en
Feedback
MSR Aka - uka matematiklar

MSR Aka - uka matematiklar

Open in Telegram

📌 Kuchli ustoz | 2020-yildan boshlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻‍♂️300+ muvaffaqiyatli o‘quvchilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy oʻquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27

Show more
557
Subscribers
No data24 hours
-137 days
-1430 days
Posts Archive
🎉 Sizlarni yurtimizning eng ulug‘ bayrami — O‘zbekiston respublikasi mustaqillik kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz 🇺🇿 M
🎉 Sizlarni yurtimizning eng ulug‘ bayrami — O‘zbekiston respublikasi mustaqillik kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, bayramingiz muborak! 🔗 @msr_math

Repost from N/a
❗️Maktablarda baholar o‘rnini ball egallaydi
2026–2027-o‘quv yilidan O‘zbekistondagi yana 1 568 ta maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari aniq mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan so‘ng yangi tizim respublika bo‘yicha 5 mingdan ortiq maktabni qamrab oladi. Bu usul ilk bor 2023-yilda 500 ta maktabda joriy etilgan edi. Yangi o‘quv yilidan 100 ballik tizimga o‘tadigan maktablar ro‘yxati bilan tanishish mumkin.
📌 Maktab guruhlariga tashlab qoʻying! Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi 2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga! Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi. ✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin. O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
📌 Milliy sertifikat imtihonlari — fanlar kesimida necha martadan bo‘ladi?
🧬 Biologiya — 2 marta 🧪 Kimyo — 2 marta ➗ Matematika — 2 marta ⚛️ Fizika — 2 marta 🎵 Musiqa madaniyati — 2 marta 🌍 Geografiya — 2 marta 📚 Ona tili va adabiyot — 2 marta 🏛 Tarix — 2 marta ⚖️ Huquqshunoslik — 1 marta 👩‍🏫 Boshlang‘ich ta’lim — 1 marta
✅ Demak, asosiy fanlarning aksariyatidan yil oxirigacha 2 martadan imtihon topshirish imkoniyati bor. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Bugun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ariza topshirish yakunlanadi 2026/2027-o‘quv yilida 80 ta oliy ta’lim muassasasidagi 31 808 ta vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Vakant o‘rinlarga ariza topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabinetidagi “Vakant o‘rinlar uchun ariza berish” bo‘limidan foydalanish kerak.   ✅Qo‘shimcha tanlovda 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida qatnashib, kamida 56,7 ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qatnashishi mumkin.   Abituriyentlar fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan, vakant o‘rin mavjud bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bunda oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim shakli — kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakllardan birini tanlash imkoniyati mavjud. 📝 Mandat qabul yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
❗️2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan. Tartib 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi oʻquv mashgʻulotlariga taalluqli. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Aziz o‘quvchilar va hurmatli ota-onalar 🇺🇿 Sizlarni yurtimizning eng ulug‘ bayrami — O‘zbekiston respublikasi mustaqillik k
Aziz o‘quvchilar va hurmatli ota-onalar 🇺🇿 Sizlarni yurtimizning eng ulug‘ bayrami — O‘zbekiston respublikasi mustaqillik kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz
✨ Bayram munosabati bilan 28, 29, 30, 31-avgust va 1-sentyabr kunlari bizda dam olish kunlari deb e’lon qilinadi. 📚 Kurslarimiz 2-sentyabrdan odatdagi tartibda davom etadi. Barchangizga bayram kunlarida maroqli hordiq, oilaviy xotirjamlik va ko‘tarinki kayfiyat tilaymiz ❤️
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, bayramingiz muborak! Dam olish kunlari faqat MSR math kursimiz uchun 🔗 @msr_math

Repost from N/a
⚡️Kontraktni 4 qismga bo'lib to'lash mumkin: shartlari va muddatlari haqida batafsil ✔️Har yili toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan talabalarga kontrakt toʻlovlarini bir yil davomida 4 qismga boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi. Bunda muddatlar quyidagicha:
25% ni — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% ni — 2025-yil 1-yanvargacha;
75% ni — 2025-yil 1-martgacha;
100% ni — 2025-yil 1-maygacha.
❗️Eslatma: to’lov muddatlari uzaytirilishi ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan holatlarda OTM rektorlari belgilaydi. 2025-2026-o'quv yilida birinchi kurslar uchun dastlabki 25 foizni to'lash muddati 30-oktyabrgacha uzaytirilgan edi. 🔰 Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliygohlar kontrakt narxlari va toʻlash muddatlarini mustaqil tarzda belgilaydi. Joriy yilda birinchi kursga qabul qilingan talabalar va yuqori kurs talabalari kontrakt to'lovi uchun kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuboradi. ❗️Boʻlib toʻlash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda oʻqimoqchi boʻlgan abituriyentlardan dastlab 50% toʻlovni amalga oshirish talab etiladi. Shundan keyin kontraktning qolgani miqdorini umumiy tartib asosida boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish da
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
📹 Vakant kvota uchun OTM va yo‘nalish tanlash uchun videoyo‘riqnoma Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi #abituriyent 2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
Oltinchi yo’nalish tanlayotganda quyidagilarni unutmang: 1️⃣ barcha fanlar majmuasi uchun vakant kvota mavjud emas. Masalan,
Oltinchi yo’nalish tanlayotganda quyidagilarni unutmang: 1️⃣ barcha fanlar majmuasi uchun vakant kvota mavjud emas. Masalan, tarix + chet tili yo’nalishida vakant joy yo’qligini ko’rsatmoqda. My.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali bo’sh joy bor yoki yo’qligini bilib olishingiz mumkin; 2️⃣ siz tanlagan fanlar majmuasi uchun vakant kvota bor bo’lsa ham, lekin siz istagan hududga va oliygohga bo’lmasligi mumkin. Menga Toshkent kerak edi, menga falon oliygoh kerak edi, deganingiz bilan foyda yo’q. Ro’yxatda qayer chiqsa, o’shanga bor, chiqmaganiga yo’q. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Rasman: Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
Hurmatli kanalimiz obunachilari! 🤲 Ohiratiz uchun davomiy savob yetib borishi uchun oʻz hissangizni qoʻshing!
​Baxrin MFY hududidagi asosiy katta yo‘limizni ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha muhim imkoniyat qo‘limizda turibdi. Ushbu yo‘ldan har kuni o‘zimiz, farzandlarimiz, nuroniylarimiz va mehmonlarimiz foydalanadi. Tekis va xavfsiz yo‘l — barchamizning qulayligimiz, kundalik turmush sifatimiz va hududimiz obodligidir. ​Yo‘limiz holatini yaxshilash uchun birlashib, ovoz berishda faol qatnashaylik!
Ovoz berish uchun pastdagi silka ustiga bosamiz ovoz berish degan joyi chiqadi nomerimizni teramiz kod keladi shu kodni kiritamiz 👇 https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/55/1392d805-ed72-40d4-aadf-06050aabc1ac Ovoz berish uchun admin bilan bogʻlaning! Admin: @talimuz_admin

Repost from Xushnudbek.uz
Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oli
Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali uchun jami 440 ta kvota tasdiqlandi. Shundan: 265 ta kvota kunduzgi uchun (80 ta grant va 185 ta to’lov-kontrakt) hamda 175 ta muqobil ta’lim shakli uchun (to’lov-kontrakt) joy ajratilgan.
Ma’lumot uchun: filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.
Hujjatlar 25-avgustgacha qabul qilinadi. 🌐 Batafsil: @mpeiuz 👉 @xushnudbek 👈

#milliysertifikat #msrmath 📃 Milliy sertifikat topshirish formati oʻzgardi Batafsil bilish uchun format soʻzini ustiga bosin
#milliysertifikat #msrmath 📃 Milliy sertifikat topshirish formati oʻzgardi Batafsil bilish uchun format soʻzini ustiga bosing! ✅ Xabarni barcha milliy sertifikat olmoqchi boʻlgan yaqinlarizga yuboring! 🔗 @msr_math

📃 Milliy sertifikat topshirish formati oʻzgaribdi Batafsil bilish uchun format soʻzini ustiga bosing!

Repost from N/a
❗️Maktablarda darslar 2-sentyabr (chorshanba) kunidan boshlanadi Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
❗️HEMIS tizimida 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar kontingentini shakllantirish boshlandi! 2026-yil 17-avgustdan e’tiboran HEMIS axborot tizimida yangi o‘quv yilida o‘qishga tavsiya etilgan talabalar ma’lumotlarini kiritish va shakllantirish imkoniyati yaratildi. 📝 Talabalar kontingentini shakllantirish tartibi quyidagicha: 1️⃣ Ta’lim yo‘nalishini kiritish (agar avval kiritilmagan bo‘lsa); 2️⃣ O‘quv rejasini shakllantirish; 3️⃣ Akademik guruhlarni shakllantirish; 4️⃣ “Darslarga ruxsat berish (qabul)” turidagi farmoyishni yaratish; 5️⃣ Talaba anketasini kiritish va unda ushbu farmoyishni ko‘rsatish; 6️⃣ Farmoyishga tegishli talabalarni biriktirish; 7️⃣ Farmoyishni imzolash va bajarish. ✅ Mazkur bosqichlar to‘liq bajarilgach, talaba 1-kurs 1-semestrining tegishli akademik guruhida “O‘qimoqda” maqomida aks etadi. ℹ️ 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tizimga faqat tegishli asosga (litsenziya, akkreditatsiya, qaror) ega bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini kiritish hamda faqat ruxsat etilgan ta’lim shakli va o‘quv yili bo‘yicha o‘quv rejalarini yaratish mumkin. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Soʻraganlar uchun: Hemis dasturi ochildi 2026-yil 17-avgustdan e’tiboran HEMIS axborot tizimida yangi o‘quv yilida o‘qishga tavsiya etilgan talabalar ma’lumotlarini kiritish va shakllantirish imkoniyati yaratildi. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz