cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O'zMU BIOLOGIYA FAKULTETI (RASMIY KANALI)

Advertising posts
2 281Subscribers
+124 hours
-97 days
-2730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#ichki_turizm O‘zMU talabalari Samarqand shahriga sayohat qilishdi “Talabalar bahori – 2024” an’anaviy festivali doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetining 100 nafardan ortiq talabalari hamda professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoa yurtimizning betakror va qadimiy go‘shasi Samarqandga sayohat qildilar. Talaba-yoshlar sayohat davomida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Hazrati Xizr maqbarasi, Islom Karimov maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda memoriy majmuasi kabi diqqatga sazovor tarixiy qadamjolarni ziyorat qildilar. Mamlakatimizning tarixiy maskanlarini o‘rganish xalqimiz tarixiga oid yangi ma’lumotlar olish imkonini, o‘tmishda yashab o‘tgan ajdodlarimizning bugunimizdagi o‘rinini bilishimizga, ularning mehnatlarini qadrlashga yetaklashi shubhasiz. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Show all...
🔥 1
#ichki_turizm O‘zMU talabalari Samarqand shahriga sayohat qilishdi “Talabalar bahori – 2024” an’anaviy festivali doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetining 100 nafardan ortiq talabalari hamda professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoa yurtimizning betakror va qadimiy go‘shasi Samarqandga sayohat qildilar. Talaba-yoshlar sayohat davomida talabalar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Hazrati Xizr maqbarasi, Islom Karimov maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda memoriy majmuasi kabi diqqatga sazovor tarixiy qadamjolarni ziyorat qildilar. Mamlakatimizning tarixiy maskanlarini o‘rganish xalqimiz tarixiga oid yangi ma’lumotlar olish imkonini, o‘tmishda yashab o‘tgan ajdodlarimizning bugunimizdagi o‘rinini bilishimizga, ularning mehnatlarini qadrlashga yetaklashi shubhasiz. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Show all...
⚡️⚡️⚡️ЭЪЛОН!!! Эртага 2024 йил 28 апрель куни соат 10:00 дан 17:00 гача “WINDHAM” меҳмонхонасида “Ипак йўли турк университетлари” кўргазмаси бўлиб ўтади. Кўргазмага Туркия университетларига магистратура бўйича ўқиш истагидаги бакалавриат босқичи битирувчи курс талабалари иштирок этишлари мумкин. Кўргазмада Туркиянинг қуйидаги 16 та университетлари қатнашиб, ўз ОТМлари ҳақида батафсил маълумот беради: 1. FENERBAHÇE ÜNİVERSİTESİ 2. NİŞANTAŞI ÜNİVERSİTESİ 3. HASAN KALYONCU ÜNİVERSİTESİ 4. EGE ÜNİVERSİTESİ 5. ALANYA ÜNİVERSİTESİ 6. İBN HALDUN ÜNİVERSİTESİ 7. AKDENİZ ÜNİVERSİTESİ 8. GAZİ ÜNİVERSİTESİ 9. IŞIK ÜNİVERSİTESİ 10. DEMİRCİOĞLU BİLİM ÜNİVERSİTESİ 11. GEDİK ÜNİVERSİTESİ 12. FSM ÜNİVERSİTESİ 13. KTO KARATAY ÜNİVERSİTESİ 14. ANKARA YILDIRIM BEYAZIT ÜNİVERSİTESİ 15. ANKARA MÜZİK VE GÜZEL SANATLAR ÜNİVERSİTESİ Анқара мусиқа ва нафис санъатлар университети 16. ANKARA MEDİPOL ÜNİVERSİTESİ
Show all...
👍 5 2
👨‍💻👩‍💻🧠👨‍💻👩‍💻🧠👨‍💻👩‍💻🧠 Biologiya fakultetida "Yosh biokimyogarlar" to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi xalqaro miqyosdagi vebinar shaklida tashkil etildi Massachusets texnologiya instituti va Garvard universitetining Broad instituti (Broad institute of MIT and Harvard) ilmiy tadqiqotchisi, Yaponiya va AQSH Nevrologiya, Fiziologiya va Biofizika jamiyati a'zosi (PhD) Erkin Kurganov "Shizofreniya: avvalgi va hozirgi tushunchalar" mavzusida onlayn ma'ruza qildi. Vebinarda Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, bakalavr va magistrlar hamda Biokimyo kafedrasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan universitetlar, tashkilotlar ishtirok etdi. Batafsil 👉 nuu.uz Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Show all...
👍 2
#Xalqaro_konferensiya Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O‘zbekiston amaliyoti Bugun, 26-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash maqsadida hamda “22-aprel – Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda bir qator mamlakatlar, jumladan, Turkiya, Fransiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Tojikiston va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik olimalar ishtirok etishdi. Anjuman maqsadi Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi fan va ta’lim taraqqiyotini ta’minlovchi g‘oyalarni aniqlash, zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va integratsiyalashuviga keng imkon yaratishdan iborat bo‘ldi. Batafsil 👉 nuu.uz 👉 На русском 👉 In English Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Show all...
#Podkast Bizni qanday kelajak kutmoqda? O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti direktori, biofizik olim, biologiya fanlari doktori, akademik Ravshan Sobirov bilan eksklyuziv intervyu. 👉 Intervyuni to‘liq tomosha qilish
Inson tanasi sir-sinoatlarga to‘la, odam miyasi esa, hatto, olimlar hal qila olmagan ko‘plab jumboqlarni o‘zida saqlaydi. Oddiygina piyolaga choy quyib ichish uchun miya bir qancha murakkab operatsiyalarni amalga oshiradi, ammo biz biror a’zomizda og‘riq sezmaguncha, uning qanday ishlashi va nimaga kerakligi haqida o‘ylamaymiz. Podkastda shular haqida so‘z yuritiladi.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Show all...
👍 1
#Live “Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini boshlash arafasida. @xalqaro_reyting_nuuz
Show all...
“Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Bugun, 26-aprel 10:00 da, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 46-maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo’limi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkaziladi. Anjuman maqsadi – Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi fan va ta’lim taraqqiyotini ta’minlovchi g‘oyalarni aniqlash, zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va integratsiyalashuviga keng imkon yaratishdan iborat. Anjuman vazifalarini quyidagilar tashkil etadi: - sifatli ta’lim va unga erishishning barqaror strategiyasi; - barqaror rivojlanish maqsadlarining taraqqiyot strategiyasidagi roli; - qashshoqlik va ochlikka barham berishda sifatli ta’limning ahamiyati; - atrof-muhit, ekologiya, toza suv hamda muqobil energiya masalalarini o’rganish; - barqaror mehnat muhofazasi va jamiyatda gender tenglik; - innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy tamoyillar. @xalqaro_reyting_nuuz
Show all...