Onalik ilmi | Dilshoda_blw
Открыть в Telegram
Dilshoda Aliyeva _ prikorm konsultant 🥑 Farzandlarimizni birgalikda sog'lom ovqatlantiramiz 👩🍼 Onalikda o'rganganlarimni barchasi bilan bo'lishaman Manbasi bilan oling!!! 📧 Bog'lanish uchun: @DilDanbot
Больше1 306
Подписчики
-224 часа
+97 дней
+1630 день
Архив постов
Assalomu alaykum go'zallar
Bu bizning likopchalarimiz, siz ham o'z likopchalaringiz rasmlarini yuboring, tahlil qilib beraman 😘
Assalomu alaykum go'zallar
Bu bizning likopchalarimiz, siz ham o'z likopchalaringiz rasmlarini yuboring, tahlil qilib beraman 😘
Assalomu alaykum, o'ta go'zal suli bo'tqalarimizga qarang 😂
Hamma qo'shnilarimni bolasi soat 8 gacha uxlaydi menikilar 5:30 dan turvoladida 😵💫
Baqir chaqirlar bilan nonushta tayyorlayman keyin 😂
Ko'pincha dadasi qarab turadilar baraka topgur ☺️
Tishi yo'q bola BLW da qanday chaynaydi?
Ko'p onajonlardan keladigan savol :
"Hali tishi chiqmaganku bo'lakchalarni tishi chiqqach boshlasam bo'ladimi?"
"Tishi bo'lmasa bo'lakchalarni qanday chaynaydi?"
Onajonlar bu muammo emas!
Sababi👇
Chaynash faqat tish bilan emas, balki milk (milk suyaklari) bilan ham amalga oshadi. Ishonmasangiz qo'llaringizni yaxshilab yuvib, barmog'ingizni bolajon milklari orasiga solib ko'ring, qanchalik qattiqligini his qilasiz)
6–9 oylik bolalarda milk juda qattiq bo‘ladi. Bola ovqatni milk orasida ezib, mayda bo‘laklarga ajrata oladi.
Til, milk va jag‘ harakati orqali ovqatni aylantirib, ezadi va yutishga tayyorlaydi.
Bu jarayon bolaning og‘iz-motor koordinatsiyasini (ya’ni, til, milk, jag‘, nafas va yutish uyg‘unligini) rivojlantiradi.
🍠 Qanday ovqatlar mos?
BLWni boshlayotganda yumshoq, lekin qo‘l bilan ushlasa bo'ladigan taomlar tanlanadi:
Pishgan sabzavot (masalan, sabzi, brokkoli, qovoq)
Yumshoq mevalar (avokado, banan, shaftoli)
Pishgan go‘sht yoki baliq bo‘lagi (eziladigan darajada yumshoq)
Tuxum, tvorog, qaynagan kartoshka
👉 Muhimi — bola ovqatni ezib yeydi, chaynab emas! Tishlar chiqmagani muammo emas — bu tabiiy jarayon. Bola asta-sekin chaynash harakatini o‘rganadi, tishlar chiqishi bilan esa bu yanada osonlashadi⚠️Tishi chiqqan bo'lsa-bo'lmasa bo'lakchalar berishni 8 oylikdan kechiktirmaslik kerak! Aks holda chaynash ko'nikmasi rivojlanishi ham kechikadi! Foydali bo'lgan bo'lsa reaksiyalarni bosishni unutmang💚 @onalik_ilmii
Bahorda o'zim ekkan ukroplarni endi tomorqadan terib olib, o'zim muzlatyapman
Minchaa mazzaayee, qanday o'sganini o'zing bilasan, dori sepilmagan, go'ng qo'shilmagan, oppa organik ko'katlar 💚
Nima deb o'ylaysiz shunday muzlatsam yaxshi turarmikan? 🤔
Bo'g'ilishda birinchi yordam ko'rsatish texnikasi❗️
Buni har biringiz bilishingiz kerak❗️
@onalik_ilmii
#retsept
🤎 Grechkali omlet 🤎
Kerakli mahsulotlar ⬇️
100 gr grechka
2 ta tuxum
Ukrob
1-2 bo'lak brokkoli
Tayyorlanishi ⬇️
Grechka va brokkolini pishirib olamiz. So'ng barcha mahsulotlarni aralashtirin qoliplarga quyib, bug'da pishirib olamiz
1 yoshdan so'ng ozgina tuz qo'shish mumkin ✅Grechka temirga boy mahsulot, brokkoli C vitaminga bor, ikkisining kombinatsiyasida grechkadagi temir moddasi bolajon ichaklarida maksimal so'riladi inshaAlloh ☺️ @onalik_ilmii
Assalomu alaykum onajonlar salomatmisiz 🩷
Prikorm mavzularini davom ettiramizmi?
Albatta 😍
Ha 🥰
Kaneshna 😘
Kecha va bugun ham bolajonni ishtahasi pastroq, vaksina olganimiz sabab bo'lishi mumkin deb o'yladim
Lekin baribir ham o'z vaqtida ovqat taklif qilinyapti ✅
GAG refleksi haqida to'liq ma'lumot, bo'g'ilish bilan farqlari!
GAG refleksi (yoki o'xchish refleksi) — bu bolaning tanasidagi himoya mexanizmlaridan biri bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ining orqa qismi yoki tomog‘iga notanish, katta yoki xavfli narsa kirganda ishga tushadi. Bu refleks bolaning bo‘g‘ilib qolishidan himoya qiladi.
Quyida bu refleks haqida to‘liq tahliliy ma’lumot keltiraman 👇
🧠 GAG refleksi nima?
GAG refleksi — bu og‘iz, til va tomoq mushaklarining koordinatsiyalashgan javobi bo‘lib, vagus va glossopharyngeal nervlar orqali boshqariladi. Maqsadi – tomoqdagi yot narsani chiqarish, ya’ni nafas yo‘llariga kirib ketishining oldini olish.
👶 Bolalarda GAG refleksi qanday bo‘ladi?
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bu refleks tilning old qismida joylashgan bo‘ladi. Ya’ni, hatto qoshiq yoki barmoq tildan biroz orqaroqqa tegsa ham, qusuq harakati yuz berishi mumkin.
Bola o‘sib borgani sari refleks asta-sekin tilning orqa qismiga siljiydi — bu tabiiy jarayon.
Taxminan 8–12 oylikda bola o‘z og‘izini va tilini yaxshiroq boshqarishni o‘rganadi, shunda GAG refleksi kamroq faollashadi.
🍽️ BLW (Baby-Led Weaning) jarayonida GAG refleksi
Ko‘p onalar bolasi ovqatlanish vaqtida o'xchish harakatlarini qilganda qo‘rqib ketadi, qo'rqishga hojat yo'q bu bo‘g‘ilish emas!
🖇Quyida GAG refleksi va bo'g'ilishning farqlarini bilib oling⬇️
📍Gag refleksi paytida bola:
- tovush chiqaradi (yo‘tal, gijinish, “kark” tovushlar),
- yuzida qizarish bo‘lishi mumkin,
- ko‘pincha o‘zi ovqatni chiqazib tashlaydi.
➡️ Bu normal va xavfsiz holat — aralashmang, bola o‘zi nazorat qilayapti.
🚨 Bo‘g‘ilishda esa butunlay boshqacha:
- bola tovush chiqarmaydi,
- rangi oqaradi yoki ko‘karadi,
- nafas ololmaydi,
-o'zini orqaga tashlaydi.
❗️Bu — favqulodda holat, darhol yordam zarur!
➡️ GAG refleksi aslida o‘rganish jarayonining bir qismi: bola ovqatni qanday chaynash, tilda aylantirish va yutishni o‘rganadi.⚠️ GAG refleksi faolligini kuchaytiradigan holatlar: 🔸️Ovqatni chuqur tiqish (kattalar qoshiq bilan orqaga sursa) 🔸️Juda katta yoki quruq bo‘laklar 🔸️Qo‘rquv yoki stress 🔸️Yangi taomlar yoki teksturalar (masalan, quyuqroq yoki quruq ovqat) ✅ Nimalar qilish kerak: ▫️Bolaga o‘zi olib, og‘ziga solishga ruxsat bering (BLW tamoyili). ▫️Ovqatni to‘g‘ri shakl va yumshoqlikda taklif qiling (masalan, 6–8 oyliklar uchun uzun, barmoq shaklida, eziladigan). 📌 Gag refleksi paytida nima qilish kerak? 1. Aralashmang! Agar bola tovush chiqarayotgan, nafas olayotgan bo'lsa aralashmang, o'xchish refleksi bilan og'zidagi ortiqcha luqmani o‘zi chiqarib oladi. 2. Tinchlaning, bolaga ko‘zingiz bilan “hammasi joyida” degan ishonchni bering. 3. Qo‘rqinch yoki vahima bilan ovqatni tortib olish — refleksni yanada yomonlashtiradi. 4. Bola ovqatni chiqarib yuborganidan keyin suv bermang yoki tezda yana ovqat bermang — biroz kuting. ‼️Bo‘g‘ilish belgilarini o‘rganib, birinchi yordam ko'rsatish texnikasi bilan tanishib chiqing. ⚠️ Muhim: Agar bola har safar ovqatda kuchli qusish (o'xchish) refleksini ko‘rsatsa, ovqatni rad etsa yoki og‘iz mushaklarini boshqarishda qiyinchilik bo‘lsa — bu holda shifokor bilan maslahatlashish kerak. @onalik_ilmii
👶 Gag refleksi — qo‘rqinchli emas, bu himoya refleksidir! 💛
Ko‘p onalar BLW boshlaganda, bola ovqat yeyayotganda “qusmoqchi bo‘lib” tovush chiqarsa, vahimaga tushadi. Aslida bu — bo‘g‘ilish emas, balki tananing himoya refleksi, ya’ni GAG refleksidir. 🌿
🧠 Gag refleksi nima?
Bu bolaning tanasidagi tabiiy mexanizm bo‘lib, ovqat tomoq chuquriga ketib qolmasligi uchun uni oldinga — og‘izdan chiqarib yuboradi.
Go‘yo bolaning tanasi shunday deydi:
«“To‘xta, bu luqma juda katta! Yutishga shoshilma!”»
Gag refleksi — sizning kichkintoyingizning ovqatlanishni o‘rganishdagi ittifoqdoshi.
Sabrlik, amaliyot va sokinlik bilan bola yangi teksturalarni o‘zi boshqarishni o‘rganadi. 🌼
Keyingi postimizda GAG refleksi bilan to'liqroq tanishamiz!
@onalik_ilmii
Assalomu alaykum onajonlar 🩷🩷
Kunni qanday boshlab oldingiz? Biz vaksina olib keldik 💉
Har xil botlar sabab chat guruhni maxfiy qilib qo'ydim, to'g'ri tushunasizlar 🙏
