BRB Info
Open in Telegram
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011
Show more1 931
Subscribers
-624 hours
-87 days
-4430 days
Posts Archive
1 930
#profilaktika
❗️Diqqat, profilaktika❗️
2026-yil 5-iyul soat 20:00 dan 23:59 ga qadar iABS kompleks dasturida Updatelar o‘tkazilishi sababli, bankning IABS, BRB Mobile, BRB-mijoz, Mobil-banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin.
📌 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 930
+3
#Musatqillik35 #Uzb35 #BRB35 #yoshlar_kuni
🇺🇿“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Navoiy hududiy boshqarmasida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
🏦Unda soʻnggi yillarda bank-moliya tizimidagi rivojlanishlar natijasida yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi.
🤩Filologiya fanlari falsafa doktori Dadaxon Muhammadiyev va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Boboqand Mirzo jamiyatda til va maʼnaviyat hamda mutolaaning inson kamolotidagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi.
📖Uchrashuv yakunida ijodkorlar tadbir qatnashchilariga oʻzlarining badiiy kitoblarini tuhfa etishdi.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📆2026-yil 1-iyuldan:
🔗Barcha savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslarda yagona QR kodli toʻlov tizimi orqali toʻlovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi;
☝️2026-yil yakuniga qadar aholining vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlari hisobidan uy-joy sotib olinishini ragʻbatlantirish uchun Ipoteka dasturi doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha maqsadli ipoteka omonati amaliyoti tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
📅2026-yil 1-iyuldan:
🔗Barcha savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslarda yagona QR kodli toʻlov tizimi orqali toʻlovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi;
☝️2026-yil yakuniga qadar aholining vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlari hisobidan uy-joy sotib olinishini ragʻbatlantirish uchun Ipoteka dasturi doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha maqsadli ipoteka omonati amaliyoti tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#Moodyʻs_Ratings #BRB #Ba3
🥉Moodyʻs Ratings xalqaro reyting agentligi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning uzoq muddatli depozit reytinglarini “B1” darajasidan “Ba3” darajasiga oshirdi hamda reyting istiqbolini “Ijobiy”dan “Barqaror” darajaga oʻzgartirdi.
🔠Moodyʻs Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB reytingi oshirilishini bankning toʻlov qobiliyati va likvidlik koʻrsatkichlarini yanada mustahkamlash imkoniyatlari bilan asoslagan.
🏦Reyting koʻrsatkichlarining yaxshilanishi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini yanada kengaytirish, tashqi moliya bozorlariga integratsiyalashuvini kuchaytirish hamda mamlakat tadbirkorlari uchun sifatli moliyaviy xizmatlar imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
👉Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#yoshlar_kuni #30iyun #Mustaqillik35 #Uzb35 #BRB35
📆30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! ✨
🏦"Biznesni rivojlantirish banki" ATB jamoasi yurtimizdagi barcha faol, tashabbuskor va maqsad sari dadil odimlayotgan yoshlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan muborakbod etadi!
🎊Bu kun – Yangi O‘zbekiston poydevorini qurayotgan kuch – azmu shijoatli yoshlarimizning bayrami!
🌟 O‘qishdan, izlanishdan va yangi cho‘qqilarni zabt etishdan to‘xtamang.
🚀 Doimo yuksak marralar sari intiling, o‘z kuch-g‘ayratingizga ishoning. Biznesni rivojlantirish banki esa bu yo‘lda sizga eng ishonchli hamkor bo‘ladi!👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#dayjest
Haftaning eng muhim yangiliklari
📆 22–27-iyun
23-iyun
“Jurnalistlar kubogi – 2026” musobaqasining hayajonli lahzalari haqida videorolik
Yagona UzQR kod – qulaylikni tanlaganlar uchun
Mahalladan xorijning yetakchi korxonalarigacha: Biznesni rivojlantirish bankidan yangi loyiha24-iyun
Yangi xodimlar uchun navbatdagi “Welcome” trening
Yoshlar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi25-iyun
Termizlik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot26-iyun
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bank rahbariyati va yosh xodimlar ochiq muloqoti tashkil etildi27-iyun
🎉 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin! 🎉Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#ochiq_muloqot
❓ Sizni qiynayotgan masala yoki taklif bormi?
👀 Uni Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz mumkin.❗Har bir murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi va ochiq muloqot kun tartibini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sizning taklifingiz ham tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi mumkin. 📹 Videoda botdan foydalanish tartibi bilan tanishing. Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#ochiq_muloqot
❓ Sizni qiynayotgan masala yoki taklif bormi?
👀 Uni Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz mumkin.❗Har bir murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi va ochiq muloqot kun tartibini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sizning taklifingiz ham tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi mumkin. 📹 Videoda botdan foydalanish tartibi bilan tanishing. Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#MatbuotKuni #BRB
🎉 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin! 🎉
📝 Hurmatli jurnalistlar va barcha axborot vositalari vakillari, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB jamoasi sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan tabriklaydi.
📰 Sizlarning mehnatingiz — zamonaviy jamiyatning shaffofligi va oshkoraligi uchun mustahkam asos. Haqiqatni yoritish va yangiliklarni xalqqa yetkazish yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz yuksak eʼtirofga sazovor.
📸 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB jamiyatimizning taraqqiyoti va rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qilishdan faxrlanadi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 930
+8
#yoshlar_kuni #uchrashuv
⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan "Biznesni rivojlantirish banki" ATB rahbariyati hamda yosh xodimlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🏦Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, kasbiy rivojlanishi, zamonaviy bank tizimidagi o‘rni va kelgusidagi maqsadlari yuzasidan samimiy fikr almashildi. Tadbirda Bank Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Yusupov ishtirok etib, yoshlarni yangi marralarni zabt etishga undadi.
😎 Shuningdek, "Eng faol yosh xodim" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Respublika bo‘ylab hududlardan saralangan 30 nafar yosh xodim turli nominatsiyalar bo‘yicha e'tirof etilib, esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan mukofotlandi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 930
+4
#Ochiq_muloqot
Termizlik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🗺Termiz shahrida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Yusupov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🏦Uchrashuvda tadbirkorlarning biznes faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari, kredit ajratish tartiblari, imtiyozli moliyalashtirish dasturlari, soliq va moliyaviy masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#seminar
“Yangiyoʻl – Agro star” ixtisoslashgan kompaniyasi tomonidan agrar soha vakillari uchun amaliy oʻquv-seminari tashkil etildi.
📈 Tadbirda “Yangiyo‘l – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi tomonidan sohada amaliyotga joriy etilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🌱 Mehmonlar zamonaviy usulda mahsulot yetishtirish, issiqxonalarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yer egalari uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
+3
#Ochiq_muloqot
💼Yoshlar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🗺Denov tumanida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Yusupov ishtirokida yoshlar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🏦Uchrashuvda ishtirokchilarning murojaatlari tinglanib, kredit ajratish tartiblari, imtiyozli moliyalashtirish dasturlari, biznes faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari, soliq va moliyaviy masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
👉Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#qonunchilikdagi_yangiliklar
“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026-y.) qabul qilindi.
🔔 2026-yil 1-sentabrdan:
▪️ mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM) – oyiga 1 360 000 soʻm;
▪️ bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 440 000 soʻm etib belgilandi.
❗️Eslatma! amalda:
▫️MHTEKM – oyiga 1 271 000 soʻm;
▫️BHM – 412 000 soʻm.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
+4
#seminar
💼 Yangi xodimlar uchun navbatdagi “Welcome” trening
🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘quv markazida an'anaga muvofiq yangi ish boshlagan xodimlar uchun “Welcome” trening mashg‘uloti bo'lib o'tdi.
🎯 Trening davomida ishtirokchilarga quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar berildi:
🏢 Bank tarixi va tarkibiy tuzilishi;
📜 Ichki mehnat tartibi qoidalari va jamoa shartnomasi;
📈 Asosiy faoliyat yo‘nalishi va ish uslubi;
✨ Bank etikasi va madaniyati standartlari;
🤝 Odob-axloq kodeksi me’yorlari va talablari;
💰 Ish haqi to‘lovlari, KPI tizimi va boshqa muhim yo‘nalishlar.
✨ Ushbu trening yangi xodimlarning bank tizimiga tez va oson moslashishi, ish jarayonidagi talablar bilan yaqindan tanishishi hamda kelgusida samarali faoliyat yuritishlari uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
+2
#futbol #JCh #Uzb35 #BRB35
#matchday
🇺🇿⚽️ Biznesni rivojlantirish banki yoshlar jamoasi – Vatanimiz terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi!
🏆Jahon chempionati doirasida 🤎Oʻzbekiston va 🇵🇹Portugaliya terma jamoalari oʻrtasidagi matchda vakillarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB yoshlar jamoasi “Bunyodkor” stadioni tribunalarida jam boʻldi.
🏦👏Bankimizning shijoatli yoshlari terma jamoamizni gʻalaba sari ruhlantirmoqda.
🇺🇿Olgʻa, Oʻzbekiston, gʻalaba bizniki! 🏆Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
+4
#taʼlim #ishoʻrni
⚡️ Mahalladan xorijning yetakchi korxonalarigacha: Biznesni rivojlantirish bankidan yangi loyiha!
🏦Biznesni rivojlantirish banki va Migratsiya agentligi hamkorligida
📍Margʻilon shahrida — 🌟 payvandlash,
📍Andijon tumanida — 🚧yuk koʻtarish mashinalari haydovchiligi
bo‘yicha xalqaro standartlarga mos kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etildi.
📄Oʻqish xalqaro ISO 9606 standarti asosida olib boriladi.
🎓Xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilarga xorijda yuqori maoshli ish oʻrinlari taklif etiladi.
👍Muhim raqamlar:
⌛Oʻqish muddati: 3-6 oy;
🤍 30% nazariya, 70% amaliyot;
😏Yiliga 800 nafar oʻquvchi kasb-hunarli boʻladi.
🏗Xalqaro darajadagi kasb egasi boʻlish va yuqori daromadli ish topish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR1 930
#UzQR_kod #naqdsiz_tolov
💻🔗Yagona UzQR kod – qulaylikni tanlaganlar uchun
🤵Tadbirkorlar:
▫️To‘lov terminali olish uchun vaqt yo‘qotmaydi;
▫️Mablag‘ sanoqli daqiqalarda bank hisob raqamiga tushadi;
▫️Elektr energiyasi, chek qog‘ozi va internet xarajatlari qisqaradi;
▫️To‘lovlar to‘g‘risidagi xabarnomalar BRBQrBot telegram botida bir zumda ko‘rinadi;
▫️Elektr ta’minoti, mobil yoki internet aloqasi bo‘lmagan holatlarda ham to‘lovlarni qabul qilish mumkin.
👨💻Mijozlar:
▪️Vaqti tejaladi;
▪️Bank kartasini yonida olib yurmaydi;
▪️Kassada navbatda turmaydi;
▪️Zamonaviy va ishonchli to‘lov tizimi.
Sayt | Telegram | Facebook
| Instagram | X | You Tube | Marketing | HR