en
Feedback
Microlife_uz 🧫

Microlife_uz 🧫

Open in Telegram

Mikrobiologiya va biotexnologiyaga aloqador yangiliklar; Ilm-fan, akademik rivojlanish , start up proyektlar Muallif: Sohibnazarova Xonsuluv Abduvohidovna Probiotiklar, antibiotic rezistentlik antimikrob oqsillar, OIT-patogenlar

Show more
374
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-630 days
Posts Archive
#MGSummerSchool2026 🧬MOLEKULYAR GENETIKA YOZGI MAKTABI 2026🧬 🎓 Molekulyar biologiya • Genetika • Bioinformatika Ilg'or Texnologiyalar Markazi biologiya va unga yaqin yo'nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va yosh tadqiqotchilarni MOLEKULYAR GENETIKA YOZGI MAKTABI – 2026 dasturiga taklif qiladi! TALAB QILINADIGAN ShARTLAR - diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz 📅 Sana: 13–24-iyul, 2026 Dastur davomida siz: 🔬 Molekulyar biologiya va genetikaning zamonaviy laboratoriya usullarini o'rganasiz; 🧬 DNK/RNK ajratib olish, PCR, Real-Time PCR, gel-elektroforez, sekvenslash va SNP genotiplash bilan ishlaysiz; 💻 Bioinformatika va genomik ma'lumotlarni tahlil qilish bo'yicha amaliy mashg'ulotlarda qatnashasiz; 👨‍🔬 Tajribali olimlar va mentorlar bilan birga ishlaysiz; 🤝 Jamoaviy ilmiy loyiha ustida ishlaysiz; 📜 Dastur yakunida sertifikat olasiz. 👥 Kimlar qatnashishi mumkin? Talabalar (bakalavriat, magistratura, PhD) va yosh tadqiqotchilar — biologiya, biotexnologiya, genetika, bioinformatika, biokimyo, tibbiyot, farmatsiya va ularga yaqin yo'nalishlar bo'yicha. 💰 Ishtirok narxi - 500 000 so'm. To'lov faqat tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar uchun amalga oshiriladi. 📝 Ariza topshirish muddati: 7-iyul, 2026 📌 Ishtirokchilar onlayn ariza asosida tanlab olinadi. 🔗 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/p3SNzAgrRPjWAoFy6 📞 Qo'shimcha ma'lumot: Tel.: +998994907339; Telegram: @genom_cat; email: xurshidmeeylikov@gmail.com 🔬 Kelajakdagi ilmiy faoliyatingiz uchun mustahkam poydevor yarating!

Xalqaro molekulyar allergologiya markazi jamoasiga qo‘shiling😊 Markazimizga ishga qabul qilish jarayoni doirasida nomzodlar
Xalqaro molekulyar allergologiya markazi jamoasiga qo‘shiling😊 Markazimizga ishga qabul qilish jarayoni doirasida nomzodlar bilan suhbatlar Zoom platformasi orqali o‘tkaziladi. Tanlab olingan nomzodlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin Suhbat sanalari: 02.07.2026 03.07.2026 10.07.2026 Zoom havolasi: Zoom Suhbatda ishtirok etish talablariga e'tibor bering va qoidalarga rioya qiling😊 ✔️Qo'shimcha savollaringiz va takliflaringiz bo'lsa @SXA_02 murojat qiling

#CAT_Biotechnology_Summer_School Hurmatli talabalar, Ilg'or texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo'yicha Yozgi maktab 2026 qaytdi🎉🎉🎉 Issiq kunlarda salqin qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo'ling!😊 Biotexnologiya bo'yicha bepul yozgi maktab - viloyatdan kelgan talabalar uchun turar joy bilan ta'minlanadi! ‼️Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo'lishi aniq! Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Dasturga biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika va shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari (2026-yilda oʻqishni bitirganlar ham) qatnashishi mumkin. 👩‍🎓👨‍🎓Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkun. 🕰Boshlanish sanasi: 2026-yil 27-iyul! ARIZA topshirish Dastur imtiyozlari: – qatnashish bepul; – turar joy bilan ta'minlanadi; – maxsus sertifikat hamda estalik sovg'alari; – Bowling day. Arizalar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida 13-iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Shoshiling, o‘rinlar soni cheklangan! ‼️MUHIM: Ariza holati bo'yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali Jo'natilmaydi. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga zoom linki sms yoki telegram hamda email orqali jo'natilishi mumkun. Shu sababdan, telefon no'meringiz hamda email manzilingizni to'liq va to'g'ri kiritishingizni tavsiya qilamiz!

Repost from Microlife_uz 🧫
🔬 Xalqaro molekulyar allergologiya markazi jamoasiga qo‘shiling! Ilm-fan va zamonaviy tadqiqotlarga qiziqasizmi? O‘zbekiston
🔬 Xalqaro molekulyar allergologiya markazi jamoasiga qo‘shiling! Ilm-fan va zamonaviy tadqiqotlarga qiziqasizmi? O‘zbekistonda aerobiologiya sohasini rivojlantirishda ishtirok etishni xohlaysizmi? Unda sizni o‘z jamoamizda kutamiz! Aerobiologiya bo‘limi quyidagi bo‘sh ish o‘rnini e’lon qiladi: 📌 Lavozim: Kichik ilmiy xodim 💼 Bandlik: 1 stavka (Byudjet asosida) 📍 Manzil: Toshkent shahri ✨ Biz nimalarni taklif etamiz? ✔️Zamonaviy va qulay ofis: Xalqaro standartlarga mos keladigan laboratoriya va ish sharoitlari. ✔️Quvnoq va professional jamoa: Doimiy qo‘llab-quvvatlovchi, yosh va g‘ayratli hamkasblar. ✔️O‘suvchi karyera: Ilmiy salohiyatingizni oshirish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish va dissertatsiya mavzulari ustida ishlash imkoniyati. 🔎 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: Biologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya yoki turdosh sohalarda oliy ma’lumot (magistr darajasi yoki unga tenglashtirilgan); Laboratoriya jihozlari bilan ishlash ko‘nikmasi va ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqish; Mas’uliyat, aniqlik va jamoada ishlash qobiliyati. 📋 Saralash: Suhbat asosida o‘tkaziladi. Suhbat online formatda o’tkaziladi❗️ Agar ushbu vakansiya sizni qiziqtirgan bo‘lsa o‘z rezyumeingizni (CV) bizga yuboring‼️‼️‼️‼️📩 Aloqa uchun: Telegram akkaunt @SXA_02 💥Hujjat jo'natishning ohirgi sanasi 30.06.2026 Ilm-fan cho‘qqilarini birgalikda zabt etamiz! @Microlife_uz

Hali imkon bor⭐️⭐️⭐️ Duodamiz🤲🤲🤲

AnimatedSticker.tgs0.24 KB

Anchadan beri Fulbol ko’rmasdim Uzbekiston uchun balet qilyapman🤲🤲🤲
Anchadan beri Fulbol ko’rmasdim Uzbekiston uchun balet qilyapman🤲🤲🤲

Assalomu alaykum. Ushbu yili xalqaro IChO olimpiadasi yurtimizda o'tkazilishi munosabati bilan, ko'ngillilar qidirilmoqda. @b
Assalomu alaykum. Ushbu yili xalqaro IChO olimpiadasi yurtimizda o'tkazilishi munosabati bilan, ko'ngillilar qidirilmoqda. @biology_uz

Arafa muborak bo'lsin, qadrdonim! Xonadoningizdan fayzu baraka, qalbingizdan iymon nuri hech qachon arimasin. Kelayotgan Qurb
Arafa muborak bo'lsin, qadrdonim! Xonadoningizdan fayzu baraka, qalbingizdan iymon nuri hech qachon arimasin. Kelayotgan Qurbon hayiti qutlug' kelsin!" Kanal muallifi gilos daraxtida 🤪 Siz nimalar qilyapsiz menga o’xshab gilos terayotganlar bormi? Daraxtning 4- etajida @Microlife_uz

🔬 Xalqaro molekulyar allergologiya markazi jamoasiga qo‘shiling! Ilm-fan va zamonaviy tadqiqotlarga qiziqasizmi? O‘zbekiston
🔬 Xalqaro molekulyar allergologiya markazi jamoasiga qo‘shiling! Ilm-fan va zamonaviy tadqiqotlarga qiziqasizmi? O‘zbekistonda aerobiologiya sohasini rivojlantirishda ishtirok etishni xohlaysizmi? Unda sizni o‘z jamoamizda kutamiz! Aerobiologiya bo‘limi quyidagi bo‘sh ish o‘rnini e’lon qiladi: 📌 Lavozim: Kichik ilmiy xodim 💼 Bandlik: 1 stavka (Byudjet asosida) 📍 Manzil: Toshkent shahri ✨ Biz nimalarni taklif etamiz? Zamonaviy va qulay ofis: Xalqaro standartlarga mos keladigan laboratoriya va ish sharoitlari. Quvnaq va professional jamoa: Doimiy qo‘llab-quvvatlovchi, yosh va g‘ayratli hamkasblar. O‘suvchi karyera: Ilmiy salohiyatingizni oshirish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish va dissertatsiya mavzulari ustida ishlash imkoniyati. 🔎 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: Biologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya yoki turdosh sohalarda oliy ma’lumot (magistr darajasi yoki unga tenglashtirilgan); Laboratoriya jihozlari bilan ishlash ko‘nikmasi va ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqish; Mas’uliyat, aniqlik va jamoada ishlash qobiliyati. 📋 Saralash: Suhbat asosida o‘tkaziladi. Agar ushbu vakansiya sizni qiziqtirgan bo‘lsa va ilmiy safarimizning bir qismi bo‘lishni istasangiz, o‘z rezyumeingizni (CV) bizga yuboring! 📩 Aloqa uchun: Telegram akkaunt @SXA_02 Ilm-fan cho‘qqilarini birgalikda zabt etamiz! @Microlife_uz

Penicillium Roqueforti zamburug’i asosida qiling “Blue chees “ nomi bilan mashxur bo’lgan pishloq Kimni pishlog’i chiroyli🙃
Penicillium Roqueforti zamburug’i asosida qiling “Blue chees “ nomi bilan mashxur bo’lgan pishloq Kimni pishlog’i chiroyli🙃 Microlife_uz

Nechta mikroorganizm ishtirok etgan nima deb o’ylaysiz topa olasizmi? @Microlife_uz
Nechta mikroorganizm ishtirok etgan nima deb o’ylaysiz topa olasizmi? @Microlife_uz

Nima deb o’ylaysiz bu nima? Men uchun juda go’zal manzaradir🙂 Siz uchunchi🤪? @Microlife_uz
+1
Nima deb o’ylaysiz bu nima? Men uchun juda go’zal manzaradir🙂 Siz uchunchi🤪? @Microlife_uz

