Hamkasbimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz! Bankimiz jamoasi siz bilan faxrlanadi.🏆 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#seminar 📈 Kichik biznesni rivojlantirish yoʻlida yangi muloqot maydoni 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Bosh ofisida
+8
#seminar 📈 Kichik biznesni rivojlantirish yoʻlida yangi muloqot maydoni 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Bosh ofisida Osiyo Taraqqiyot Banki konsultanti Devrim Ziya Tavil ishtirokida kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash va bank xizmatlari samaradorligini oshirishga bagʻishlangan Workshop boʻlib oʻtdi. 🤝 Tadbir davomida Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari faoliyatini takomillashtirish, tadbirkorlar ehtiyojlariga mos xizmatlarni kengaytirish hamda kelgusidagi rivojlanish strategiyasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. 👉 Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#Rahbar_bilan_bir_kun 🎬 Rahbar bilan bir kun: tajriba, muloqot va yangi g‘oyalar Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#Rahbar_bilan_bir_kun 👔 Rahbar bilan bir kun: tajriba, muloqot va yangi g‘oyalar 🏦 Chakana biznes departamenti direktori Xi
+9
#Rahbar_bilan_bir_kun 👔 Rahbar bilan bir kun: tajriba, muloqot va yangi g‘oyalar 🏦 Chakana biznes departamenti direktori Xikmetov Nodirbek bank rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xodimlar bilan bir ish kunini o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar departament boshqarmalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, jamoalarning kundalik ish jarayonlarini kuzatdilar. 💻 Shuningdek, xodimlar Kanban uchrashuvida ishtirok etib, bankning raqamli texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar va istiqbolli loyihalar muhokamasida qatnashdilar. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#yoshlar_kuni 💻 Yoshlar tashabbuslari va startap g‘oyalari markazda 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" ATBda "Yoshlar kuni"
+6
#yoshlar_kuni 💻 Yoshlar tashabbuslari va startap g‘oyalari markazda 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" ATBda "Yoshlar kuni" doirasida Agile guruhlari tomonidan yaratilgan innovatsion startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 💻 Tadbir bank tizimi uchun ishlab chiqilgan raqamli yechimlar, yangi xizmatlar va istiqbolli loyihalar namoyish etildi. Shuningdek, bank rahbarlari va muvoffaqiyatli startapchilar ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilinib, tajriba va muvoffaqiyat sirlari yoshlar bilan o‘rtoqlashdi. 🔼Uchrashuv yosh xodimlarning innovotsion g‘oyalari qo‘llab-quvvatlash va ularni bankninig strategik loyihalariga jalb etishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#taqdimot ✨2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB davlat tili bo‘yicha ma
+5
#taqdimot ✨2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB davlat tili bo‘yicha maslahatchisi, Dadaxon Muhammadiyev ijodiga bag‘ishlangan she'riyat kechasi bo‘lib o‘tdi. 📖“Mutolaa” loiyhasi doirasida tashkil etilgan kechada, iste'dodli shoirning “Kechikkan yo‘lovchi” kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi. 🎎Shoirning ko‘ngil kechinmalari mahorat bilan sahnalashtirildi. Har bir misra tomoshabinlar yuragiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib bordi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#etirof 🏆 BRB yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi 🏦 Biznesni rivojlantirish banki Global Customer Choice Index 2026 reytingida
#etirof 🏆 BRB yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi 🏦 Biznesni rivojlantirish banki Global Customer Choice Index 2026 reytingida “Jamoaning yuqori standartlarda xizmat ko‘rsatishi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Ushbu mukofot InteriseGroup tomonidan o‘tkazilgan mustaqil “sirli xaridor” tadqiqoti yakunlariga ko‘ra taqdim etildi. Natijalar BRB jamoasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, professional yondashuvi va madaniyati xalqaro darajada e’tirof etilganini tasdiqlaydi. Biz uchun har bir mijozning ishonchi, har bir murojaat va har bir xizmat jarayoni alohida ahamiyatga ega. Shu sababli xizmat sifati biz uchun shunchaki tamoyil emas, balki kundalik faoliyatimizning ajralmas qismidir.
🏦BRB — har qadamda yoningizda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#profilaktika ❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 14-iyun soat 20:00 dan 23:59 ga qadar iABS kompleks dasturida Updatelar o‘tka
#profilaktika ❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 14-iyun soat 20:00 dan 23:59 ga qadar iABS kompleks dasturida Updatelar o‘tkazilishi sababli, bankning IABS, BRB Mobile, BRB-mijoz, Mobil-banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin. 📌 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#antikorrupsiya Hurmatli mijozlar va hamkorlar! 🛡"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishig
#antikorrupsiya Hurmatli mijozlar va hamkorlar! 🛡"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat tamoyili amal qiladi. 🎛Bank faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va halollik prinsiplarini ta’minlash maqsadida korrupsiyaga oid murojaatlarni qabul qilish uchun aloqa kanallari tashkil etilgan: ☎️ Ishonch telefoni: (78) 150-59-95 📧 Elektron pochta: antikor@brb.uz 📱 Telegram bot: @BRB_Antikor_bot 🌐 Rasmiy veb-sayt: brb.uz 🪬Ushbu aloqa kanallari orqali quyidagi holatlar yuzasidan murojaat qilish mumkin: 🔹 pora talab qilish yoki taklif etish; 🔹 xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish; 🔹 manfaatlar to‘qnashuvi; 🔹 korrupsiyaviy xatti-harakatlar va boshqa qonunbuzarliklar. 👤Murojaatchining shaxsiga oid ma’lumotlari maxfiyligi kafolatlanadi.
