Microlife_uz 🧫
Open in Telegram
Mikrobiologiya va biotexnologiyaga aloqador yangiliklar; Ilm-fan, akademik rivojlanish , start up proyektlar Muallif: Sohibnazarova Xonsuluv Abduvohidovna Probiotiklar, antibiotic rezistentlik antimikrob oqsillar, OIT-patogenlar
Show more376
Subscribers
+124 hours
-37 days
-630 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+4
in 0 channels
August '26
+13
in 0 channels
Get PRO
July '26
+28
in 2 channels
Get PRO
June '26
+12
in 0 channels
Get PRO
May '26
+52
in 1 channels
Get PRO
April '26
+16
in 0 channels
Get PRO
March '26
+13
in 0 channels
Get PRO
February '26
+34
in 0 channels
Get PRO
January '26
+7
in 0 channels
Get PRO
December '25
+8
in 0 channels
Get PRO
November '25
+4
in 0 channels
Get PRO
October '25
+27
in 1 channels
Get PRO
September '25
+18
in 1 channels
Get PRO
August '25
+24
in 3 channels
Get PRO
July '25
+34
in 3 channels
Get PRO
June '25
+158
in 3 channels
Get PRO
May '25
+55
in 4 channels
Get PRO
April '250
in 1 channels
Get PRO
March '25
+20
in 0 channels
Get PRO
February '250
in 0 channels
Get PRO
January '250
in 0 channels
Get PRO
December '24
+7
in 0 channels
Get PRO
November '24
+9
in 0 channels
Get PRO
October '24
+26
in 0 channels
Get PRO
September '240
in 0 channels
Get PRO
August '24
+61
in 1 channels
Get PRO
July '240
in 0 channels
Get PRO
June '240
in 0 channels
Get PRO
May '24
+101
in 1 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +1 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | +1 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
#Alternaria (Alternariya) zamburug'lari ko'rinmas allergik qo'zg'atuvchisi
⚠️Ayniqsa yoz oxiri va kuz oylarida havodagi miqdori keskin ortadi. Bu zamburugʻ sporalari oʻlchamining kichikligi sababli nafas yoʻllarining quyi qismlariga bemalol yetib boradi. Atmosferadagi konsentratsiyasini aniqlash va bemorlarda sensibilizatsiya darajasini baholash uchun O'zbekistonda monitoring qilish tizimi yo'lga qo'yilgan.
Qayerlarda uchraydi: Nam devorlar, chiriyotgan oʻsimlik qoldiqlari, tuproq va chirigan mevalar ustida. Yoz oxiri va kuz oylarida havodagi miqdori keskin oshadi. Asoratlari: Kuchli allergen hisoblanadi. Bronxial astmaning ogʻir xurujlarini keltirib chiqarishi, doimiy allergik rinit (tumov) va atopik dermatitni qoʻzgʻatishi bilan mashhur.@Microlife_uz
| 2 | 🦠Bakteriofaglar terapiyasi (Phage Therapy) — antibiotiklarga chidamlilik muammosida tibbiyot va ilmiy olamda katta qiziqish uyg'otayotgan istiqbolli yo'nalishlardan biri sifatida qaralmoqda.
Bu yo'nalishdagi asosiy qo'llanilib kelayotgan yondashuvlar:
Mono Phage (Monofagoterapiya): Ma'lum bir bakteriya shtammini yo'q qilish uchun bitta turdagi fardan foydalanish.
Phage Cocktail (Faglar kokteyli): Bakteriyalarning chidamliligini pasaytirish va samaradorlikni oshirish maqsadida bir nechta turdagi faglar aralashmasini qo'llash.
Phage Enzymes (Fag fermentlari): Bakteriya hujayra devorini parchalash xususiyatiga ega bo'lgan maxsus fermentlar (masalan, endolizinlar) yordamida patogenlarni yo'q qilish.
Antibiotic + Phage (Antibiotik va faglar kombinatsiyasi): Antibiotiklar ta'sirini kuchaytirish va sinergik effekt olish uchun ularni faglar bilan birgalikda qo'llash.
Engineered Phage (Genetik muhandislik asosidagi faglar): Kerakli xususiyatlarni (masalan, toksinlarni neytrallash yoki aniq nishonga olishni) kuchaytirish uchun genetik jihatdan o'zgartirilgan faglar.
@Microlife_uz | 197 |
| 3 | 🦠 Bakteriyalar faglarga ham qarshilik ko‘rsata oladimi?
Ha, bakteriyalar nafaqat antibiotiklarga, balki bakteriofaglarga ham rezistentlik rivojlantirishi mumkin.
🔬 Bakteriofag — bakteriyalarni zararlab, ularni nobud qiladigan virus. Fag bakteriyaga birikishi yoki uning ichiga kirishi uchun ma’lum retseptorlardan foydalanadi. Bakteriya esa bu retseptorlarni o‘zgartirishi, fagning hujayraga kirishini bloklashi yoki boshqa himoya mexanizmlarini ishga tushirishi mumkin.
🧬 Natijada fagga chidamli bakteriyalar paydo bo‘ladi.
Ammo bu qarshilik har doim ham bakteriya uchun foydali emas. Fagga chidamli bo‘lish jarayonida bakteriyaning virulentligi, biofilm hosil qilishi yoki antibiotiklarga sezgirligi ham o‘zgarishi mumkin. So’ngi yillarda bakteriyalarning faglarga qarshi himoya mexanizmlarini o‘rganish
kabi yondashuvlarni faol tadqiq qilmoqda.
@Microlife_uz | 188 |
| 4 | ✏️Antimikrob chidamlilik global sog‘liqni saqlash tizimidagi katta muammolaridan biridir.
Ushbu inqiroz biologik va muqobil davolash usullari, xususan, bakteriofaglar va ularning fermentativ hosilalari foydalanish amaliy tibbiyotda qo'llanilmoqda
Nima deb o'ylaysiz bakteriyalar bakteriofaglarga nisbatan ham resistanlik kuchayadimi?
‼️Yangi dori preparatlar ichida bakteriyafaglar trend ko'rinishiga aylanmoqda bu to'g'rimi?
Siz nima deb o'ylaysiz❓
@Microlife_uz | 184 |
| 5 | 🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak! 🇺🇿
Kanalimiz a’zolari! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etaman!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin. Har biringizga oilaviy baxt, sog‘lik va farovonlik, aziz Vatanimizga esa tinchlik va ravnaq tilayman.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 💙💚🤍
@Microlife_uz | 193 |
| 6 | 🔤🔤🔤🔤❗️❗️❗️
Mushuk yo’qoldi❗️
Topgangan mukofot bor 100$
Tirnoqlari olingan bo’ynidagi bo’yinbog’iga ismi yozilgan
@Microlife_uz | 261 |
| 7 | No text... | 293 |
| 8 | 🦠 Bakterial sekvens ma'lumotlarini (genom, 16S, metagenomika) qayerdan olish mumkin🤔
Bioinformatika va mikrobiologiya yo'nalishida ishlaydiganlar uchun eng kerakli va ishonchli xalqaro ma'lumotlar bazalari ro'yxatini to'pladik. Saqlab qo'ying, albatta kerak bo'ladi! 👇
1️⃣NCBI (National Center for Biotechnology Information)
Dunyodagi eng yirik biologik ma’lumotlar markazi. Unda minglab bakteriyalarning to'liq genomlari va o'qish (reads) ma'lumotlari saqlanadi.
🔹 SRA (Sequence Read Archive) — xom sekvens ma'lumotlarini (FASTQ formatida) olish uchun
🔹 GenBank — to'liq va annotatsiya qilingan genomlar uchun
2️⃣ ENA (European Nucleotide Archive)
Evropaning asosiy nukleotidlar arxivi. NCBI bilan ma'lumotlar almashadi, interfeysi juda qulay va tez ishlaydi.
3️⃣ DDBJ (DNA Data Bank of Japan)
Osiyodagi yirik genomik ma'lumotlar bazasi. NCBI va ENA bilan birgalikda global INSDC tarmog'ini tashkil qiladi.
4️⃣ BV-BRC / PATRIC
Bakterial patogenlar va mikrobiomaga ixtisoslashgan maxsus ma'lumotlar bazasi. Bakterial genomlarni qiyosiy tahlil qilish uchun juda qulay platforma.
5️⃣MG-RAST
Metagenomika va 16S rRNA amplikon ma'lumotlari bilan ishlaydigan tadqiqotchilar uchun mikrobiom ma'lumotlar ombori va tahlil serveri.
@Microlife_uz | 267 |
| 9 | Microbiome_kapalaklar🦋
🦋 Kapalaklar mikrobiomi:
Nega bu kichik olamni o'rganish muhim?
Iqlim o'zgarishi va issiq havo nafaqat bizni, balki tabiatdagi eng nafis mavjudot — kapalaklarni ham og'ir ahvolga solmoqda. Xo'sh, ularning ichagida yashovchi mikroblar olami (mikrobiom) bu jarayonda qanday rol o'ynaydi?
🔍 Nega o'rganiladi❓
Kapalaklar metamorfoz (qurt _g'umbak_imago) bosqichlaridan o'tadi. Ularning ichak mikrobiomi ozuqani hazm qilish, kasalliklarga qarshi kurashish va harorat o'zgarishiga moslashishda asosiy qalqon hisoblanadi.
🧬 Nima beradi?
Termal stress siri: Harorat keskin ko'tarilganda kapalaklar ichidagi foydali mikroblar buziladi (disbioz). Bu ularning omon qolish imkoniyatini pasaytiradi.
Fenologik moslashuv: O'simliklar va kapalaklar faolligi o'rtasidagi tafovutni mikrobiom orqali qanday yengib o'tayotganini tushunishga yordam beradi.
🎯 Natijada nima qilinadi?
Iqlim o'zgarishining hasharotlar immunitetiga salbiy ta'siri aniqlanadi.
Yo'qolib borayotgan noyob turlarni saqlab qolish va ularning ozuqa bazasini tiklash bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tabiatdagi har bir kichik olam — kelajagimiz uchun muhim! 🌍✨
@Microlife_uz | 225 |
| 10 | Bugundan kanalga alohida vaqt 🔜ajrataman va kuniga kamida bitta post qo'yishni maqsad qildim.
Ba'zi kuchli sabablar buni orqaga surishimga sabab bo'lgandi.
Endi esa yengil qushdek his qilib🕊️ yangiliklarni bo'lishishga va ko'proq izlanishga harakat qilyapman.
Siz qanday fikrdasiz qaysi vaqt qo'yilgan postlar o'z o'quvchisiga yetib boradi? siz kanaldagi ma'lumotlarni qaysi vaqtda o'qiysiz? o'z fikrlaringizni yozib qoldiring Yalqovlik 🐨 qilmasdan reaksiyalarni bosib qo'ying😊
@Microlife_zu | 227 |
| 11 | No text... | 288 |
| 12 | No text... | 1 |
| 13 | 2027-yil uchun Biotexnologiya laboratoriyasiga stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar qabul qilinadi
📍 Joylashuv: Toshkent, O‘zbekiston
🏛 Tashkilot: Ilg‘or texnologiyalar markazi
🔬 Yo‘nalish:rekombinant biologik preparatlar va sutemizuvchi hujayralarida oqsillar ekspressiyasi — CHO, HEK293
Ilg‘or texnologiyalar markazining Biotexnologiya laboratoriyasi 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktoranturaga nomzodlar qabulini e’lon qiladi.
Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishlari:
* rekombinant biologik preparatlarni olish;
* oqsillarning vaqtinchalik va barqaror ekspressiyasi;
* sutemizuvchi hujayra liniyalari bilan ishlash — CHO, HEK293;
* hujayralarni kultivatsiya qilish va transfeksiya o‘tkazish;
* terapevtik oqsillar uchun ekspression tizimlarni ishlab chiqish va optimallashtirish;
* eksperimentlarni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy hujjatlarni yuritish;
* amaliy va translatsion R&D loyihalarida ishtirok etish;
* ilmiy maqolalar tayyorlash va tadqiqot natijalarini taqdim etish.
Biz taklif qilamiz:
* zamonaviy biotexnologik laboratoriyada ishlash;
* hujayra va molekulyar biotexnologiya usullarini o‘zlashtirish;
* biologik va biofarmatsevtik preparatlarni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish;
* ilmiy rahbarlik va kasbiy rivojlanish;
* milliy ahamiyatga ega biotexnologik tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyati;
* Markaziy Osiyoda tez rivojlanayotgan ilmiy ekotizimda tajriba orttirish.
Talablar:
* magistratura bitiruvchisi yoki yosh tadqiqotchi;
* biotexnologiya, molekulyar biologiya, biokimyo, hujayra biologiyasi yoki mikrobiologiya sohasida boshlang‘ich bilimlar;
* rekombinant oqsillar, monoklonal antitanalar va terapevtik oqsillarni ishlab chiqishga qiziqish;
* hujayra kulturasi va molekulyar-biologik usullar asoslarini tushunish;
* eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish, bajarish va tahlil qilish qobiliyati;
* ingliz tili B2 darajasida.
📍 Toshkent, O‘zbekiston
🏛 Ilg‘or texnologiyalar markazi
📩 Rezyumeni Telegram orqali yuboring: @Sh_I_68 | 82 |
| 14 | ‼️ITM Biotexnologiya yozgi maktab - 2026 dasturining suhbat natijalari sarhisob qilindi! Bu yilgi suhbat ham oldingi yillardagi kabi qiziqarli va yuqori raqobat ruhida o'tdi!
👏Suhbat natijalariga ko'ra, 15 nafar nomzod Biotexnologiya yozgi maktabiga qabul qilindi! Qabul qilinganlar ro'yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkun:
https://docs.google.com/spreadsheets/d/1FMoLKQAoTt2hrYUkW_G4NSZMhAiMyFsJMUJLFNGDaJQ/edit?usp=sharing
✅Tanlovdan o'tgan ishtirokchilar bilan telegram orqali bog'lanilinadi!
😊Biz barcha ishtirokchilarni kelajakda ko'plab muvaffaqiyatlarga erishishlariga ishonamiz hamda ularning kelajakdagi faoliyatlariga omad tilaymiz!
📍Yozgi maktabning ochilish marosimi 2026-yil 27-iyul kuni soat 10:00 da Ilg'or Texnologiyalar Markazida bo'lib o'tadi. Barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so'raladi!
Manzil: Ilg'or Texnologiyalar Markazi Talabalar shaharchasi, 3A, Olmazor tumani, Toshkent. https://maps.app.goo.gl/ra3RMYTUpaXNsPf97
@uzadvanced | 313 |
| 15 | #CAT_Biotechnology_Summer_School
📄ITM Biotexnologiya Yozgi Maktab - 2026 dasturiga topshirilgan arizalar ko’rib chiqildi. Yozgi maktabga Respublikamizning turli viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston avtonom Respublikasidan jami 204 ta talabgor ariza topshirdi. Barcha arizalar ko'rib chiqildi va 35 nafar nomzod suhbat bosqichiga o’tdi.
💬 Suhbatga chaqirilgan nomzodlar ro'yxati hamda vaqti bilan bu yerda tanishishingiz mumkin:
https://docs.google.com/spreadsheets/d/16JJeAdtbm5sTvvbOJjRFZEdvuvnJZrYM94zwG4F21_Y/edit?gid=0#gid=0
Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga zoom havolasi elektron pochta orqali yuborildi.
Barcha ariza topshirgan talabgorlarga sarflagan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Ular kelgusi yozgi maktablarimizga hujjat topshirishlari mumkin. Biz ularning ilm yo'lidagi rivojlanishlariga omad tilaymiz!
❗️Suhbat 2 kun davomida: 23 va 24-iyul sanalarida o’tkaziladi.
MUHIM: Suhbatga chaqirilgan nomzodlardan suhbat vaqtlarini tekshirib olishlarini hamda suhbat bo’yicha berilgan tavsiyalar bilan yaqindan tanishib chiqishlarini tavsiya qilamiz.
✅Tanlovning yakuniy natijalari suhbat asosida amalga oshiriladi. Dasturga 15 nafar ishtirokchi qabul qilinadi!
@uzadvanced | 342 |
| 16 | ‼️ Kim o‘qituvchi bo‘lishni xohlaydi!
🎞 Ta’sirli video olishibdi, barchaga ulashishga arziydi
Nega o‘qituvchi bo‘lishni xohlamaysan? Degan savolga bolalarning javobi qanday? | 500 |
| 17 | ⭐️ O'zbekiston endi koinotni ham zabt etadi🥳🥳🥳
Mustaqil O'zbekiston tarixida birinchi marta — mamlakatimiz o'z sun'iy yo'ldoshi va o'z fuqarosi bo'lgan kosmonavtini fazoga uchiradi.
👨🚀 Birinchi o'zbek kosmonavti kimlar bo'ladi ekanaaa🤔🤔🤔
🌌 Tanlangan fazogir Xalqaro kosmik stansiyada 10-14 kunlik parvozni amalga oshiradi va u yerda ilmiy tadqiqotlar o'tkazadi.
Bu — shunchaki texnik yutuq emas. Bu millatimizning ilmiy salohiyati, yoshlarimiz orzusi va milliy g'ururimizning yorqin ifodasi!. 🚀
@Microlife_uz | 480 |
| 18 | Ilg'or texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo'yicha Yozgi maktab-2026🎉🎉🎉
YANGI BILIM VA KO'NIKMALAR✔️ Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
🔜Boshlanish sanasi: 2026-yil 27-iyul!
👨💻 ARIZA topshirish
📍 Ilg’or texnologiyalar markazi
Shoshiling, JOYLAR soni cheklangan!👨💻👨💻👨💻 13-iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi. 🤓 | 375 |
| 19 | Xalqaro molekulyar allergologiya markazi jamoasiga qo‘shiling😊
Markazimizga ishga qabul qilish jarayoni doirasida nomzodlar bilan suhbatlar Zoom platformasi orqali o‘tkaziladi.
Suhbat sanasi:
02.07.2026
Boshlanish vaqti: 11:00
Zoom havolasi: Zoom
Berilgan zoom ilovasiga 5-10 minut vaqtli kiring😊
vaqtida kirmagan nomzodlar qayta ko'rib chiqilmaydi‼️‼️
✔️Qo'shimcha savollaringiz va takliflaringiz bo'lsa @SXA_02 murojat qiling | 402 |
| 20 | KUTILGAN ORZU QILINGAN😊😊
Ilg'or texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo'yicha Yozgi maktab-2026🎉🎉🎉
😊 Biotexnologiya bo'yicha bepul yozgi maktab - viloyatdan kelgan talabalar uchun turar joy bilan ta'minlanadi!
‼️Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo'lishi aniq!
YANGI BILIM VA KO'NIKMALAR✔️ Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Dasturga biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika va shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalav va magistr talabalari (2026-yilda oʻqishni bitirganlar ham) qatnashishi mumkin.
👩🎓👨🎓Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkun.
🕰Boshlanish sanasi: 2026-yil 27-iyul!
ARIZA topshirish
Dastur imtiyozlari:
– qatnashish bepul;
– turar joy bilan ta'minlanadi;
– maxsus sertifikat hamda esdalik sovg'alari;
– Bowling day.
Arizalar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida 13-iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Shoshiling, JOYLAR soni cheklangan!
‼️‼️MUHIM ESLATMA: Ariza holati bo'yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali jo'natilmaydi. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga Zoom linki SMS yoki Telegram hamda e-mail manzil orqali jo'natilishi mumkIn. Shu sababdan, telefon raqamingiz hamda e-mail manzilingizni to'liq va to'g'ri kiritishingizni tavsiya qilamiz! | 1 800 |