☄️ Dunyoni yangi pandemiya kutmoqdami? Fanlar akademiyasi xantavirus haqidagi vahimali xabarlarga oydinlik kiritdi Soʻnggi ku
☄️ Dunyoni yangi pandemiya kutmoqdami? Fanlar akademiyasi xantavirus haqidagi vahimali xabarlarga oydinlik kiritdi Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “odamdan odamga yuquvchi yangi xavfli virus” haqidagi xabarlar tarqalib, koʻpchilikda “koronavirus davri qaytmoqdami?” degan xavotirlarni uygʻotmoqda. Vaziyat aslida qanday? Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ekspertlari vaziyatni ilmiy jihatdan tushuntirib berdi. Kemadagi voqea: “Andes” shtammi nimasi bilan farq qiladi? May oyi boshida Atlantika okeanida harakatlanayotgan xalqaro kemalardan birida xantavirus tarqalgani rost. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bunga xantavirusning faqat Janubiy Amerikaga xos boʻlgan “Andes” (Andes virus) shtammi sabab boʻlganini tasdiqladi. Bu shtamm haqiqatan ham odamdan odamga yuqish xususiyatiga ega. Biroq buning uchun oddiy yoʻtalish kifoya qilmaydi. Virus faqat oʻta yaqin va uzoq muddatli muloqotda (masalan, bitta kayutada yashaganda yoki himoyasiz bemorga qaraganda) yuqadi. U gripp yoki COVID-19 kabi havo orqali zanjirdek tez tarqalib ketmaydi. Shu bolat xalqaro ekspertlar dunyo aholisi uchun xavf darajasini oʻta past deb baholamoqda. Yangi global pandemiya haqida gap-soʻz boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekistonliklar xavotir olishiga asos bormi? Yoʻq, chunki yurtimizda vaziyat butunlay boshqacha: Bizda bu shtamm yoʻq: Oʻzbekistonda odamdan odamga yuquvchi “Andes” shtammi umuman mavjud emas va tarixda hech qachon qayd etilmagan. Mahalliy viruslar xavfsiz: Bizning mintaqamizdagi xantaviruslar hech qachon odamdan odamga yuqmaydi. Infeksiya manbai faqat yovvoyi kemiruvchilar (sichqon va kalamushlar) boʻlib, virus faqat ularning chiqindilari aralashgan changni yutganda yoki sifatsiz saqlangan ovqat orqali yuqishi mumkin. Fanlar akademiyasi olimlari va Sogʻliqni saqlash vazirligi yurtimizdagi tabiiy oʻchoqlarni doimiy nazorat qilib bormoqda. Vaziyat toʻliq barqaror. ❗️ Nima qilish kerak? Vahimaga berilmasdan, oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish kifoya: ✔️ Uzoq vaqt yopiq turgan dala hovli yoki yertoʻlalarni tozalaganda albatta niqob taqish va chang koʻtarmaslik uchun namlab tozalash; ✔️ Oziq-ovqatlarni kemiruvchilar tega olmaydigan yopiq joylarda saqlash. Fanlar akademiyasi ommaviy axborot vositalari va blogerlarni internetdagi shov-shuvli sarlavhalarga uchmasdan, faqat rasmiy ilmiy maʼlumotlarga tayanishga chaqiradi.
Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram

2027-yil uchun Biotexnologiya laboratoriyasiga stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar qabul qilinadi 📍 Joylashuv: To
2027-yil uchun Biotexnologiya laboratoriyasiga stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar qabul qilinadi 📍 Joylashuv: Toshkent, O‘zbekiston 🏛 Tashkilot: Ilg‘or texnologiyalar markazi 🔬 Yo‘nalish:rekombinant biologik preparatlar va sutemizuvchi hujayralarda oqsillar ekspressiyasi — CHO, HEK293 Ilg‘or texnologiyalar markazining Biotexnologiya laboratoriyasi 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktoranturaga nomzodlar qabulini e’lon qiladi. Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishlari: * rekombinant biologik preparatlarni olish; * oqsillarning vaqtinchalik va barqaror ekspressiyasi; * sutemizuvchi hujayra liniyalari bilan ishlash — CHO, HEK293; * hujayralarni kultivatsiya qilish va transfeksiya o‘tkazish; * terapevtik oqsillar uchun ekspression tizimlarni ishlab chiqish va optimallashtirish; * eksperimentlarni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy hujjatlarni yuritish; * amaliy va translatsion R&D loyihalarida ishtirok etish; * ilmiy maqolalar tayyorlash va tadqiqot natijalarini taqdim etish. Biz taklif qilamiz: * zamonaviy biotexnologik laboratoriyada ishlash; * hujayra va molekulyar biotexnologiya usullarini o‘zlashtirish; * biologik va biofarmatsevtik preparatlarni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish; * ilmiy rahbarlik va kasbiy rivojlanish; * milliy ahamiyatga ega biotexnologik tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyati; * Markaziy Osiyoda tez rivojlanayotgan ilmiy ekotizimda tajriba orttirish. Talablar: * magistratura bitiruvchisi yoki yosh tadqiqotchi; * biotexnologiya, molekulyar biologiya, biokimyo, hujayra biologiyasi yoki mikrobiologiya sohasida boshlang‘ich bilimlar; * rekombinant oqsillar, monoklonal antitanalar va terapevtik oqsillarni ishlab chiqishga qiziqish; * hujayra kulturasi va molekulyar-biologik usullar asoslarini tushunish; * eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish, bajarish va tahlil qilish qobiliyati; * ingliz tili B2 darajasida. 📍 Toshkent, O‘zbekiston 🏛 Ilg‘or texnologiyalar markazi 📩 Rezyumeni Telegram orqali yuboring: @Sh_I_68

E'LON! Professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar diqqatiga! 2026-yilning 27-Aprel kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadiga
E'LON! Professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar diqqatiga! 2026-yilning 27-Aprel kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan O'zMU Biokimyo kafedrasi qoshidagi "Yosh biokimyogarlar" klubining navbatdagi xalqaro seminariga taklif qilamiz! 👨🏻‍🎓 Ma'ruzachi: Massachusets texnologiya instituti va Garvard universitetining Broad instituti (Broad institute of MIT and Harvard) ilmiy tadqiqotchisi, Yaponiya va AQSH Nevrologiya, Fiziologiya va Biofizika jamiyati a'zosi, PhD Erkin Shuxratovich Kurganov Seminar mavzusi: “Shizofreniya: miyadagi sirlar va sun’iy intellekt yordamida yangi dorilarni qanday topamiz?” Tashkilotchilar: 🇺🇸 Broad institute of MIT and Harvard, 🇺🇿 O'zbekiston Milliy Universiteti Biokimyo kafedrasi. 📅 27-Aprel 2026-yil, 🕙15:00 (GMT+5) Seminar tili: O'zbek tili 💻📱 ZOOM Link: https://broadinstitute.zoom.us/j/92100846028?pwd=qaNBhA8K3bjz023vdPCckaskheHLWR.1&jst=2 🧪"Yosh biokimyogarlar" klubini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱Telegram 📲 Instagram 🪩 YouTube 👨‍💻 Murojaat uchun

2- Xalqaro IbnSino olimpiadasida qatnashish uchun tashrif buyurgandik Hakam sifatida faol qatnashib, qo‘limdan kelganicha yor
2- Xalqaro IbnSino olimpiadasida qatnashish uchun tashrif buyurgandik Hakam sifatida faol qatnashib, qo‘limdan kelganicha yordam berdim deb o’ylayman. Afsuski, yakunda ismim xato yozilgan sertifikat bilan taqdirlandim 🤬 Xato bo’sayam berishdiku…… Qora ish qilgan hamma joyda yugurgan xalqqa esa——ham yoq Shunga qaramay tashkilotchilarga e’tibor uchun rahmat!

Biz Namanganda 2- Xalqaro Ibn Sino olimpiadasining yopilish marosimini o’tkazdik🥹 O’zbekiston yoshlari bu olimpiadani 2 ta Oltin🥇 3 ta Kumush 🥈 6 ta Bronza 🥉 bilan yakunladi Barchani tabriklayman💕💕💕 Bizni kuzatib boring @Microlife_uz

Biz Namanganda 2- Xalqaro IbnSino olimpiadasida qatnashish uchun tashrif buyurdik 🥹 Har doimgidek Namangan ahli mehmondo’st🙃 Tayyorgarlik avjida 😅eson omon o’tkazib olamiz degan umiddaman🤪 Bizni kuzatib boring @Microlife_uz

📢 Будем признательны, если Вы пройдёте небольшой опрос Уважаемые участники, просим Вас пройти короткий анонимный опрос, посвящённый исследованию пищевых привычек и образа жизни. ⏱️ Заполнение анкеты займёт всего 2–3 минуты. 🔒 Все ответы являются конфиденциальными и будут использоваться только в обобщённом виде в исследовательских целях. 📋 Пройти опрос можно по ссылке: [https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdpanrFf4IENvElV5fzFB_pNi2F9yeLjKPre7_Tv9vsgmwOWA/viewform?usp=header] 🙏 Заранее благодарим за участие!