Bank tizimida halollik va shaffoflikni qaror toptirish yo‘lida Sizning faol fuqarolik pozitsiyangiz muhim ahamiyatga ega.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#ochiq_muloqot 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev raisligida Qoraqalpogʻiston Respublika
+3
#ochiq_muloqot 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev raisligida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy va Qanlikoʻl tumanlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va jismoniy shaxslar ishtirokida sayyor qabullar tashkil etildi. 🎯Unda asosiy e'tibor Davlatimiz rahbari tomonidan kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga qaratildi. 🎙Shuningdek, ochiq va samimiy muloqotlar davomida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi va ularning ijobiy yechimi boʻyicha aniq choralar belgilandi. 👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#MuvaffaqiyatHikoyasi #MahallaBankiri ✨Bank ko‘magi bilan orzular ushalmoqda 📍 Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro Ixtiyor Eshonqulovning chet elda ishlab yurganda qilgan orzulari mahalla bankiri koʻmagi bilan amalga oshmoqda. 🏗Bugun uning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yana bir yangi yo‘nalish bilan kengaydi. 🏦U rahbarlik qilayotgan tadbirkorlik subyektiga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mahalla bankiri yordami bilan 60 mln soʻm kredit ajratilgan. 🪟Ushbu mablagʻ evaziga xonadon shiftiga tortishga mo‘ljallangan gul qog‘oz (натяжной потолок) ishlab chiqarishni boshladi. 👥 Loyiha amalga oshirilishi natijasida 2 ta yangi ish oʻrni yaratildi. 👉 Batafsil: brb.uz/mahalla-info 🔵 @brb_mahalla_bankir_bot Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#Fitch_Ratings #reyting 🌐Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB reyting prognozini “Ijobiy” darajaga koʻtardi 🏦F
#Fitch_Ratings #reyting 🌐Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB reyting prognozini “Ijobiy” darajaga koʻtardi 🏦Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi majburiyatlari boʻyicha defolt reytinglarini “BB” darajasida tasdiqladi va ular boʻyicha prognoz koʻrsatkichini “Barqaror”dan “Ijobiy” darajasiga oʻzgartirdi. ❇️Bankning uzoq muddatli reytinglari Oʻzbekistonning suveren reytinglari bilan tenglashtirilgan boʻlib, prognozning “Ijobiy” qilib oʻzgartirilishi bevosita suveren reytingdagi ijobiy oʻzgarishlarni ifodalaydi. Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

Repost from Ochiq muloqot 2026
🔈DIQQAT, TADBIRKORLAR! «OCHIQ MULOQOT 2026»GA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA! Biznesingizda muammo bormi yoki tizimli yechimga e
🔈DIQQAT, TADBIRKORLAR! «OCHIQ MULOQOT 2026»GA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA! Biznesingizda muammo bormi yoki tizimli yechimga ega taklif? Ularni qonun loyihasiga aylantirish imkoniyatini boy bermang. Respublika shtabida 40 dan ortiq vazirlik va idoralar ekspertlari Sizga ko‘mak berishga tayyor. 📞 Qisqa raqamlar: 1100, 1094 👍 Telegram bot: @ochiqmuloqot2026_bot Shoshiling, o‘z kelajagingizni bugundan o‘zgartiring! OCHIQ MULOQOT 2026

#dayjest Haftaning eng muhim yangiliklari 📆 1–5-iyun 1-iyun 🏋️‍♂️ Mahalla bankri koʻmagi bilan sogʻlom turmush tarzini rivo
#dayjest Haftaning eng muhim yangiliklari 📆 1–5-iyun 1-iyun
🏋️‍♂️ Mahalla bankri koʻmagi bilan sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish yoʻlida yangi qadam tashland.
2-iyun
🏓Stol tennisi bo‘yicha "Jurnalistlar kubogi"ga marhamat!
3-iyun
🍄Bank ko‘magi bilan issiqxonada qo‘ziqorin yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi
Xorazmda “Yoshlar oyligi” doirasida yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda!
4-iyun
Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Sh.Yusupov Yakkabogʻ va Koʻkdala tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot – muammolar yechimi va bandlikni taʼminlash omili.
5-iyun
Biznesni rivojlantirish banki Nukusda bo‘lib o‘tgan "Yoshlar tashabbuslari marafoni"da ishtirok etdi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#Yoshlar_tashabbuslari_marafoni Biznesni rivojlantirish banki "Yoshlar tashabbuslari marafoni"da faol ishtirok etmoqda 🙎‍♂️I
+3
#Yoshlar_tashabbuslari_marafoni Biznesni rivojlantirish banki "Yoshlar tashabbuslari marafoni"da faol ishtirok etmoqda 🙎‍♂️Iyun oyi — “Yoshlar oyligi” doirasida Nukusdagi Yoshlar markazida Yoshlar tashabbuslari marafoni ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda. 🏦Marafonda Biznesni rivojlantirish banki ham faol ishtirok etib, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi o‘zining eng jozibador loyihalarini taqdim etmoqda. 💼 👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 5-iyun soat 23:00 dan 6-iyun soat 07:00 ga qadar Markaziy bankning Banklararo Telekommunika
❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 5-iyun soat 23:00 dan 6-iyun soat 07:00 ga qadar Markaziy bankning Banklararo Telekommunikatsiya Tarmog‘ida (BTT) rejalashtirilgan profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan HUMO, Uzcard, Munis hamda boshqa to‘lov tizimlari xizmatlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. 📌 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#profilaktika ❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 7-iyun soat 21:00 dan 23:59 ga qadar iABS kompleks dasturida Updatelar o‘tkaz
#profilaktika ❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 7-iyun soat 21:00 dan 23:59 ga qadar iABS kompleks dasturida Updatelar o‘tkazilishi sababli, bankning IABS, BRB Mobile, BRB-mijoz, Mobil-banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin. 📌 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR