Onalik ilmi | Dilshoda_blw
Open in Telegram
Dilshoda Aliyeva _ prikorm konsultant 🥑 Farzandlarimizni birgalikda sog'lom ovqatlantiramiz 👩🍼 Onalikda o'rganganlarimni barchasi bilan bo'lishaman Manbasi bilan oling!!! 📧 Bog'lanish uchun: @DilDanbot
Show more1 351
Subscribers
+224 hours
+27 days
-330 days
Posts Archive
Ertalabki likopchamiz edi ⬇️
🟠Sevimli grechkali omletlarimiz
🟠Shashlik (bug'da yana pishirvordim)
🟠Olma
Sizni kimdir yomon desa demak qachondir u sizdan foydalanishiga yo'l qo'ymagansiz
©️.Mirshakar Fayzulloyev
Repost from • 𝐍 𝐀 𝐉 𝐈 𝐘 𝐘 𝐀 •
Asl kurashish nima ekanini ona boʻlgach angladim.
Chindan ham ayol ichki kuchli bir hilqat ekanini ona boʻlgach angladim.
Ona boʻlgach endi tugʻilgan kabi boʻldim-u, avvalgi tashvish-u, kechinmalar mashaqqat boʻlmaganini angladim.
Ona bo’lgach, nega dunyoga kelganimni angladim, Robbim, Rohman Robbim, Mehribonim, meni ummat uchun quvvat boʻluvchilarni tarbiya etish uchun yaratganini angladim…
Davom eting…
@Najiyya_bilan
Assalomu alaykum qizlar 💗💗💗
Kecha qovoq bilan ijod qildim)
#retsept
Qovoqli krem sup
Kerakli mahsulotlar
1 dona qizil sabzi
1 dona piyoz
1 dona kartoshka
400 gr qovoq
Yog'
Ziravorlar
Tayyorlanishi
Piyozni parrak qilib to'g'rab olamiz. Qolgan mahsulotlar kubik shaklida to'g'rab olinadi.
Tovaga GHI (saryog', zaytun yoki pista yog') solib, piyozni biroz qovurib olamiz ( qizartirib yubormaymiz) so'ng qolgan mahzulotlarni solib, biroz qovurib ustiga suv quyamiz. Tuz, zira, rayhonlarni solamiz. Pishgach blender qilib, bolajonga taklif qilamiz 😍
Yoqimli ishtaha 💕
@onalik_ilmii
+2
Bugun oyijonni tug'ilgan kunlari bahonasida sog'lom ovqatlanishni buzdik 😁
Ha doim ham sog'lom ovqatlanmaymiz, to'g'rirog'i sog'lom ovqatlanishga endi endi kirib kelayotgan odamlarmiz 😅
Lekin pitsa yemaganimizga anchalar bo'p ketibdi, Ibrohimjon esa bugun birinchi marotaba tatib ko'rdi, reaksiyasini ko'rganizda edi 😂
Ertaga beradigan ovqatlarimni yemiman kechagidan qani deb turmasa bo'ldi 😂
Bugun Muhammadziyoni bog'chasida ota-onalar yig'ilishi bo'ldi va bizga bog'chaopasi shunaqa shirin sovg'chalar berdilar 😍
Davlat bog'chasi bo'lsa ham bog'chaopasini jon kuydirib bolalar bilan shug'illanishiga besh ketdim, shunaqa ishini sevuvchi tarbiyachilar ko'paysin 🙏
P.s. Davlat bog'chasi bo'lsa ham deganda oylik kamroq bo'lishini, shundayam ishini sidqidildan qilayotganini nazarda tutdim
Qizlar qo'shimcha ozuqa kiritib olish uchun yetarli darajadagi boshlang'ich bilimlarni berib bo'libman
Buyog'iga umumiy sog'lom ovqatlanish haqida gaplashamizmi?
O'zi ma'lumotlardan foydalanib farzandingizga qo'shimcha ozuqa kiritib ko'rdingizmi? 😐
Assalomu alaykum qizlaar salomatmisiz?
Kecha qaytishda Ibrohimjonni metroga olib tushgandim, biroz qo'rqdi
Muhammadziyoni ko'p ko'chalarda olib yurardim, odamlardan cho'chimasdi, kichkinami kam olib yurishim shu yerda bilindii ☹️
Biz bugun mana bu joyda bo'ldik ⬇️⬇️⬇️⬇️
https://t.me/Tinybee_kids
Narxlari
Kunlari
Markaz haqidagi hamma ma'lumotlarni o'zlarini kanallariga o'tib bilib olishingiz mumkin ☺️
Assalomu alaykum qizlaaa
Hozir Ibrohimjon bilan bir joyga ketyapmiz
Shunaqa joylaga oborishni rosa xohlirdim 😍
Qayerga borayotganimizi taxmin qilib ko'rilachiii 🥰
Assalomu alaykum qizlaa 🩷
Yo'qligimiz bilindimi?? Manga silani yo'qligila shunaqa bilindiiii, instagramda aktivroq bo'liy deb buyoqqa yozolmadim 💻
Qizlar maktab yaqin, men bir darslik yozganman, "Ta'lim jarayonida sog'lom ovqatlanishning o'rni" nomli
Shu darslikka sotuv ochsammikan yoki kanalga odam taklif qilganlarga bersammikan 😁
Shunday, bepul bering demang sizlarga bepul darsliklar koooo'p berganman, lekin tekinni qadri yo'q degan gap rost ekan ochib ham qaramagansiz 😪
Man marketingni, progrevni tushunmayman o'zila yaqin o'rtolarimsilaku o'zila etib qo'yurila nima qilsam hamma uchun foyda bo'ladi 😃
Darslikda sog'lom ratsion tuzish qoidalari haqida ham gapirilgan 😁
Qishni g'amini yozda ye deganlaridek ovqat qizartiradiganlarni yopib oldik 😁
Bu yil boshqa hech narsa yopmadik, lekin tomatni faqat uynikini ishlatganimiz uchun yopmasak bo'lmasdi
#retsept
Tomat
Kerakli mahsulotlar
15 kg qizil bulg'or qalampiri
2 kg pomidor
2 kg baqlajon
1 kosa to'g'ralgan piyoz
1 kosa chesnok
2 bog' ukrob
Yog'
Tayyorlash
Bulg'or qalampiri, chesnok, pomidorni qiymalagichdan chaqrvolamiz. Baqlajonlarni mayda kubik shaklida to'g'rab olamiz (po'sti archiladi).
Qozonga 3 cho'mich yog' quyib qizdiriladi va dastlab piyozni tillarang bo'gincha qovurvolamiz. So'ng to'g'ralgan baqlajonlarni solib biroz qovuramiz. Keyin esa bulg'or qalampiri va pomidor solinadi. Qaynab chiqqach chesnokni solamiz va past olovda qaynataveramiz. Qaynash jarayonida kovlab turish kerak, tagiga olib ketishi mumkin. Yana biroz qaynagach ukrobni ham mayda to'g'ralgan holda qo'shvoramiz va qaynatishda davom etamiz. Bilmiman necha soat qaynadi 😅 lekin yog'lari ustiga ajralib chiqib, rangi to'q qizilga kelganda tayyor bo'ladi va yopishni boshlaymiz. Yopishdan oldin 2 osh qoshiq tuz ham qo'shib yubordik.
Ovqatlarimizga mana shu usulda yopilgan tomatdan foydalanamiz judayam mazali chiqadi ham ishonchli ✅
Aytgancha shu masalliqlardan 500-700 gr aralash bo'lgan bonkalardan 27 ta chiqdi
Siz tomatni qanaqa usulda yopasiz?
@onalik_ilmii
Assalomu alaykum qizlar 🩷
Bugun tomat yopish bilan bandmiz 🍅🫑
Shuning uchun kanalda aktib bo'lolmayapman(
Lekin agar ovqat qizartiradigan (tomat) ni retsepti kerak bo'lsa berishim mumkin 😐
Oyijonning maxsus retseptlari bo'yicha tayyorlaymiz ✅
